• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Rahmat sizga, Ulug‘bek amaki!”. Shunchaki, hech bir sababsiz yaxshilik qiladigan yaxshi odamlar haqida kichik hikoya

    To‘qqiz yildan buyon Gretsiyada doimiy yashaydigan, oktabrda O‘zbekistonga kelgan Facebook foydalanuvchisi Nata Demi’ning toshkentlik ziyoli taksist bilan kechgan sarguzashti ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida o‘tgan hafta tarqalgan, ta’bir joiz bo‘lsa, eng pozitiv hikoyalardan biri bo‘ldi. Tarmoq faollari ta’kidlaganidek, “shunaqa hikoyalar kerak bizga”.

    “Daryo” Nata Demi yozgan kichik, lekin hayotiy hikoyaning o‘zbekcha tarjimasini e’tiboringizga havola qiladi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Toshkentlik taksist haqida

    Toshkentda taksi shunday to‘xtatiladi — yo‘l yoqasiga salgina yaqinlashsang bas, haydovchilar “meni to‘xtatsin!” degan ilinj bilan chiroqlarini lipillata boshlaydi yo signal chaladi yoki birdaniga bir necha mashina yoningga kelib to‘xtaydi.

    Gretsiya bilan solishtirganda, taksida yo‘lkira uncha qimmat emas. Lekin savdolashmaslik — gunoh.

    Bizga bir dunyo dori-darmon yozib bergan nevrolog qabulidan chiqib, dorilarni sotib olishga yetarli pulga ega bo‘lish maqsadida Shimoliy vokzaldagi bank tomon otlandik. Onam bekatda o‘tirardi, men esa taksi tutayotgandim — aniqrog‘i, taksichilar meni tutayotgandi.

    Mana, eskigina “Jiguli” kelib to‘xtadi — bunaqasini to‘qqiz yildan beri ko‘rmagandim. Rulda boshiga to‘rdo‘ppi kiygan, soqol qo‘ygan odmigina amaki (yoshi katta, lekin hali boboy-chol bo‘lib qolmagan erkak) o‘tirardi. Uning yonida, oldi o‘rindiqda xolajon — yoshi katta, lekin hali kampir bo‘lib qolmagan ayol ham bor edi.

    Men ishonqiramay, xo‘rsinib qo‘ydim — bu yo‘lovchisi bor shaldiroq aravaga kim ham o‘tirardi? Qayerga borish kerakligini aytdim. Onam tomonga ishora qilib, ikki kishi ekanligimizni bildirdim. U indamay ketib qolar degan umidda 20 ming so‘m (salkam 2 dollar) taklif qildim. Amaki esa meni hayron qoldirib, darrov ko‘na qoldi.

    Onam qo‘ltiqtayoq bilan “Jiguli”ning oldiga kelganida old o‘rindiqdagi xolajon hovliqib qolib, mashinadan tezgina tushdi va nisbatan qulayroq joyni onamga bo‘shatib berdi, qo‘llaridan ehtiyotkorlik bilan ushlab, mashinaga avaylab o‘tqazdi, o‘zi esa men bilan orqa o‘rindiqqa o‘tirdi. Shundan so‘ng yo‘lga tushdik.

    Haydovchi onamdan rahmdillik bilan shunday go‘zal ayolga qo‘ltiqtayoq nima uchun kerakligi, mabodo bankni o‘margani ketmayapmizmi-yo‘qmiligini so‘radi. Shunday qilib, gap gapga ulanib, suhbatlashib ketdik.

    Toshkentda to‘qqiz yildan beri bo‘lmaganimni eshitgan amakijon bizni Xalqlar do‘stligi shohko‘chasi, Anhor bo‘yi va Mustaqillik maydoni qarshisidan olib o‘tib, men uchun yangi bo‘lgan Toshkentni ko‘rsatish va ta’riflash maqsadida, atayin uzoq yo‘l orqali haydadi.

    Amaki oilasi bilan AQShga Meksika orqali noqonuniy ketmoqchi bo‘lgani, lekin nimadir o‘xshamay qolib, to‘rt oy Turkiyada qolib ketishgani, keyin esa ortga qaytishga qaror qilishgani haqida hikoya qilib berdi — har holda, noqonuniy immigratsiya xavfli, Meksika—Amerika chegarasini esa hamma ham kesib o‘ta olmaydi.

    Biz Gretsiyadagi hayot, bolalar haqida gaplashdik. Narxlarni solishtirib, jig‘ibiyron bo‘ldik. Uyoqdagi va buyoqdagi hukumatlarni to‘yguncha koyidik va bizning zamonda hech kimga oson tutib bo‘lmasligi haqida suhbatlashdik.

    Markaziy univermag (SUM) va kitob rastalaridan o‘tayotib, o‘smirlar Soljenitsinni o‘qishlari kerakmi yo unda isyonkorlik ko‘pmi, Pushkining “Qur’onga taqlid” asaridan olingan taassurotlar va Lev Tolstoyning eng kuchli asari “Mutolaa doirasi” ekanligi borasida bahslashdik. Keyin esa Ulug‘bek amaki Shekspirning o‘sha mashhur “To be or not to be”sini ingliz tilida o‘qib berdi.

    Men qotib qoldim. Hayratdan. Toshketning aqldan ozdiradigan ko‘chalari bo‘ylab arang ketayotgan shalog‘i chiqqan “Jiguli”da Turgenev to‘g‘risida mulohaza yurituvchi va yaqindagina kinofestival bo‘lib o‘tgan “O‘zbekkino” binosi haqida hikoya qilib beruvchi o‘rangan ayol bilan ketayotganimdan hayratda edim.

    — Ulug‘bek amaki, qayerda o‘qigansiz? — deb haydovchimizdan so‘radim.— Eh, men tentakman. Ittifoq parchalanayotgan vaqtda Moliya institutini 3-kursda tashlab ketganman. Ishlagani ketdim. Mana, endi qarib qoldim, faqat kitob o‘qiyman.

    Biz Navoiy teatri va San’at muzeyi yonidan o‘tayotib, Botichellining Venerasi haqida (buning nimaligini toshkentliklar biladi), san’atning qanday ajoyibligi va uni bolalarga ko‘rsatish qanchalik muhimligi haqida fikrlashdik. Lekin har qanday yaxshi narsaning oxiri bo‘lgani kabi biz ham bankka yetib kelgandik.

    Boshida kelishilgan arzimasgina pulni tutqazishga endi uyalayotgandim, axir Ulug‘bek amaki menga Toshkentning yarmini ko‘rsatdi. Men yana qo‘shib berishga qaror qildim.

    Ulug‘bek amaki esa yo‘l haqini olishdan qat’iy bosh tortib, shu yaqin atrofda kitob do‘koni borligi va u yerdan bo‘yi yetgan grek qizim uchun Abdulla Qodiriyning rus tiliga o‘girilgan kitoblarini sotib olishim mumkinligini aytdi.

    Toshkentliklar baribir juda boshqacha. Ularning qalbi ochiq. Ular sizga uyining to‘ridan joy beradi, eng mazali taomlar bilan siylaydi va agar bu mehmondo‘stlikdan bosh tortsang, xafa bo‘ladi. Men kunning ikkinchi yarmida ham o‘sha shaldiroq “Jiguli”dagi odmigina haydovchi va u bilan barcha narsalar haqida kechgan dunyoviy suhbatimizni eslab, kulib yurdim.

    Rahmat sizga, Ulug‘bek amaki!

    11.10.2021, 07:28   Izoh (0)   41068
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: iPhone smartfoni orqali topshiriq berayotgan Shavkat Mirziyoyev

    11.10.2021, 07:07

    Zomin milliy tabiat bog‘ining yong‘in yuz bergan joyida archa ko‘chatlari ekilmoqda (foto va video)

    10.10.2021, 23:59

    Toshkentda yoritish chirog‘i ustuniga urilib, yong‘in chiqqan Lacetti’da ikki kishi vafot etdi

    10.10.2021, 23:38

    Yig‘indi gaplar

    10.10.2021, 23:23

    Navoiyda 160 kg go‘sht veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda Toshkentga olib ketilayotgani aniqlandi

    10.10.2021, 23:17

    O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash xizmatlari so‘nggi 10 yilda 13 baravarga oshdi

    10.10.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09

    AQSH bir oy ichida Buyuk Britaniyaga kamida 20 ta yadro bombasi joylashtirgan bo‘lishi mumkin — ICAN

    Dunyo | 7 avgust, 21:55

    Microsoft Isroilga millionlab falastinliklarni kuzatishda ko‘maklashgani aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 21:45

    Qaysi hududda nikohdan ajralishlar eng ko‘p kuzatilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 21:35

    Fransiyada pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs merga hujum qildi

    Dunyo | 7 avgust, 21:25

    Toshkentda ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 21:15

    Superliga. “Neftchi” Farg‘ona derbisida “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 7 avgust, 21:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.