• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tyananmen maydonida o‘ziga o‘t qo‘ygan 5 kishi, AQSHda birinchi ayol davlat kotibining tayinlanishi va insoniyat tarixidagi eng halokatli zilzila. Kun xronologiyasida 23-yanvar

    23-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Tyananmen maydonida o‘ziga o‘t qo‘ygan 5 kishi, AQSH tarixidagi birinchi ayol davlat kotibi hamda insoniyat tarixidagi eng halokatli zilzilaga oid faktlar o‘rin olgan.

    Tyananmen maydonida o‘ziga o‘t qo‘ygan 5 kishi

    2001-yil 23-yanvar kuni soat 14:40 da Pekindagi Tyananmen maydonida Xitoy Yangi yili nishonlanayotgan paytda bir guruh odamlar o‘ziga o‘t qo‘ygandi. O‘zini yoqib yuborgan insonlar kim ekani va ular nima sababdan bunday yo‘l tutgani haqida turli taxminlar ilgari surilgan. Xitoy hukumatining ta’kidlashicha, o‘ziga o‘t qo‘ygan besh kishi mamlakatda ta’qib qilinuvchi Falungun diniy oqimining vakillari bo‘lgan.

    Kadr: CCTV

    Kadr: CCTV

    Falungunga bog‘liq manbalar ushbu ma’lumotlar ishonchli ekanini rad etadi va Falungun ta’limoti zo‘ravonlik hamda o‘z joniga qasd qilishni qat’iy taqiqlashini aytgan. Ayrim g‘arb jurnalistlari va tadqiqotchilari, jumladan, Filipp Pen hamda Daniel Shexter mazkur voqeaning rasmiy versiyasi haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, o‘ziga o‘t qo‘yish holati Xitoy hukumati tomonidan Falungun harakatini qoralash maqsadida tashkil etilgan deb hisoblaydi.

    Xitoy davlat OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kishidan iborat guruh Xenan viloyatidan Pekinga kelgan, shundan keyin ularning besh nafari Tyananmen maydonida o‘ziga o‘t qo‘yadi. Ushbu besh qurbon orasida Lyu Chunlin voqea joyida bahsli vaziyatda vafot etgan. Yana biri — 12 yoshli Lyu Siin bir necha haftadan keyin shifoxonada jon taslim qilgan.

    Aksiyaning qolgan uch ishtirokchisi omon qolgan. Mazkur voqea tezda xalqaro hamjamiyat tiliga tushadi. Bir haftadan keyin Xitoy Markaziy televideniyesi kanallari orqali o‘ziga o‘t qo‘ygan insonlarning videosi namoyish etiladi.

    Sodir bo‘lgan voqeadan ikki hafta o‘tib, Filipp Pen The Washington Post gazetasida jurnalistik surishtiruvini e’lon qilgan bo‘lib, unda aksiyada halok bo‘lgan ikki kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lganini va “hech kim ular Falungun harakati a’zolari ekanini tasdiqlay olmasligini” yozgan. Boshqa jurnalistlar hamda xalqaro kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan insonlar haqida oldindan xabardor bo‘lgan.

    Kadr: CCTV

    Kadr: CCTV

    Human Rights Watch’dagilarning fikricha, “ushbu voqea o‘sha vaqtda Pekinda bo‘lgan muxbirlar uchun juda qiyin vazifa bo‘lgan”, chunki mamlakatda mustaqil ma’lumot yetishmagan. Aksiyada o‘zini yoqib yuborishda omon qolganlar bilan faqatgina Xitoy davlat nashrlarining muxbirlari muloqot qilishlariga ruxsat berilgan. Jabrlanganlarning oldiga na ularning yaqinlari va na xalqaro OAV vakillari yaqinlashtirilgandi.

    Natijada hodisaning turlicha versiyalari va uning sabablari haqida fikrlar paydo bo‘lgan. Shu kabi versiyalardan birida buni Xitoy hukumati Falungunni ayblash uchun uyushtirgan deyilgan bo‘lsa, boshqasida mazkur harakat rostdan ham Falungun tarafdorlari tomonidan sodir etilgani keltirilgan. Shuningdek, o‘ziga o‘t qo‘yganlar harakatning “yosh yoki yangi” tarafdorlari bo‘lgani bois Falungun bunday harakatlarni taqiqlashidan bexabar bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

    Nima bo‘lganda ham, besh kishining maydon o‘rtasida o‘ziga o‘t qo‘yishidan keyin Xitoy hukumati tomonidan Falungunga qarshi propaganda harakati boshlangan va u sezilarli darajada muvaffaqiyatga erishgan. Time jurnalisti Mettyu Fornining qayd etishicha, oldinlar ko‘plab xitoyliklar Falungun jiddiy xavf tug‘dirmaydi va hukumat tomonidan uning tarafdorlari haddan ortiq repressiyaga uchrayapti, deb hisoblagan bo‘lsa, o‘ziga o‘t qo‘yish voqeasidan keyin ularning ko‘pchiligi fikrini o‘zgartirgan.

    Kadr: CCTV

    Kadr: CCTV

    Propaganda kampaniyasi davomida Falungunga a’zo bo‘lishning ziyonlari haqida plakatlar, varaqalar va videoyozuvlar tarqatilgan, maktablarda “antifalungun” darslari muntazam o‘tkazilgan.

    CNN bu kabi davlat propagandasini Koreya urushi va “Madaniyat inqilobi” vaqtida sodir bo‘lgan holatga o‘xshatgan. The Washington Post jurnalistlari Fikipp Pen hamda Jon Pomfretning ma’lumotlariga ko‘ra, jamiyatning Falungun bo‘yicha fikri salbiy tomonga o‘zgargach, Xitoy hukumati harakatni yo‘q qilish uchun “tizimli zo‘ravonliklardan foydalanish”ga o‘tgan.

    Freedom House ma’lumotlarida keltirilishicha, keyingi yillar davomida Xitoy hukumatining Falungun tarafdorlariga nisbatan tazyiqlari kuchaygan va ularni hibsga olish, qiynoqqa solish hamda qamoqxonalarda o‘ldirib yuborish holatlari ortgan.

    AQSH tarixida birinchi ayol davlat kotibiga aylangan Madlen Olbrayt

    1997-yil 23-yanvar kuni Madlen Olbrayt AQSH davlat kotibi lavozimini egallagan tarixdagi birinchi ayolga aylangan edi. U o‘z vaqtida Chexoslovakiyada shu kabi nufuzli diplomatik lavozimda faoliyat yuritgan migrant — Yozef Kerbelning qizi hisoblanadi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Yozef mahalliy siyosiy elita doirasiga kirgan va prezident Eduard Benesh bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Madlen bolaligida otasi Belgradda elchi bo‘lgan paytlari bir qancha muddat o‘sha yerda ta’lim olgan. 1940-yillar oxiriga kelib bo‘lajak amerikalik diplomatning oilasi avvaliga Buyuk Britaniyaga, keyin u yerdan AQSHga ko‘chib o‘tadi.

    Amerikada yashay boshlagan Olbrayt bolaligidan siyosatga qizish bildirgan va xalqaro munosabatlar universitetida o‘qigan. Kolumbiya universitetida o‘qish davrida u rus tilini o‘rgangan va 1968-yilgi “Praga bahori” voqealarida sovetlarning ishtiroki haqida yozgan.

    Sobiq Polsha tashqi ishlar vaziri Adam Rotfeldning hisoblashicha, Olbraytning oilasi uning taqdir yo‘lini belgilab bergan: “Olbraytning Amerika tashqi siyosatidagi merosi uning hayotiy tajriba ildizlariga borib taqaladi”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    1970-yillar boshida Olbrayt demokrat-senator Edvard Maskning prezidentlik kampaniyasida bir muddat ishlagan. Amerika siyosatiga yo‘llanmani esa unga universitetda dars bergan Zbignev Bjezinskiy taqdim etgan. Iqtidorli talabani payqagan diplomat uni Milliy xavfsizlik kengashiga ishga olgan. Bjezinskiyning topshirig‘i bilan Olbrayt Polshaga borgan va u yerda “Birdamlik” antikommunistik harakati to‘g‘risida ma’lumot to‘plagan. SSSR va AQSH ushbu mamlakatdagi ta’sir doirasi uchun kurash olib borardi.

    Olbrayt o‘zining birinchi yuqori lavozimini Bill Klinton administratsiyasi davrida olgan. Demokrat 1992-yilda uni AQSHning BMTdagi missiyasi rahbari etib tayinlagan. Bu vaqtda Olbrayt Ruandada fuqarolik urushi va genotsidga aylanib ketgan qattiq inqirozni bartaraf etishiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur voqealardagi umumiy qurbonlar soni 800 ming kishidan oshadi.

    Olbrayt vaziyatdan qanchalik shokka tushgan bo‘lishiga qaramay, keyinchalik u o‘z mamlakati genotsidning oldini olish uchun hech narsa qila olmaganini tan olgandi: “Davlat xizmatida boshimdan o‘tkazgan eng og‘ir afsuslarimdan biri — bu AQSH va xalqaro jamiyatning ushbu jinoyatlarni to‘xtatishga ta’sir ko‘rsata olmaganida edi”.

    1997-yili Madlen Olbrayt Bill Klinton adminstratsiyasida AQSH davlat kotibiga aylanib, mamlakat tashqi siyosatining Bosniya va Gersogovina hamda Yaqin Sharqdagi asosiy yo‘lboshchisi hisoblangan. Bu davr AQSH va Rossiya Yugoslaviya voqealari sabab bir-biriga dushman kayfiyatida bo‘lgan murakkab davr edi.

    Ko‘p yillardan keyin Olbrayt PBS’ga bergan invervyusida Kosovodagi inqirozga siyosiy yechim topishga qator urinishlar bo‘lganiga qaramay, AQSH va NATO boshqa yo‘l yo‘qligi bois kuch ishlatishga majbur bo‘lganini tan olgandi.

    Shuningdek, davlat kotibi jamoatchilikka o‘zining keskin fikrlari bilan tanilgan edi. 1996-yilda CBS telekanalining “60 daqiqa” dasturida Iroqdagi “yarim million bolaning o‘limi shunga arzir edimi?”, deya berilgan savolga Olbrayt “narx shunga yarasha edi” javobini qaytarib, butun dunyoda norozilikni keltirib chiqargan. Natijada u o‘z so‘zlari uchun kechirim so‘rab, bunga uni qasddan yo‘naltirishganini bildirgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Olbrayt, shubhasiz, tashqi siyosatning “lochini” bo‘lgan. Ammo u diplomatiya va kuch uyg‘unligini ma’qul ko‘rardi. Olbrayt KXDR yadroviy dasturida murosaga kelish uchun Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Ir bilan ham uchrashgan. Tashrif AQSH prezidenti Bill Klintonning KXDRga kelishiga tayyorgarlikni tashkil etishi lozim edi, ammo prezident ushbu mamlakatga kelishga ulgurmagan.

    AQSH sobiq davlat kotibi 2022-yilning 23-mart kuni 84 yoshida vafot etgandi. Obro‘li lavozimdan ketganidan keyin Olbrayt Demokratlar partiyasida siyosatchilar va diplomatlarni tayyorlash masalalari bilan shug‘ullangan, 2003—2005-yillarda Nyu-York fond birjasi direktorlar kengashi a’zosiga aylangan edi.

    Insoniyat tarixidagi eng halokatli zilzila

    1556-yil 23-yanvar kuni Shensi provinsiyasida Buyuk Xitoy zilzilasi sodir bo‘lgandi. Tabiiy ofat kamida 830 ming insonning umriga zomin bo‘lgan — bu insoniyat tarixidagi qurbonlari eng ko‘p yerosti silkinishi hisoblanadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shensi zilzilasining epimarkazi Veyx daryosi bo‘yidagi vodiyda joylashgan edi, u vaqtda hudud Xuanchjoe viloyatiga qaragan. Viloyat ma’muriy markazidagi barcha inshootlar vayron, aholining yarmidan ortig‘i esa halok bo‘lgandi.

    Yuz minglab inson zilzila qurboniga aylangan. Veynan va Xuainda ham shu kabi vaziyat kuzatilgan. Zilzila epimarkazida 20 metrli yoriqlar yuzaga kelgan. Epimarkazdan 500 kilometr atrofdagi hududda joylashgan bino va inshootlar qulagan. Shensidagi ayrim tumanlar umuman odamsiz qolgan, qolganlarida aholining 60 foizi qirilib ketgan. Fuqarolarning bu qadar ko‘p halok bo‘lishiga aholining katta qismi mo‘rt g‘orlarda yashagani, birinchi yerosti silkinishlaridan keyin sel oqimlari tomonidan yuvilib ketgani bilan izohlangan.

    Halokat imperator Szyaszin hokimiyat tepasida o‘tirganida yuz bergani bois Xitoy an’analariga ko‘ra, u Szyaszinning buyuk zilzilasi deb ataladi. Yerosti silkinishlaridan keyingi yarim yil davomida zilzilalar oyda bir necha bor takrorlanib turgan. Geologiya ma’lumotlari bilan ishlovchi zamonaviy tadqiqotchilar o‘sha vaqtdagi zilzila kuchi 8 ball bo‘lgan deb hisoblaydi. Ammo ayrim geologik o‘rganishlar magnituda 7,9 ball bo‘lganini ko‘rsatadi.

    Halok bo‘lgan insonlar soni bo‘yicha — bu yozuvlarda qoldirilgan insoniyat tarixidagi uchinchi — zilzilalar borasida eng yirigi hisoblanadi. Qurbonlar sonining bu qadar ko‘p bo‘lishiga qator sabablar keltirilgan. Birinchidan, Xitoy hududida aholi azaldan zich joylashgan. Masalan, 1851-yilda Yer aholisining 40 foizi, 2000-yilda esa 30 foizga yaqini aynan shu davlat hisobiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Ikkinchidan, odamlarning aksariyati dovonlar bo‘yidagi g‘orlarda qazilgan uylarda yashagan. Sian shahri suv yo‘lidan bo‘shab qolgan mo‘rt tuproqli joyga bunyod etilgandi. Yerosti silkinishlari hisobiga binolar tebranib, minglab qazilgan uylar bir zumda qulagan yoki sel oqimi tomonidan yuvib ketilgan.

    Uchinchidan, zilzila tonggi soat 05:00 da sodir bo‘lgan — odamlarning katta qismi o‘z uylarida uxlayotgan bo‘lgan.

    Voqeaga guvoh bo‘lganlardan biri o‘z avlodlarini zilzila boshlanishi bilan ochiq havoga yugurmaslik haqida ogohlantirgan: “Daraxtdagi qush uyasi yerga yiqilsa, undagi tuxumga deyarli shikast yetmaydi”. Uning so‘zlari ko‘pchilik o‘z uylarini tark etishga uringan vaqtida halok bo‘lganidan dalolat beradi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Brejnevga suiqasd uyushtirgan kichik leytenant, SSSRda vodorod bombasini yaratgan olimning surgun qilinishi va Sankt-Peterburgdagi “Qonli yakshanba”. Kun xronologiyasida 22-yanvar

    23.01.2023, 09:30   Izoh (0)   3946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy: “G‘arb yetkazib beradigan 50 ta tank Rossiyaning minglab tanklariga qarshi jangda yordam bermaydi”

    23.01.2023, 09:21

    Afg‘onistonda ikki ayol o‘lgan sichqonni yeyishi oqibatida vafot etdi

    22.01.2023, 23:51

    Putinning dushmani tahdidli konvert va undagi o‘q sababli hayotidan qo‘rqmoqda — OAV

    22.01.2023, 21:48

    Dubayda dunyodagi birinchi 3D bosma masjid quriladi (video+foto)

    22.01.2023, 21:35

    Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi 13 metrlik balandlikdan qulab halok bo‘ldi

    22.01.2023, 21:26

    Qarshi javob: Eron Yevropa davlatlarining barcha armiyasini terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi

    22.01.2023, 20:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.