• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AZAL samolyoti halokati: dastlabki tergov natijalari e’lon qilindi

    Qozog‘iston Transport vazirligi 25-dekabr kuni Oqtov yaqinida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokatini tekshirishning dastlabki natijalarini o‘z ichiga olgan hisobotni e’lon qildi.

    Foto: Qozog‘iston Transport vazirligi
    Ushbu hisobotda keltirilgan ma’lumotlar dastlabki bo‘lib, barcha materiallarni o‘rganish va tadqiq qilish natijalariga ko‘ra to‘ldirilishi mumkin. Ishlar yakunlangandan so‘ng, aviatsiya hodisasi bo‘yicha tekshiruv natijalari asosida yakuniy hisobot tayyorlanadi, deyiladi hujjatda.

    Bundan tashqari, hisobotda ta’kidlanishicha, komissiya havo kemasi tuzilmalarining shikastlanishlarini batafsil tekshirishni davom ettirmoqda.

    Ekipajda dastlabki muammolar 05:13:31 da yuzaga kelgan, havo kemasiga zarba berilgan, shundan so‘ng avtopilotning o‘chirilganligini bildiruvchi ovozli signal ishga tushgan.

    3-gidravlik tizimida bosim qisqa vaqt ichida keskin tushib ketgan. 3-gidravlik tizimidagi suyuqlik darajasi 0 foizga qadar pasaygan. Boshqaruv rullarining (ELEVATOR, AILERON, RUDDER) holati nol nuqtasida qotib qolgan va parvoz oxirigacha shu holatda saqlangan.

    Foto:

    Soat 05:13:56 da ikkinchi zarba qayd etilgan. Komandir ekipaj bilan aloqaga chiqadi:

    - Allo, nima bo‘ldi?
    - Ikkita o‘rindiq portladi, yaqinlasha olmayapman, chunki yo‘lovchilar o‘rinlaridan turib ketishdi, ularni joylariga o‘tqazyapman

    Uchuvchilar ikkinchi zarbani qushlar bilan to‘qnashuv deb o‘ylaydi.

    Ekipaj Grozniy bilan muloqot paytida boshqaruvni yo‘qotayotganini ma’lum qiladi. Minvodi, keyin Maxachqal’adan ob-havoni so‘raydi, shundan so‘ng Bokuga qaytishga qaror qiladi. 

    Soat 05:26:58 da Grozniy bilan muloqot to‘xtatiladi. 05:29:24 da Rostov minorasi bilan aloqa boshlanadi.

    Ob-havo yaxshi bo‘lgani uchun 05:42:40 da Oqtovga uchishga qaror qilindi. Soat 06:02:47 da samolyot ekipaji Oqtov aeroporti minorasi bilan bog‘lanib, ilk marta xalqaro ofat signali yuboriladi.

    06:22:24 da ekipaj shassini tushirishni boshladi. Undan so‘ng mexanizatsiyani ishga tushirildi, keyin esa ovozli ogohlantirish signali yangradi.

    Soat 06:27:58 da samolyotning o‘ngga 35 gradus qiyalik bilan yerga urilgani qayd etildi.

    Foto:

    Saqlanib qolgan qismlarning dastlabki ko‘zdan kechirilishi natijasida fyuzelyajning dum qismida, vertikal va gorizontal stabilizatorlarda, balandlik va yo‘nalish rullarida turli o‘lcham va shakldagi ko‘plab teshilgan va teshilmagan shikastlanishlar aniqlandi. Shunga o‘xshash shikastlanishlar havo kemasining chap dvigateli va chap qanotida, shuningdek, havo kemasining agregatlar va qismlarida ham kuzatildi. Ba’zi joylarda shikastlanishlar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga ega.

    Foto:
    Foto:

    Oqtovdagi samolyot halokati

    2024-yil 25-dekabr kuni Oqtov aeroportidan uch kilometr uzoqlikda Ozarbayjonning Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasiga tegishli Embraer samolyoti bilan aviahalokat yuz berdi. Boku—Grozniy reysida parvoz qilayotgan samolyot favqulodda qo‘nishga urinish paytida halokatga uchradi. Samolyot bortida 62 yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

    Tergov va taxminlar

    Halokatni IKAO (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti) konvensiyasiga muvofiq tergov qilishga Qozog‘iston rahbarlik qilmoqda. Tekshiruv ishlarida Ozarbayjon, Rossiya mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va Embraer vakillari ishtirok etmoqda. Qora qutilar olinib, xalqaro ekspertlar ishtirokida rasshifrovka qilinmoqda.

    Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari, shuningdek Euronews va Reuters halokat sabablaridan biri sifatida Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalarining ishlashi haqidagi taxminni muhokama qiluvchi materiallarni e’lon qildi.

    28-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya havo hududida fojiali hodisa sodir bo‘lgani munosabati bilan uzr so‘radi va halok bo‘lganlarning oilalariga yana bir bor hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

    29-dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon fuqaro samolyoti Rossiya hududida, Grozniy yaqinida tashqi hujumga uchraganini va deyarli boshqaruvni yo‘qotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot radioelektron kurash vositalari bilan boshqarib bo‘lmaydigan holatga keltirilgan.

    Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, bortda 62 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan:

    • 42 nafar Ozarbayjon fuqarosi;
    • 16 nafar Rossiya fuqarosi;
    • 6 nafar Qozog‘iston fuqarosi;
    • 3 nafar Qirg‘iziston fuqarosi.

    Omon qolganlar orasida Ozarbayjon, Rossiya va Qirg‘iziston fuqarolari bor. Qozog‘istonliklar orasida omon qolganlar yo‘q.

    4 fevral, 23:05   Izoh (0)   10889
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AZAL#aviahalokat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Aviahalokat bo‘yicha turli taxminlar mavjud” — Ilhom Aliyev

    25.12.2024, 20:57

    Azerbaijan Airlines Oqtovdagi aviahalokat sababini ma’lum qildi

    27.12.2024, 18:20

    “Milliy tiklanish” fraksiyasi Rossiya havo hududi xavfsizligi yuzasidan so‘rov yuboradi — Alisher Qodirov

    28.12.2024, 11:27

    “Embraer 190 halokati haqidagi soxta ma’lumotlar tarqalishining oldini olish zarur” — To‘qayev 

    28.12.2024, 17:15

    Turkmaniston havo yo‘llari fevral oyiga qadar Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi 

    28.12.2024, 18:02

    Putin Aliyevdan Oqtovdagi aviahalokat uchun uzr so‘radi  

    28.12.2024, 18:22

    Putin To‘qayev bilan AZAL samolyoti halokatiga bog‘liq vaziyatni muhokama qildi 

    28.12.2024, 21:47

    “Samolyot Grozniy yaqinida tashqi ta’sir oqibatida shikastlangan va boshqaruvni yo‘qotgan” — Ilhom Aliyev

    29.12.2024, 16:40

    Ozarbayjon prezidenti aviahalokat yuzasidan Rossiyaga talablar qo‘ydi

    29.12.2024, 17:30

    Aliyev aviahalokatda halok bo‘lgan ekipaj a’zolarini “Ozarbayjon Milliy qahramoni” unvoni bilan taqdirladi

    30.12.2024, 19:31

    Braziliyada Oqtov yaqinida halokatga uchragan samolyotning qora qutilarini o‘rganish boshlandi

    4 yanvar, 15:55

    Donald Trampning "xarxasha"lari borasida AQSHdagi o‘zbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?

    12 yanvar, 23:02

    “AZAL samolyotining qora qutilari rasshifrovkasi OAV xulosalarini tasdiqlamaydi” — Lavrov 

    14 yanvar, 21:55

    Halokatga uchragan AZAL samolyotining qora qutilari Braziliyadan Qozog‘istonga qaytarildi 

    15 yanvar, 21:10

    Qozog‘iston: AZAL samolyoti uchuvchilarining OAVlarda e’lon qilingan muloqotlari ishonchsiz  

    24 yanvar, 20:35

    AZAL samolyoti “Pansir”dan otilgan raketa yordamida urib tushirilgan — AnewZ

    24 yanvar, 21:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17

    Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 08:12

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.