Avstraliyalik dizayner Keti Perri (Katie Perry) va uning amerikalik adashi, dunyoga mashhur qo‘shiqchi Keti Perri (Katy Perry) o‘rtasidagi tovar belgisi huquqlari bo‘yicha noodatiy sud ishi Avstraliya Oliy sudiga yetib bordi. Bu haqda The New York Times’ga tayanib, Oxu.Az xabar bermoqda.

Avstraliyalik Keti Perri o‘zining nomidagi kiyim-kechak brendini 2006-yilda yo‘lga qo‘ygan va 2009-yilda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Sud ishi qo‘zg‘atilishiga amerikalik xonandaning Avstraliyadagi gastrol safari chog‘ida uning atributikasi savdosi bilan shug‘ullangani sabab bo‘lgan.
Xonandaning vakillari 2009-yilda “I Kissed a Girl” qo‘shig‘i chiqqanidan so‘ng dizayner bilan bog‘lanib, kelishuv taklif qilishganini iddao qilmoqda. Biroq dizayner Keti Perri bunday bu gaplarni inkor etmoqda.

2023-yilda birinchi bo‘lib o‘tgan sud dizayner foydasiga qaror chiqargan, ya’ni qo‘shiqchining o‘z ismidan kiyim savdosida foydalanish huquqi yo‘q, deb topilgan. Ammo oradan bir yil o‘tib, apellyatsiya sudi bu qarorni bekor qildi, sababini esa “Katie Perry” tovar belgisi boshidanoq ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi kerak edi, deya izohlandi. Chunki bunday brend nomi o‘sha vaqtda allaqachon mashhur bo‘lgan amerikalik ijodkor bilan adashtirilishi shubhasiz edi.
Avstraliya Oliy sudi bu apellyatsiya qarori xavfli huquqiy vaziyat yaratishi mumkinligidan xavotirlanib, ishni qayta ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi. Endi Keti Perri brendining taqdiri mamlakatning eng yuqori sud organi hal qiladi.
Izoh (0)