• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSSR rahbariyati tarkibidan o‘rin olgan chinozlik Tursunoy, monopoliyachilarni tanqid qilgan Islom Karimov, najot — terakda! O‘zbek matbuoti 25-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 25-aprel, dushanba

    “Qizil O‘zbekiston” va “Yosh leninchi” kabi markaziy gazetalar 1932-yil 25-aprel kuni chop etilmagan.

    60 yil avval. 25-aprel, chorshanba

    SSSR Oliy Soveti (parlamenti)ning 1962-yil 18-martda saylangan yangi (oltinchi chaqiriq) tarkibining birinchi sessiyasi 23-aprel kuni ochilgan. 24-aprel kuni parlament palatalari — Ittifoq Soveti va Millatlar Sovetining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda mamlakat oliy boshqaruv organi — SSSR Oliy Sovet Prezidiumi saylangan. Prezidium raisi etib Leonid Brejnev, uning O‘zbekistondan o‘rinbosari sifatida O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi Yodgor Nasriddinova (ittifoq tarkibiga kiruvchi qolgan respublikalarning ham har biridan o‘rinbosar bo‘lgan), chinozlik mexanizator Tursunoy Oxunova esa Prezidiumning o‘zbekistonlik a’zosi etib saylangan.

    Prezidium raisi G‘arb matbuotida ayrim hollarda osongina va tushunarli qilib “SSSR prezidenti” deb deb atalsa-da, aslida na Brejnevda va na uning o‘rinbosarlarida (Prezidium a’zosi Tursunoy Oxunovaning real vakolatlari haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi) real hokimiyat bo‘lgan; barcha kuch-qudrat KPSS birinchi kotibi va ayni vaqtda SSSR hukumati rahbari hisoblangan Nikita Xrushchyov qo‘lida edi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 25-aprel sonidan lavha

    Gazlida O‘zbekiston gaz sanoati istiqboliga bag‘ishlangan muhim tadbir o‘tkazilgani haqida xabar avval xabar berilgan edi. Shu tadbir tafsilotlari haqidagi materialda “Qizil O‘zbekiston” muxbiri shaharchaning kelajagini juda porloq deb baholaydi: “Bu yerda respublikamiz gaz sanoatining markazi barpo etiladi. Tabiiy gaz qazib chiqarish uchun eng mukammal va serunum uskunalar o‘rnatiladi... Yevropadagi gaz sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar mutaxassislari gaz sanoati yuksak darajada rivojlangan va eng yangi texnika bilan qurollangan gaz konini ko‘rmoqchi bo‘lsalar, yana 3-4 yildan keyin Gazliga kelishsin” (baxtga qarshi, 1976 va 1984-yilgi vayronkor zilzilalar Gazlining porloq kelajagini yo‘qqa chiqardi, hisob; ma’lumotlarga ko‘ra, bu zilzilalarga hududda aynan gazning tartibsiz tarzda qazib olinishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”ning bu sonida e’lon qilingan “Turkiya olimlari O‘zbekistonda” nomli kichik va oddiy xabarcha ham qiziq. Oradan 30 yil o‘tib, O‘zbekiston ushbu mamlakat bosh vaziri tashrifini eng muhim voqealaridan biri sifatida kutadi (bu haqda quyiroqda o‘qing).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 25-aprel sonidan lavha

    Xorij xabarlari blokida ham bir qator gapdan iborat bir xabar e’tiborni tortadi: “Singapur bosh ministri Li Kuan Yu uch kunlik rasmiy vizit bilan Dehliga keldi”. Bu vaqtda Li Kuan Yu Singapur bosh vaziri etib tayinlanganiga uch yil to‘lib-to‘lmagan, u “uchinchi dunyo” davlatini “birinchi dunyo”ga olib o‘tish yo‘lidagi dastlabki qadamlarni tashlayotgan bir fursat edi. Oradan 28 yil o‘tib, 1990-yili u bosh vazir kursisini bo‘shatganida, Singapur dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga kirib ulgurgan edi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 25-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir: Korrupsiyaga qarshi kurashishning Singapur tajribasi: “Yuqumli ochko‘zlik” davosi

    30 yil avval. 25-aprel, shanba

    1992-yilgi O‘zbekistonning Turkiyaga munosabati qanday bo‘lganini Oliy Kengash va Vazirlar Mahkamasi gazetasi hisoblangan “Xalq so‘zi”ning muqovasidan ham tushunib olish mumkin — chiroyli harflar bilan yozilgan: “O‘zbekistonga xush kelibsiz, muhtaram Demirel! Qadamlaringizga hasanot!” degan so‘zlariga biror qo‘shimcha qilish o‘rinsiz, shuning o‘ziyoq butun kayfiyat, hurmat-e’tiborni ko‘rsatib turibdi.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi”ning bu soni O‘zbekiston—Turkiya munosabatlariga keng o‘rin ajratgan. Masalan, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan to 1992-yil apreligacha bo‘lgan davrdagi munosabatlar tarixi berilgan. Undan, masalan, prezident Islom Karimov mart oyida Shveysariyaga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida ham Turkiya bosh vaziri Sulaymon Demirel bilan uchrashganini, 18-mart kuni bir guruh o‘zbekistonlik qutqaruvchilar gumanitar yordam bilan vayronkor zilziladan jabr ko‘rgan Erzinjon shahriga jo‘nab ketganinin bilib olish mumkin.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishda Turkiya modelini tanlagan edi. Bosh vazir Demirelning tashrifi arafasida “Xalq so‘zi” gazetasi ushbu modelning tarixi va afzalliklari, uni O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlari haqida Toshkent siyosatshunoslik va boshqaruv instituti, Toshkent moliya instituti, Toshkent texnika universiteti olimlari ishtirokida davra suhbati uyushtirgan. Suhbat davomida Texnika universiteti prorektori, professor Muhammadamin Abdusalomov turk ishbilarmonlari dastlabki uchrashuvlar vaqtida O‘zbekiston vakillariga past nazar bilan qaraganini eslab o‘tgan.

    “Bizning turk ishbilarmonlar bilan uchrashuvimiz boshida shunday taassurot tug‘ildiki, go‘yo biz Afrikaning qandaydir eng qoloq mamlakatidan kelganmiz. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston davlatlarining ilmiy-ishlab chiqarish sohasidagi kuch-imkoniyatlari bir qator jihatlarda turklarga nisbatan tenglashtirib bo‘lmas darajada boy ekanligini tushuntirganimizda, hayratdan yoqa ushlashdi. Bizning imkoniyatlarimiz jahon ahamiyatiga molikdir va bu bilan faxrlansak arziydi. Turk sarmoyadorlarni u juda ham qiziqtirib qoldi... Bizning imkoniyatlarimiz og‘ir daqiqalarda turk iqtisodiyotini ham bundan buyon qo‘llashi mumkin”, — degan professor Abdusalomov.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    24-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi Rayosatining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tgan, unda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari muhokama qilingan. Majlisda nutq so‘zlagan prezident Islom Karimov, jumladan, “o‘z tarmog‘ida monopoliyachi bo‘lgan juda ko‘p jamoalar ishlab chiqarishni ko‘paytirish o‘rniga aksincha ish tutib, kamaytirayotganliklari”ni tanqid qilgan. “Masalan, Toshkent lak-bo‘yoq zavodi so‘nggi vaqtda mahsulot ishlab chiqarishni 40 foiz kamaytirib yubordi. Ammo mahsulot narxini 40 foiz oshirdi! Xullas, ko‘pgina korxonalar va tashkilotlar narx-navoni iqtisodiy jihatdan asoslamay oshirish hisobiga foyda olishni ko‘paytirmoqda”, — deya davlat rahbarining chiqishidan iqtiboslar keltirgan “O‘zbekiston ovozi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining “Vazirlik tashvishlari” ruknida bu safar O‘rmon davlat komiteti raisi Abdushukur Xonazarovdan olingan intervyu e’lon qilingan. Rais suhbat davomida birgina terak bilan O‘zbekistonning yog‘och-taxta mustaqilligini ta’minlash mumkinligina ishora qilgan: “Suriyada bittagina 900 gektarlik terakchilik davlat xo‘jaligi bor. U mamlakatning qurilishbop yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qoplaydi... O‘zbekistonda 20 ming gektar terakzor barpo etilsa, qog‘oz va qurilish materialini chetdan olishga deyarli hojat qolmasdi. Agar har bir viloyatda 1500—2000 gektar atrofida terakzor bo‘lsa, ana shu orzumiz amalga oshishi muqarrar”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    E’tiborga molik boshqa xabarlar ham bor: Hisor tog‘ tizmalarining Surxondaryo viloyatdagi qismida namgarchilik ortib ketishi oqibatida 20 ming kub metr yer ko‘chgan. “Tog‘ qishloqlariga boradigan yo‘lning 1,5 kilometr masofadagi qismi to‘silib qoldi. Tuproqning ko‘chish yo‘lida joylashgan Sariosiyo rayoni Xubon qishlog‘idagi maktab binosi qulab tushdi... Viloyat hokimligi Xubon qishloq aholisini xavfsiz joyga — Denov pivo-konserva zavodining dam olish zonasiga ko‘chirdi”, — deya O‘zA axborotini e’lon qilgan “Xalq so‘zi”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    1992-yilgi gazetalarda deyarli har hafta u yoki bu mamlakatdan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami kelgani haqida xabarlar beriladi. Bu safar Gollandiya (Niderlandiya) muruvvat qo‘lini cho‘zgan: “200 ming dollarli bu tuhfa oziq-ovqat mollari, shuningdek, kompyuter, bir marta ishlatishga mo‘ljallangan shpritslardan iborat. 23-aprel kuni O‘zbekiston Ijtimoiy ta’minot vazirligi binosi oldida ana shu armug‘onni qabul qilib olish marosimi bo‘ldi... Uzoq Gollandiyadan keltirilgan insonparvarlik madadining bir qismi shu kuniyoq poytaxtimizdagi qariyalar uyiga hamda bolalar internatiga topshirildi. Bu muruvvatdan yetim-yesirlar, beva-bechoralar, faxriylar, nogironlar bahramand bo‘lishadi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi”ning bu kungi sonida bugungi kun nuqtai nazaridan e’tiborga molik yana bir material bor: 1916-yili Toshkentda tug‘ilgan Sattor Hamzayev og‘ir urush xotiralarini so‘zlab bergan va uning bu hikoyalari Sovet davlati 1941—1945-yilgi Ulug‘ Vatan urushidan avval keltirib chiqargan hamda ko‘plab tarixchilar tomonidan Ikkinchi Jahon urushining bir qismi sifatida ko‘riladigan Finlyandiya urushi va Polshaga yurishdan boshlanadi.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 25-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • O‘zXDPning G‘alaba kuniga tayyorgarligi, “tinchliksevar SSSR termoyadro urushiga qarshi”, “G‘irot mingan” Sulaymon Toshkentga kelmoqda. O‘zbek matbuoti 24-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Yadroviy qurolli Qozog‘istonga murojaat, Buxoro amirining O‘zbekistondan surgun qilingan oqsoqoli, Pokistondagi harbiy asirlarni Toshkentga qaytarish masalasi. O‘zbek matbuoti 23-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Leninning tug‘ilgan kuni, Lenin haqida she’rlar, “Lenin sizga mushayt qilayaptimi?”. O‘zbek matbuoti 22-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

     

    25.04.2022, 07:30   Izoh (0)   68634
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.