• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    “Kalmar o‘yini”: serial ijodkorlari ikkinchi mavsumda javobsiz qoldirgan 8 ta savol

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumidan keyin tomoshabinlarda juda ko‘p savollar tug‘ilmoqda. Ulardan eng qiziqarlilarini e’tiboringizga havola qilamiz.

    Qo‘zg‘olon bostirilgandan so‘ng o‘yin davom etadimi?

    Birinchi mavsumdan farqli o‘laroq, ikkinchi mavsumda o‘yinni oxirigacha ko‘rolmaymiz — uchinchi bosqichdan keyin Ki Xun bir nechta tarafdorlarini qo‘riqchilarga hujum qilishga va yuqori qavatga chiqish uchun tashabbusni qo‘lga olishga undaydi. Bu isyonda uncha ko‘p odam ishtirok etmaydi, tirik qolgan o‘yinchilarning aksariyati katta zalda qoladi — binoda tartib o‘rnatilgach, ular o‘yinni davom ettirishi mumkin. Natijada qo‘zg‘olonda halok bo‘lganlar shunchaki hisobga pul qo‘shadi. Qizig‘i shundaki, ikkinchi mavsumda bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinchining g‘alaba qozonish imkoniyati haqida aytiladi — balki o‘yinni chindan ham to‘xtatishar yoki musobaqalar davom etarmikan?

    388-raqamli o‘yinchida qanday sir bor?

    Ikkinchi mavsumga ko‘plab yangi qahramonlar qo‘shildi, ammo ular orasida haqiqatan ham qiziqarli bo‘lganlari o‘ntadan oshmaydi. Ishtirokchilar orasida 388-raqamli o‘yinchi Kan De Xo alohida ajralib turadi, u nimanidir yashirayotganga o‘xshaydi. Dastlab u o‘zini sobiq harbiy deb tanishtiradi, so‘zining isboti sifatida dengiz piyodasi tatuirovkasini ko‘rsatib, 390-raqamli o‘yinchi Ki Xunning eski do‘sti Pak Chon Beni ishontiradi. Biroq asta-sekin De Xoning yolg‘on gapirgani ma’lum bo‘ladi — u qurol ishlata olmaydi, jang maydonida qo‘rqoqlik qiladi, finalda o‘rtoqlariga xiyonat qiladi. Uchinchi mavsumda bu qahramonning aslida kimligini bilish vaqti keladi.

    Shaman ayolning qarg‘ishi amalga oshadimi?

    Yana bir qiziqarli yangi qahramon — 04 raqamli o‘yinchi Son Ne, o‘zini shaman deb ataydi, doimiy ravishda osmon va yer xudolaridan yordam so‘raydi. Ko‘rinishidan, u juda shafqatsiz va xudbin ayol. Ayol o‘zini har qanday falokatlardan himoyalangan deb hisoblaydi, lekin boshqalarni osongina la’natlaydi va boshqa o‘yinchilarga azobda o‘lishni bashorat qiladi. Kino ijodkorlari bu o‘yinchini shunchaki qo‘shishmagan — shaman ayol hali o‘zini ko‘rsatishi kerak. Eng xavotirli tomoni shundaki, Son Ne o‘yinchilar orasidan o‘ziga ishonganlarini osonlikcha topadi — uning kichik to‘dasi armiyaga aylanishi mumkin.

    Kapitan Pak kimga ishlaydi?

    Birinchi mavsumda Xvan Chun Xo oroldagi otishmadan keyin tirik qoladi — uni Pak ismli baliqchilik kemasining kapitani qutqaradi. Politsiyachi orolni topish niyatidan voz kechmaydi, bunda unga kapitan Pak yordam beradi, ammo finalda dengizchini qandaydir tashqi kuchlar boshqarayotganini ko‘ramiz — u qidiruv guruhining dronini ishdan chiqaradi va bunga tasodifan guvoh bo‘lgan guruh a’zosini dengizga tashlab yuboradi. Ehtimol, kapitan sobiq boshlovchi, hozirda 001 raqamli o‘yinchi bo‘lgan Xvan In Xoga ishlar. Chun Xo In Xoning ukasi bo‘lib, In Xo kapitandan uni o‘yindan uzoqroq tutishni so‘ragan bo‘lishi mumkin. 

    Kan No Il qanday o‘yin o‘ynayapti?

    Ikkinchi mavsumning eng qiziqarli syujet chiziqlaridan biri — Shimoliy Koreyadan qochib kelgan Kan No Ilning o‘yindagi qo‘riqchilarga qo‘shilishi. Yosh ayolni faqat pul qiziqtiradi — u bir paytlar tortib olingan farzandini izlayapti, biroq shu bilan birga u o‘yinda ham buzg‘unchilik qilib, murdalarning o‘g‘irlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. No Il 246-raqamli o‘yinchi Ken Sokni asrab qolishga urinyapti, ammo u tez orada halok bo‘ladi. Bu o‘lim shimoliy koreyalik merganning xatti-harakatini o‘zgartiradimi? U Ki Xun boshchiligidagi qarshilik harakatining bir qismiga aylanadimi? Oxir-oqibat farzandini topa oladimi? Shuncha qotillik sodir etganidan keyin kechirilarmikan?

    Ki Xunning qizini yana ko‘ramizmi?

    Birinchi mavsumda serialning ko‘plab sahnalari Ki Xunning kichik qiziga bag‘ishlangan edi — aslida aynan qizi uchun erkak xavfli o‘yinga qo‘shiladi. Yangi qismda qiz deyarli tilga olinmaydi — qahramon o‘zini o‘yin tashkilotchilarini izlashga bag‘ishlagan. Ikkinchi mavsum davomida Ki Xun unga faqat bir marta qo‘ng‘iroq qiladi, lekin gapirishga jur’at etolmaydi. Biroq qizi uning uchun hali ham qadrli, ehtimol, qizcha serialning uchinchi mavsumida muhim rol o‘ynar.

    O‘yin tashkilotchilari qanchalik qudratli?

    Albatta, uchinchi mavsum finalida yaxshi xotimaga umid qilamiz, ammo ochig‘ini aytganda, Ki Xun va o‘yin tashkilotchilari o‘rtasidagi kuchlar teng emas. O‘yin ortida turgan hamjamiyat yetarlicha kuchli va uyushgan bo‘lib, g‘oliblarni teri ostiga joylashtirilgan chip orqali kuzatadi — ular kapitan Pakni sotib oladi, o‘ldirilganlarning organlarini hech qanday xavf-xatarsiz sotishga majbur qiladi. Chun Xoni yashirgan, keyin ishdan bo‘shatgan politsiya boshlig‘i ham maxfiy kompaniyada ishlayotganiga shubha bor. Bir kishi bu tizimni barbod qila oladimi? Boshqa film va seriallarda ham shunday bo‘lgan, lekin o‘yin tashkilotchilari birgina Ki Xun uchun juda kuchli emasmikan?

    Ikkinchi mavsum titrlaridan keyingi kadrda nima sodir bo‘ladi?

    Titrlardan keyingi qisqa kadrda mualliflar voqea nima bilan davom etishiga kichik ishora beradi — bu epizodda bir nechta o‘yinchilar “Sekinroq yursang, davom etasan” o‘yini maydoniga juda o‘xshash joyga chiqadilar. Darvoqe, bu yerda harakat datchigi bilan qoidabuzarlarni kuzatadigan bitta qo‘g‘irchoq yonida ikkinchisi ham bor. Bu o‘yinning keyingi bosqichiga ishora bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lum. Ehtimol, bu isyondan keyingi o‘yinning qo‘shimcha datchik bilan kuchaytirilgan davomidir. Uchinchi mavsumni kutamiz...

    Bunda hammani faqat bir narsa quvontiradi — uchinchi mavsum, aftidan, allaqachon tayyor, uning premyerasi yozda bo‘lishi kutilmoqda. Shunda barcha savollarga javob beriladi. Nima bo‘lganda ham “Kalmar o‘yini” mualliflari ommani yana o‘ziga jalb qilishning uddasidan chiqdi, ular tomoshabinlarni bolalarning g‘alati o‘yinlari haqida gapirishga, faqat raqamlariga ko‘ra farq qiladigan odamlar uchun qayg‘urishga majbur qilish yo‘lini topishdi. Bu har qanday maqtovga arziydigan katta yutuq.

    16 yanvar, 10:33   Izoh (0)   10786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#“Kalmar o‘yini”
    Hilola G‘iyosova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaxshi kunlar hali oldinda: hayot naqadar go‘zalligiga ishonch baxsh etuvchi koreys seriallari (treyler) 

    30.05.2024, 13:50

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    Bir o‘tirishda tomosha qilasiz: birinchi daqiqalardanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys seriallari

    20.06.2024, 14:29

    Dramalar davrini boshlab bergan eng yaxshi koreys seriallari 

    10.08.2024, 10:50

    Faqat “Kalmar o‘yini emas”: qiziqarli syujetga boy eng yaxshi koreys seriallari

    23.08.2024, 13:13

    Ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys detektiv seriallari

    21.09.2024, 13:55

    Romantika mavsumi: fantastika janridagi eng yaxshi koreys seriallari

    24.09.2024, 16:03

    Film so‘ngigacha kiprik qoqmay tomosha qilinadigan koreys seriallari (treyler) 

    15.10.2024, 19:10

    Ancha vaqt ta’siridan chiqib keta olmaysiz: Eng qo‘rqinchli koreys seriallari

    22.10.2024, 17:05

    Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

    28.10.2024, 18:40

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada bojxona posti rahbari 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 20:16

    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

    Reklama | 15 avgust, 19:30

    Tramp joriy qilgan tariflar Yaponiya avtosanoatini inqiroz yoqasiga olib keldi

    Avto | 15 avgust, 20:10

    Xitoyda robotlar olimpiadasi boshlandi

    Dunyo | 15 avgust, 19:56

    Jag‘dagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? 9 ta oddiy qoida

    Go‘zallik | 15 avgust, 19:35

    “Maxsustrans 2022−2023-yillarda 45 mlrd so‘m zarar ko‘rgan” — Shavkat Umurzoqov

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:21

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    O‘zbekistonlik talabalar bir vaqtda 2 mingta robot yasab Ginnes rekordini yangilamoqchi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:05

    O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 18:51

    Tramp va Putin Alyaskadagi sammit yakunida hech qanday hujjat imzolamaydi

    Dunyo | 15 avgust, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.