• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Polkovnik yomon ahvolda!”. Bir necha avlodni tarbiyalagan afsonaviy murabbiy Valeriy Lobanovskiyning futboldagi so‘nggi kunlari haqida

    Ukrainalik afsonaviy murabbiy Valeriy Lobanovskiy futbol maydonida vafot etishni orzu qilardi. Mutaxassis 2002-yilning 7-may kuni o‘zi murabbiylik qilayotgan Kiyevning “Dinamo” jamoasi o‘yini vaqtida tez yordam mashinasi tomonidan shifoxonaga olib ketilgan va oradan olti kun o‘tib, 13-may kuni vafot etgan. Quyida bir necha avlod futbolchilarini tarbiyalagan va Ronaldoni tanqid qilgan “polkovnik” laqabli murabbiy haqida so‘z boradi.

    “Polkovnik yomon ahvolda!”

    Lobanovskiy o‘zining oxirgi mavsumini futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham eng yaxshi yillarini o‘tkazgan Kiyevning “Dinamo” jamoasida boshlagandi. Mutaxassis BAA va Kuvaytdagi faoliyatidan keyin 1996-yilda yana bir bor Ukraina jamoasiga qaytdi va klubni vafot etguniga qadar boshqardi.

    Foto: “Chempionat”

    2002-yilning 7-may kunida “Dinamo” safarda Zaporojye shahrining “Metallurg” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazgan. Zaxira o‘rindig‘i yaqinida turgan jurnalistlardan biri 63 yoshli Lobanovskiyning yuzida qizil dog‘lar paydo bo‘layotganini payqagan. “Men vrachga, polkovnik yomon ahvolda, deb baqirdim”, — deya eslaydi muxbir. Murabbiyni SSSR vaqtida olgan harbiy unvoni sabab “polkovnik” deb chaqirishardi.

    Klub shifokori yetib keldi, lekin Lobanovskiy klub bilan birga bo‘lishi kerakligini va uyga “Dinamo” bilan uchishi shartligini aytib, shifoxonaga borishdan bosh tortdi. Tribunada mahalliy kasalxonaning bosh shifokori ham bor edi. U maydonga tushdi va murabbiyni tibbiy yordam olishga ko‘ndirishga urindi. Tez yordam mashinasi keldi. Murabbiyga bor-yo‘g‘i bir tun tekshiruv uchun shifoxonada qolishiga va’da berildi.

    Kadrlardan ko‘rish mumkinki Lobanovskiy hamkasblari yordami bilan bo‘lsa ham mashinaga o‘zi chiqqan. Murabbiyni shifoxonagacha “Dinamo” jamoasi administratori kuzatib borgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassisning ahvoli tez yordam mashinasida yomonlashgan, Vasya ismli odamni chaqirishni boshlagan va Kiyev jamoasi o‘yinidagi xatolardan shikoyat qilgan.

    Kasalxonada Lobanovskiyga insult tashxisi qo‘yilgan va shoshilinch operatsiya qilingan.

    “Qozon”ning ichida 33 yil

    Valeriy Lobanovskiyning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar avvaldan ma’lum bo‘lgan. Hamkasblari mutaxassis endigina 55 yoshga kirgan bo‘lsa ham Yaqin Sharqdan qarigan va vazn yiqqan holda qaytganini payqagandi. Oldin murabbiy doimo sog‘lom bo‘lgan va sport formasini yaxshi saqlab kelgan.

    Lobanovskiy 2001-yilning kuzida infarktga uchradi. Shu sababli murabbiy mavsum oxirida “Dinamo”ning Chempionlar Ligasidagi barcha safar o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Doktorlar kasallik qaytalanmasligi uchun unga samolyotda uchishni taqiqladi. Uydagi o‘yinlarga yordamchilari ko‘magida borardi va ishni to‘xtatishni qat’iyan rad etgandi.

    Insultga chalinishidan ikki oy avval aynan Zaporojyening “Metallurg”iga qarshi o‘yindan keyin Lobanovskiy so‘nggi matbuot anjumanini o‘tkazgan.

    Men futbolda 33 yildan beri to‘xtalishsiz ishlab kelyapman. Ba’zi murabbiylar, boshqa chiday olmayman, dam olishim kerak, bu “qozon”da boshqa qola olmayman, deydi. Ammo gap shundaki, biz “qozon”ning ichida emasmiz. O‘yinga ikki minggina tomoshabin keladi, buni “qozon” deb qanday atash mumkin?, — degandi mutaxassis.

    Biroq keyinroq jurnalistlarning bosimi ostida u ham “temir emas”ligini aytgandi.

    Foto: Getty Images

    Kiyev tizimi

    Lobanovski 1955-yilda Kiyevning “Dinamo” jamoasi tizimiga kelgan. U bor yo‘g‘i 16 yoshda edi, jamoaga esa faqatgina Kiyevda tug‘ilganlar jalb etilardi. Klub tarkibida 1961-yilda SSSR chempioni bo‘lgan Valeriy uch yil o‘tganidan keyin mamlakat kubogida g‘olib chiqqan. Hamma uning hujumdagi sifatlarini ta’kidlardi. Unda ajoyib dribling va burchak zarbasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri gol urish qobiliyati bor edi.

    Valeriy Lobanovski murabbiylik faoliyatini “Dnepr” jamoasida boshlagan va klubni ikkinchi ligadan oliy ligaga olib chiqqan. 1973-yilda 34 yoshli mutaxassis “Dinamo Kiyev”ga taklif qilingan va keyingi 15 yil davomida sakkiz marta SSSR chempionligini, olti marta SSSR Kubogini, 1975 va 1986-yillarda ikki marta Kubok egalari Kubogini hamda bir marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. Sobiq ittifoq jamoalarining hech qaysisi bu natijaga yaqin kela olmagan.

    SSSR terma jamoasida esa Lobanovskiyning ishlari silliq kechmadi. 1976-yilgi Olimpiadada qo‘lga kiritilgan bronza medaliga u vaqtlarda yutuq sifatida qaralmasdi. 1982-yilgi va 1986-yilgi Jahon Chempionatida jamoa o‘zining ajoyib salohiyatini ro‘yobga chiqara olmagandi. 1990-yilgi mundial esa butunlay muvaffaqiyatsiz bo‘lgandi. Biroq undan ikki yil avval 1988-yilgi Yevropa chempionatida Lobanovskiy qo‘l ostidagi terma jamoa finalgacha yetib borib, Niderlandiyaga mag‘lub bo‘lgandi.

    Foto: Getty Images

    Lobanovskiyning buyukligi faqat natijalar bilan o‘lchanmagan. U Sovet ittifoqida va Ukrainada ajoyib futbolchilarning bir necha avlodini tarbiyalagan. Ularning uch nafari: Oleg Bloxin (1975-yilda), Igor Belanov (1986-yilda) va Andrey Shevchenko (2004-yilda) “Oltin to‘p” bilan taqdirlangan.

    Boshqa tomondan qaraganda Lobanovskiy “futbol yulduzi” tushunchasiga salbiy munosabatda bo‘lgan. Murabbiy “yulduzlar har doim jamoaviy o‘yin bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladigan futbol evolyutsiyasini sekinlashtirishi”ni ta’kidlagan. Ukrainalik mutaxassis 1990-yillarda braziliyalik Ronaldoni ko‘p marta tanqid qilgan. “Ronaldo? Ronaldo takomillashmayapti! U faqatgina o‘z iste’dodidan foydalanadi. Keyin nima bo‘ladi? Iste’dodi bilan ikki, uch, to‘rt yil o‘ynaydi va bo‘ldi”, — degandi ukrainalik mutaxassis.

    Foto: Getty Images

    Shoshilinch berilgan xabar

    Lobanovskiy Zaporojyedagi stadiondan shifoxonaga olib ketilgach, “Dinamo” matbuot xizmati hammani tinchlantirishga harakat qildi.

    Ba’zi OAV Valeriy Vasilevichning kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berishga shoshildi, ammo bu haqiqat emas. Biz murabbiyning sog‘lig‘idan xavotir olganingiz uchun rahmat aytamiz va Metr bilan hammasi joyida ekanini aytishga shoshilmoqdamiz. Biz “Dinamo” murabbiyi Anatoliy Demyanenkodan vaziyatga izoh berishini so‘radik. “Valeriy Vasilyevich bilan hammasi yaxshi, qon bosimi bilan bog‘liq kichik muammolar chiqdi, lekin hozir u o‘ziga keldi va jamoa bilan birga Kiyevga uchmoqda”, — dedi Demyanenko, deyilgandi rasmiy izohda.

    Bu vaqtda Zaporojyedagi kasalxona bosh shifokori Vladimir Burlay Lobanovskiy og‘ir ahvolda ekanini, biroq kichik umid borligini ma’lum qiladi. Oradan 6 kun o‘tib, 2002-yilning 13-may sanasida afsonaviy murabbiy Valeriy Lobanovskiy vafot etadi.

    Foto: Twitter

    Ikki kundan keyin Glazgo shahrida “Real” va “Bayer” Chempionlar Ligasi finalida maydonga tushadi. Uchrashuv Lobanovskiy xotirasiga 1 daqiqa sukut bilan boshlanadi. Ushbu turnir finalida o‘ynash uning orzusi edi va 1999-yilda bunga bir qadam yetmay qolgandi. “Dinamo” yosh Shevchenko bilan “Bavariya”ga qarshi yarim finalda to‘qnash kelgan va alamli tarzda musobaqadan chiqib ketgandi (3:3, 0:1). “Polkovnik” o‘limidan so‘ng Kiyevdagi stadionga darhol uning nomi berildi. Keyinroq arenaga asosiy kirish eshigi oldiga uning haykali o‘rnatildi. Futbolda vafot etishni orzu qilgan murabbiy o‘zi uchun qadrli bo‘lgan stadion oldida qoldi.

    14.05.2023, 15:28   Izoh (0)   11324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun yana 4 nafar o‘zbekistonlik final jangini o‘tkazadi

    14.05.2023, 09:48

    O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi

    14.05.2023, 06:52

    La Liga. “Real” Asensioning yagona goli evaziga g‘alabani ilib ketdi 

    14.05.2023, 02:00

    Liga 1. “PSJ” “Ayachcho” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi, Kilian Mbappedan dubl 

    14.05.2023, 01:53

    A Seriya. “Milan” safarda “Spetsiya”ga mag‘lub bo‘ldi, “Inter” esa 6 ta gol urilgan o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishdi 

    14.05.2023, 01:43

    Superliga. “Paxtakor” o‘zida “Buxoro”ni minimal hisobda mag‘lub etdi, “So‘g‘diyona” “Turon” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

    13.05.2023, 22:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Filippinda 175 mln dollarlik giyohvand moddalar kontrabandasi qo‘lga tushdi

    Dunyo | 20 iyun, 18:05

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Farg‘onada xonadonlardan biri yonayotgan “dom”dan 7 kishi qutqarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:55

    BMT Isroil armiyasi va xavfsizlik kuchlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    Dunyo | 20 iyun, 17:45

    Aktyor Burak O‘zchivit imijini o‘zgartirdi — muxlislar uni tanimay qolishdi (foto)

    Kino | 20 iyun, 17:37

    “Daryo” tanqididan so‘ng Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:34

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.