Ijtimoiy tarmoqlarda o‘smir bolani do‘konda kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanishicha, 16-aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan oziq-ovqat do‘konida fuqaro Q.F. oilaviy masala tufayli turmush o‘rtog‘ining voyaga yetmagan ukasi N.S. (2008-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. O‘rganish natijasiga ko‘ra qo‘llanilgan huquqiy choralar yuzasidan qo‘shimcha ravishda maʼlumot beriladi.
Farg‘onada kompyuter klubida janjal ko‘targan shaxslar qamoqqa olingani xabar qilingandi.
O‘zbekistonda 2024-yilda 469 568 kishi maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Ko‘rilgan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarning aksariyatini mayda bezorilik kabi huquqbuzarliklar bo‘lgan. 2024-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlanganlar soni 61 502 nafarni tashkil etib, shundan 20 659 kishiga ozodlikdan mahrum qilish va 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan, 1 080 nafar shaxsga shartli hukm qilingan.
Izoh (0)