• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Pelega qadar futbol oddiy sport edi, u futbolni san’at darajasiga ko‘tardi”. Ronaldu, Messi, Holand, Rivaldo, Makron, Obama va boshqalar afsona bilan vidolashdi

    “Bugun vafot etgan qirol Pelening sarguzashtiga ko‘tarinki ruh va muhabbat hamrohlik qildi. Sevgi, sevgi va sevgi. Abadiy”. Pelening vafotidan keyin uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday jumlalar qoldirildi.

    Butun dunyo “futbol qiroli” bilan xayrlashmoqda. “Daryo” ularning asosiylarini bitta sahifaga jamladi.

    Pele faoliyatidagi asosiy klub hisoblangan “Santos” oltin toj suratini joyladi va izohga bitta so‘z yozdi: “Abadiy”.

    Foto: Twitter/@SantosFC

    Foto: Twitter/@SantosFC

    Kilian Mbappe: “Futbol qiroli bizni tark etdi, biroq uning merosi hech qachon unutilmaydi. Abadiy orom ol, Qirol”.

    Krishtianu Ronaldu: “Braziliya xalqi, xususan, janob Edson Arantis du Nasimentuning oilasiga hamdardlik bildiraman. Butun futbol ahli his qilayotgan og‘riqni ifodalash uchun abadiy qirol Pelega shunchaki ‘xayr’ deyish kamlik qiladi. Bir necha million kishini ilhomlantirgan, kecha, bugun va butun kelajak etaloni”.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Erling Holand afsonaga bitta gap bilan ta’rif berdi: “Zamonaviy futbolda nimaniki ko‘rsangiz, qachonlardir uni birinchi bor Pele amalga oshirgan bo‘ladi”.

    Garet Beyl Pelega quyidagi ta’rifni berdi: “Ko‘plar futbolni nima sababdan bu qadar yaxshi ko‘rishining sababi”.

    Lionel Messi qisqaroq qildi: “Abadiy orom ol, Pele”.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Gari Lineker: “Pele vafot etdi. Futbolchilar ichida eng iqtidorlisi va odamlar ichida eng xushchaqchag‘i. U shunday futbol namoyish etganki, faqat tanlanganlardan bir nechasi unga yaqin kela olgan”.

    Braziliyalik futbolchilarning deyarli barchasi mamlakat afsonasi bilan vidolashdi.

    Ronaldo: “Sening davomching bo‘lish ulkan sharaf, do‘stim.

    Sening iqtidoring — har bir futbolchi o‘rganishi kerak bo‘lgan maktab. Merosing avlodlar chegarasidan chiqib ketadi va buning evaziga sen umrbod yashaysan. Bugun va har doim biz meni qutlaymiz. Rahmat senga, Pele”.

    Braziliya terma jamoasi va “Bunyodkor” sobiq hujumchisi Rivaldo: “Pele Braziliyada tug‘ilgani uchun yaratgandan minnatdorman. Uning maydondagi harakatlari sabab bizning futbol dunyoda nom qozondi va hech qachon unutilmaydi.

    Ikkita Jahon Chempionatida uning tabarruk 10-raqami ostida to‘p surganimdan faxrlanaman. Qirol Pele, sizning merosingiz abadiy”.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Kazemiro: “Abadiy orom ol, Qirol Pele. Braziliya va futbolga bergan ulug‘vorlik uchun tashakkur. Sening merosing abadiy”.

    Kafu: “Bugun akamni yo‘qotdim. U shunchaki foniy dunyoni tark etib, adog‘i yo‘q boqiy dunyoga ketdi. Ko‘rishamiz, Pele”.

    Neymar ham juda chiroyli xayrlashdi: “Pelega qadar 10-raqam shunchaki son edi. Qachonlardir shunday deb o‘qigandim. Biroq bu ajoyib iqtibos to‘liq emas. Men Pelega qadar futbol oddiy sport edi, degan bo‘lardim. Pele hammasini o‘zgartirdi.

    U futbolni san’at va ko‘ngilochar mashg‘ulotga aylantirdi. U qashshoq qoratanlilarning ovozi bo‘ldi. Yana bir muhim jihat: u butun dunyoga Braziliyani namoyish qildi. Futbol va Braziliyaning saviyasi Qirol sabab o‘sdi. U ketdi, biroq uning sehri qoladi. Pele abadiy!”.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Futbol klublari ham afsona bilan xayrlashdi.

    “Real Madrid”: “Pelening oilasi, yaqinlari, klublari, Braziliya futbol konfederatsiyasi, mamlakat va dunyodagi barcha futbol ishqibozlariga hamdardlik bildiramiz.

    Pele bu sportni sevgan barchaning yodida abadiy qoladi. Uning merosi Peleni futbol olamidagi eng buyuklardan biriga aylantiradi”.

    “Paxtakor”: “Futbol qiroli Pelening vafoti munosabati bilan uning oilasi, do‘stlari va jahon futbol ahliga o‘z ta’ziyamizni izhor qilamiz. Futbolni sevishga chorlagan, o‘yinni o‘zgartirgan inson sifatida uning amalga oshirgan ishlari hech qachon unutilmaydi”.

    “Arsenal”: “Pelening o‘limidan chuqur qayg‘udamiz. Klub sifatida 1981-yil uni “Hayberi”da qabul qilganimizdan g‘ururlanamiz. Biz butun umr qadrlaydigan xotira. Bizning xayolimiz bugun futbol hamjamiyati va Pelening yaqinlari bilan birga”.

    “PSJ”: “Futbolning abadiy qiroli. Bu qayg‘uli vaqtda Pelening yaqinlari, oilasi va butun Braziliya xalqiga hamdardlik bildiramiz. Hammasi uchun rahmat”.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘FA ham bu voqeani e’tiborsiz qoldirmadi:

    “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Pelening oila a’zolari, yaqinlari, Braziliya futbol konfederatsiyasi hamda butun dunyodagi barcha futbol muxlislariga hamdardlik bildiradi.

    Pele haqidagi xotira ushbu sport turini sevuvchilarning qalbida abadiy qoladi va uning merosi, shubhasiz, jahon futbolining buyuk durdonalaridan biriga aylanadi”.

    Nafaqat futbol olami, boshqa sportchilar ham Peleni so‘nggi yo‘lga kuzatmoqda.

    Formula-1 bo‘yicha yetti karra jahon chempioni Lyuis Hemilton: “Bugun afsonani yo‘qotdik. O‘z iqtidoring, daholiging va sevgingni biz bilan bo‘lishganing uchun katta rahmat. Pelening merosi bizni abadiy ilhomlantiradi”.

    Afsonaviy bokschi Mayk Tayson futbol qiroli bilan qanday tanishganini yodga oldi: “Yoshim 21 da edi, men buyuklar buyugi bilan uchrashishni orzu qilardim. Pele toza qalbli inson edi va boshqalar haqida hech qachon yomon gap gapirmasdi”.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Siyosiy arboblar ham chetda qolmadi.

    AQSH prezidenti Jo Bayden: “Dunyoni birlashtiruvchi sport uchun Pelening kamtar havaskordan futbol afsonasi maqomigacha bosib o‘tgan yo‘li — imkoniyatlar haqidagi hikoya.

    Bugun Jill (Baydenning rafiqasi — izoh “Daryo”) ikkimizning o‘y-xayollarimiz uning oilasi va Peleni yaxshi ko‘rgan barcha bilan birga”.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron: “O‘yin. Qirol. Abadiylik”.

    AQSHning 44-prezidenti Barak Obama: “Pele futbol tarixidagi buyuk o‘yinchilardan biri edi. U sport odamlarni birlashtirish mumkinligini isbotladi”.

    Mavzuga doir:

    • Rekordlar bo‘yicha rekordchi. “Futbol qiroli” Pele faoliyatiga nazar (video)
    • Pele vafoti munosabati bilan Braziliyada 3 kunlik motam e’lon qilindi

    30.12.2022, 23:43   Izoh (0)   25266
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

    30.12.2022, 23:15

    Rekordlar bo‘yicha rekordchi. “Futbol qiroli” Pele faoliyatiga nazar (video)

    30.12.2022, 21:26

    Xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi 2022-yilning eng yaxshi sportchisi nomini e’lon qildi

    30.12.2022, 20:01

    Pele vafoti munosabati bilan APLning 18-tur bahslari bir daqiqalik qarsaklar bilan boshlanadi

    30.12.2022, 18:01

    Pele vafoti munosabati bilan Braziliyada 3 kunlik motam e’lon qilindi

    30.12.2022, 13:44

    Messi, Benzema — eng yaxshi, Ronaldu va Azar omadsizlar qatorida. 2022-yilning eng yaxshi o‘yinchilari va hafsalani pir qilgan futbolchilar

    30.12.2022, 10:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.