Give me Sport portali futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy hujumchilar reytingini taqdim etdi.
Ushbu ro‘yxatga argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu kiritilmadi, chunki ular faoliyatining katta qismini boshqa pozitsiyada o‘tkazgan.
Birinchi o‘rinni Braziliya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Pele egalladi. Ikkinchi o‘rinda “Real”ning sobiq hujumchisi Pushkash bo‘ldi. Kuchli uchlikni “Bavariya”ning sobiq to‘purari Gerd Myuller yakunladi.
Top o‘nlikka, shuningdek, Romario, Eysebio, Alfredo di Stefano, Ronaldo, Tyerri Anri, Jimmi Grivz va Ueyn Runi ham bor.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi markaziy hujumchi bo‘lishidan oldin qanot hujumchisi sifatida o‘ynagan. U “Barselona” jamoasida o‘z faoliyatini boshlaganida, o‘ng qanotda o‘ynardi. Uning dribling qobiliyati va tezligi unga hujumlar tashkil qilishda katta yordam bergan. Keyinchalik, Messi hujum chizig‘ining markaziga yaqinroq o‘ynay boshladi.
Krishtianu Ronaldu ham markaziy hujumchi bo‘lishidan oldin qanot hujumchisi sifatida o‘ynagan. U o‘z faoliyatini “Sporting” va “Manchester Yunayted” jamoalarida boshlaganida chap qanotda o‘ynar edi. Ronalduning tezligi, kuchli zarbasi va yuqori sakrash qobiliyati uni qanotda juda samarali o‘yinchi bo‘lishiga xizmat qilgan. Keyinchalik “Real Madrid“da u markaziy hujumchi sifatida harakat qila boshladi.
Izoh (0)