• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    8 metrdan o‘zini tashlagan Mo‘min, gaz, “svet”, radar muammosi va qimmat chiptalar: “Million”ning yangi konserti qanday o‘tyapti?

    Noodatiy va ekstremal sahna ko‘rinishlari bilan ajralib turuvchi kulgi jamoasi, guruh sardori ta’biri bilan aytganda millionerlar guruhi — “Million” jamoasi 1—10-aprel kunlari navbatdagi konsert dasturini o‘tkazib kelmoqda.

    Jamoa yigitlari avvalgi konsertlardan farqli ravishda, butkul yangi darajadagi dasturni va’da qildi. Xo‘sh, “Million”ning navbatdagi konsertida qanday yangiliklar bor? “Daryo” jamoasi konsertdan maxsus reportaj tayyorladi.

    “O‘zbekning Jim Kerrisi” deya ta’riflanuvchi komik aktyor Mo‘min Ibrohimov to‘y sahnasida oshiq yigit rolini o‘ynab, 8 metr balandlikka ko‘tarilib, o‘zini sahnaga tashladi. Konsertning kelgusi kunlari esa 12 metrdan sakrashi haqida ham gap-so‘zlar bo‘ldi. Aktyor bunday katta tavakkalga qo‘l uradimi?

    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

    — Xudoga shukr, salomatman. To‘g‘ri, oyoqda, belda, bo‘yinda biroz og‘riqlar bor. Lekin bular sahnaga chiqqanimdan keyin o‘tib ketadi. Lekin 12 metrdan sakramayman, Mo‘minsiz qolasiz. Texnik, xavfsizlik tomonlama barchasi o‘ylangan, xavotirga o‘rin yo‘q, hammasi zo‘r. Konsertning ilk kunida birinchi marta sakradim, rosti. Bir oy mobaynida shunday qilaman, deb o‘ylab kelayotgandim. Kecha esa tavakkal chiqib sakradim. Ana o‘sha repetitsiya bo‘ldi. Bunday g‘oyalarni birov aytmaydi, mening o‘zimdan chiqadi.

    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

    Konsert 2,5-3 soat davom etsa, shuning ikki soatida mening chiqishlarim bor. Rollarim muxlislarimga ma’qul bo‘lyapti, o‘zim xohlagan olqishni ulardan ololyapman. O‘ylaymanki, ular ham mendan kutgan narsasini olyapti, deydi ekstremal harakatlarni sevuvchi Mo‘min Ibrohimov.

    “Million” oilasining 15 yillik do‘sti, xonanda Munisa Rizayeva Argentinadan qaytganiga ko‘p o‘tmagan bo‘lsa-da, jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun “Xalqlar do‘stligi” saroyida muxlislar qatoridan o‘rin oldi.

    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

    — “Million” jiddiy mavzularni qog‘ozga o‘rab, kulgi orqali olib chiqadi. Men bunga doim to‘g‘ri qarayman va buning tarafdoriman, qo‘llab-quvvatlayman. Yoshlar uchun ko‘proq mavzular bo‘lsa yaxshi. Radar, gaz, “svet” — shu kabi muhokama qilinishi kerak bo‘lgan haqiqiy dolzarb muammolarni olib chiqishayotgani uchun ularga rahmat aytaman.

    O‘zimning muxlislarim uchun ajoyib yangilik bor — oktyabr oyida “Humo arena”da bir kunlik yakkaxon konsertimni taqdim etaman. Bu 9 yil kutilgan konsert, chiptalar “issiq somsalar kabi” guvullab sotilib ketishini xohlayman. Sold out bo‘lishiga ham ishonaman, deydi Munisa Rizayeva.

    Guruh sardori Davron Kabulov o‘tgan yili kuz faslida o‘tgan konsert u qadar ko‘ngildagidek o‘tmaganini aytib, bu safargisi uning o‘rnini ortig‘i bilan qoplayotgani va muxlislarning negativ izohlari haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

    — Avvalgi konsertlarni odamlar 20-30 marotaba ko‘rgan bo‘ladi va hazillar yod bo‘lib ketadi. Shu sababli har gal yangisi chiqqanda bunisi o‘xshamabdi, deyishadi. Uni ham 5-10 marta ko‘rgandan so‘ng kosa tagidagi nimkosalarni tushunishni boshlashadi. Ammo izohlar birinchi ko‘rishdan keyin yoziladi. Shu joyida ozroq ehtiyot bo‘lish kerak, deb o‘ylayman. Shaxsan o‘zim amalda izoh yozmayman, ammo xulosani 3-4 marta ko‘rgandan keyin chiqarishga odatlanganman.

    Muxlis tomonidan chiptalar narxi biroz emas, anchayin qimmatligi aytildi. Odatda, chet ellik xonandalar Toshkentda konsert qo‘ysa, ularning chipta narxi shunday summaga baholanardi. O‘zbek qo‘shiqchilari orasida esa so‘nggi bor “Setora” guruhi konsertining chiptalari narxi ham anchayin qimmatga sotildi. Aktyorlar gonorari, dekoratsiyalarning ijara puli bor. Ammo yana qaysi omillar asoslanib bu yilgi narx belgilanganligi haqida jamoa lideri quyidagicha izoh berdi:

    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

    — Oddiy misol aytaman, Mo‘minning 15 soniya davom etadigan tepadan pastga qulab tushishi sahnasiga uchta sirk mutaxassislari ovora bo‘ladi. Ular kelib, aktyorning zararsiz yiqilishini ta’minlaydi. Undan tashqari, sport matlari joylashtiriladi. Parda ortidagi 110 kishiga haq to‘lanadi. Yoki bo‘lmasa, men Sevara Nazarxonning o‘rniga yangi chiqqan qandaydir konkursda ishtirok etayotgan xonandani “Million”ning muxlislariga tiqishtirayotganim yo‘q. Eng yaxshilarini, iqtisodiy tomonlama ham eng qimmatini ravo ko‘ryapman. Bunday narsalar arzon bo‘lmaydi, odatda.

    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

    “Balkon”ning chiptalarini yetti yildan buyon bitta ko‘rsatkichda ushlab turibman — 40 ming so‘mdan boshlanadi. 3700 ta chipta mengacha kelsa, shuning 1100 tasi “balkon” joylari. Uning hamma chiptasini sotgan taqdirimda “Xalqlar do‘stligi”ning ijara pulini ham qoplay olmayman.

    Yaxshi mahsulotni arzonga sotib olib bo‘lmaydi, buni to‘g‘ri tushunish kerak. Shuncha sa’y-harakat qilingandan keyin xarajat ham shunga yarasha bo‘ladi, deydi Davron Kabulov.

    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

    Konsertdan to‘liq reportajni Daryo Lifestyle YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    4 aprel, 20:41   Izoh (0)   56702
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Million” jamoasi#Mo‘min Ibrohimov#Davron Kabulov#“Million — 2024”#Shahlo Alijonova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov uylandi (video)

    22.11.2020, 13:57

    2020-yilda oila qurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    02.01.2021, 14:51

    Instagram: Restoran ochgan “Million”chi, sochini yashil rangga bo‘yagan bloger, Munisa Rizayeva o‘z kasbini o‘zgartiradi

    17.05.2021, 22:34

    Instagram: Hijobini yechgani uchun tanqid qilinayotgan aktrisa, mashinasiga qimmatbaho raqam taqqan Munisa Rizayeva, Toshkentda konsert bergan Lola

    29.07.2022, 22:21

    Instagram: Ukasini uylantirgan Ziyoda, oyiga 20 ming topadigan Mo‘min live, Nilufar Usmonova xonadonida bayram

    04.10.2023, 22:15

    Reyting: O‘zbekistondagi qaysi blogerning Instagram sahifasiga reklama joylashtirish narxi 6000 dollar? 

    13.02.2024, 22:59

    “Instagram uchun bitta rolikni 11 ming AQSH dollariga olganmiz” — Mo‘min Ibrohimov qimmat vaynlar olishi va seriallardan ko‘ngli qolgani haqida (video)

    03.04.2024, 10:24

    “Million” kulgi jamoasining yangi konsertidan reportaj (video)

    23.10.2024, 23:08

    Instagram: “Million” kulgi jamoasi aktyori uylandi, to‘ylarda soxta Yulduz Usmonovalar paydo bo‘ldi, Maryam Tillayeva kiyinishga qancha pul sarflaydi?  

    17.11.2024, 23:21

    Instagram: Falastinlik bolalarga 2 ta uy sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova, tug‘ilganlik guvohnomasini yangilagan Botir Qodirov, 30 mln jarima to‘lagan Mo‘min Ibrohimo...

    9 yanvar, 10:43

    Instagram: Farzand kutayotgan akrobat kelin, 8 kunda 11 ta shaharda bo‘lgan Davron Kabulov, Mavluda Asalxo‘jayeva umra safarida 

    7 fevral, 11:37

    Qirg‘izistonga qarshi  Kapadzening yangi O‘zbekistoni. Yoqimli an’ana 9-bor davom etadimi?

    19 mart, 15:56

    3 milliondan 32 million dollargacha: Dunyodagi eng qimmat 10 ta avtomobil 

    19 mart, 16:25

    Ronaldu 40 yoshda ham ajoyib formani saqlashda yordam beradigan taom nomini aytdi

    20 mart, 08:52

    “Rol ijro etayotganda o‘zimni ayamayman”. Mo‘min Ibrohimov “Million” konsertida sahnada o‘zini yoqmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi

    20 mart, 15:43

    Eng uzoq galaktikalardan birida kislorod topildi 

    21 mart, 18:35

    Roza Zergerlidan “Million”gacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi

    21 mart, 20:35

    “Manchester Siti” Ispaniyaning eng iqtidorli futbolchilaridan birini xarid qilmoqchi

    22 mart, 10:30

    Jahon chempionati yo‘llanmasi 99 foizga hal bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Eronga qarshi “Ozodi”da o‘ynaydi (prevyu)

    24 mart, 17:23

    Abduqodir Husanovning imzosi onlayn platformada sotuvga qo‘yildi (foto)

    25 mart, 08:42

    “Abbosbek Fayzullayevga Yevropaning top-5 ligalaridan qiziqish bor” — manba  

    30 mart, 20:31

    Dani Alves qamoqda o‘tirgan kunlari uchun katta miqdorda kompensatsiya olishi mumkin  

    1 aprel, 13:04

    “An-Nassr” APLdan 100 million yevroga futbolchi xarid qilmoqchi  

    3 aprel, 11:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi Isroilga chora ko‘rishga tayyorligini e’lon qildi

    Dunyo | 16 iyul, 12:24

    Pep Gvardiola yozda tarkibni qisqartirmoqchi — “Manchester Siti”ning olti futbolchisi jamoada ketishi mumkin

    Sport | 16 iyul, 12:10

    Mashhur kiyim-kechak brendi xitoylik ishchilarni ekspluatatsiya qilishda ayblandi

    Dunyo | 16 iyul, 12:09

    O‘zbekistonga 17-iyuldan juda issiq havo oqimlari kirib keladi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 11:55

    Amerikalik ayol to‘rt mingdan ortiq pazl bo‘laklarini yig‘ib, Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Layfstayl | 16 iyul, 11:31

    NATO uchta davlatni Rossiya bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 16 iyul, 11:19

    2026-yilgi Jahon chempionati chiptalari sotuvi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 16 iyul, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.