• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ayrim haydovchilar yo‘lkirani asossiz ravishda oshirayotgani aniqlandi

    Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi taksi xizmati bo‘yicha qonunbuzilish holatlari kuzatilayotgani ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolar tomonidan taksilar orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati pastligi, to‘lovlar va hisob-kitoblar bilan bog‘liq muammolar, haydovchilarining muomalasi, yo‘lovchini manzilga yetkazib qo‘yilmayotgani, asossiz ravishda narxlarni oshirish kabi mavzularda murojaatlar kelib tushgan.

    Xususan, Toshkent viloyati transport boshqarmasi Nurafshon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida “Davr Trans Servis” MCHJga biriktirilgan “Nurafshon ASHB-Kuchlik qo‘rg‘oni-Arancha MFY” yo‘nalishida (tasdiqlangan jadvalga asosan yo‘l haqi 2800 so‘m) narxlarni sun’iy ravishda oshirgan holda haydovchilar tomonidan 5000-7000 so‘mgacha miqdorida yo‘lovchilardan yo‘l haqi olinayotgani aniqlangan.

    Shu munosabat bilan viloyat Transport boshqarmasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolati doirasida chora ko‘rishni so‘rab, qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga ma’lumot kiritgan. O‘rganishlar natijasida iste’molchilardan 5 million so‘mdan ziyod mablag‘lar asossiz ravishda undirib kelinganligi aniqlanib, ularni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha yuqoridagi MCHJga tegishli ko‘rsatma berildi.

    Hududiy boshqarma tomonidan fuqaro Sh.X.dan tushgan murojaat o‘rganilganda Buxoro viloyati Kogon shahrida 103 va 114-yo‘nalishlarda harakatlanayotgan Damas haydovchilari tomonidan yo‘lkira haqini asossiz ravishda oshirib, xizmat ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lgan.

    Hududiy boshqarma tomonidan “Transport nazorati Avtomobil va suv transportida nazorat” Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan mazkur yo‘nalishlar trafaretini qo‘yib, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanib kelayotgan transport vositalari litsenziyalari tekshirildi. Qatnovlarda litsenziyasiz va ruxsat etuvchi hujjatlarsiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan bir qator transport vositalariga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

    Toshkent shahridagi boshqarmaga Yandex taksi xizmatiga buyurtma yo‘l haqini naqd pulda to‘lashiga qaramay, bank plastik karta orqali ham yo‘l kiraga qayta pul yechib olingani yuzasidan bir qator fuqarolarning murojaatlari kelib tushgan. Bundan tashqari, buyurtma qilingan bayram tortlari, taomlar, maishiy texnikalarni taksilar orqali yetkazishda ham muammolarga, ya’ni ular noto‘g‘ri manzilga yetkazilgani, kechiktirilgani yoki umuman yetkazilmaganiga duch kelgan iste’molchilarning murojaatlari ham ijobiy hal etilgan.

    Global Star MCHJ tomonidan bunday qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan haydovchilar YandexGo ilovasida bloklangan, Yandex taksi ko‘rsatmagan xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolarga jami 1 009 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari qaytarilishi ta’minlangan.

    Jizzax viloyatidagi boshqarmaga Paxtakor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.Sh.ning Jizzax—Paxtakor yo‘nalishida qatnovni amalga oshiruvchi Online Plus MCHJga tegishli taksi xizmatidan noroziligi bildirilgan murojaat kelib tushgan. O‘rganishlar natijasida ushbu yo‘nalish bo‘yicha fuqaro to‘lagan 40 ming so‘mdan ortiqcha olingan yo‘l haqi qaytarilishi ta’minlandi.

    Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmaga Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.F. Call Taxi xizmati xodimi ortiqcha mablag‘ olgani va qo‘pol muomalada bo‘lganidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan. Olib borilgan o‘rganish ishlarida haqiqatdan ham taksi haydovchisi 12 000 so‘m bo‘lishi lozim bo‘lgan xizmat uchun 32 000 so‘m yo‘l haqi talab qilgani aniqlangan. Murojaatchiga ortiqcha olingan 20 000 so‘m mablag‘ qaytarildi va taksi haydovchisiga taksometr ilovasidan to‘g‘ri foydalanish va yo‘lovchilar bilan muloqot qilish odoblari to‘g‘risida tushuntirish berildi.

    Samarqand viloyatida fuqaro S.A. va I.E. taksi xizmati xodimlari qo‘pol muomalada bo‘lgani va buyurtma hamda yo‘lkira to‘lovlarida yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha murojaat qoldirgan. O‘rganish natijasida Yandex taksi xodimlariga xizmat ko‘rsatish qoidalariga amal qilish bo‘yicha kerakli ogohlantirishlar berildi hamda fuqarolar shikoyatlari qanoatlantirildi.

    Farg‘ona shahar “Yangiyo‘l” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro O.I. Yandex taksi xizmatidan foydalanganida yo‘l haqi sifatida oldindan plastik kartasidan ortiqcha 9500 so‘m mablag‘i olingani, ammo xizmat ko‘rsatuvchiga to‘lov pulini qaytarilishi yuzasidan bir necha bor qilgan murojaatlari yechim topmagani yuzasidan murojaat qilgan. Hududiy boshqarma  holat yuzasidan o‘rganishlar olib borgan va ortiqcha olingan mablag‘ qaytarib berilishi ta’minlangan.

    “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida sotuvchi (ijrochi) ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emasligi belgilangan. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”ga muvofiq, yo‘l haqi yo‘lovchi tomonidan safar tugagandan keyin va bagaj tushirilgandan keyin u bilan kelgan yo‘lovchilar hamda tashib keltirilgan bagaj sonidan qat’i nazar, taksometr ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lanadi.

    “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sog‘ligii va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qo‘llanilishidan ozod etilishi belgilangan.

    10.12.2024, 20:24   Izoh (0)   4134
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #taksi#yo‘lkira#Raqobat qo‘mitasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda jamoat transporti yo‘lovchilariga tarqatilayotgan bepul qo‘lqop xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

    19.10.2020, 16:34

    Toshkent avtovokzalida shaharlararo avtobus qatnovi narxlari oshdi. Transport vazirligi bunga izoh berdi

    21.01.2021, 06:34

    “Rahmat sizga, Ulug‘bek amaki!”. Shunchaki, hech bir sababsiz yaxshilik qiladigan yaxshi odamlar haqida kichik hikoya

    11.10.2021, 07:28

    Toshkent shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

    19.03.2022, 18:12

    “Metan tanqisligi sabab yo‘lkira narxlari ikki baravarga oshdi”. Namangan va Qashqadaryoda yo‘lovchilar yo‘lkira oshganini aytsa, haydovchilar bunga gaz muammosi s...

    12.12.2022, 22:12

    Metan tanqisligi sabab Qashqadaryoda yo‘lkira narxlari oshgani xabar berilgandi. Viloyat transport boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirdi

    13.12.2022, 18:00

    Qarshida 27 yoshli erkakni o‘ldirgan maktab bitiruvchisi 12 yilga qamaldi

    10.04.2023, 13:52

    Andijon shahrida jamoat transportida yurish narxlari o‘zgardi. Biroq hokimlik buni OAVda e’lon qilmadi

    17.09.2023, 10:25

    Fransiyada taksi haydovchilari namoyishga chiqib, yo‘llarni to‘sib qo‘ydi

    11.12.2023, 18:12

    Transport vazirligiga kunlik yo‘lkira haqi reja-topshirig‘ini bekor qilish yuzasidan senator so‘rovi yuborildi 

    22.01.2024, 20:10

    “Daryo” dayjesti: 30-aprelning eng muhim xabarlari

    30.04.2024, 22:30

    Farg‘onada avtobuslarda yo‘lkira narxi 1000 so‘mga qimmatlashmoqda

    31.10.2024, 12:40

    Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

    21.11.2024, 12:20

    Mastercard Kapitalbank bilan foydali sayohat qiling!

    25.11.2024, 18:00

    Tasdiqlangan vazirlar, Toshkentda sotilgan ikkita mehmonxona, tug‘uruqxonada vafot etgan 20 yoshli homilador ayol: 21-noyabrning eng muhim xabarlari 

    21.11.2024, 22:49

    Taksi haydovchilari litsenziyasi ikki barobarga qimmatlashdi

    22.11.2024, 17:52

    Taqiqlangan joyda to‘xtagan taksichilar ham jarimaga tortiladimi? Ochiq qolayotgan savollar

    22.11.2024, 19:58

    Qimmatlashgan taksi haydovchilari litsenziyasi, Kabul Dusovga ko‘rilgan chora, kaltaklangan o‘quvchi: 22-noyabrning eng muhim xabarlari

    22.11.2024, 22:48

    Toshkentda jamoat transporti tun-u kun ishlash rejimiga o‘tkazilishi mumkin

    27.11.2024, 18:52

    Migrantlar yuborgan pullarning yarmidan ko‘pi Rossiyadan jo‘natilgan — Markaziy bank

    29.11.2024, 20:31

    Poytaxtda 24 soatlik jamoat transporti: tizimga va byudjetga yuklama beradigan loyiha nega kerak?

    02.12.2024, 17:53

    Eron ayollar kiyimiga oid qonunlarni kuchaytirdi

    04.12.2024, 21:00

    TBC Bank “Salom Card” kartasini chiqardi — u bilan yig‘ib ham, sarflab ham foyda ko‘rish mumkin

    05.12.2024, 10:32

    “Hammaga teng raqobat bo‘lishi shart” — elektron bozor, marketpleyslar va mavjud muammolar haqida

    05.12.2024, 12:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan ikki kishi ushlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 08:34

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    Sport | 26 may, 07:52

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.