• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Chap qanot qiroli. Nikolay Shirshovning O‘zbekiston terma jamoasidagi eng yorqin o‘yinlarini eslab

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov 28-dekabr kuni 47 yoshida vafot etdi. Shirshovni o‘rta yoshdagi futbol muxlislari yaxshi eslaydi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida to‘p surgan paytlari chap qanotning haqiqiy qiroli edi. Shirshovning chap oyoqda beradigan kuchli zarbalari har qanday mohir darvozabonni qiyin ahvolga solib qo‘yardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Daryo” O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisining eng yorqin o‘yinlari va gollarini yodga oldi.

    JCh—1998 saralashi, 2-bosqich. 1997-yil 27-sentabr

    O‘zbekiston — BAA 2:3

    Bu o‘yin O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun juda muhim uchrashuv edi. Ilk bor Jahon Chempionati saralashida qatnashayotgan O‘zbekiston saralashning birinchi bosqichidan osonlik bilan o‘tdi. Ammo ikkinchi bosqichda Yaponiya, Janubiy Koreya kabi Osiyo grandlariga imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston bilan durang o‘ynadi. Bu uchta o‘yin safarda o‘tkazilgan edi. BAAga qarshi bahs 2-saralash bosqichining O‘zbekistonda o‘tgan dastlabki uchrashuvi bo‘ldi. O‘shanda “Paxtakor” stadioni muxlislar bilan to‘lib-toshgan. Barcha terma jamoadan chiroyli o‘yin va g‘alaba kutayotgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jarohatidan tuzalib, safga qaytgan Mirjalol Qosimovning asosiy tarkibda o‘yinni boshlashi ham muxlislarga qo‘shimcha ishonch baxsh etgandi. Milliy terma jamoa o‘yinni ajoyib boshladi. Nikolay Shirshov 10-daqiqada chap oyoqda yo‘llagan kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi. “Paxtakor” stadioni “portladi”. 37-daqiqada o‘zbekistonliklar penalti ishladi. Mirjalol Qosimov 11-metrlik nuqtaga yaqinlashdi va imkoniyatni ko‘kka sovurgan holda “Roberto Badjo izdoshlari klubi”ga qo‘shildi. Shundan so‘ng O‘zbekistondan omad yuz o‘girdi. Shuhrat Maqsudovning chetlatilishi, ikkinchi bo‘limda 3 ta gol o‘tkazib yuborilishi, alamli mag‘lubiyat va yo‘qotilgan qimmatli 3 ochko. O‘yin terma jamoa uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan bo‘lsa ham Nikolay Shirshov uni yaxshi o‘tkazgandi. Uning chiroyli goli o‘shanda millionlab futbol muxlislariga quvonch va umid baxsh etgandi.

    JCh—2002 saralashi, 1-bosqich. 2001-yil 27-aprel

    O‘zbekiston — Iordaniya 2:2

    JCh—2002 saralashida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-bosqichdayoq muammoga duch keldi. Bu “muammo”ning nomi Iordaniya edi (keyinchalik bu terma jamoa bizga eng noqulay raqib bo‘lishini o‘shanda hech kim bilmasdi). Iordaniya bilan safarda kechgan o‘yinning 1-bo‘limidayoq O‘zbekiston bir yo‘la ikkita gol o‘tkazib yubordi. Vaziyat jiddiy, hech kim bu raqibdan bunday o‘yin kutmagandi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston futbolchilar vaziyatni o‘nglashga harakat qildi va buni qisman uddaladi ham. Bunda Nikolay Shirshovning hissasi katta bo‘ldi. Dastlab, 53-daqiqada Vladimir Maminov penaltidan hisobni qisqartirdi. Keyin esa 65-daqiqada Nikolay Shirshov o‘zining sevimli chap oyog‘ida zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.O‘zbekiston mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Safardan hech yo‘g‘i 1 ochko bilan qaytildi.

    JCh—2002 saralashi, 2-bosqich. 2001-yil 19-oktabr

    O‘zbekiston — Xitoy 1:0

    JCh—2002 saralashining so‘nggi bosqichida O‘zbekiston qiynaldi. Xitoy guruhning yaqqol favoriti sifatida namoyon bo‘lib, mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ammo Toshkentda kechgan bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ana shu guruh favoriti bo‘lgan Xitoyni yengishga muvaffaq bo‘lgandi. Yagona golni o‘shanda Nikolay Shirshov o‘z uslubida — chap oyoqdagi kuchli zarbasi evaziga kiritgandi. O‘shanda futbolchilar parallel ravishda kechayotgan guruhdagi yana bir o‘yin: BAA – Ummon uchrashuvi natijasini hali bilmasdi. Shu sababli Xitoy ustidan qozoniladigan g‘alaba o‘tish o‘yinlariga yo‘llanma beradi deb hisoblab, Shirshovning golidan keyin rosa quvongandi. Ayniqsa, Nikolayning o‘zi tribuna panjarasiga chiqib olib, golni tomoshabinlar bilan birga yosh bolalardek nishonlagani ko‘pchilik muxlislarning yodida bo‘lsa kerak. Ammo O‘zbekiston o‘shanda guruhda 3-o‘rinni olib, JCh bilan xayrlashdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Nikolay Shirshov O‘zbekiston milliy terma jamoasida juda chiroyli o‘yinlar o‘tkazgan bo‘lsa ham, u ishtirok etgan uchrashuvlarning aksarida terma jamoaga omad kulib boqmagan. Shirshov ham ko‘plab o‘zbekistonlik futbolchilar qatorida mundial armoni bilan yashab, futboldan ketdi. Bugun esa bu yorug‘ olamni ham tark etdi.

    Uning milliy terma jamoadagi statistikasi quyidagicha bo‘ldi:

    • O‘yinlar soni — 63 ta
    • To‘liq o‘tkazgan o‘yinlar soni — 41 ta
    • Gollar soni — 13 ta
    • Sariq kartochka — 16 ta

    Yoqubjon Bobojonov tayyorladi

    28.12.2021, 22:31   Izoh (0)   24683
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    17 yoshli Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi

    28.12.2021, 20:23

    Uzoq kutilgan transferni e’lon qilgan “Barselona”, maxsus sovrin bilan taqdirlangan Ronaldinyo va 40 yoshgacha futbol o‘ynashni rejalashtirayotgan Ronaldu. Eng so‘...

    28.12.2021, 20:10

    Nikolay Shirshovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytildi

    28.12.2021, 16:31

    O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi

    28.12.2021, 14:09

    APL. “Manchester Yunayted” safarda autsayderni yenga olmadi

    28.12.2021, 03:30

    Ronaldudan Levandovskigacha. Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha 2021-yilning eng yaxshilari aniqlandi

    28.12.2021, 00:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.