• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nyu-Yorkda otib ketilgan rus boksining afsonasi, Gaitida 300 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila va AQShda krionlangan birinchi inson. Kun xronologiyasida 12-yanvar

    12-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Nyu-Yorkda otib ketilgan rus boks afsonasi, Gaitida 300 ming inson o‘limiga sabab bo‘lgan zilzila hamda o‘zini krionlashlariga rozi bo‘lgan amerikalik professorga oid faktlar o‘rin olgan.

    Nyu-York otib ketilgan rus bokschisi

    Oleg Korotayev eng iqtidorli sovet boksyorlaridan biri bo‘lib, jahon sporti yulduziga aylanishi mumkin edi, biroq u 1994-yil 12-yanvarda AQSHda otib ketilgan edi.

    Foto: “Championat.com”

    Foto: “Championat.com”

    Sovet boks maktabi dunyodagi eng yaxshilardan biri bo‘lgan va jahonga o‘nlab iqtidorli sportchilarni taqdim etgan. Qattiq raqobat muhitida 15 ta respublikaning har biridan o‘nlab sport ustalari SSSR terma jamoasi a’zoligi uchun kurashgan. Shu kabi yosh sportchilardan biri Oleg Korotayev bo‘lib, u sovet davrining eng oldi bokschilaridan biri hisoblangan.

    Oleg Korotayev 1949-yil 4-sentabr kuni Sverdlovskda dunyoga kelgan. Otasi oilani erta tashlab ketgani bois Korotayev yoshligidan mas’uliyat nimaligini his qilib ulg‘aygan. U 14 yoshidan boshlab boks bilan shug‘ullanishga kirishgan, tez orada kechki maktabda o‘qishga o‘tib, o‘qish ham, mashg‘ulotlarga ham, hatto ishlashga ham vaqt topa olgan.

    Bo‘sh har bir daqiqasini boksga bag‘ishlagan Korotayev jadallik bilan rivojlana borgan. 17 yoshida u butunittifoq birinchiligida g‘alaba qozongan. Kuchli zarbaga ega iqtidorli yigit taniqli murabbiy Georgiy Jeroyan e’tiboriga tushgan. Shundan keyin Oleg Moskvaga ko‘chib o‘tadi va Jismoniy tarbiya universitetiga o‘qishga kiradi.

    Korotayev uchun 1970-yil omadli kelgan. O‘shanda Kaunasdagi SSSR chempionatida u barcha turnir setkalaridan ajoyib o‘tib, finalda Vladimir Nesterenko ustidan g‘alaba qozongan holda, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Mamlakatdagi qator musobaqalardagi g‘alabasidan keyin Oleg terma jamoa safiga jalb etilgan.

    Foto: “Championat.com”

    Foto: “Championat.com”

    Oktabr oyida u Kubadagi nufuzli turnirga yo‘l olgan. Birinchi jangda u germaniyalik Kurd Andersonni dastlabki raunddayoq nokautga uchratgan. Ikkinchi jangda o‘rta og‘ir vazndagi bokschi kubalik Veguni qulatgan — uni ringdan zambilda olib chiqib ketishgan. Nihoyat final uchrashuvida Panamerika o‘yinlari chempioni Luis Valyero unga qarshi ringga ko‘tarilgan. Mahalliy tomoshabinlar o‘z yurtdoshining g‘alabasiga ishongan, ammo Korotayev shafqatsizlarcha, muddatidan oldin g‘alaba qozongan. Korotayevning g‘alabasini hatto komandante Fidel Kastro ham e’tirof etgandi.

    1971-yilda Oleg AQSH va SSSR terma jamoalarining uchrashuvida ishtirok etgan. O‘shanda sovet delegatsiyasi Las-Vegasga yo‘l olgandi. Terma jamoani afsonaviy Jo Luis kutib olgan, ular hashamatli Caesars Palace mehmonxonasiga joylashtirilgan. Bu kabi chalg‘ituvchi omillarga qaramasdan Korotayev yuqori darajada chiqish qilgan. Birinchi jangda u Nataniel Jeksonni nokautga uchratgan, ikkinchisida sparring-sherigi Muhammad Ali, undan keyin AQSH chempioni Uilyam Ratliff ustidan g‘alaba qozongan.

    Oleg Korotayev butun karyerasi davomida 196 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, uning 187 tasida g‘alaba qozongan (160 tasini nokaut bilan).

    1970-yilda boks bo‘yicha terma jamoaga Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, SSSR chempioni Anatoliy Stepanov tayinlangan. Qattiq va betgachopar xarakterga ega Oleg murabbiy bilan yaxshi til topisha olmagan. Aynan shu sababli u Madriddagi musobaqada qatnashish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan. Omadsizliklar shu bilan tugamagan, Korotayev oyoq paylarini qattiq jarohatlab olgan. 1972-yilda bokschi yana ringga qaytgan — Leningrad turniri finalida u Yevropa chempionatida o‘zining o‘rnini egallagan Metelyov ustidan nokaut bilan g‘alaba qozongan.

    Foto: “Championat.com”

    Foto: “Championat.com”

    Ammo Stepanovning baxtiga Oleg kutilmaganda SSSR birinchiligi finalida mag‘lubiyatga uchraydi va Olimpiadada ishtirok etish imkoniyatlarini kamaytiradi. Korotayev terma jamoa bazasiga yarim soat kechikib kelgani esa, uning barcha imkoniyatlarini yo‘qqa chiqargandi. O‘shanda Stepanov aqlbovar qilmas darajada janjal ko‘tarib, sportchini barcha unvonlaridan mahrum etishni talab qilgan. Terma jamoa murabbiyining talabi qondirilgan. Shunday qilib, 23 yoshida sportchining karyerasiga nuqta qo‘yilgandi. Boks bo‘yicha SSSR termasi Myunxen Olimpiadasida mag‘lub bo‘lgach, uning rahbariyati o‘zgargan. Oleg shu zahoti tarkibga qaytarilgan va karyerasini yangidan boshlagan.

    1973-yilda Oleg Yevropa chempionatida qatnashadi. Turnir setkasi bo‘ylab xuddi tank kabi harakatlangan bokschi yarim finalda qit’aning amaldagi chempioni Yugoslav Mate Parlov bilan ringga ko‘tarilgan. Oleg birinchi raunddayoq uni nokdaunga uchratgan. Ammo bolqonlik sportchi tezda o‘zini o‘nglab oladi va “iflos o‘yin” orqali sovet sportchisining qoshini yoradi. Referi qoidabuzarlikka e’tibor qaratmagan, shifokor esa uchrashuvni to‘xtatadi. Shundan so‘ng Olegning holati barqarorlashmaydi.

    Omadsizliklari fonida Oleg rejimni tez-tez buza boshlaydi. Yarim tungacha restoranlarda kayfu-safo qiladi, ko‘ngilxushliklar, janjallar. Shu kabi voqealardan birida Korotayev IIV rahbari Nikolay Shyolokovning o‘g‘li Igorni mayib qilib qo‘ygan. U ikki oy davomida davolanishiga to‘g‘ri kelgan, Olegni esa hibsga olishgan.

    1977-yilda Korotayev yana bir mojaroga aralashib qoladi. Moskvadagi mehmonxonalarning birida liftda u bir xorijlikni urgan. Oleg sovet sportiga soya solayotgan inson sifatida qaralgan va unga qarshi ish boshlangan. Uyida o‘tkazilgan tintuvda Fidel Kastro tomonidan sovg‘a qilingan machete topilgan. Bu suvenir sovuq qurol sifatida malakalangan. Bundan tashqari, uning kvartirasidan giyohvand moddalar topilgan va natijada sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum etgan.

    Yaroslavl koloniyasi devorlari ortida Korotayev kriminal olamga aralashib qolgan va ozodlikka shu doiradagi katta-katta tanishlar orttirib chiqqan. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, 1985-yilda u janjal uchun yana sudlanib, qamoqqa qaytgan.

    Korotayev 1988-yilda ozodlikka chiqqach, yana Moskvaga qaytgan. Sobiq bokschi biznes bilan shug‘ullanishga kirishgan. U aynan nima ish qilganini hech kim aniq ayta olmaydi, ammo ko‘pchilikning fikricha, Oleg bir nechta uyushgan jinoiy guruhlar ishiga aloqador bo‘lgan. Olegning boyligi tezda orta borgan. U avtomobillarini qo‘lqopdek almashtirgan va oilasini sovg‘a-salomlarga ko‘mib tashlagan. Ammo 1990-yillarda barchasi tez o‘zgardi. Tez orada butun mamlakat bo‘ylab jinoyat olami vakillari qo‘lga olina boshlangan.

    Shunday kunlarning birida Korotayevning maxsus xizmatlarda ishlaydigan eski do‘stlaridan biri uni ham “olib tashlashmoqchi” ekanini aytgan. Oleg bu ma’lumotni jiddiy qabul qilmagan, ammo kuzatuvga olinganini payqagach, 1992-yilga AQSHga ko‘chib ketgan.

    U yerda sobiq bokschi ikkinchi marta uylangan, turistik kompaniyada vitse-prezident sifatida ish boshlagan. Shu bilan birga u oilasi bilan aloqalarini uzib yubormagan. 12-yanvar kuni Nyu-Yorkdagi “Arbat” restoranidan chiqqan Korotayevga avtomobil yuborish taklifi bildirilganida u quyidagicha javob bergandi: “Kerakmas, bugun meni o‘ldirishadi…”.

    Foto: “Championat.com”

    Foto: “Championat.com”

    Shu kecha mazkur restoran qarshisida uning gardaniga o‘q uzib ketilgandi. Qotillikka aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum. Korotayevning dafn marosimi Moskvada bo‘lib o‘tgan.

    Gaitida 300 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila

    2010-yil 12-yanvar kuni Gaitida yuz bergan zilzila mamlakat tarixidagi eng halokatli yer osti silkinishiga aylangandi. Mahalliy vaqt bilan soat 16:53 da ro‘y bergan birinchi zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 7 balldan oshgan. Uning ortidan yana o‘nlab kuchsizroq silnikishlar sodir bo‘lgan. Birinchi zarbaning o‘zida mamlakat poytaxti Port-o-Prensda minglab binolar qulab tushgan, butun boshli dahalar vayronaga aylangan. Shaharda energiya ta’minoti buzilgan, telefon va boshqa aloqalar uzilgan. Shahar shifoxonasida, prezident saroyi, qator vazirliklar binolari qulab tushgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Tabiiy ofat oqibatida 250 mingdan 300 ming oralig‘ida inson halok bo‘lgan, 3 millionga yaqin odam jarohatlangan, bir milliondan ziyod kishi boshpanasiz qolib, qochoqqa aylangan. Mamlakat iqtisodiyotida katta zarar yetgan — 9 milliard dollarga yaqin. Bundan tashqari, mamlakatda vabo epidemiyasi boshlanib, yana 7 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

    Hozirda Gaiti g‘arbiy yarimshardagi eng qashshoq davlatligicha qolmoqda — 60 foiz gaitilik og‘ir ahvolda kun kechiradi. 2010-yilgi zilziladan o‘ziga kelishga ulgurmagan mamlakat 2016-yilda kuchli Metyu dovuliga duch kelgandi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Birinchi marta insonning krionlanishi

    1967-yil 12-yanvar kuni AQSHda birinchi marta tirik inson ustida kriosaqlash amaliyoti o‘tkazilgandi. Psixologiya professori bo‘lgan Jeyms Bedford krionikadan foydalangan ilk insonga aylangan.

    Foto: Kriorus

    Foto: Kriorus
    Jeyms Bedford 73 yoshida kelajakda tibbiyot saratonni yengishiga umid qilgan holda krionikaga rozi bo‘lgan. Jarayon Kaliforniyaning Glendeyl shahrida o‘tkazilgan. Bedfordni krionlashda Cryonics Society of California mutaxassislari — taniqli kriobiolog Robert Pregoda, shifokor va biofizik Dante Brunol, jamiyat prezidenti Robert Nelson va Bedfordni davolagan shifokor Reno Eybl ishtirok etgan.

    Bemorning yuragi to‘xtashi bilan doktorlar Vest va Eybl sun’iy qon aylanishni ishga tushirgan, jasad ustiga muz sepib, uning chirishini sekinlashtirishga kirishgan. Bir soatdan keyin Robert Nelson krionlashga tayyorgarlik boshlagan. Bedfordning tanasi dimetilsulfoksid himoya eritmasi bilan qoplangan va sekin- asta quruq muz yordamida harorati -79 darajaga tushirilgan. Bir necha kundan keyun u suyuq azotga saqlanish uchun joylashtirilgan.

    Professor Bedfordning qutqarilishi birinchi omadli urinish bo‘lasa-da, umumiy kriosaqlash yo‘nalishidagi ilk tajriba emasdi. 1965-yil mayda Vilma MakLaflinni krionlash ko‘plab sabablarga ko‘ra uzilib qolgan: kriostatning yo‘qligi, qarindoshlari va rohibning qarshiligi, shifoxonalarning hamkorlikdan bosh tortgani va hokazo. 1965-yil oktabrda qarindoshlarining passiv pozitsiyasi sabab texnologik prognozlashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis Dandrija Kolaning kironlanishi to‘xtab qolgan. 1966-yil aprelda esa Los-Anjelesda yashovchi ayol bir necha oyga muzatilgan, ammo krionlash uning o‘limidan uzoq vaqt o‘tganidan keyin amalga oshirilgani bois, ikki oydan keyin ayolning jasadi eritilgan.

    Foto: Kriorus

    Foto: Kriorus

    Professor Jeyms Bedford krionika va kriobilogiya sohasidagi tadqiqotlar uchun 100 ming dollar meros qoldirgan. Ammo 1973-yilda birinchi bemorni saqlash va tashish ushbu mablag‘dan 2,5 barobar qimmatga tushgan. Bedfordning hozirga qadar saqlanishini ta’minlayotgan narsa uning qarindoshlari, xususan, o‘g‘li Normand Bedford sharofati bilan amalga oshmoqda.

    1976-yilda Galiso sug‘urta kompaniyasi Bedfordning tanasi saqlanayotganidan xabar topib, agarda u boshqa joyga ko‘chirilmasa sug‘urta to‘lamaslik bilan tahdid qilgan. Shu sababli 31-iyulda Jeyms Bedford solingan konteyner Trans Time krionika kompaniyasiga yuborilgan va 1977-yil 1-iyunga qadar o‘sha yerda saqlangan. Ortiqcha xarajatlar va so‘rovlar ko‘pligi sabab bu kompaniya ham o‘z xizmatini ko‘rsatishni to‘xtatgan va professorning qarindoshlari uning tanasini olib ketgan. Ular o‘zlari mustaqil ravishda ijaraga olingan kichik omborxonani jihozlab, foydalanishga kirishgan.

    1991-yil 25-mayda Jeyms Bedford Galiso zaxira kriokapsulasidan standart to‘rt kishilik “Alkor” kriostatiga ko‘chirilgan. Bu vaqtda davomida Bedford suyuq azot bilan to‘ldirilgan ochiq vannaga ham chiqarilib, tanasi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv uning tanasida hech qanday o‘zgarish kuzatilmaganini ko‘rsatgan va uni saqlash harorati biror marta ham -70 darajadan oshmagan.

    Foto: Kriorus

    Foto: Kriorus

    1980-yillar oxirida Kaliforniya Sog‘liqni saqlash departamenti “Alkor” faoliyatini noqonuniy deb topgan. Yuridik xatarlar Bedford va boshqa kriomijozlarning eritilishiga olib kelishi mumkin edi. Ammo uzoq davom etgan sud jarayonlari sabab kompaniya o‘z mijozlari xavfsizligini ta’minlashga erishgan.

    1976-yilda “Alkor” kompaniyasi krionikaning yangi usulini ishlab chiqib, uni amaliyotga tatbiq etgandi. Tibbiyot va nanotexnologiyaning rivojlanishi faqat miya yoki boshni saqlash imkonini bergan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Tinch okeani ustidan yolg‘iz uchib o‘tgan amerikalik ayol, prezident Nikson impichmentiga sabab bo‘lgan “Uotergeyt ishi” va Rossiyada poyezdni to‘xtatishni istamagan mashinist. Kun xronologiyasida 11-yanvar

    12.01.2023, 09:30   Izoh (0)   62846
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya xavfsizlik kuchlarining bolalari urush paytida chet elda qanday dam olmoqda? (foto)

    11.01.2023, 23:55

    Putin rus elitasini qo‘rqitish uchun Prigojindan foydalanmoqda — CNN

    11.01.2023, 23:21

    Eron sobiq mudofaa vaziri josuslikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi

    11.01.2023, 23:10

    “Tolibon” a’zosi hamshira ayolning qo‘lini sindirib, shifokorlarni kaltakladi

    11.01.2023, 22:40

    Shiddatli urush kechayotgan Soledar shahri — suratlarda

    11.01.2023, 22:10

    AQSH generali Putin nima uchun urushni uzaytirmoqchiligini aytdi

    11.01.2023, 21:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.