Time jurnali 2025-yil holatiga ko‘ra dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga kirganlar olti toifaga bo‘lingan. Ular orasida taniqli tadbirkorlardan tortib siyosatchilargacha bor.

“Yetakchilar” toifasiga AQSH prezidenti Donald Tramp, vitse-prezident Jey Di Vens, SpaceX asoschisi Ilon Mask va savdo vaziri Govard Lyutnik kirgan. Shuningdek, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers, Argentina prezidenti Xavyer Miley, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum va Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara’a ham shular jumlasidan.
Tramp haqidagi maqolada aytilishicha, “hech bir zamonaviy prezident AQSH hukumati ustidan nazoratni Donald Tramp kabi qat’iyat bilan qo‘lga olmagan”.
Grenlandiyani bosib olish va AQSHning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini to‘xtatish tahdidi bilan AQSH ittifoqchilarini sarosimaga solmoqda. Uning qolgan prezidentlik muddati dunyoni qay darajada o‘zgartirishini ko‘rsatadi, deb yozadi Time muxbiri Brayan Bennet.
“Titanlar” nominatsiyasiga tennischi Serena Uilyams, ko‘p karra Olimpiada chempioni gimnastikachi Simona Bayls va Meta asoschisi milliarder Mark Sukerberg kirgan.
“San’atkorlar” toifasidagi mashhur shaxslar qatoridan qo‘shiqchi Ed Shiran va aktrisa Skarlett Yoxansson o‘rin olgan.
“Ikonlar”
- Aktrisa Demi Mur — “Substansiya” filmidagi roli uchun 2025-yil “Oltin globus” olgan.
- Aktyor Adrian Brody — “Brutalist” filmidagi ijrosi uchun 2023-yilda “Oskar” olgan.
- Aktyor Xiroyuki Sanada — 2024-yilgi “Emmi” g‘olibi bo‘lgan “Syogun” tarixiy dramasi aktyori.
- Jurnalist Devid Myur — ABC News telekanalida faoliyat olib boradi.
- Yozuvchi Rakel Uillis va boshqalar.
“Innovatorlar”
- Reper Snoop Dogg
- Olim Ismohane Elouafi — U boshqarayotgan CGIAR qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari tashkiloti qashshoqlikni kamaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ovqatlanishni yaxshilashning yangi yo‘llarini izlamoqda.
- Aktrisa Nikki Glazer
- Musiqachi Richard Thompson.
- Astronom Vendi Fridman va boshqalar.
“Pionerlar”
- Britaniyalik kimyogar Demis Hassabis — “oqsil tuzilishi prognozi uchun” 2024-yilda Nobel olgan.
- Qo‘shiqchi Park Jae-yong (Rose taxallusi) — Koreyaning mashhur Blackpink guruhi xonandasi
- Qo‘shiqchi Mayls Smit — 2024-yilgi “Stargazing” va “Nice to Meet You” singllari bilan mashhur.
- Avstraliyalik tadbirkor Endryu Forrest.
- Botanik va yozuvchi Robin Uoll Kimmerer.
Izoh (0)