• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Dunyodagi eng badavlat aktyor qanday ko‘rinishga ega va nega uni ko‘pchilik tanimaydi? (foto)

    Siz-u bizga eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyor va aktrisalar, shuningdek, o‘tgan yillarda kim eng ko‘p pul topgani haqidagi ma’lumotlar yangilik emas. Masalan, 2020-yilda eng ko‘p pul to‘lanadigan kinosanoat vakillari orasida Dueyn Jonson va Sofiya Vergara yetakchilik qilgan. Shundan kelib chiqib ko‘pchilik kimga eng ko‘p mablag‘ to‘lansa, o‘sha eng badavlat aktyor bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ammo qanchalik g‘alati tuyulmasin bunday emas. Masalan AdMe.ru nashridagilar ham eng davlatmand aktyorni ko‘pchilik taniydi deb o‘ylagan, ammo eng badavlat san’at olami vakili Duayn Jonson, Jonni Depp, Di Kaprio va Jorj Kluni emas, ismi ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan aktyor bo‘lib chiqqan.

    2021-yilning iyunida Ceoworld jurnalida eng badavlat insonlar ro‘yxati e’lon qilingan. Reytingdan so‘nggi vaqt davomida ko‘p pul ishlab topgan hamda butun faoliyati davomida katta davlat to‘plagan aktyor va aktrisalar o‘rin olgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Unda moliyaviy ahvoli 1 milliard dollarga baholangan Tayler Perri birinchi, 950 million dollar mablag‘ egasi bo‘lgan amerikalik aktyor va ssenariy muallifi Jerri Saynfeld esa ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Uchinchi o‘rindan esa daromadi 300 million dollardan ortiq bo‘lgan Bollivud yulduzi Shohrux Xon o‘rin olgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Tom Kruz 580 million dollar bilan to‘rtinchi bo‘lgan. Keyin esa daromadi 500 million dollar bo‘lgan aktyorlar birin-ketin o‘rin egallagan. Jorj Kluni, Robert De Niro va The Olsin Tvins Top-7dan o‘rin olgan. Amitabh Bachchan (455 million dollar) sakkizinchi, Mel Gibson (425 million dollar) esa to‘qqizinchi bo‘lgan. Adam Sendler (420 million dollar) o‘ntalik ro‘yxatga yakun yasagan.

    Aktyor qanday qilib buncha katta miqdorda pul ishlab topgan?

    https://www.instagram.com/p/B2kk6AiH03w/?utm_source=ig_embed&ig_rid=7efbbbec-821d-47d6-946d-d8296e5d8437

    Asl ismi Kichik Emmit Perri bo‘lgan aktyor 1969-yil Luiziana shtatining Yangi Orlean shahrida duradgorlar oilasida dunyoga kelgan. Ota-onasi bilan munosabatlari biroz murakkab bo‘lgan yigit mustaqil hayot boshlashga harakat qilgan va 16 yoshida ismini Tayler Perriga o‘zgartirgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bo‘lajak milliarder maktabni bitirmaganiga qaramay, o‘rta maktab bilimini o‘zlashtirganlik haqida sertifikatni qo‘lga kiritgan. Uzoq vaqtlar davomida oilasi bilan bog‘liq qiyin munosabatlar sabab o‘zini o‘nglab ololmagan Taylerning hayoti Opra Uinfri shousidagi yozishning davo singari ta’sir qilishi mumkinligi haqida aytilgan fikrlarni eshitganidan keyin butkul o‘zgarib ketgan. Aynan shu narsa Perrining yozishni boshlashi, “Meni o‘zgartirishganini bilaman” myuziklini yaratishi uchun turtki bo‘lgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    22 yoshida u mashina savdosi va kollektor bo‘lib ishlash ortidan 12 ming dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 1990-yilda o‘z jamg‘armasini “Meni o‘zgartirishganini bilaman” myuzikli Atlanta teatrida qo‘yilishi uchun sarflagan. Postanovka kutilgandek omadli chiqmagan, moliyaviy muvaffaqiyat haqida esa gap bo‘lishi ham mumkinmas edi. Hatto turar joyi ijarasiga pul topa olmaganidan mashinada yashashiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Omadsizliklar Perrining to‘xtashi uchun sabab bo‘lmagan. Keyingi 6 yil davomida ssenariy yozish va ularni sahnalashtirishdan charchamagan, oxir-oqibat 1998-yilga kelib e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Atlantaning ikkita teatrida myuziklning muvaffaqiyatli namoyishlaridan keyin spektakllar tashkil qilish va shahar teatrlarida gastrol qilishda davom etgan. Namoyish qancha ko‘p bo‘lgani sari muxlislari soni ham shuncha ko‘payavergan.

    2005-yilda Forbes’da Tayler Perri chiptalarni 100 million dollarga, spektakl videolarini 30 million dollarga sotgani va qo‘shimcha 20 million dollarga ega bo‘lgani haqida ma’lumot e’lon qilingan. Yiliga 300 marta spektakl namoyish qilgan, ularni hafta davomida 35 ming tomoshabin tomosha qilgan. 2005-yilda esa ijrosidagi “Telba qora ayol kundaligi” nomli debyut filmi ekran yuzini ko‘rgan. Tanqidchilar ijobiy baho bermaganiga qaramay, u gavdalantirgan qahramon muxlislar qalbidan joy olgan. Turli loyihalarda doimiy ravishda faol bo‘lgan aktyor prodyuser va ssenariy muallifi sifatida ham faoliyat yuritgan. 2007-yilda ijrosidagi “Otasining qizi” filmining premyerasi bo‘lib o‘tgan. Shu yilning oktabrida prokatlarda 21,4 million dollar to‘planishiga sabab bo‘lgan “Nima uchun turmush quramiz?” loyihasi namoyish qilingan. 2009-yilda suratga tushgan “Medeya qamoqxonada” filmi esa 90,5 million dollar yig‘gan. Shunday qilib 2009-yilga kelib u barcha loyihalaridan jami 400 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lgan. 2011-yilda avvaliga teatrda keyin esa kinoteatrlarda “Medeyaning katta, baxtli oilasi” filmi namoyish qilingan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Shundan keyin aktyor asosiy qahramoni Medeya bo‘lgan yana 6 ta film suratga olgan va ularning barida bosh qahramonni gavdalantirgan. Kinosanoatdagi xizmatlari sabab 2019-yil Gollivuddagi Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga, 2021-yilda esa “Oskar” mukofotiga ega bo‘lgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Tanqidchilar tomonidan ishlariga yetarli baho berilmagani sabab avvaliga kinosanoatda tan olinmagan aktyor hech qachon ortga chekinmagan va o‘zi yoqtirgan ishi bilan shug‘ullanishda davom etgan. Bugungi kunda 51 yoshli aktyorning o‘z ijod studiyasi va 1200 ta televizion epizod, 22 ta badiiy film hamda 20 ta teatr postanovkasiga mualliflik huquqi bor. Shunga qaramay, Perrining shular bilan cheklanish niyati yo‘q. Aktyor restoran, do‘kon va bog‘ ochishni rejalashtirgan. Qolaversa, striming platformasi bilan shartnoma imzolagan, unga ko‘ra yiliga kamida 90 qismni tashkil qiladigan yangi televizion loyiha suratga olishi kerak.

    Nima uchun Perri haqida hech kim eshitmagan?

    Faqat o‘z mamlakatida mashhurlikka erishishi va boshqalar uni tanimasligining sababi u suratga oladigan filmlarning mahalliy o‘ziga xosliklarni o‘zida mujassam etadigan komediya janrida ekanligida. Shu tufayli uning filmlari mamlakatdan tashqarida namoyish qilinmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Badavlat oilalarda tug‘ilib o‘sgan mashhurlar (foto)
    • Mark Sukerberg, Robert Pattinson, Kira Naytli: hashamatli hayotdan voz kechgan yulduzlar (foto)
    • Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay oddiy va shinam uylarda yashashni afzal ko‘ruvchi Gollivud yulduzlari (foto)

    05.07.2021, 19:55   Izoh (0)   43883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud yulduzlari bir necha kilo vazn to‘plasa, qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi (foto)

    05.07.2021, 17:55

    Devid va Viktoriya Bekhem turmushining 22 yilligini nishonladi

    05.07.2021, 14:44

    Instagram: 22 kishiga mashina sovg‘a qilgan xonanda, Ra’no Shodiyeva qizini uzatmoqda, Sevinchning mashinasi yo‘lini to‘sgan muxlislar

    04.07.2021, 22:37

    Priyanka Chopra Max Factor brendining xalqaro maxsus vakili bo‘ldi

    04.07.2021, 17:53

    Gollivudning mashhur aktyori Tom Kruz 59 yoshga to‘ldi. Aktyorning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar (foto)

    04.07.2021, 13:49

    Aziza Yoqubova onasining tug‘ilgan kuniga kutilmagan syurpriz tayyorlab, unga avtomashina sovg‘a qildi (video)

    04.07.2021, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.