• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bugungi kun Messini Ronaldu bilan, o‘tmish esa Maradona bilan solishtiradi. Xo‘sh, Argentinada kim qirol?

    “Oltin to‘p” uchun nomzodlar 30 taligiga kirgan Leo Messi katta qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, Argentina termasini Jahon Chempionatiga olib chiqdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ha, aynan Messi bu ishni uddaladi. Boshi berk ko‘chaga kirib qolgan argentinaliklar, yetmaganiga hal qiluvchi o‘yin boshidayoq gol o‘tkazib yuborishdi. Ammo to‘rt yillikning asosiy musobaqasini faqatgina televizorda tomosha qilish Leoga to‘g‘ri kelmasdi.

    Messini futbol tarixida eng yaxshisi deb hisoblaydiganlar talaygina. Va bu fikrga qo‘shilmaydiganlar ham yo‘q emas. Masalan, FIFA prezidenti Janni Infantino kabi gumondorlar Messiga terma jamoasi bilan qo‘lga kiritilgan unvon yetishmasligini aytib o‘tadi. La Liganing qandaydir o‘yinida Leo gol ura olmasa, ular bu fikrida yanada sobitroq tura boshlaydi.

    Mana endi savol tug‘iladi. Messida “Oltin to‘p”larning 5 tasi bor, biroq u mundialda zafar qucha olmagan. Demak, Maradona yoki Pele bilan raqobatlasha olmaydi, shundaymi? “Championat.asia” nashri futbol afsonalarining bu boradagi fikrlarini jamlab chiqdi.

    Messi — ajoyib o‘yinchi. U endi Jahon Chempionatida g‘alaba qozonishi kerak. Chunki tarix mundialni yutmagan buyuk futbolchilarni unutmaydi. Aynan shu sovrin sabab Maradona noyob futbolchi bo‘la olgandi. U ham klubda, ham termada asosiy rolda o‘ynab, jamoasiga bir qancha sovrinlar olib kelgani bilan ajralib turadi.

    Janni Infantino, FIFA prezidenti

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Argentina terma jamoasi safida 1978-yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Mario Kempes ancha neytral fikr bildirdi.

    Rossiya mundialida Argentina va Messining ishtirok etmasligi dahshatli voqea bo‘lardi. Bundan faqatgina Maradona muxlislarining boshi osmonga yetadi. Ular faqatgina shu sabab bilan Diyegoni futbol tarixidagi eng yaxshisi deb hisoblaydi.

    Mario Kempes, Argentina termasi sobiq futbolchisi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Diyego Simeone Maradona va Messi o‘rtasidagi davrda Argentina sharafini himoya qilgan futbolchi. U ayni damda “Barselona”ning raqobatchilaridan biri bo‘lgan “Atletiko”ni boshqaradi. Balki, fikrlari ko‘pchilik uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin edi.

    Men Messini Maradona bilan hech qachon solishtirmayman, bu noto‘g‘ri. Ularning o‘ziga xos bo‘lgan va bir-biriga o‘xshamaydigan juda ko‘plab fazilatlari bor.

    Diyego Simeone, “Atletiko” bosh murabbiyi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Argentina termasining ashaddiy raqibi Braziliya safidagi o‘yinlari orqali mashhur bo‘lgan Romario nafaqat Messi, balki Maradonadan-da o‘zining kuchliroq ekani haqidagi mavzuga o‘tib ketdi.

    Messi xuddi Ronaldu va Neymar kabi zamonaviy futbolning eng kuchli namoyondasi. Ha, u besh bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. Lekin menga nima?! Men 1000 ta gol urganman va Jahon Chempionatida zafar quchganman. Messi yoki Ronaldu shunga erisha oladimi?

    Maradona ularni ortda qoldiradi. Diyego Argentina termasi uchun Messidan ko‘proq narsa bergan. Ularga hurmatni saqlaganim holda aytishim kerakki, men ularning har uchalasidan ham kuchliroq bo‘lganman.

    Romario, Braziliya termasi sobiq futbolchisi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jangovor ruhdagi filmlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Arnold Shvarsenegger Messiga bo‘lgan simpatiyasini yashira olmadi.

    Kimnidir boshqasi bilan taqqoslash niyatim yo‘q. Biroq aytishim kerakki, Messi — futbol terminatori! Biz uni shunday atashga haqlimiz!

    Arnold Shvarsenegger, kinoaktyor

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Braziliya termasi yulduzi Romario o‘z fikrini bildirganda, kolumbiyalik Karlos Valderamma bir chetda qarab tura olmasdi.

    Messi yoki Maradona? Axir, bu yerda solishtiradigan narsaning o‘zi yo‘q! Diyego, albatta, eng zo‘r futbolchi! Messi ham yaxshi, lekin u Maradona bo‘lolmaydi, ularni solishtirish adolatdan emas. Messining o‘rnida kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Diyego darajasiga yeta olmasdi.

    Karlos Valderrama, Kolumbiya termasining sobiq futbolchisi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jahonga mashhur futbolchilarni u klubdan bu klubga sotish orqali boyigan futbol agenti Mino Rayola Messi bilan hamkorlik qilmaydi. Tabiiyki, Messi buni istamaydi. Katta ehtimol bilan Rayola u bilan hamkorlik qilish uchun uchib kelgan bo‘lardi. Balki shungadir, Rayolaning fikrlarida simpatiya Diyegoga qarab ketadi.

    Messi ajoyib o‘yinchi bo‘lishiga qaramay, terma jamoa va boshqa chempionatlarda sovrin yutmasdan turib buyuk bo‘la olmaydi.

    Mino Rayola, futbol agenti

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Rayolaning fikrida qisman jon bordek. Messi chindan ham La Ligadan boshqa chempionatda, “Barselona”dan o‘zga klubda omadini sinab ko‘rmagan. Xo‘sh, uning hayotida muhim rol o‘yragan Xosep Gvardiola qanday fikrda?

    Men ko‘rgan futbolchilar ichida Messi eng yaxshisi. Chunki u hamma narsani oson bajara oladi. Eng buyuk deb 3—4 raqibini aldab o‘tganni emas, balki qarshisidagi istalgan futbolchini aldab o‘ta olganni aytish mumkin. Leo bu borada hech ham adashmaydi.

    Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Maradonaning navqiron yillari “Napoli” safida o‘tgandi.

    Messi Argentinadek kuchli tarkibga ega jamoada o‘ynasa-da, yutuqlarga erishishda qiynalmoqda. Maradona davrida tarkib bu qadar to‘kis emasdi. Shunday bo‘lishiga qaramay, u Jahon Chempionatini yutdi. Demak, Diyego — eng zo‘ri!

    Korrado Ferlaino, “Napoli” sobiq prezidenti

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Armando Maradona davrining yorqin namoyondalaridan biri, gollandiya futbolining tirik afsonasi faqatgina subyektiv fikrlarga tayanmadi, balki sabablarni ochiqlashga urindi.

    Maradona nafaqat buyuk futbolchi, balki haqiqiy rahbar ham bo‘lgan. U JCh—1986 da qanday g‘alaba qozonish mumkinligini yaxshi bilgan. Messining ham o‘ziga xos xususiyatlari bor, biroq u vaqt, hakam va OAV bilan himoyalangan. Diyego esa raqiblari uning oyoqlarini osongina sindirishi mumkinligini yodda tutgani holda muvaffaqiyatga erishgan.

    Ruud Gullit, Gollandiya termasining sobiq futbolchisi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Gollandiyalik mutaxassisdan keyin italiyalik Fabio Kapello ham o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

    Pele, Maradona va Messi futbol tarixidagi eng yaxshi uch o‘yinchi. Odamlar ularning o‘yinini tik turib olqishlagan holda tomosha qiladi.

    Fabio Kapello, italiyalik mutaxassis

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ham “Real” safida to‘p tepgan, ham Argentina termasi sharafini himoya qilgan sobiq futbolchining fikri shunday:

    Messi Maradona darajasidagi futbolchi, ular teng. Biz argentinaliklar shunday ikki buyuk futbolchi vatandoshlarimiz ekanidan faxrlanishimiz kerak.

    Fernando Redondo, argentinalik sobiq futbolchi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yaqin-yaqingacha A seriyada qator gollar uradigan Antonio Kassano o‘z zamondoshini ustunroq hisobladi.

    Hozirgi futbol Maradona davridagidan boshqa. U biroz qiyinlashgan, unda alohida jismoniy tayyorgarlik talab etiladi, raqobat kuchli. Messi mana shunday paytda 5 ta “Oltin to‘p” oldi. Shu sababli u hammadan ustun.

    Antonio Kassano, Italiya termasining sobiq futbolchisi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Braziliya termasining sobiq hujumchisi Ronaldo o‘zidan kichik bo‘lgan Messiga emas, kattaroq bo‘lgan afsonalarga hurmat bajo keltirdi.

    Messi — o‘zga sayyoralik. Ammo Pele va Maradona o‘zlaridan keyingilardan ancha ustun.

    Ronaldo, Braziliya termasi sobiq futbolchisi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Sizningcha, Xaviga kim ko‘proq yoqishi mumkin?

    Pele va Maradona futbol rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Ammo Messi baribir eng zo‘r.

    Xavi, Ispaniya termasining sobiq futbolchisi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Futbol qiroli” Pele Argentinaning eng yaxshi o‘yinchisi deb na Messini va na Maradonani biladi.

    Messi 15 yillik shahzodasi, ammo qirol emas. Chunki ota-onam “fabrika”ni allaqachon yopgan. Demak, qirol bitta! Argentinaliklardan Messi yo Maradonani eng zo‘ri demayman. Ulardan ham zo‘ri bor — Di Stefano.

    Pele, “Futbol qiroli”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bahs-munozaraga Maradonaning o‘zi yakun yasaydi.

    Men futbolda ajoyib faoliyat olib bordim, maydonda zavqlanishga harakat qildim. Endi buni mening o‘rnimga Messi amalga oshirsin. Ikkimiz o‘rtamizda hech qanday taqqoslash bo‘lishi mumkin emas.

    Diyego Armando Maradona

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    21.10.2017, 10:08   Izoh (0)   22855
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona”ga referendum sabab Ispaniya chempionati o‘yinini qoldirishga ruxsat berilmadi. U “Las-Palmas”ga qarshi muxlislarsiz o‘ynaydi

    01.10.2017, 19:33

    “Barselona”ning “Las-Palmas”ga qarshi o‘yini Kataloniyadagi to‘qnashuvlar sabab qoldirildi

    01.10.2017, 18:34

    Fransiyadagi futbol uchrashuvi vaqtida 100 nafar muxlis tribunadan quladi. 29 kishi jarohatlandi (video)

    01.10.2017, 14:02

    Kataloniya mustaqillikka erishsa, FIFA Ispaniyani JCh—2018 dan chetlatishi mumkin

    01.10.2017, 13:17

    Jahonning eng qimmat futbolchisi qanday hayot kechirmoqda? Braziliyalik Neymar Parijga ko‘chib o‘tganiga bir yarim oy bo‘ldi

    27.09.2017, 19:35

    Foto: Istanbul derbisida burchak zarbalarini amalga oshirish — juda xavfli

    26.09.2017, 17:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” Abduqodir Husanovning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

    Sport | 1 avgust, 15:01

    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi

    Reklama | 1 avgust, 13:33

    Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 14:59

    Chirchiqda aroq sotishni talab qilgan yigitni o‘ldirgan sotuvchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 14:55

    Avstraliya Rossiya chegarasidagi davlatga razvedka samolyotini yubordi

    Dunyo | 1 avgust, 14:45

    Sibirda ayolning 2500 yillik muzlagan mumiyosida tatuirovka izlari topildi

    Dunyo | 1 avgust, 14:45

    Global qidiruv tizimi va foydalanuvchi reytingi: Telegram’da navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi

    Layfstayl | 1 avgust, 14:43

    “An-Nassr” “Bavariya” himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor

    Sport | 1 avgust, 14:31

    Alisher Usmonovning boyligi miqdori ma’lum qilindi

    Dunyo | 1 avgust, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.