Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Muqaddas Sa’dullayeva 14 yillik dugonasi Shahzoda Muhammedova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

“Sharq” guruhi xonandasi Sarvar 10 kilometrga yugurish marafonida ishtirok etdi. Xonanda kuzatuvchilarini ham faol turmush tarzini kechirishga chorladi.

Toshkent—Dubay yo‘nalishida parvoz qilgan Shahzoda Muhammedova “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga murojaat qildi hamda samolyotdagi styuardessalarning muomalasizligidan shikoyat qildi. “Tashqi ko‘rinishingiz talabga javob bermaganiga yarasha tilingizni shirin qiling”, deydi aktrisa. Uning aytishicha, styuardessalar xo‘mraygan, qovog‘i solingan ahvolda bo‘lgan, bundan tashqari, yo‘lovchilarga qo‘pol muomalada bo‘lgan.
“Bravo” kulgi jamoasi aktyori Otabek Mirzaxolov olti nafar farzandi bilan tushgan suratini anime uslubida kuzatuvchilariga taqdim etdi.

Aktrisa Lola Pirimqulova turmushga chiqdi. Uning to‘yi Tailanddagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tdi. Bahora Arslonova dugonasining eng baxtli kunida uning yonida bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Milliy” telekanaliga bergan intervyusida muxlislariga murojaat qildi. “Yulduz Usmonovani uyimdan izlamang, men u yerda boshqa Yulduzman”, demoqda xonanda.
Hind kinosi yulduzlari Ranbir Kapur va Aliya Bhatt turmush qurganining uch yilligini nishonlamoqda.

Ulug‘bek Qodirov “Shabnam” filmidan kadrlar aks etgan suratlarini anime uslubida taqdim etdi.

Aktrisa Rayhon Ulasenova kichik yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida so‘zlab berdi. Avariya oqibatida aktrisa avtomobilining chiroqlari singan, uning o‘zi jabrlanmagan.
Izoh (0)