• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Osiyo yo‘lbarsi”ning otasi. Oddiy inson ham orzulariga erisha olishini amalda isbotlagan murakkab shaxs — Mahatxir Muhammad

    AQSh, Yaponiya, Gonkong bilan elektronika, bank xizmatlari, boshqaruv masalalarida tengma-teng bellashadigan, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari orasida esa yetakchi bo‘lgan Malayziya birdan taraqqiyot beshigiga aylangani yo‘q. O‘tgan asrning 70-yillari dehqonchilik bilan zo‘rg‘a kun kechiradigan mamlakat vaqti yetib, dunyo hamjamiyatida o‘rni, ovozi, mavqeyiga ega davlat bo‘ladi, deyishsa, malayalarning o‘zlari ham bunga ishonmasdi. Islohotlar boshida esa “Biz qila olamiz!” shiorini ilgari surib, ortiqcha va’da va yolg‘onlarsiz Malayziyani kelajakka boshlagan bosh vazir Mahatxir Muhammad turgan.

    Foto: Info-Islam

    Uzoq yillar Malayziyada yakdil hukumat, aniq maqsad va siyosiy pozitsiya bo‘lmagan. Faqat xomashyo yetkazib beruvchi, Yevropa davlatlarining manfaatlari kesishgan nuqta edi, xolos. Ichki masalalarni ham klanlar, oliy tabaqa vakillari, yurtning tubjoy aholisi hal etgani inqiroz yoqasini yildan yil kengaytiravergan.

    1978-yili shu yerda xizmat qilgan g‘arblik diplomat: “Kishining kimligi, nasli muhim bo‘lgan davlatda oddiy odamning vazirga aylanishi hech kimning xayoliga kelmagandi”, — deb eslaydi. Dunyo siyosatchilari orasida ziddiyatli shaxslardan sanalgan Mahatxir hukumatni qo‘lga olganida hammaning hayrati oshadi, hatto ayrimlar norozi g‘o‘ldirab ham qo‘yadi. Biroq kimdir tobora botqoqqa botayotgan yurtni qutqarishi, aholining qirilib-bitmasligi uchun kurashishi shart edi. Shu vazifalarning barini 20 yildan ko‘p vaqt ichida yolg‘iz ugina eplaydi. Bugun Malayziya va Mahatxir so‘zlari o‘zaro ma’nodosh sifatida qo‘llaniladi. Bundan hech kim ajablanmaydi.

    Malaya dehqon va ishchilari. 1950-yillar.

    Malaya dehqon va ishchilari. 1950-yillar.
    Foto: “Vintag.es”

    XX asr o‘rtalarida Malayziyada tubjoy aholi bor-yo‘g‘i 43 foizni tashkil etar, 1957-yili Buyuk Britaniyadan ajralib, mustaqillikka erishgach, ular aholining eng qoloq, quyi qatlami edi, xolos. Bu malayalarning dunyoqarashi — dehqon bo‘lib umr kechirishni afzal bilgani bilan chambarchas bog‘liq edi. Mamlakatda o‘zlarini yakka hukmdor sanaydigan britanlar qalay ishlab chiqarish, kauchuk yetkazishda xitoy va hindlarni ishlatishni afzal bilar, malayalar esa, asosan, qishloq xo‘jaligi bilan andarmon bo‘lib, chekka qishloqlarda kun kechirar, siyosatga deyarli aralashmasdi. Britanlar ketgach, ijtimoiy piramida tepasida o‘ta faol, harakatchan, tinib-tinchimas millat vakillari — xitoyliklar qoladi. Keyin bo‘lsa gastarbayterlar xo‘jayinga aylanadi.

    Malayalar xuddi mahkumdek yashar, agar 1925-yil 10-iyulda Alor-Setar shahrida tug‘ilgan, kasbi shifokor, lekin davlat ishini mohir siyosatdonlardan-da oshirib uddalaydigan Mahatxir Muhammad bo‘lmaganda edi, malayalarni yo qirilib ketgan, yo boshqa xalqlarga aralashib, yo‘qolish arafasida turgan millat bo‘lardi, deydi tarixchilar.

    O‘rta maktab muallimining o‘g‘li, bo‘lg‘usi vazir mamlakat va millat agar chin dildan istasa, bu boshi berk ko‘chadan chiqib ketishini juda barvaqt anglab yetgan. Oilasidagi sharoit sabab tuzukroq ta’limga qurbi yetmasligini payqagan bola Mahatxir mustaqil o‘qishga kirishadi, Muhammad (s.a.v) ta’limoti, Kamol Otaturk siyosati va Pyotr I islohoti tarixlarini astoydil o‘rganadi.

    Otasi hind, onasi tubjoy malayalik ekani uning qarshisiga ikki masalani — hind bo‘lib yashash yoki o‘zingni shu yurt farzandi sanab, mahalliy aholiga aralashib ketishni talab etardi. U malaya bo‘lishni tanlaydi.

    Biroq Mahatxir siyosiy ambitsiyalari haqida darrov bir to‘xtamga kelib, yakdil qaror chiqarmagan. 1953-yili Singapurdagi Malaya universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagach, ona yurtiga qaytib, bir necha yil shifokor bo‘lib ishlaydi. Vaqti yetgach, oila qurib, rafiqasi Siti Hasmah Muhammad Ali bilan yetti farzand — ikki asrab olingan va besh nafar o‘g‘il-qizni tarbiyalab voyaga yetkazishadi.

    Doktor Mahatxir Muhammad rafiqasi Siti Hasmah bilan.

    Doktor Mahatxir Muhammad rafiqasi Siti Hasmah bilan.
    Foto: Interaksyon

    Kambag‘allar, qashshoq-u g‘ariblar bilan muttasil muloqot, yillar bo‘yi to‘plangan tajriba unga orzu-o‘ylarini amalga oshirishga yo‘l ochadi, g‘aflatdagi xalqni uyg‘otib, qayta qurishga ishontirgani kutilmagan imkonni beradi. 1946-yili endigina tashkil etilgan Birlashgan malaya xalq tashkiloti (BMXT)ga a’zolik uning siyosat maydonidagi ilk qadami bo‘ladi.

    Azmi qat’iylik va mustahkam iroda bilan hukumatda o‘rnini topa boshlagan Mahatxir 1964-yili BMXTdan parlamentga a’zo sifatida saylanadi. Lekin shuning o‘zi bilan cheklanmay, mamlakatning o‘sha paytdagi bosh vaziri Abdul Rahmonning doimiy tanqidchisiga aylanadi. Buning ortidan BMXT a’zoligidan o‘chirilib, chetroq hududga badarg‘a etiladi. Og‘ir jazodan sira tushkunlikka tushmay, o‘sha paytlari taqiqlangan, lekin barcha doiralarda dong taratgan “Malaya dilemmasi” kitobini yozib tugatadi.

    1970-yili chop etilgan, Malayziya tarixi, siyosiy yo‘li, irqiy kamsitish fojialariga bag‘ishlangan, Mahatxir Muhammad shuhratini bir pog‘ona yuqoriga ko‘targan kitob.

    1970-yili chop etilgan, Malayziya tarixi, siyosiy yo‘li, irqiy kamsitish fojialariga bag‘ishlangan, Mahatxir Muhammad shuhratini bir pog‘ona yuqoriga ko‘targan kitob.
    Foto: “Japit.com”

    Siyosiy surgun 1972-yili nihoyasiga yetadi va 1974-yili yana parlament tarkibiga kirib, ta’lim vaziri sifatida faoliyatini davom ettiradi. 1981-yil iyulida bosh vazir Datuk Husayn Onn betobligi uchun iste’foga chiqqach, uning o‘rnini Mahatxir bin Muhammad egallaydi.

    Uni malayziyaliklar faxr bilan “doktor M” deb ataydi. Hukumatni qo‘lga olgach, Mahatxir mamlakat konstitutsiyasiga ichki xavfsizlik bo‘yicha tuzatishlar kiritadi, bir qancha gazetalarni yopib, yuzdan ortiq muxolif, islohotga qarshilarni hibs ettiradi. U millat, xalq baxtli yashasagina tin olishini minbarlarda bot-bot ta’kidlaydi.

    1971–­1990-yillari rivojlanishning ilk poydevori sifatida Yangi iqtisodiy siyosat e’lon qilinadi. Ikkinchi qadam — “Milliy taraqqiyot siyosati” deb nomlanadi. Uchinchisi esa “Strategik istiqbol dasturi” nomini oladi.

    U mahalliy aholi — malayalarning huquqlarini astoydil himoya qilganidan, bora-bora hukumatda ular asosiy rol o‘ynovchi qatlamga aylanib qoladi.

    Biroq 1981-yili hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi. Hammasi o‘z holicha — mamlakat qashshoq, tashqi yordamga muhtoj, ichki iqtisodiyot parokandaligicha qolaveradi. Malayziya masalasini hal qilmasdan, malayalarning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalardagi rolini oshirmasdan, davlatning gullab-yashnashi tugul hech qanday barqarorlik haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini Mahatxir juda yaxshi anglab yetadi. Buning uchun aholiga zamonaviy mehnat ko‘nikmalarini singdirish, yetarli sharoit, muhit yaratish masalasi ko‘ndalang turardi.

    U to‘g‘ridan to‘g‘ri bumiputra — Malayziyadagi etnik guruh, tub aholi bilan yuzma-yuz muloqotga kirishadi. Agar quyosh ostidan munosib joy tegishini istashsa, astoydil mehnat qilishlari, dangasalik, boqibeg‘amlikni unutib, pul, vaqt va shaxsni qadrlay bilishlari kerakligini uqtiradi. “Malayziyaliklarning qo‘lidan keladi va boshqa millatlar nimagaki erishgan bo‘lsalar, ular ham yetishishlari shart!” deya gapini yakunlaydi.

    Malayalarning iqtisodiyotda roli va hissasini oshirish maqsadida Mahatxir “ijobiy etnik diskriminatsiya siyosati”ni bardavom tutib, biznesni o‘ta zakiylik bilan yuritishlari uchun ko‘plab maxsus kurslar ochadi. Boshqaruv kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Malayalar orasida millionerlar umuman uchramagani uchun Mahaxtir o‘rta sinf tadbirkorlari orasidan qobiliyatli, kelajagini qura oladiganlarni huzuriga chorlab, ularga bir umr esda qolgulik gapini aytadi: “Ertadan sen — millionersan. Faqat pand berma!”. Chindanam, oradan hech qancha vaqt o‘tmay, malayaliklar o‘z boyliklariga ega boyvachchalarga aylanadi, foizsiz kreditlar olib, ichki ishlab chiqarishga ulkan hissa qo‘shishadi. Shu zayl malaya biznesiga asos qo‘yilib, keyinchalik o‘rta va kichik biznesga yo‘l ochiladi.

    Foto: The Straits Times

    Mahatxir Muhammad xorijiy investorlarga qat’iy qoidalarini avval uqtirib, so‘ng ish boshlash yoki yo‘qligini obdon o‘ylab hal etishini so‘ragan. Faqat halol, insofli va ilmli tadbirkorlarga mamlakat darvozalari quyidagi shartlarga rozi bo‘lgachgina ochilgan:

    — Sarmoyangiz halolligini isbotlang;

    — Pullaringizni mahalliy bankka qo‘ying-da, rasman ro‘yxatdan o‘ting;

    — Loyihalarimizda qatnashing yoki o‘z ishingizni boshlang. Xohlagan kishingizni ishga oling. Istasangiz, 100 foiz ishchini xorijdan olib keling. Ammo mahalliy aholi, ayniqsa, “bumiputra”ni qancha ko‘p yollasangiz, xarajatlaringiz qisqarib, daromadingiz ortishini tez orada bilib olasiz;

    — Mahalliy ishchigayam, xorijlikkayam ishi uchun bir xil maosh to‘lang;

    — Mahalliy xodimlarning malakasini oshiring, ularning sog‘lig‘ini asrang, atrof-muhitni ifloslantirmang;

    — Kirimlarni yashirishni xayolingizga ham keltirmang, soliqlarni halollik bilan to‘lang;

    — Xohlagan pulingizni ishlab toping, hech bir amaldor ishingizga halal bermaydi, ammo mahalliy qonun-qoidalarni aslo buzmang.

    Ushbu ochiq va qat’iy qoidalar, shaffof tenderlar o‘tkazilishi va ingliz tilining mamlakat miqyosida keng tomir otishi, xiyla rivojlangan ta’lim tizimi xorijiy investorlarning oqib kelishiga zamin hozirlaydi. Yaponiya, Singapur, AQSh, Buyuk Britaniya, Tayvan, Janubiy Koreya va Germaniyadan yirik tadbirkorlarning mahalliy bozorga o‘rnashishi iqtisodiy muammolarga yechim topadi.

    “Osiyo yo‘lbarsi” deya e’tirof etilgan bugungi Malayziyaning poytaxti Kuala-Lumpur.

    “Osiyo yo‘lbarsi” deya e’tirof etilgan bugungi Malayziyaning poytaxti Kuala-Lumpur.
    Foto: “Artfile.ru”

    Iqtisodda Yaponiya, boshqa sohalarda Singapur namunaga aylanadi. Ikki davlat tajribasi tez orada Malayziya iqtisodini birdan ko‘tarib, o‘n yil nari-berisida butunlay boshqa qiyofaga kiritadi. 1992-yili davlatning tashqi qarzi 16 milliard dollarga, xizmat ko‘rsatish darajasi 5,6 foizgacha tushadi. Birinchi marta oltin-zaxiralari tashqi qarz miqdoridan oshib, 18,8 milliard dollarni tashkil etadi, ishsizlik darajasi 4,1 foizgacha pasayadi (1990-yili 6,0 foiz edi).

    Eksport va import amalda bellashib, 41,7 milliard va 42,2 milliard oralig‘idagi ko‘rsatkichlarni qayd etaveradi. Eksportning 75 foizdan ortig‘ini sanoat mahsulotlari tashkil etar, Malayziya dunyo ko‘z o‘ngida iqtisodiy “Osiyo yo‘lbarsi”ga aylanib boraverardi.

    1995-yili YAIM aholi jon boshiga 9020 AQSh dollarini tashkil etib, ikki yildan so‘ng ichki savdo aylanmasi 158 milliard dollarga yetadi. Inflyatsiya esa yiliga bor-yo‘g‘i 2,1 foizga yetib-yetmasdi. Hammasi rahbarlar ko‘zlagandek ravon, bir tekis ketar, mamlakat yaqin orada “qoloq dunyo”dan yetakchi o‘lkaga aylanishi kundek ravshan edi. Biroq musaffo va moviy osmonni qora bulutlar qoplaydi-yu, hammasi to‘satdan o‘zgaradi...

    1997-yilgi iqtisodiy inqiroz butun Janubi-sharqiy Osiyoni iskanjaga oladi. Malayziya iqtisodiga sezilarli ta’sir qilgan fojia Mahatxirning ham faoliyatini chetlab o‘tmasdi. Jamiki voqea va muammolarni bosh vazir “Malayziya pul birligi inqirozi: bu nega va qanday ro‘y berdi?” kitobida mufassal tasvirlab, bor xatolarini birma-bir sanab beradi.

    O‘shanda Mahatxir va jamoasi birdan yuz bergan xaosga avvaldan tayyor bo‘lmaganlari, nega shunday kuchli valyutaning dollarga nisbatan qadri kuldek to‘zg‘iganini fahmlolmaydi.

    Foto: “Keywordbasket.com”

    Xorijiy kompaniyalarning malakali boshqaruvchilari, xalqaro ekspertlar va pul chayqovchilari jon boricha malaya hukumati, yomon boshqaruv usuli, bosh vazirni qoralab, mamlakatni botqoqqa botirishda ayyuhannos soladi. Ularning safiga tez orada allaqanday tanqidchilar, davlat-u rahbariyatdan muttasil noliydiganlar, qo‘lidan arzirli ish kelmaydigan bekorchilar qo‘shiladi. Hamma bir ovozdan hukumat iste’fosini talab etar, aslida vaziyat qandayligiga birov zig‘ircha e’tibor bergisi kelmasdi.

    Xuddi shu pallada Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘z xizmatini taklif etib, hukumatdan ijtimoiy chiqimlarni keskin kamaytirish, mamlakatda kredit masshtabini cheklash, qarz stavkalarini oshirish, milliy valyutani qadrsizlantirish, iqtisodiyotni xalqaro moliyaviy institutlar hukmiga topshirishni “maslahat” beradi.

    Mahatxir esa ushbu “beg‘araz ko‘mak”ni hayallamay rad etadi, “Troya oti” afsonasini eslab: “Sovg‘a olib keladiganlardan qo‘rqamiz”, — deya lutf qiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi beradigan kredit xorijiy kreditorlarga xarjlanishini juda yaxshi bilgani ham qo‘l keladi.

    Yillar o‘tib, Mahatxir xotiranomalarida shunday qayd etgandi: “Malayziya iqtisodiyotini XVJ nazoratiga topshirib qo‘yolmasdik. Hatto yagona yechim shu bo‘lganida ham... Malayziya muammolariga o‘zi yo‘l topishi shart edi”. Vaziyat moliyaviy masalalar bo‘yicha vazir o‘rinbosari Anvar Ibrohim hamda Markaziy bank raisi bosh vazir usullariga qarshi chiqqanda tag‘in chigallashadi. Shu bois, Mahatxir ikki frontda “urush” olib borishga majbur bo‘ladi.

    Asosiy ishga kirishishdan avval, Iqtisodiy harakatlar milliy kengashini tuzib, muxolifat yetakchilaridan iborat jamoa tuzadi. Kengash ichida bosh vazir, uning o‘rinbosarlari — Moliya vaziri, Markaziy bank raisi, Iqtisodiy rejalashtirish markazi bosh direktori, Malayziyaning yetakchi tadqiqot markazi rahbari va yirik biznes vakillaridan iborat ijroiya qo‘mita tashkil etiladi.

    Mahatxir norasmiy “ikkinchi moliya vaziri” — Daym Zaynuddin bilan ayricha mehr, hurmat bilan muloqot qilardi. Janob Daym ham 1938-yili Mahatxir tug‘ilgan shaharcha — Alor-Setarda dunyoga kelgan, bosh vazir esa uni hamqishlog‘i bo‘lgani uchun emas, bilimi, tajribasi, professionalizmi va keng dunyoqarashi sabab e’zozlardi.

    Daym Zaynuddin Londondagi Linkoln universitetining huquq yo‘nilishini tamomlagan, 1970-yillari oxiri Kaliforniya universitetida malaka oshirib, 90-yillar boshida Garvard xalqaro taraqqiyot universitetida tahsil olgandi. Daym bir qancha davlat kompaniyalariga asos solib, uzoq yillar partiya boshqaruvida, 1984–1991-yillari moliya vaziri lavozimida ishlaydi. Favqulodda serg‘ayrat va tinib-tinchimas bu odam nafaqat mansab pillapoyalarida, yana Malayziyadagi eng boy tadbirkorlar orasida ham yetakchilikni birovga tutqazmagan.

    “Korporativ biznes otasi” degan nom oldiga “ishboshi” yorlig‘i qo‘shilib, mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa qo‘yishdagi zahmatlari, ko‘zlagan manzilga yetishda sobitqadamligi olqishlanadi. U biror amaldorning soyasiga salom berish, ming qulluq qilib, egilib-bukilishni istamaydiganlar toifasidan edi. Biroq xalq va davlat tang ahvolda, chorasiz qolganda Mahatxir chaqirgan zahoti yordamga shoshadigan shaxs edi.

    Mamlakatdagi ishchilar boshboshdoqligi, ommaviy ish tashlashlar va noroziliklarni qat’iy to‘xtatish uchun “o‘zboshimcha” namoyishchilarning hammasi ishidan bo‘shatiladi. Bugina emas, bosh vazirga muttasil qarshi chiqadigan Anvar Ibrohim poraxo‘rlik va jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, qamoqqa olinadi.

    Bunday keskin choralar o‘sha palla uchun shafqatsiz tuyulsa-da, Mahatxirning boshqa chorasi qolmagan, mamlakatni inqiroz botqog‘idan qutqarish masalasigina butun fikr-zikrini band etib qo‘ygandi. Ushbu voqealardan keyin Daym yagona moliya vaziri, Millat kengashining ijrochi direktori lavozimiga tayinlanadi. Boshqaruvchi bo‘yniga juda og‘ir vazifalar yuklatiladi. Pul bilan bog‘liq ishlar tadbirkor Daym qo‘liga o‘tgach, birinchi navbatda amerikalik biznesmen, valyuta chayqovchisi Jorj Soros ayblari fosh etiladi.

    Foto: Bloomberg

    Mahatxir taklifi bilan Malayziya markaziy banki valyuta va fond bozoriga zarba mamlakat iqtisodiyotidagi muammolar bilan bog‘liq emas, balki tashqi kuchlar ishi bo‘lgani haqida rasmiy bayonot beradi. Shundan keyin Daym inqirozni yengish bo‘yicha Xalqaro valyuta jamg‘armasi tavsiyalariga mutlaqo zid milliy dasturni ishlab chiqadi. Mahatxir esa buni tasdiqlaydi.

    Mamlakatda o‘ta keskin va qattiq valyuta nazorati o‘rnatiladi. Ichkaridan tashqariga kapital olib chiqish qat’iy cheklanadi, import esa rag‘batlantiriladi.

    Bir yarim yil beayov davom etgan urushda Malayziya g‘olib bo‘ladi. 1998-yili inqiroz cho‘qqisiga chiqqanda YAIM 7,2 foizga qisqargan bo‘lsa, 1999-yili 5,8 foizga ko‘tariladi. Yo‘qotishlar arzimagan summaga teng keladi.

    Iqtisodning past-balandini “suvdek simirgan”, yurtning sodiq farzandi, chin do‘st Daym Zaynuddin 2001-yilgacha moliya vaziri bo‘lib ishlaydi, so‘ng bamaylixotir qarilik gashtini suray, deb barcha lavozimlaridan ozod etishlarini so‘raydi. Mahatxir esa uni yuqori darajali “Tun” nishoni bilan taqdirlaydi.

    O‘tgan asrning o‘sha yillari ulkan moliyaviy inqiroz dunyoning ko‘plab mintaqalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Tailand, Argentina, Rossiya ortiqcha qarshiliksiz bunga taslim bo‘lib qo‘yaqoladi, Indoneziya, Filippin, Janubiy Koreya, Braziliya vaziyatga oxirigacha dosh berishga, so‘nggi kuchi qolgunicha qarshilik ko‘rsatishga urinadi. Yolg‘iz Malayziyagina inqirozga qarshi urush ochib, g‘alaba qozonadi.

    Ko‘pning hayratini oshirgan muvaffaqiyatni hatto XVJ ham olqishlaydi, Jorj Soros esa Malayziyaning ishbilarmonligi, uddaburoligiga tan beradi. Mahatxirning xorijdagi barcha dushmanlari, tanqidchilarining dami ichiga tushadi.

    G‘alabadan keyin bosh vazir siyosatni tark etishni, og‘ir, uzoq davom etgan ruhiy toliqish, xiyonat-u ko‘ngilsizliklarni unutishni istaydi. Muammolarning oxiri ko‘rinmayotgan yillari kimlardir uni “dabdabali” loyihalarga berilganlikda qoralaydi, boshqalar inqiroz aynan uning kalta o‘ylashi, uzoqni ko‘ra bilmasligidan ro‘y berdi deydi, yana birov dunyoning yirik davlatlari bilan kurashish emas, til topishish kerak edi deb safsata so‘qiydi. Orada “Otaxon juda uzoq o‘tirdilar, endi yoshlargayam yo‘l bersinlar” degan uzun-quloq gaplar yangraydi.

    Buyuk inqiroz nihoyasiga yetib, loyqalangan suvlar tingach, bosh vazir 2000-yili lavozimini tark etishni, mamlakat ishlaridan chekinishini e’lon qiladi.

    Foto: “Vedomosti”

    Javob juda antiqa bo‘ladi: butun parlament tiz cho‘kib, undan faoliyatini davom ettirishini, yana bir necha yil lavozimida qolishini so‘raydi. Bunda na soxtakorlik, na mulozamat, laganbardorlik bor edi. Mahatxir andak o‘yga cho‘madi-yu, so‘ng rozi bo‘ladi.

    U yana 3 yilcha davlatni boshqaradi. Umuman olganda, Mahatxir hukmronligi davrida mo‘jiza yuz beradi: bir vaqtlar umidsiz, qashshoq, kunini qanday o‘tkazishni bilmaydigan qoloq, kauchuk va qalaydan boshqa xomashyosi yo‘q mamlakat dunyoning eng rivojlangan 25 ta davlatidan biriga aylanadi. Bir avlod almashinuvi davrida millatning o‘ziga ishonchi qaytadi, uzoq umr ko‘rish bobida qo‘shnilarini ortda qoldiradi: erkaklar 71,8 yil, ayollar esa 76,2 yoshgacha yashay boshlaydi. Ishlab chiqarish, modernizatsiya, kompyuter texnologiyalari, arxitektura va zamonaviy ilmlar borasida peshqadamga aylanadi.

    Bugun davlatning maqsadli siyosati sabab Malayziyaning deyarli barcha aholisi rasmiy til — malaya tilini biladi. Ko‘pmillatli mamlakat ichida yagona muloqot tili faqat shu bo‘ladi.

    Mahatxirning bosh vazirligi davridagi eng salmoqli ishi — islomni “modernizatsiya” qilganidir. “Haqiqiy islom” har doim liberal, bag‘rikeng, kognitiv va ilg‘or tendensiyalarni olib keladi, deydi. Malayziyada islom xuddi shu shakllarni oladi. Qolaversa, bu yerda islom G‘arbdan kirib kelguvchi turli oqimlarning o‘ziga xos “filtr”iga aylanadi. U haqiqiy madaniy qadriyatlar, ilg‘or g‘oyalar va foydali innovatsiyalarga yo‘l beradi, zararli, nigilistik va axloqsizlik tendensiyalarini rad etadi.

    Oxir-oqibat, o‘lkada etnik, diniy va ijtimoiy ziddiyatlar barham topadi, jamiki qarama-qarshiliklar bartaraf etiladi.

    Foto: “Flipboard.com”

    Malayziyaning xalqaro hamjamiyatda nufuzi yildan yil oshib, 2006-yili uch nomdor tashkilot: Qo‘shilmaslik harakati, Islom konferensiyasi tashkiloti va ASEAN’ga rahbarlik qiladi.

    2000-yili Xalqaro mehnat tashkiloti Malayziyani Isroil, Braziliya, Xitoy va Ruminiya qatoriga qo‘yib, eng tez rivojlanayotgan o‘lkalardan deb e’tirof etadi.

    Darvoqe, bosh vazirning Islom konferensiyasi tashkilotining oliy darajadagi 10-sessiyasi ochilish marosimidagi nutqi (2003-yil 16-oktabr) hali-hamon eng mashhur murojaatlar qatorida turadi.

    16.12.2021, 18:08   Izoh (0)   54681
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada 299 nafar bolani zo‘rlagan jarroh 20 yilga qamaldi

    Dunyo | 29 may, 13:35

    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul!

    Reklama | 29 may, 13:30

    “Sun’iy intellektdan umumbashariyat manfaatlari yo‘lida oqilona va samarali foydalanish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 29 may, 13:05

    U-23 Osiyo Kubogi saralashiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston E guruhidan joy oldi

    Sport | 29 may, 13:00

    Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    O‘zbekiston | 29 may, 12:48

    Isroil va BMT G‘azoga yordam masalasida ziddiyatga bordi

    Dunyo | 29 may, 12:33

    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

    Reklama | 29 may, 12:00

    Sankt Peterburgda migrantlarga kuryer va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlanadi

    Dunyo | 29 may, 12:21

    Bir nechta mashhur filmlarda unumli foydalanilgan kostyum va aksessuarlar

    Madaniyat | 29 may, 12:13

    Yevropaning eng qimmat 10 ta klubi nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 29 may, 11:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.