O‘zbekistonlik talabalar bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirmoqchi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova maʼlum qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushirish orqali Ginnesning rekordlar kitobiga kirmoqchi.

Tadbirda poytaxtdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar, jumladan, imkoniyati cheklangan yosh muhandislar ham ishtirok etadi.
Bundan avvalgi rekord 2023-yilning 23-yanvarida Hindistonda o‘rnatilgan bo‘lib, unda 1 459 nafar 6-sinfdan 10-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchi bir vaqtda mini‑robotlarni yasagan.
Izoh (0)