• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Donald Trampning "xarxasha"lari borasida AQSHdagi o‘zbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?

    AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp hali o‘z vazifasini bajarishga kirishmasidan oldin bir qancha bayonotlar berib, butun dunyoda muhokamalar sababchisiga aylandi. Uning bayonotlari bo‘yicha turli qatlam vakillari turlicha fikr bildirmoqda.

    "Daryo" bu borada AQSHda istiqomat qilayotga o‘zbekistonlik vatandoshlar fikri bilan qiziqdi. Quyida e’tiboringizga AQSHda yashayotgan o‘zbekistonlik Azamat Abdullayev fikrlarini keltirib o‘tamiz.

    Azamat Abdullayev
    Foto: "Daryo"

    "Donald Tramp saylovlargacha uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Unga nisbatan bo‘lgan qarama-qarshiliklarga qaramay, u prezidentlik saylovida katta ustunlik bilan g‘olib chiqdi va AQSHning 47-prezidenti sifatida tarix sahifasiga kirdi. Bu g‘alaba nimani anglatadi? Donald Tramp AQSH fuqarolarining ishonchini qozonib, ularning qo‘llab-quvvatloviga erishdi. Endi u qabul qiladigan har qanday qaror yoki bayonot fuqarolar tomonidan ma’qullanishi ehtimoldan xoli emas.

    Oddiy amerikaliklar Trampning Grenlandiya va Kanada haqidagi bayonotlariga qanday munosabatda?

    AQSHda uzoq yillardan beri yashovchi o‘zbekistonlik fuqaro sifatida shuni aytishim mumkinki, Trampning bu qarashlari aslida yangilik emas. U 2019-yilda ham xuddi shunday bayonotlarni bildirgan edi. Buni faqat Trampning istagi sifatida qabul qilish noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki AQSH Trampdan avval ham Grenlandiyaga qiziqish bildirgan. Masalan, 2-jahon urushidan keyin, 1946-yilda AQSH Daniyaga Grenlandiyani o‘z hududiga qo‘shib olish maqsadida $100 million taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgan.

    Ma’lumki, Grenlandiya dunyodagi eng katta orol bo‘lib, asosan muzliklar va tog‘li hududlardan iborat. Aholisi 60 ming kishidan kam. Grenlandiya o‘zining hukumatiga ega bo‘lib, hududiy jihatdan Daniya Qirolligiga qaram bo‘lgan avtonom hudud sifatida tan olinadi. 

    2024-yilda Grenlandiya hukumati Daniya Qirolligidan mustaqillikka erishib, mustaqil davlat sifatida NATOga a’zo bo‘lish niyatini bildirdi. Ularning bunday niyati AQSHni yanada xavotirga solib, Grenlandiyani o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini faollashtirdi va Trampni Grenlandiya haqida yana og‘zini ochishga majbur qildi.

    Greenlandiya AQSHga nega kerak?

    Tarixdan ma’lumki 2-Jahon urushi davomida  AQSH Daniyaga tegishli bo’lgan Greenlandiya orolining hafsizligini ta’minlash maqsadida Greenlandiya hududida “Pituffik Space Base” nomli o’zining havo kuchlari bazasini joylashtiradi va bugungi kunga kelib u havo kuchlari bazasi haligacha o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

    AQSH prezidenti o‘z bayonotida Grenlandiyaning strategik ahamiyatini alohida ta’kidladi. Ushbu orol nafaqat iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, balki global geosiyosiy raqobatda ham muhim rol o‘ynaydi. Grenlandiyaning boy yer osti qazilma resurslari, jumladan, neft, gaz va nodir metallarning mavjudligi AQSH uchun katta iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, Grenlandiyaning Arktika hududidagi strategik geografik joylashuvi uni AQSHning mudofaa va harbiy rejalarida muhim ahamiyat kasb etadigan hududga aylantiradi.

    Foto: Wikipedia
    Foto: "Daryo"

    Daniya Qirolligi o‘ziga tegishli Grenlandiya orolini AQSHga sotishga jur’at eta oladimi?

    Daniya Qirolligi hozircha o‘z hududlarini sotishni yoki bu borada bayonot berishni istamayotgani aniq. Biroq, oxir-oqibat bunday qarorga kelishga majbur bo‘lishi mumkin, deb o‘ylayman. Yoki aniqrog‘i, majburlashlari ehtimol. Sababi, agar Daniya AQSHning taklifini rad etsa, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning usullarini qo‘llashi mumkin. Putin qanday qilib Qrimni Rossiya tarkibiga qo‘shgan bo‘lsa, AQSH ham shunga o‘xshash yo‘lni tanlashi mumkin. Biroq AQSH Rossiyadan farqli ravishda, “Grenlandiyani tortib oldi” degan nomni tarixda qoldirmaslik uchun Daniyaga katta miqdorda mablag‘ taklif qilishi mumkin.

    Ma’lumki, Putin Qrimda “referendum” o‘tkazgan, va unda aholi bir ovozdan Rossiyaga qo‘shilishga rozi bo‘lgan. Shundan keyin Rossiya Qrimni egallab olgan.

    AQSH ham shunga o‘xshash strategiyani qo‘llashi ehtimoldan xoli emas. Grenlandiyadagi oz sonli aholi iqtisodiy jihatdan mustaqil rivojlanish uchun zarur mablag‘ va resurslarga ega emas. Shunday ekan, ular AQSH tarkibiga qo‘shilishga rozi bo‘lishi mumkin. Agar Grenlandiya AQSH tarkibiga qo‘shilsa, yangi infratuzilma, yo‘llar va boshqaruv tizimlari yaratiladi, bu esa Grenlandiya uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

    Trampning Kanada bo‘yicha ambitsiyalari

    Tramp Grenlandiyadan tashqari, Kanadani ham 51-shtat sifatida AQSH tarkibiga qo‘shib olish niyatini hazilomuz tarzda bildirgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik bu taklifni jiddiy qabul qilib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Trampning aytishicha, AQSH har yili o‘zining yaqin qo‘shnisi bo‘lgan Kanadaga iqtisodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 200 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va undan avtomobillar, sut mahsulotlari, o‘rmon va boshqa mahsulotlarni sotib oladi. Biroq, evaziga Kanadadan boshqa hech qanday foyda ko‘rmasligini ta’kidlab o‘tadi. Shu sababli, u: “Nega Kanadaga investitsiya qilishimiz kerak? Axir shu mahsulotlarni AQSHda ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysak bo‘ladi,” deydi va hazil aralash: “Kanadaga shuncha pul investitsiya qilayotgan ekanmiz, unda bizga 51-shtat sifatida qo‘shilib qo’yaqolinglar,” dedi.

    O’ylashimcha, Tramp prezident sifatida qasamyod qabul qilganidan so’ng, birinchi navbatda mamlakatning tashqi xarajatlarini optimizatsiya qilishni boshlaydi. Shu nuqtai nazardan, AQSH Kanadani ogohlantirayotgan bo‘lishi mumkin: tayyor turinglar, yaqin qo’shni sifatida sizlarga ko’rsatiladigan moliyaviy yordam kamaytirilishi mumkin degan ma’noda.

    Panama kanali bo‘yicha bayonot

    Trampning yana bir bayonoti Panama kanalini AQSHga qaytarish istagi bilan bog‘liq. Trampning fikricha, AQSH Panama kanalini o‘ziga qaytarishi kerak, chunki Panama o‘ziga bergan sovg‘ani suiiste’mol qilib, Xitoy boshqaruviga o‘tkazgan. Tramp bu harakatni xato deb biladi va Panama kanalining Panamaga topshirilishini AQSH ning 39-prezident Jimmi Karterning noto‘g‘ri chiqargan qarori natijasi bo‘lganini ta’kidlaydi.

    Meksika ko‘rfazi haqida

    Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomlash niyati haqidagi so‘zlaridan keyin Amerikaga tarixiy nomni qaytarishni taklif qildi. Trampning bu boradagi bayonoti hazilomuz bo‘lsa ham, lekin ko‘pchilik bunga o‘z munosabatini bildirdi. Tramp shunday shaxsiyatga egaki, uning hazil aralash gaplari ham jiddiy munozaralarni keltirib chiqaradi.

    Foto: Instagram / claudia_shein

     

    Noqonuniy migrantlar haqida

    Noqonuniy migrantlar masalasi Trampning sevimli mavzularidan biridir. AQSHda ko‘plab o‘zbekistonliklar, shuningdek, butun dunyodan kelgan migrantlar yashaydi. Tramp avvalgi prezidentlik muddatida ham noqonuniy migratsiya bo‘yicha keskin bayonotlari bilan tanilgan edi, va hozirgi safar ham aynan shu masalani ko‘tarmoqda. U “Bu safar hammasi jiddiy, hech kim noqonuniy migratsiya bo‘yicha choralardan qutulib qololmaydi,” deb ta’kidladi. 

    Tramp noqonuniy migrantlar haqida gapirganda, birinchi navbatda o‘z mamlakatida jinoyat qilib, AQSHga kelgan shaxslarni yana o‘z vataniga qaytarib yuborish masalasini ko‘targan. U “Undan keyin esa qolganlar bilan shug‘ullanamiz,” degan mazmunda bayonot berdi.

    Foto: Reuters

    O‘zbekistonliklar orasida Trampning bu bayonotlari har doim dolzarb mavzu bo‘lib kelgan. Hammamiz bilamizki, bugungi kunda Meksika orqali AQSHga kelayotgan yurtdoshlarimiz soni sezilarli darajada oshgan. Shu bilan birga avval qonuniy yo‘l bilan kelib, keyinchalik noqonuniy maqomda qolib ketganlar ham kam emas. Bunday shaxslar xavotirda bo‘lishlari kerak, chunki Tramp noqonuniy migrantlarni hush ko’rmaydi. 

    Shu sababli AQSHda yashayotgan noqonuniy yurtdoshlarimiz hujjatlarini tartibga keltirishga harakat qilishlari lozim. Bu nafaqat o‘z manfaatlari, balki O‘zbekistonning xalqaro imidji uchun ham muhimdir. Qolaversa, noqonuniy migrantlar sabab AQSHga qonuniy yo‘l bilan kelmoqchi bo‘lgan boshqa o‘zbekistonliklar uchun to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin.

    AQSHda noqonuniy yashayotgan migrantlarning qonuniy yo‘l bilan mamlakatda qolish imkoniyatlari haqida ko‘p savollar tug‘iladi. Bu masalada ko‘plab blogerlar va huquqshunoslar tavsiyalar berib kelishmoqda. Eng avvalo, bunday holatda tajribali huquqshunosga murojaat qilishni tafsiya qilaman. 

    Farzandi AQSH fuqarosi bo‘lgan, ammo o‘zi boshqa mamlakat fuqarosi bo‘lgan migrantlar uchun ham qiyinchiliklar kutilmoqda. Tramp ularni tanlov oldiga qo‘ymoqda: “Farzandingizni o‘zingiz bilan olib keting yoki uni shu yerda qoldirib, o‘zingiz mamlakatni tark eting.” Biroq, ota-onalarning farzandlarini boshqa davlatda yolg‘iz tashlab ketishi dargumon. Natijada, ular AQSH fuqarosi bo‘lgan farzandlarini ham olib ketishga majbur bo‘lishadi.

    Shuningdek, Tramp ota-onasi AQSH fuqarosi bo‘lmagan bolalarga AQSHda tug‘ilgani uchun avtomatik fuqarolik berilmasligi masalasini ko‘tarmoqda. U bu qonun faqat AQSHda mavjud bo‘lib, boshqa davlatlarda bunday tartib yo‘qligini ta’kidlamoqda.

    AQSHda islomofobiya qay darajada?

    Bugungi kunda Yevropa, ayniqsa, Angliyada islomofobiya avj olmoqda. Mening fikrimcha, AQSHda ham azal-azaldan islomofobiya bo‘lgan. Bu hech qachon yo‘qolmaydi. Chunki dinlar soni ko‘p, dinlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, qarama-qarshiliklar shuncha ko‘p bo‘ladi. Hamma o‘zini dinini targ‘ib qiladi. Islom dini dunyoning tezlik bilan o‘sib borayotgan dinlaridan biri hisoblanadi. Butun dunyodagi musulmonlar soni 1,6 mlrdni tashkil qiladi. Bu boshqa dinlar vakillari qalbiga g‘ulg‘ula soladi. Angliyada juda ko‘p musulmonlar yashaydi.

    Mamlakatda tug‘ilish soni pasayib ketgan. Migrant bo‘lib kelayotgan musulmonlar soni o‘sib bormoqda. Hayit kunlari musulmonlar namoz o‘qishi uchun yo‘llar yopiladigan darajaga yetgan. Musulmonlarning ko‘payotgani, ularning ahilligi, birlashishi kuchayayotganini ko‘rib, yevropaliklar qo‘rquvga tushayotgani tabiiy hol. Shundan kelib chiqib, ular har xil nayranglar ishlab chiqishmoqda, Islom dinini yomon ko‘rsatish uchun har xil terroristik aktlar uyushtiriladi. Hozirda musulmonlan terrorchi degan fikrni butun dunyoga singdirishga urinishlar kuchayib ketgan. Mediya ham bu narsada kuchli ishlaydi. 

    Amerikada ham bunday islomofobiyalar kuchayib bormoqda. Mashhur UFC jangchisi ham Islom dinini yomonlab, shu ma’noda gapirib o‘tdi. AQSH faqat xristianlar mamlakati, musulmonlar o‘z yurtiga ketsin, deb ochiq-oydin gapirib o‘tdi. Tramp ham islomofob. Kim nima desa ham, u islomofob. U hukumatga keldi degani endi hamma Islomga qarshi o‘z fikrini ochiq gapira oladi, degani. Chunki Amerikada islomofoblar juda ko‘p.

    To‘g‘ri, qonun ustuvorligi bor, lekin endi hammasi boshqacha bo‘ladi, islomofobiya kuchaysa kerak, degan fikrdaman. Bunga javoban musulmonlar nima qilishi mumkin? Ko‘p hollarda yurtdoshlarimiz ko‘chada yurishganda namoz vaqti bo‘lib qolsa, qazo qilmaslik uchun, ko‘chaning o‘zida birgalashib namoz o‘qishganiga guvoh bo‘laman. Shu narsadan sal chetlashishsin degan tavsiyani bergan bo‘lardim. Iloji boricha, amerikaliklarni g‘ashini keltirmaslik kerak, namozlarini uyda yoki masjidlarda o‘qish kerak. Musulmonlar qanchalik ko‘p birlashib, namoz o‘qishganini ko‘rishsa, bu hol ularda shunchalik ko‘p g‘azab uyg‘otadi. Shu sababli ehtiyot bo‘lga afzal".

    12 yanvar, 23:02   Izoh (0)   10557
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Tramp#AQSH#bayonot

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oq uy Baydenning ruhiy salomatligi haqida bayonot berdi

    03.07.2024, 11:47

    Baydenning saylovoldi muvaffaqiyatsizliklar xronologiyasi

    22.07.2024, 13:09

    AQSHning yangi prezidenti G‘azoni qutqaradimi? 

    25.07.2024, 18:40

    Trampga navbatdagi “suiqasdga urinish” sodir bo‘ldi 

    16.09.2024, 09:20

    Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi 

    30.10.2024, 09:10

    “Mag‘lubiyatimni tan olaman”. Harris raqibi Trampni tabrikladi

    07.11.2024, 08:45

    Tramp Mahmud Abbosga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish uchun harakat qilishga va’da berdi

    09.11.2024, 13:15

    Kreml Trampning Ukraina bo‘yicha Putinga qo‘ng‘iroq qilganini rad etdi

    11.11.2024, 20:40

    Kanada AQSHni elektrdan uzib qo‘yish bilan tahdid qildi

    13.12.2024, 10:55

    G‘azodagi urush tugashi mumkin. HAMAS bayonot berdi

    18.12.2024, 11:20

    AQSh Yaqin Sharq xaritasini qayta tuzib chiqmoqda, buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

    26.12.2024, 19:45

    Amerika ommaviy axborot vositalari Baydenning salomatligi bilan bog‘liq muammolarni yashirdi — WSJ

    3 yanvar, 20:42

    Meksika prezidenti Trampning so‘zlaridan keyin Amerika nomini o‘zgartirishni taklif qildi

    9 yanvar, 11:03

    Tramp mehmonxonasi oldida Cybertruck’ni portlatgan shaxs ChatGPT’dan foydalangan 

    9 yanvar, 12:32

    Tramp Grenlandiyani o‘zlashtirish maqsadini e’lon qildi. Orol AQSH uchun nega bunchalik muhim?

    9 yanvar, 12:25

    Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi 

    9 yanvar, 21:37

    FT: Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasini o‘zgartirmoqda 

    9 yanvar, 23:45

    Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi

    10 yanvar, 11:36

    Olaf Shols Ukrainaga 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi 

    10 yanvar, 14:58

    Ukraina bilan urushining uch yillik davrida kamida olti ming rossiyalik elita harbiy xizmatchi halok bo‘ldi — BBC

    10 yanvar, 15:41

    “AQSH Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda” — Rossiya elchisi

    10 yanvar, 18:20

    Ukraina mudofaa vaziri 2025-yilga mo‘ljallangan harbiy maqsadlarni ma’lum qildi 

    10 yanvar, 19:15

    Kanada Tramp davrida AQSH bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi 

    10 yanvar, 20:33

    NATO Trampning mudofaa xarajatlari to‘g‘risidagi taklifini rad etadi — Reuters 

    10 yanvar, 21:50

    Politico: AQSH hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi 

    10 yanvar, 23:51

    Bayden 15-yanvar kuni xalqqa xayrlashuv nutqi bilan chiqishi kutilmoqda 

    11 yanvar, 18:45

    Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

    11 yanvar, 23:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.