• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Milan”da porlab, “Real”da so‘ngan “tilla bola” — Kaka 40 yoshda

    Asli ismi Rikardu Izekson dus Santus Leyti bo‘lgan Kaka (bolalikda Kakaning ukasi Rikardu ismini shunday talaffuz qilgan) mantiqiy qonunlarga ko‘ra, jahon futboli yulduziga aylanmasligi kerak edi. Hatto uning futbol o‘ynashi so‘roq ostida qolgan vaqtlar ham bo‘lgan. Asrning eng yaxshi braziliyaliklaridan biri to‘p tepish uyoqda tursin umrining oxirigacha nogironlar aravachasida o‘tirishi ham mumkin edi. Biroq u taslim bo‘lish o‘rniga, aql bovar qilmaydigan darajadagi faoliyat o‘tkazdi va Ronaldu—Messi erasida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan ikki “yerlik” futbolchining biriga aylandi (ikkinchisi Luka Modrich, aynan shu ikki futbolchi Krishtianu va Lionelning seriyasini uza olgan). 22-aprel kuni Kaka 40 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan quyida Daho laqabli sehrgarning hayot va faoliyat yo‘li haqida hikoya qilinadi.

    Kaka 18 yoshida hovuzga sakrash jarayonida umurtqa pog‘onasini shikastlab oladi. Shifoxonaga olib borilganda unga oltinchi umurtqa suyagining sinishi tashxisi qo‘yiladi. Bo‘lajak futbolchi kasalxonada yotar ekan, yana to‘p tepishini Xudodan iltijo qiladi. Boisi shifokor unga boshqa futbol o‘ynay olmasligini aytgandi. Umuman olganda, u o‘zi yura olishi mumkinligidan xursand bo‘lishi kerak edi, chunki bunday holatlarning aksariyatida odamlar to‘shakka mixlanib qolardi.

    Kaka kasalxonada bo‘lgan vaqtda jon-jahdi bilan ibodat qiladi. Ota-onasi unga Xudo doimo uni kuzatib turishini va qiyin damlarda, albatta, yordam berishini aytgandi. Kaka bunga butun vujudi bilan ishonardi. Davolanish paytida u o‘zi uchun hayotida erishishi kerak bo‘lgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan 10 ta maqsadlar ro‘yxatini tuzadi. Ularning birinchisi yana futbol o‘ynash bo‘lgan.

    Qandaydir mo‘jiza tufayli ikki oydan so‘ng Kaka oyoqqa turadi va mashg‘ulotlarga qo‘shiladi. Jarohatidan tuzalgach, u “San-Paulu”ning yoshlar jamoasiga qaytadi. Tez orada asosiy jamoa murabbiyiga hujumchi va yarim himoyachi kerak bo‘lib qoladi. Yoshlar jamoasi ustozi hujumchisini berishi mumkinligini, ammo yarim himoyachi o‘ziga kerakligi, u jamoaning sardori va yetakchisi ekanligini aytadi. Murabbiy zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan nimjon bolaga ishora qilib, asosiy jamoa murabbiyiga ixtiyoriga uni berishi mumkinligini aytadi. Bu zaxira futbolchisi Kaka bo‘lib chiqadi.

    U asosiy jamoa bilan bir necha mashg‘ulotlar o‘tkazadi va boshqa hech qachon yoshlar jamoasiga qaytib bormaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kaka oq terisi hamda badavlat oila farzandi ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadigan kamtarin va o‘zini bosib olgan yigitcha edi. Xarobadan chiqqan do‘stlaridan farqli o‘laroq, u shaharning obod hududida o‘sgandi, ota-onasi uni yaxshi maktabga bergandi. Biroq bu farqlar bolalarning munosabatida aks etmaydi. Kaka o‘z to‘dasining “yuragi” bo‘lgan — do‘stlari uning uyiga kompyuter o‘yinlarini o‘ynash uchun tez-tez kelib turardi. Bunday holatlar u uyda bo‘lmaganida ham kuzatilgan. Bundan tashqari, ko‘pchilik bolalar Kakaning uyida tunab qolardi, boisi ularning aksariyatida mashg‘ulotdan keyin uyga qaytishga pul bo‘lmagan.

    Eng muhimi, Kaka ajoyib futbolchi ham edi. Ko‘rishdagi va suyak muammolariga qaramay, bolakay to‘p bilan yaxshi muomala qilar va 12 yoshida “San-Paulu” maktabiga qabul qilingandi.

    “Milan” skautlari Kakani 2002-yilgi Jahon Chempionatidan oldin payqagandi — yigitcha har ikkinchi o‘yinda gol urar va o‘zidan yoshi katta sheriklari fonida yetuk va aqlli o‘yini bilan yaqqol ajralib turardi. O‘shanda “San-Paulu”dagilar uni pleyboy deb atardi. Bunga uning oq tanli, yaxshi oila farzandi va onasining erkatoyi ekanligi sabab bo‘lgan. Bu so‘z Braziliyada shunday talqin qilinadi. Kaka bu so‘z boshqa hududlarda tushunilgani kabi bo‘lmagan, hech qachon. 2003-yilga kelib, “Milan” hech ikkilanib o‘tirmay 8,5 million yevro evaziga “tilla bola”ni o‘z safiga qo‘shib oladi.

    Bir vaqtlar Arsen Venger “San-Paulu”ga tashrif buyurganida, Kaka unda iliq taassurot uyg‘ota olmagan. 17 yoshida esa Turkiyaga yo‘l olishi mumkin edi, biroq “Gaziantepspor” uning uchun “arzimagan” 1,5 million dollar to‘lashdan bosh tortgan. 2002-yilgi mundialdan keyin hammasi o‘zgarib ketadi. Umurtqa jarohatidan atigi bir yarim yil o‘tgach, Kaka Ronaldo, Ronaldinyo va boshqa jahon yulduzlari bilan birga Braziliya terma jamoasining sport tarixidagi eng muhim musobaqadagi beshinchi g‘alabasini nishonlaydi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Bularning barchasi shu qadar g‘alati ediki, hatto Kakaning o‘zi uzoq vaqt davomida sodir bo‘layotgan voqealarning haqiqat ekanligiga ishonmaydi. Keyinroq kimsan Florentino Peresning shaxsan o‘zi u bilan bog‘lanadi, ammo bu paytga kelib, 20 yoshli futbolchining qo‘lida “Milan”ning taklifi turgandi.

    Yosh Kaka “Milan”ga o‘tganidan keyin ham yulduzli tarkib ichida yo‘qolib qolmaydi. Bir necha yil ichida Yevropaning yirik yulduziga aylanadi. “Rossoneri” safida bu paytga kelib, Dida, Kafu, Maldini, Pirlo, Inzagi, Shevchenko va boshqa bir qator o‘z ishining ustalari to‘p surardi. Ayniqsa Kaka Chempionlar Ligasi finali doirasida Afinada o‘tkazilgan “Liverpul”ga qarshi o‘yindagi ajoyib o‘yini va “Old Trafford”da “Manchester Yunayted” darvozasiga kiritgan goli bilan hammani o‘zining daholigiga ishontirgandi.

    Kaka kelganidan so‘ng “Milan” darhol Italiya chempioniga aylandi, braziliyalik esa faqat A Seriyaning o‘zida 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ladi. Keyinchalik yana milliy chempionat, Chempionlar Ligasi va “Oltin to‘p”dagi g‘alabalar qo‘shiladi. 2007-yilda u Messi va Ronalduga berilgan ovozlarning jamlanmasidan ikki baravar ko‘proq ochko jamg‘argandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yulduzlik maqomiga qaramay Kaka hech qachon mojaroli holatlarda ishtirok etmagan. U kunlarini ibodat bilan o‘tkazar va muntazam ravishda xayriya jamg‘armalariga pul o‘tkazardi. Mashg‘ulotlardan so‘ng esa darhol uyiga, oilasi yoniga oshiqardi.

    Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan ikki yil o‘tib, Kaka jurnalistlar bilan gavjum “Santyago Bernabeu”ning anjumanlar zalida qordek oppoq tabassumini namoyish etgancha o‘tirardi. Unga kimsan Krishtianu Ronaldu hamrohlik qilardi. Ikki futbol yulduzi yaqindagina “Real” bilan shartnoma imzolagan va ayni paytda dunyoning eng qimmat futbolchilari maqomida matbuotning ko‘plab savollariga javob berib o‘tirgandi.

    Jahon inqirozi tufayli og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan “Milan” o‘z yetakchisini 68 million yevroga sotishga majbur bo‘ladi. Olti oy oldin “Manchester Siti” Kakaga naq 100 million yevro taklif qiladi, ammo futbolchining o‘zi istiqbollari noaniq va transfer siyosati g‘alati bo‘lgan jamoaga o‘tishni istamaydi.

    “Real” esa boshqa masala edi — dunyodagi eng mashhur klub, har qanday o‘smirning orzusi, taqdimotdagi 60 ming muxlis, Raul, Kasilyas va boshqa yulduzlar bilan jamoadosh bo‘lish... va, albatta, bularning barchasiga hamroh bo‘lgan katta muammolar.

    Dastlab Kaka tezda yulduzli jamoaga qo‘shilib ketadi, Krishtianu bilan yaxshi munosabatga kirishadi, lekin qizil-qora futbolkadagi sehrli harakatlarni amalga oshira olmasdi. Madridda braziliyalik asosiy yulduz emas, balki “ulardan biri” maqomida bo‘ladi. Bundan tashqari u kichik jarohatlar seriyasi dastidan ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. Ikki marta tizzasini operatsiya qildirgach esa yana jarrohlik stoliga yotishdan qo‘rqib, o‘zi istaganidek harakat qila olmaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Juda katta umidlar bilan uni Madridga olib kelgan Florentino Peresga ham tabiiyki bu narsalar yoqmaydi. Kaka jismoniy jihatdan maydonda o‘zini qulay his qila olmayotgandi. Agar ilgari hamma narsa tabiiy ravishda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu vaqtga kelib, uning harakatlarini oldindan o‘qish mumkin bo‘lib qoladi. Joze Mourinyoning o‘rniga “qirollik klubi” bosh murabbiyi etib tayinlangan Manuel Pellegrinining yordamlari ham unga kor qilmaydi.

    Kaka avvalgi formasiga qaytish uchun hamma ishni qiladi – rejim, diyeta va tinimsiz mashg‘ulotlar. Hatto o‘yinlardan keyin ham uyiga qaytib, avvalgi holatiga qaytish uchun shug‘ullanishda davom etardi. Ammo bu harakatlar samarasiz ketadi. Keyin esa Madrid osmonida Mesut O‘zilning yulduzi porlay boshlaydi va braziliyalikning “Real”da uzoq qolmasligi ayon bo‘ladi.

    2013-yilda Kaka “Milan”ga qaytib boradi. Afsuski, bu eng yaxshi vaqtlardagi yulduzli “rossoneri” emasdi. Jamoa allaqachon o‘rtamiyona darajaga tushib ulgurgandi. “San-Siro”dagi mavsumni yaxshi o‘tkazganiga qaramay, Kaka Yevropada ortiq qolmaslikka qaror qiladi va okean osha “Orlando Siti” klubiga yo‘l oladi. “Milan” o‘z afsonasini munosib kuzatib qo‘yadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kaka AQShda ko‘proq media persona rolini o‘ynab beradi. Undan har bir uchrashuvda javlon urish va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish talab qilinmagan. Maydonga chiqish va Amerika jamoatchiligini xursand qilishning o‘zi kifoya edi. Uch yil davomida Kaka ortiqcha qiyinchilik va bosimsiz, miriqib to‘p tepadi va asta-sekinlik bilan butsilarini mixga ilishga hozirlik ko‘radi. Oxirgi yillarda u har gal maydonga chiqqanida kuchli og‘riqdan aziyat chekardi. Toliqqan tana “nafaqa”ga tashna edi. Buni hayotidagi so‘nggi rasmiy o‘yini oldidan ko‘z yoshlarini tiya olmagan Kaka ham yaxshi tushunardi.

    U hamisha Xudo uni to‘g‘ri yo‘lga boshlayotganiga ishongan. Kakaning faoliyatini mukammal deb baholash ko‘pirtirish bo‘lmaydi. Kamtar va sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan bolakay, asosiysi — qat’iyat va mehnat orzuning amalga oshishida qanchalik muhim ekanini isbotlagan. U 35 yoshida katta sport bilan xayrlashadi, uzoqroq qolish deyarli imkonsiz edi, boisi hashamatli faoliyat davomida orttirilgan qator jarohatlar o‘z so‘zini aytishni boshlab yuborgandi. Ammo yillar o‘tsa-da, bir narsa o‘zgarmasligi aniq: Kaka takrorlanmas va sehrli harakatlar ijrochisi sifatida muxlislar xotirasida muhrlanib qolaveradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    22.04.2022, 23:51   Izoh (0)   54743
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Emmanuel Makron: “Mbappeni Fransiyada olib qolish uchun kurashishimiz kerak”

    22.04.2022, 20:03

    Tayson Fyuri: “Dillian Uaytga qarshi jang qilaman, keyin esa barcha bilan abadiy xayrlashaman”

    22.04.2022, 19:02

    Romelu Lukaku yozda Italiyaga qaytishi mumkin

    22.04.2022, 18:14

    Madrid sudi UEFAga Yevropa Superligasi tashkilotchilarini jazolashni taqiqlash qarorini bekor qildi

    22.04.2022, 17:01

    Kilian Mbappening onasi “PSJ” egalari bilan muzokara o‘tkazish uchun Qatarga bordi

    22.04.2022, 16:00

    Mayk Tayson samolyotda tixirlik qilgan mast yigitni kaltakladi

    22.04.2022, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida uch kishi to‘lov terminalini o‘g‘irlab ketdi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 15:25

    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi

    Reklama | 18 iyul, 15:00

    Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi “eng keskin” sanksiyalar paketini kelishib oldi

    Dunyo | 18 iyul, 15:15

    Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi fuqarolarni sudrab ketdi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 15:01

    Harrison Ford o‘z faoliyatida birinchi marta “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi

    Layfstayl | 18 iyul, 14:55

    “Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymaydi ham” — Erdog‘on

    Dunyo | 18 iyul, 14:50

    “Siti” imperiyasi kengaymoqda: Fayzullayevning “SSKA”dan “Bashakshehir”ga o‘tishi ortida nimalar bor?

    Sport | 18 iyul, 14:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.