• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonliklarning mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish uchun Kanada tortibdan Singapurgacha muzokaralar olib borilmoqda

    O‘zbekistonning mehnat munosabatlari va mehnat migratsiyasi sohalaridagi xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan mavjud hamkorligi doirasida doimiy ravishda ish olib borilmoqda. Xususan, mehnat migratsiyasi gweografiyasini kengaytirish maqsadida Kanada, Fransiya, Latviya, Finlyandiya, Isroil, Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Bahrayn, Belgiya, Qatar, Qozog‘iston, Kuvayt, Malayziya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Polsha, Singapur kabi davlatlar bilan hukumatlararo va idoralararo bitim imzolash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Quyida — shular haqida batafsil.

    Bahrayn bilan hamkorlik

    “O‘zbekiston bilan Bahrayn o‘rtasida Bahrayn hududidagi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlari va O‘zbekiston hududidagi Bahrayn fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat loyihasi O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari takliflari asosidan ko‘rib chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan loyihani Bahrayn tomoni bilan birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berilgan. Hozirda bitim loyihasi Bahraynning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Belgiya bilan hamkorlik

    Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Belgiya Bandlik, mehnat va ijtimoiy muloqot federal davlat xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum loyihasi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat loyihasi bo‘yicha O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari takliflari asosidan ko‘rib chiqilib, Vazirlar Mahkamasining loyihani xorijiy tomon bilan birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha topshirig‘i olingan. Hozirda hujjat loyihasi Belgiyaning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Bolgariya bilan hamkorlik

    O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasida mehnat migratsiyasini tartibga solish doirasidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari takliflari asosida ko‘rib chiqilgan. Bitim loyihasi yuzasidan Bolgariya tomoni bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida, Bolgariya mazkur loyihani 2021-yilgi parlament saylovlari va yangi hukumat shakllanganidan so‘ng ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini bildirdi.

    Gretsiya bilan hamkorlik

    Ushbu mamlakat bilan bog‘liq ikkita — O‘zbekiston bilan Gretsiya o‘rtasida Gretsiyadagi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlari va O‘zbekiston hududidagi Gretsiya fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Gretsiya Mehnat va ijtimoiy masalalar vazirligi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik bitimi loyihalari ishlab chiqilgan. Vazirlar Mahkamasi har ikkala bitim loyihasini Gretsiya tomoniga ko‘rib chiqish uchun yuborish hamda imzolash choralarini ko‘rish topshirig‘ini bergan. Hozirda har ikkala bitim loyihasi Gretsiyaning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Italiya bilan hamkorlik

    O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Italiya Mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik bitimi loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirda bitim loyihasi Italiyaning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Isroil bilan hamkorlik

    O‘zbekiston hukumati va Isroil hukumati o‘rtasida Isroil mehnat bozoridagi maxsus sektorlarda o‘zbekistonlik ishchilarni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatning yakuniy loyihasini xorijiy tomon bilan birga ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rish topshirig‘i olingan. Hozirda mazkur bitim loyihasi Isroilning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    O‘zbekiston va Isroilning vakolatli organlari o‘rtasida 2021-yil avgustda tashkil etilgan videouchrashuvda yuqorida zikr etilgan bitim loyihasini imzolash va O‘zbekiston fuqarolarini Isroilda ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilgan. Uchrashuv yakunida har ikki tomon vakillari Isroilning vakolatli organlari vakillaridan tashkil topgan delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish va tashrif mobaynida bitimni imzolashga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Isroil Aholi va immigratsiya xizmati (PIBA) o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olgan.

    Kanada bilan hamkorlik

    O‘zbekiston bilan Kanada o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Kanadada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda tanlab olish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatning yakuniy loyihasini Kanada tomoni bilan birgalikda ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.

    Mazkur loyiha Kanadaga diplomatik kanallar orqali yuborilgach, Kanada tomonidan turli vajlar bilan rad javoblari olingan. Jumladan, Kanada tomoni mazkur bitim loyihasini pandemiya bilan bog‘liq holat yaxshilanganidan so‘ng ko‘rib chiqishini bildirgan.

    Qatar bilan hamkorlik

    Qatar hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Qatar hududida ishchi kuchi bandligini tartibga solish to‘g‘risida bitim loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatning yakuniy loyihasini xorijiy tomon bilan birgalikda ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rish topshirig‘i olingan. Hozirda bitim loyihasi Qatarning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Qozog‘iston bilan hamkorlik

    O‘zbekiston hukumati va Qozog‘iston hukumati o‘rtasida Qozog‘iston hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat loyihasi bo‘yicha ichki davlat protseduralari o‘tkazilgan, Vazirlar Mahkamasining bitim loyihasini Qozog‘iston tomoni bilan birga ishlab chiqish topshirig‘i olingan. Hozirda, hujjat loyihasi Qozog‘istonning mas’ul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Kuvayt bilan hamkorlik

    O‘zbekiston hukumati va Kuvayt hukumati o‘rtasida Kuvayt xususiy sektorlariga ishchi kuchini ishga yollash sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatning yakuniy loyihasini Kuvayt bilan birga ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rish topshirig‘i olingan. Hozirda bitim loyihasi Kuvaytning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Latviya bilan hamkorlik

    O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida Latviyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish hamda tashkiliy asosda tanlab olish va ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan.

    Latviya tomonidan mazkur bitim loyihasini imzolash Yevropa Ittifoqi direktivalariga zid hisoblanishi, shu bilan birga Latviya xususiy ish beruvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan.

    Malayziya bilan hamkorlik

    O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida Malayziya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish hamda tashkiliy asosda tanlab olish va ishga joylashtirish to‘g‘risida bitim loyihasi ishlab chiqilgan.

    Hujjatning yakuniy loyihasini xorijiy tomon bilan birgalikda ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rish topshirig‘i olingan. Hozirda bitim loyihasi Malayziyaning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Ozarbayjon bilan hamkorlik

    O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida Ozarbayjondagi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlari va O‘zbekistondagi Ozarbayjon fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan.

    Bitim loyihasini xorijiy tomon bilan birgalikda ishlab chiqish hamda imzolash choralarini ko‘rish topshirig‘i olingan. Hozirda hujjat loyihasi Ozarbayjonning mas’ul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Polsha bilan hamkorlik

    O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida Polshada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish hamda tashkiliy asosda tanlab olish va ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan edi, ammo ushbu hujjat loyihasi Polsha tomonidan turli vajlar bilan rad etilgan.

    Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik

    O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida Uy xizmatchilarini yollash to‘g‘risidagi bitimhamda Ishchilarni yollash to‘g‘risidagi bitim loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda har ikkala loyiha Saudiya Arabistonining ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Singapur bilan hamkorlik

    O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Singapur Mehnat resurslari vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirda memorandum loyihasi Singapurning ma’sul idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Finlyandiya bilan hamkorlik

    O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida Finlyandiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilish hamda tashkiliy asosda tanlab olish va ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan edi. Finlyandiya tomoni O‘zbekiston taklif qilgan bitimning aksariyat bandlari Yevropa Ittifoqi qonunchiligi bilan tartibga solingani bois ushbu yo‘nalishda yangi kelishuvlarni ishlab chiqishga ehtiyoj yo‘qligini bildirib, taklifni rad etgan. Ayni vaqtda, Finlyandiya tomoni mamlakat qonunchiligiga muvofiq, ushbu mamlakatdagi barcha mehnat muhojirlari, jumladan, o‘zbekistonliklarning ham huquqlari davlat himoyasiga olinganini ma’lum qilgan.

    Fransiya bilan hamkorlik

    O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida Fransiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish hamda tashkiliy asosda tanlab olish va ishga joylashtirish to‘g‘risida bitim loyihasi ishlab chiqilgan edi. Loyiha bo‘yicha O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralaridan taklif va mulohazalarni to‘plash jarayonida, Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirligi tomonidan mazkur bitim loyihasini imzolash imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risidagi notasi olindi.

    Shuningdek, Turkiya Bandlik agentligi, Germaniya Migratsiya va qochoqlar masalalari bo‘yicha federal idorasi va Slovakiya Mehnat, ijtimoiy ishlar va oila vazirligi bilan hamkorlik memorandumlarining loyihalari ishlab chiqilib, kelishish uchun Tashqi ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

    27.11.2021, 17:27   Izoh (0)   3989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 5 milliondan ortiq o‘quvchiga mo‘ljallangan maktablarda 6,2 mln o‘quvchi ta’lim olmoqda — XTV

    27.11.2021, 16:51

    Yunusoboddagi masjidda rus yigit islom dinini qabul qilgan vaqtda janjal ko‘targan shaxs davolanishga joylashtirildi

    27.11.2021, 15:32

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida birinchi o‘zbek nutq sintezatori yaratildi

    27.11.2021, 14:57

    O‘zbekiston birja savdolarida Ai-80 markali benzinning narxi 20 foizgacha pasaydi

    27.11.2021, 14:25

    O‘zbekistonda koronavirusning to‘rtta shtammi aniqlangan

    27.11.2021, 13:36

    O‘zbekiston Markaziy Osiyoda energetika sohasida e’lon qilingan loyihalar bo‘yicha yetakchi — YeOTB

    27.11.2021, 12:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.