• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Asosiy himoyachisiz qolgan Eron bosh murabbiysiz O‘zbekistonga qarshi: futbolchilarimiz qora an’anaga chek qo‘ya oladimi?

    Ertaga 10-oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida azaliy raqiblar O‘zbekiston va Eron to‘qnashadi. Jahon chempionati saralashining 3-bosqichidan o‘rin olgan uchrashuv ikki jamoa uchun ham ahamiyatli hisoblanadi.

    Uchrashuvni avstraliyalik Shon Evans boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. 36 yoshli referi 2017-yildan buyon FIFA hakami hisoblanadi. 

    Ikki turdan so‘ng ikki jamoa ham 6 ochko to‘plab guruhda peshqadamlikni saqlab turibdi. O‘yin natijasi guruhda kim yetakchi ekanini belgilab beradi.

    Foto: Google Images

    Dastlabki ikki uchrashuvda Eron Qirg‘iziston va BAA termalarini minimal 1:0 hisobida yengdi va shu bilan bir qatorda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 

    Mezbonlar esa o‘z uyida Shimoliy Koreyani kichik (1:0) hisobida yengdi, Qirg‘izistonda bo‘lgan uchrashuvda esa 2:1 hisobida ortda qilayotgan Katanes shogirdlari yakunda 2:3 hisobida g‘alabani tortib oldi.

    Bu jamoalar ushbu saralashning ikkinchi bosqichida ham o‘zaro duch kelgan. O‘yinlarning ikkisi ham (2:2, 0:0) durang bilan yakunlangan.

    O‘zaro o‘yinlar natijasi:

    O‘zbekiston jamoasi Eron bilan 13 bor to‘qnash kelgan. Uchrashuvlarning 3 tasida durang qayd etilgan. 9 uchrashuvda Eron jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zbekiston esa 2012-yili “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Baqoyevning goli evaziga Eronni mag‘lubiyatga uchratgan. O‘zbekiston hozirgacha o‘z uyida Eronni mag‘lubiyatga uchrata olmagan.

    So‘nggi besh uchrashuv:

    • Jahon chempionati saralashi. Eron — O‘zbekiston 0:0;
    • Jahon chempionati saralashi. O‘zbekiston — Eron 2:2;
    • CAFA-2023 musobaqasi. O‘zbekiston — Eron 0:1;
    • O‘rtoqlik o‘yini. 2020-yil. O‘zbekiston — Eron 1:2;
    • O‘rtoqlik o‘yini. 2018-yil. O‘zbekiston — Eron 0:1.

    So‘nggi o‘yin natijalari. 

    O‘zbekiston milliy jamoasi oxirgi 5 uchrashuvning 4 tasida g‘alaba qozondi, yagona durang aynan Eron jamoasi bilan qayd etildi. Uchrashuvlarda 10 ta gol kiritdi va 3 bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Qiziqarlisi 3 golga ham qo‘shnilarimiz mualliflik qildi (Qirg‘iziston o‘zbekistonliklar darvozasiga 2 bor yo‘l topdi, Turkmaniston esa bir marta).

    Eron jamoasi ham 5 uchrashuvda O‘zbekiston natijasi bilan bir xil ko‘rsatkich namoyish etdi. O‘zbekiston bilan durang o‘ynagan Eron uch raqibini minimal 1:0 hisobida yengdi, Gongkong bilan uchrashuv 2:4 hisobida yakunlandi. Eron 5 o‘yinda raqiblar darvozasiga 7 bor yo‘l topdi va 2 bor raqiblarga gol urish imkonini berdi.

    Yo‘qotishlar

    Mezbonlar tarkibida Oston O‘runovning mazkur uchrashuvda qatnashishi so‘roq ostida qolmoqda. Eron chempionatida o‘ynayotgan tajribali hujumchi mashg‘ulotlarga qatnashayotganini inobatga olsak, uning uchrashuvda qatnashish imkoni ham bor. Qolgan legionerlar ham tarkibga qo‘shilgan. Dastlabki ikki o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan himoyachi Abduqodir Husanov ham optimal formada, o‘yinga tayyor.

    Eng katta yo‘qotish bu — terma jamoaning bosh murabbiyi Srechko Katanes. U sog‘ligidagi muammo sabab uchrashuvga jamoani tayyorlay olmadi. Toshkentdagi ikki uchrashuvda uning yordamchilari futbolchilarga ko‘rsatmalar beradi. Ammo murabbiy yordamchilarining xabar berishicha, ertaga bosh murabbiy bilan aloqa o‘rnatiladi.

    Foto: Championat

    Eron jamoasi hujumkor tarkib bilan Toshkentga keldi. Ulardagi eng katta yo‘qotish himoya pozitsiyasida hisoblanadi. Eron terma jamoasi hamda “Persepolis” jamoasining tajribali himoyachisi Muhammad Huseyn jarohat sabab ushbu uchrashuvda maydonga tushmaydi. 30 yoshli himoyachi 2015-yildan beri jamoa himoyasida o‘ynab keladi. 55 uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi 6 bor raqiblar darvozasiga yo‘l topgan. 

    Foto: Getty Images

    Eng qimmat o‘yinchilar

    Foto: Transfermarkt

    Eron jamoasining Italiyaning “Inter” klubida o‘ynovchi hujumchisi mamlakatning eng qimmat o‘yinchisi hisoblanadi. Transfermarkt portali uni 10 million yevroga baholagan. Ikkinchi o‘rinni Sardor Azmun egallab turibdi. “Shabab al-Ahli” jamoasining hujumchisi 8 million yevro narxga ega. Uchinchi o‘rindagi Mehdi Gayedi 4 millionga baholangan.

    Foto: Tranfermarkt

    O‘zbekiston tarkibidagi Abbosbek Fayzullayev Rossiyaning “SSKA” klubida to‘p suradi. Portal uning transfer qiymatini 6 million yevroga baholagan. “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 5 millionlik qiymatga ega. Jamoa to‘purari va “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov ham shunchaga baholangan. 

    Murabbiylar fikri

    O‘zbekiston jamoasi bosh murabbiyi betobligi sabab uning yordamchisi Radmanovich o‘z fikrlarini bildirdi.

    Foto: “O‘FA”

    “Ertaga Eron bilan o‘ynaymiz. Ushbu jamoa bilan o‘yin doimo qiziq va qiyin bo‘lgan. Sababi Eron Osiyodagi yetakchi jamoalardan biri. Biz ular bilan ko‘p bora to‘qnash kelganmiz va ular haqida ko‘p narsa bilamiz. Afsuski, Katanes sog‘ligidagi muammo sabab qatnasha olmayapti. Biz uning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilamiz. 

    O‘yinga taktikani ertangi o‘yin oldidan mashg‘ulotda futbolchilarning jismoniy va psixologik holatidan kelib chiqqan holda tanlaymiz. Hujumkor yoki himoyaviy o‘yin ko‘rsatishimiz o‘shanda ma’lum bo‘ladi”, dedi murabbiy.

    Foto: “O‘FA”

    Eron murabbiyi Toshkentga g‘alaba uchun kelganini yashirib o‘tirmadi.

    “Hozir bor eʼtiborimiz O‘zbekistonga qarshi bahsga qaratilgan. Shuni aytishim mumkinki, Eron — dunyodagi eng yaxshi va tinch mamlakatlardan biri.

    Tashqi narsalarga chalg‘imay, bor eʼtiborimizni futbolga qaratishimiz, tomoshabop o‘yin ko‘rsatishimiz va Toshkentdan 3 ochko olib ketishimiz kerak. Himoyamizdagi yo‘qotishlar? Dastlabki ikki turda “quruq o‘yin” o‘tkazdik va ertaga ham bu seriyani davom ettirishga urinamiz”, dedi forslar bosh murabbiyi.

    O‘yin haqida

    Mehmonlar uch ochko uchun o‘ynaymiz deyishiga qaramay, ertaga ehtiyotkor o‘yin namoyish etishini taxmin qilish mumkin. Sababi O‘zbekiston jamoasi o‘z uyida ancha ishonchli harakat qilmoqda. Bundan tashqari, asosiy himoyachining yo‘qligi bois jamoa hujumlarini himoyadan tashkillashtirishini, O‘zbekistonning xatosini kutishini taxmin qilish mumkin.

    O‘zbekiston jamoasi markaziy himoyada Abduqodir Husanovning borligini inobatga olgan holda, Abbosbek Fayzullayev va Jaloliddin Masharipovning “reydlari”, yoki Husniddin Aliqulovning bosh bilan ishonchli o‘yini evaziga uchrashuvda g‘alaba qozonishi mumkin. Ushbu o‘yinda O‘zbekiston ehtiyotkor, shu bilan birga tartibli va hujumkor o‘yini ko‘rsatishini kutish mumkin.

    Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkentda, “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:00 da boshlanadi.

    09.10.2024, 15:37   Izoh (0)   23217
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston milliy jamoasi#Jahon chempionati#Eldor Shomurodov
    Erkin G‘aybullayev

     

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    U-20 Jahon chempionati—2023 ning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston qur’ada 3-savatchadan joy oladi

    13.03.2023, 23:37

    U-20 Jahon Chempionati—2023. O‘zbekiston yoshlari musobaqa mezboni Argentinaga mag‘lub bo‘ldi

    21.05.2023, 04:18

    Eldor Shomurodov Shatskixning rekordini ortda qoldirib, O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

    14.06.2023, 23:05

    Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin 

    25.06.2023, 22:52

    U-17 Jahon Chempionati. O‘zbekiston yoshlari Fransiyaga mag‘lub bo‘lib, o‘z yurishini chorak finalda yakunladi

    25.11.2023, 15:30

    FIFA “Rostov”ning Eldor Shomurodov bo‘yicha “Roma”ga qarshi kiritgan da’vosini qanoatlantirdi 

    15.12.2023, 14:58

    Jahon Chempionati finalida g‘alaba golini kiritgan futbolchi vafot etdi

    20.02.2024, 16:40

    A Seriya. Eldor Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Kalyari” raqibi ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video) 

    09.03.2024, 20:51

    Eldor Shomurodov Italiyada tarixiy natija qayd etdi 

    05.05.2024, 19:36

    A Seriya. Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 

    19.05.2024, 17:52

    Abbosbek Fayzullayev jahon chempionati, Olimpiada yo‘llanmasi, “SSKA” klubi va spirtli ichimlik haqida

    24.05.2024, 10:50

    Eldor Shomurodov “Roma”ga qaytganini ma’lum qildi 

    03.06.2024, 18:47

    O‘zbekiston kuchlilar qatorida. Milliy jamoaning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari qanday?

    13.06.2024, 14:09

    Eldor Shomurodov “Roma”ga qaytish sababi, bo‘layotgan yangi takliflar haqida ma’lum qildi

    14.06.2024, 11:15

    O‘zbekiston A guruhidan joy oldi. 2026-yilgi Jahon Chempionati 3-saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    27.06.2024, 12:28

    OFK Jahon chempionati saralashining ikki tur o‘yinlari taqvimini e’lon qildi 

    11.07.2024, 15:07

    Lionel Messi Argentinaning Jahon Chempionati va Amerika Kubogi finallarida yutqazgan avlod yetarlicha qadrlanmaganini ta’kidladi

    14.07.2024, 16:14

    A Seriya. Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda “Roma” mag‘lubiyatga uchradi 

    26.08.2024, 02:05

    “Menga unga o‘xshagan futbolchi kerak” — “Roma” bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida

    26.08.2024, 10:52

    Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. O‘zbekiston yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

    17.09.2024, 21:50

    O‘zbekiston futzal milliy jamoasi qanday natija bilan Jahon chempionatida nimchorak finalga yo‘l olishi mumkin? 

    20.09.2024, 03:26

    Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida mojaro. FIFA Eron va Fransiya terma jamoalari o‘yini borasida tergov ishlarini boshladi 

    24.09.2024, 22:24

    Futzal. Jahon chempionatining barcha yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi

    01.10.2024, 12:16

    Futzal bo‘yicha Jahon chempionatining finalchilari ma’lum bo‘ldi 

    03.10.2024, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan ayol 4 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 18:10

    Xitoyda kabob tayyorlash bo‘yicha birinchi institut tashkil etiladi

    Dunyo | 25 iyul, 18:00

    O‘zbekiston oltin va gaz eksportini keskin oshirdi

    Iqtisodiyot | 25 iyul, 17:50

    2025-yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilindi. Reyting yetakchisi — Samsung Galaxy S25 Ultra

    Gadjetlar | 25 iyul, 17:45

    2024-yilda global davlat qarzi 102 trln dollarni tashkil etdi

    Dunyo | 25 iyul, 17:40

    O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida uchinchi o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 17:30

    Ayollar uchun motivatsiya: ish, oila va sportni uyg‘unlashtira olgan Marhabo Bakirova

    Sport | 25 iyul, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.