• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Shimoliy Koreya—O‘zbekiston: milliy jamoa ikkinchi o‘rinda qolishi uchun g‘alaba qozonishi shart bo‘lgan bahs haqida

    Ertaga, 19-noyabr kuni Laos poyaxti Vyentyan shahri “Lao” stadionida Shimoliy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalari to‘qnash keladi. Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan ushbu uchrashuv O‘zbekiston termasining to‘g‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab qolishi uchun ahamiyatli hisoblanadi.

    Mazkur o‘yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam sifatida Ammar Ashkanani ishlaydi. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.

    Ertangi uchrashuvda O‘zbekiston jamoasi ko‘k, mezbonlar esa qizil libosda o‘ynaydi.

    Foto: The-AFC

    5 turdan so‘ng O‘zbekiston milliy jamoasi 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 3-bosqichdagi uch uchrashuvda g‘alaba qozondi. Eron bilan durang o‘ynagan o‘zbekistonliklar 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Qatarga qarshi uchrashuvda so‘nggi daqiqalardagi urilgan gol sabab mag‘lubiyatga uchradi.

    Shimoliy Koreya jamoasi hujumkor o‘yin ko‘rsatishiga qaramay 5 uchrashuvda 2 ochko to‘plab, A guruhida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

    O‘zaro o‘yinlar natijasi

    Shimoliy Koreya va O‘zbekiston milliy jamoasi 11 uchrashuvda to‘qnash kelgan. Uchrashuvlarning 8 tasida O‘zbekiston jamoasi g‘olib chiqqan bo‘lsa, bir bora koreyslar g‘alaba qozongan. Ikki uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

    Jamoalar ilk bor 1998-yili Osiyo O‘yinlari bahslarida duch kelgan. 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbekistonliklar yirik (4:0) hisobda g‘alaba qozongan. Shimoliy Koreya jamoasi 2015-yili Jahon chempionati saralashi uchrashuvida O‘zbekiston termasi ustidan g‘alaba qozongan. 4:2 hisobida yakunlangan uchrashuv koreyslarning yagona muvaffaqiyati hisoblanadi.

    Foto: “O‘FA”

     

    Toshkentda o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvda mezbonlar Jaloliddin Masharipovning 20-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozongan edi.

    So‘nggi 5 o‘yin natijasi:

    1. Shimoliy Koreya — O‘zbekiston 4:2, 16-iyun, 2015-yil;
    2. O‘zbekiston — Shimoliy Koreya 3:1, 12-noyabr, 2015-yil;
    3. O‘zbekiston — Shimoliy Koreya 2:0, 13-oktyabr, 2018-yil;
    4. O‘zbekiston — Shimoliy Koreya 4:0, 7-iyun, 2019-yil;
    5. O‘zbekiston — Shimoliy Koreya 1:0, 5-sentyabr, 2024-yil.

    Terma jamoalarning so‘nggi o‘yin natijalari:

    O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi 5 o‘yinda 3 bor g‘alaba qozondi. Eron jamoasi bilan durang qayd etgan jamoa, Qatarga mag‘lub bo‘ldi.

    • Qatar — O‘zbekiston 3:2, 14-noyabr, 2024-yil;
    • O‘zbekiston — BAA 1:0, 15-oktyabr, 2024-yil;
    • O‘zbekiston — Eron 0:0, 10-oktyabr, 2024-yil;
    • Qirg‘iziston — O‘zbekiston 2:3, 10-sentyabr, 2024-yil; 
    • O‘zbekiston — KXDR 1:0, 5-sentyabr, 2024-yil.

    Shimoliy Koreya jamoasi BAA va Qatar jamoalari bilan durang qayd etdi. Jahon chempionatidan o‘rin olgan qolgan 3 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Koreyslar xuddi O‘zbekiston singari so‘nggi tur uchrashuvida 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

    • KXDR — Eron 2:3, 14-noyabr, 2024-yil; 
    • Qirg‘iziston — KXDR 1:0, 15-oktyabr, 2024-yil; 
    • BAA — KXDR 1:1, 10-oktyabr, 2024-yil;
    • KXDR — Qatar 2:2, 10-sentyabr, 2024-yil;
    • O‘zbekiston — KXDR 1:0, 5-sentyabr, 2024-yil.

    Yo‘qotishlar

    O‘zbekiston terma jamoasida Oston O‘runov Qatar va Shimoliy Koreyaga bahslarni o‘tkazib yuborishi avvaldan ma’lum bo‘lgandi. Ular qatoriga Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov ham qo‘shildi. Qatarga qarshi uchrashuvning dastlabki daqiqalarida jarohat olgan Eldor o‘rnini Jaloliddin Masharipovga bo‘shatib bergandi.

    Otabek Shukurov esa jarohat bilan uchrashuvning so‘nggi daqiqalariga qadar harakat qildi. Ammo shifokorlar uning keyingi uchrashuvda maydonga tusha olmasligini qayd etdi.

    Shimoliy Koreya safida Eronga qarshi o‘yinda jarohat olgan hujumchi Jo-guk Ri maydonga tusha olmasligi mumkin. Agar u o‘yinda ishtirok eta olmasa, Kum-song Jong asosiy tarkibda uning o‘rnini egallab, Han Kvang-Song bilan hujum chizig‘ida birga o‘ynashi kutilmoqda.

    Eng qimmat o‘yinchilar

    Foto: Transfermarkt

    O‘zbekiston tarkibidagi Abbosbek Fayzullayev Rossiyaning “SSKA” klubida to‘p suradi. Portal uning transfer qiymatini 6 million yevroga baholagan. “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 5 millionlik qiymatga ega. Jamoa to‘purari va “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov ham shunchaga baholangan.

    Shimoliy Koreya futbolchilari asosan ichki chempionatda o‘ynashi sababli ularning bozor qiymatini aniqlash qiyin. Taxminiy hisob kitoblarga qaraganda, Kuk-chol Jang Shimoliy Koreyaning kengaytirilgan tarkibidagi eng qimmat futbolchi bo'lib, uning bozor qiymati 450 ming yevroni tashkil etadi.

    FIFA reytingidagi o‘rni

    O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan FIFA reytingida dunyoda 58-o‘rinda qayd etildi. 1429 reyting ochkosiga ega o‘zbekistonliklar Osiyoda 7-o‘rinni egallab turibdi.

    Foto: FIFA

    Shimoliy Koreya termasi jahonda 111-o‘rinda qayd etilgan. 1175 ochkoga ega jamoa Tojikiston va Qirg‘izistondan keyin joylashib, Osiyoda 19-o‘rinda turibdi.

    Uchrashuv haqida

    4-turdagi mag‘lubiyat sabab O‘zbekistonning to‘g‘ridan to‘g‘ri mundialga chiqish imkoni biroz kamaydi. Sababi Qatar va BAA jamoalari o‘rtasidagi farq 3 ochkoga yetdi. 5-turda BAA va Qatar jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Bu esa o‘zbekistonliklarga ikkinchi o‘rinda qolish uchun g‘alabani naqd qilish kerak degani. To‘g‘ri, milliy jamoa durang bilan ham 5-turdan so‘ng ikkinchi o‘rinda qolishi mumkin, ammo yuqorida aytilganidek AQSHdagi mundial uchun yo‘llanma 4-bosqichga qolib ketish xavfi ortadi.

    Sababi, 2-davrada O‘zbekiston jamoasi BAA va Eronga safar uyushtiradi, Qirg‘iziston va Qatarni uyida qabul qiladi. BAA ikkinchi o‘rin uchun harakat qilayotgan bo‘lsa, Eron O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga mundial yo‘llanmasini ertaroq qo‘lga kiritish imkoni paydo bo‘ladi.

    Foto: FIFA

    Bundan tashqari, Eronning oldinga o‘tib ketishi va mundial yo‘llanmasiga tur o‘yinlari yakunlanmasdan ega chiqishi biz uchun minusga ishlashi mumkin. Esingizda bo‘lsa, Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018-yilgi Jahon chempionati so‘nggi bosqich so‘nggi turida O‘zbekiston termasi Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda durang qayd etib, uchinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqib, navbatdagi bosqichga yo‘l olishi mumkin edi. Ammo Eron jamoasi so‘nggi daqiqalarda Suriyadan to‘p o‘tkazib yubordi va O‘zbekiston 4-o‘rinni egallab, guruhda qolib ketdi. Anzur Ismoilovning intervyusi esingizda bo‘lsa kerak. Forslar bu safar ham O‘zbekiston zarari uchun “tasodifan” mag‘lub bo‘lib qolishi mumkin.

    Shunday ekan, jamoa uchun KXDR va Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvlardagi g‘alaba suv va havodek zarur.

    Shimoliy Koreyada esa to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish imkoniyati deyarli yo‘q. Ammo jamoa 3 yoki 4-o‘rinni egallab, 4-bosqich orqali mundialga yo‘l olish imkonini saqlab turibdi. Shuning uchun jamoa Laosdagi uchrashuvda bor imkoniyatini ishga solishi kutilmoqda.

    O‘zbekiston terma jamoasida 3 asosiy o‘yinchining yo‘qligi ham koreyslar foydasiga ishlashi mumkin.

    Yetakchilarning yo‘qligi Katanesga ham sinov, ham imkoniyat bo‘lishi mumkin. Deylik, Shukurovning yo‘qligi hujum ortiga Abbosbek Fayzullayevning tushishiga imkon yaratadi. Turg‘unboyevning o‘ngda, hujumda esa Boburga imkon berilishi mumkin. Bu safar Katanes Abbosni o‘zi uchun noqulay hisoblangan o‘ng qanotga qo‘yishida mantiq yo‘q. Demak, biz Shimoliy Koreyaga qarshi hujumkor tarkib ko‘rishimiz mumkin. Har holda, yordamchi murabbiy terma uchun durang natija qoniqarli ekanini aytmasa bo‘ldi. 

    G‘alaba jamoaning ochkolari sonini 13 taga yetkazadi va terma Eronni quvish va ortdagi jamoalardan uch ochko oldinda bo‘lish imkonini beradi. Shunday ekan, Katanes shogirdlari ushbu o‘yin uchun bor imkoniyatlaridan foydalanishi shart va zarur.

    18.11.2024, 15:02   Izoh (0)   51779
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston milliy jamoasi#Jahon Chempionati saralashi#Abbosbek Fayzullayev#Eldor Shomurodov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “PSJ”ga qarshi o‘ynashi mumkin bo‘lgan Masharipov, “Nyukasl”dan keyin Italiya grandiga ko‘z tikkan saudiyaliklar va rekordlarni yangilashdan charchamaydigan Ronald...

    13.10.2021, 23:01

    Jahon chempionatida 2-o‘rinni egallagan yosh sambochilar, yana Messi bilan birlashishi mumkin bo‘lgan Aguero va “Oltin to‘p” uchun tanlovini aytgan de Bryuyne. Eng...

    18.10.2021, 22:57

    Chap qanot qiroli. Nikolay Shirshovning O‘zbekiston terma jamoasidagi eng yorqin o‘yinlarini eslab

    28.12.2021, 22:31

    Tarix yozgan shaxmatchilar, to‘xtashni bilmayotgan Chusovitina, Nuriddinovning kambeki va intrigaga boy bo‘lgan Superliga. O‘zbek sportida yil sarhisobi

    31.12.2022, 18:00

    FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston 2 pog‘ona yuqoriladi

    20.06.2024, 15:37

    Otabek Shukurov: “Potensialimiz Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli”

    04.09.2024, 10:40

    JCH—saralashi. Qirg‘iziston va O‘zbekiston futbolchilarining o‘yini qanday baholandi?

    11.09.2024, 09:34

    Asosiy himoyachisiz qolgan Eron bosh murabbiysiz O‘zbekistonga qarshi: futbolchilarimiz qora an’anaga chek qo‘ya oladimi?

    09.10.2024, 15:37

    O‘zbekiston — BAA uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi

    12.10.2024, 14:27

    BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

    14.10.2024, 09:57

    Abduqodir Husanov nechta o‘yinga chetlatilgani ma’lum bo‘ldi

    09.11.2024, 18:57

    Jaloliddin Masharipov: “Qatar bilan hisob-kitobimiz bor”

    12.11.2024, 10:33

    “Qatarni o‘zimizga yaqinlashtirmaslikka harakat qilamiz” — Eldor Shomurodov 

    12.11.2024, 22:50

    Jahon chempionatiga yo‘l xatarli Qatar orqali bo‘ladi: O‘zbekiston Osiyo Kubogidagi mag‘lubiyat uchun qasos oladimi?

    13.11.2024, 15:06

    “Bizning vazifamiz mag‘lubiyatga uchramaslik” — O‘zbekiston MTJ yordamchi murabbiyi 

    13.11.2024, 20:09

    Umar Eshmurodov: “Muxlislarni uyaltirib qo‘yishga haqimiz yo‘q”

    14.11.2024, 09:50

    Sardor Rashidov: “Biz barcha nuqtada Qatardan kuchlimiz. Himoyachilarimiz Afifni to‘xtatish uchun 50 foiz imkoniyatidan foydalansa bas”

    14.11.2024, 12:55

    JCH — 2026 saralashi. Qatar so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi 

    14.11.2024, 23:25

    Qatardan alamli mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilarining o‘yini qanday baholandi?

    15.11.2024, 02:08

    Qatar termasiga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Eldor Shomurodov va Otabek Shukurovning ahvoli haqida ma’lumot berildi

    15.11.2024, 12:18

    Abbosbek Fayzullayevga “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini topshirildi 

    15.11.2024, 20:45

    We Global: O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 5-turdan so‘ng biroz pasaydi

    16.11.2024, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 17:40

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05

    Yovuz qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradigan Gollivud aktyorlari (foto)

    Kino | 15 avgust, 16:45

    Ukraina qurol-yarog‘ ortilgan Rossiya kemasiga hujum qildi

    Dunyo | 15 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.