• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes Karyera

    Semizligi tufayli tashlab ketilgan, uch marta Ginnes rekordlari kitobiga kirgan xonanda — Adel qanday qilib Yevropaning eng boy qo‘shiqchisiga aylandi?

    Britaniyalik qo‘shiqchi Adel hozirda 35 yoshda, lekin u uzoq vaqtdan beri dunyodagi eng nufuzli yuz kishidan biri bo‘lib kelgan. 19 yoshida birinchi albom, 21 yoshida dunyoga mashhur xonanda va muxlislarga to‘la stadionlar. London chekkasida yashovchi intiluvchan oddiy qiz shou-biznes qoidalariga qaramay, yorqin shoular, shov-shuvli kliplar yoki shahvoniy harakatlarsiz ham jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortdi — faqat shaxsiyati va ajoyib ovozi bilan.

    Bolalik. Otasini sog‘inib...

    Adel Lori Blyu Adkins 1988-yilda Shimoliy Londonda gangsterlar, arab muhojirlari va kambag‘allar yashaydigan mashhur Tottenhem hududida tug‘ilgan. Adelning oilasi ham kambag‘al edi. Uning ota-onasi — 18 yoshli san’at instituti talabasi Penni va jazzni yaxshi ko‘radigan 20 yoshli ishsiz yigit Mark 1987-yilda pabda tanishib, birga yashay boshlaydi. Penni Adelni dunyoga keltiradi, shundan so‘ng Mark uning qo‘lini so‘raydi, lekin Penni turmush qurishga hali yosh ekanini aytib, uni rad etadi. Mark qizi to‘qqiz oylik bo‘lganda uydan chiqib ketadi. Taxminan uch yoshigacha Adel onasi bilan otasini ko‘rgani borib turadi, ammo keyin Mark g‘oyib bo‘ladi. Otasidan qolgan yagona narsa ikkinchi ismi Blyu edi — dadasi blyuzga bo‘lgan muhabbati sharafiga qiziga shunday ism qo‘ygan.

    Ota Adel mashhur bo‘lganda paydo bo‘ladi: u pul evaziga uning bolaligi haqida intervyu beradi.

    Bu odamning men haqimda gapirishga haqqi yo‘q. U meni tashlab ketdi — o‘n yil o‘tgach to‘satdan paydo bo‘ldi va hayotimdagi barcha muammolar yomon munosabatlarimiz tufayli ekanligini aytdi. Jin ursin uni!, — deydi g‘azablangan Adel.

    Onasi qizining iste’dodini erta payqab, musiqa darslariga pul to‘lash uchun birdaniga uchta joyda (o‘quv kurslari menejeri, mebel yig‘ish, massaj) ishlagan. Adelning otasi o‘rnini bobosi egallaydi, lekin u 10 yoshga to‘lganida bobosi vafot etadi. Adel bundan qattiq siqiladi va yurak jarrohi bo‘lishga qaror qiladi. Hayot uni boshqa yo‘nalishga olib ketadi, lekin bir kun kelib Adel onasidan: “Sen haqiqiy shifokorsan, faqat yuraklarni musiqa bilan davolaysan” degan taskinni eshitadi.

    Maktab paytida Adel onasini gitara sotib olishga ko‘ndiradi va chalishni o‘zi o‘rganadi, besh oktavadan iborat kuchli ovoz va eng yuqori notalarga chiqish qobiliyati bilan do‘stlarini hayratda qoldiradi. Ammo u mashhur xonanda bo‘lishni xayoliga ham keltirmay — u doim semiz bo‘lgan, bunday qomat bilan sahnaga chiqa olishiga va boy homiylar topilishiga ishonmaydi. Shunga qaramay, 16 yoshida Adel Kroydondagi London Ijrochilik san’ati va texnologiyasi maktabiga o‘qishga kiradi. Adel o‘rta maktabni tashlab, Britaniyadagi eng yaxshi o‘qituvchilardan musiqa san’atini o‘rganishni boshlaydi.

    Musiqa cho‘qqisini zabt etish

    2006-yilda ijrochilik maktabida o‘qiyotganda, Adel maktabdagi vazifa uchun uchta trek yozadi. Do‘sti ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi — qo‘shiqlar bir zumda xitga aylanadi. Adel e’tiborga tushadi. XL Recordings egasi Richard Rassell Adelning kichik konsertiga tashrif buyuradi va uning g‘ayrioddiy ovozidan hayratda qoladi. 2006-yilda o‘qishni tugatgandan to‘rt oy o‘tgach, Adel o‘zining birinchi shartnomasini imzolaydi.

    Voqealar tez rivojlanadi. Adelning yana ikkita qo‘shig‘i internetda paydo bo‘ladi, Hometown Glory qo‘shig‘i esa 2007-yil oktyabr oyida radioda chiqadi. U darhol hafta qo‘shig‘i deb tan olinadi, hatto “Gremmi” mukofotiga nomzod bo‘ladi. Ammo Adel qo‘shiqni atigi 10 daqiqa ichida yozgandi. Keyinchalik bu qo‘shiq Britaniyaning eng yaxshi 40 taligiga kiradi. Natijada xonanda XL Recordings bilan yangi shartnoma imzolaydi — keyin Adelning Chasing Pavements singli (unga xiyonat qilgan yigiti bilan ajrashgandan keyin yozgan) bir oy davomida Britaniya chartlarida ikkinchi o‘rindan tushmaydi.

    Birinchi katta muvaffaqiyat

    2008-yilda Adelning “19” debyut albomi shov-shuvga aylanadi, Britaniya chartlarida birinchi o‘rinni egallaydi. Brit Awards marosimida Adel Someone Like You qo‘shig‘ini kuylaydi va darhol chartlarda yetakchilik qiladi. Adel ko‘zlarida yosh bilan qo‘shiq aytadi. Keyinchalik u bu qo‘shiqni eng sevimlisi deb ataydi.

    Keyin “Eng yaxshi yangi ijrochi” va “Eng yaxshi ayol pop-vokali” nominatsiyalarida “Gremmi” mukofotlari va tanqidchilar tomonidan “Qalb malikasi” unvoni beriladi. 2008-yil oktyabr oyida Alyaskaning sobiq gubernatori Sara Peylin va Adel 17 million kishi tomosha qilgan Saturday Night Live ko‘rsatuvida chiqish qiladi. U yerda Adel “19” albomidan ikkita qo‘shiq ijro etadi va u darhol iTunes’da birinchi o‘ringa ko‘tariladi.

    “21” albomi 2012-yilda chiqariladi. U bir yarim oy davomida deyarli butun Yevropada hit-paradlarda yetakchilikni bermaydi. Adel Billboard Music Award’ning 12 ta mukofotni qo‘lga kiritib, Time jurnalining yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiradi. Keyin Adel shunday deydi:

    Keyingi albom ikki yildan keyin chiqadi, men o‘zim uchun ham yashamoqchiman.

    Uning o‘ziga yarasha sababi bor edi: qo‘shiqchi o‘g‘lini dunyoga keltiradi — chaqaloq 18 oylik bo‘lganida, u ijodga qaytadi.

    Britaniyaning eng boy 30 yoshli qo‘shiqchisi

    2015-yilda yangi albomning chiqarilishi shu qadar shov-shuvga sabab bo‘ladiki, Jastin Biber va One Direction guruhi raqobatdan qo‘rqib, disklarini chiqarishni keyinga qoldiradi. “25” nomli albomi sakkiz oyda 20 million nusxada sotiladi.

    2014-yilda Adel madaniyat va san’atni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlanadi. Ikki yil o‘tgach, u uchta Brit Awards nominatsiyasida, 2017-yilda esa beshta “Gremmi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ladi. 2018-yilga kelib 190 million dollar ishlab, Buyuk Britaniyadagi eng boy qo‘shiqchiga aylanadi.

    45 kiloga ozishni uddalaydi

    2011-yilda “21” albomi bilan jahon gastrollarini boshlagan Adel ovozini yo‘qotadi, natijada konsertlarini bekor qilishga to‘g‘ri keladi.

    “14 yoshimdan beri har kuni qo‘shiq kuylayman, ovozimda hech qachon muammo bo‘lmagan... Parijda jonli kuylashim kerak edi, birdan ovozim yo‘qoldi – qon keldi, tomoq sohasidagi tomir yorildi. Birozdan keyin bu o‘tib ketdi, qo‘shiq ayta boshladim. Lekin keyinchalik eng yaqin do‘stimning to‘yida yana shunday bo‘ldi. Ba’zi ahmoqlar menda tomoq saratoni borligi haqida mish-mish tarqatdi, — deya shikoyat qiladi Adel.

    U operatsiyani boshdan o‘tkazadi. Ovoz balandlashadi, xirillashlar yo‘qoladi.

    Qo‘shiq — mening hayotim, sevimli mashg‘ulotim, sevgim, erkim, ishim. Menda bitta yo‘l bor – to‘liq tiklanish, aks holda ovozimni abadiy yo‘qotish xavfi bor, — deb o‘rtoqlashadi Adel.

    O‘smirlik davrida Adel semirib ketganligi sababli komplekslardan aziyat chekkan, ammo muvaffaqiyat unga ishonch bag‘ishlaydi — u tez-tez o‘zini qabul qilish va tanasini sevish haqida gapiradi. Axir u top-model emas va o‘rnatilgan go‘zallik standartlariga rioya qilishga majbur ham emas. Ammo tug‘uruqdan keyin uning vazni 100 kilodan oshadi, lekin u hali ham parhez qilishning ma’nosini ko‘rmasdi: “Mening musiqam ko‘zlar uchun emas, balki quloqlar uchun”. To‘satdan, 2015-yilda Adel ozishni boshlaydi. “Hello” qo‘shig‘ining klipida u butunlay boshqacha ko‘rinishga ega edi. Pandemiya paytida qo‘shiqchi koronavirus cheklovlari tufayli yana 45 kg ga ozadi.

    Adel hozirda

    2019-yilda Adel to‘satdan musiqa biznesini to‘xtashini e’lon qiladi, teleko‘rsatuv boshlovchisi va aktrisa sifatida chiqishni boshlaydi. Ammo 2021-yilda muxlislarning baxtiga onalik, ajralish va yurak xastaligi haqidagi qo‘shiqlardan iborat “30” albomi chiqadi. Albomning asosiy singli Easy on Me katta muvaffaqiyatga erishadi va albom 24 mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi. 2023-yil fevral oyida Adel Easy On Me uchun yangi “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritadi va ingliz adabiyoti bo‘yicha diplom olishga vaqt topish niyatida ekanligini ma’lum qiladi.

    Hozir Adel shon-shuhrat cho‘qqisida. Uning disklari dunyodagi eng ko‘p sotilgan disklar qatoriga kiradi, u yuzdan ortiq turli mukofotlarga ega, singl va albomlarining muvaffaqiyati uchun uch marta Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan.

    29.05.2024, 09:51   Izoh (0)   64902
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Butun dunyoga egalik qilgan tarixdagi eng boy 9 kishi (foto)

    28.05.2024, 09:49

    Jaloliddin Ahmadaliyev yangi konsert dasturi, raqqosalarni sahnaga olib chiqqani va qimmatga sotilayotgan chiptalari haqida gapirdi (foto, video)

    28.05.2024, 21:25

    AQSHdagi fermada boqiladigan 2 metrli buqa Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi (video)

    28.05.2024, 17:57

    Doimiy charchoqdan xalos bo‘lishning 7 usuli

    28.05.2024, 16:50

    AQSHdagi qariyalar uyida yashovchi juftlik turmush qurdi: kelin 102, kuyov esa 100 yoshda (foto)

    28.05.2024, 15:50

    Melanxoliklar uchun kinotavsiya: his-tuyg‘ularga to‘lib-toshgan koreys doramalari

    28.05.2024, 14:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozgi ta’tildan keyin bola tez-tez kasal bo‘lsa: farzandlar immunitetini oshirish sirlari

    Farzand | 15 avgust, 18:20

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    Shveysariyada plastik chiqindilar muammosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi

    Dunyo | 15 avgust, 18:05

    Transfermarket jarohat olgan futbolchilardan “ramziy terma jamoa” tuzdi

    Sport | 15 avgust, 18:00

    Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 17:40

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.