• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?

    Ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar bir necha nomlar bilan ataladi. Ularning kelib chiqishi, etimologiyasi turlicha, albatta. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning ba’zilari haqida ma’lumot beradi.

    Ustoz – usta degani

    Ustoz so‘zi tilimizga forschadan o‘tgan. U usta so‘zi bilan o‘zakdosh. Asliyatda muallim, usta ma’nolari ishlatiladigan bu so‘z o‘zbekchada ikki xil ma’noda qo‘llanadi:

    1. Kasb, hunar, ilm va shu kabilarni o‘rgatuvchi; o‘qituvchi, muallim.

    Ustozidan saboq olgan, auditoriyalarda bo‘ladigan bahslar va jiddiy mashg‘ulotlarda qatnashgan talaba bo‘shagan zahoti ikkinchi uyi – yotoqxonaga shoshiladi. Gazetadan.

    2. Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tarbiyalovchi, murabbiy; rahnamo, o‘qituvchi, muallim.

    Shunday qilib, kitobni ko‘tarib, ming istihola bilan ustoz Mirtemirga yaqinlashdim. Gazetadan.

    Bu so‘z ustod shaklida ham qo‘llanadi, lekin bu shakl hozir eskirgan.

    Muallim – ilm beruvchi

    Muallim so‘zi arab tilidan olingan, ilm, ta’lim, olim so‘zlari bilan o‘zakdosh. O‘zbek tilida ikki xil ma’noda qo‘llanadi:

    1. Dars beruvchi kishi; o‘qituvchi, pedagog: matematika muallimi, musiqa muallimi, universitet muallimi.

    Fiqhdan ta’lim beruvchi muallimning maoshi 300 dirhamni tashkil etgan. “Fan va tumush”.

    2. Ta’lim beruvchi, birovga biror narsa o‘rgatuvchi kishi; ustod, ustoz.Bugun muallim so‘zi jonli tilda kam qo‘llanadi. Og‘zaki uslubda malim shaklida ishlatish uchraydi.

    Domla – katta o‘qituvchi

    Domla so‘zining etimologiyasi haqida turli qarashlar bor. So‘zning to‘liq shakli – domulla. Xalq tilida ana shu to‘liq shakli ham ishlatilib turadi. Izohli lug‘atga ko‘ra, fors va hind tillaridagi so‘zlardan hosil bo‘lgan dodo va arabcha mulla so‘zlari birikishidan hosil bo‘lgan.

    Dodo – ota, katta; mulla esa o‘qimishli, taqvodor odam ma’nosiga ega. Ya’ni domulla – katta o‘qituvchi, bosh muallim.

    Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, bu so‘z eski maktablarda o‘g‘il bolalarga ta’lim-tarbiya bergan ziyolilar; masjid imom-xatiblari; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida dars beruvchilar; biror sohada obro‘-e’tibor qozongan, ilg‘or dunyoqarashi, e’tiqodi va boshqa fazilatlari bilan o‘zgalarga namuna bo‘ladigan kishilarga nisbatan ishlatiladi.

    O‘qituvchi – sof o‘zbekcha atama

    O‘qituvchi so‘zi domla, muallim, ustoz, murabbiy kabi so‘zlar qatorida sof o‘zbekcha ekani bilan ajralib turadi. U fan, tarbiya asoslaridan birini o‘qitadigan, dars beradigan kishini anglatadi.

    Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, maktablarda dars beradigan mutaxassislarning rasmiy lavozimi ham aynan o‘qituvchilikdir:

    Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi unga “sendan yaxshi sportchi chiqadi”, degan. O‘. Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”.

    Murabbiy – tarbiyachi demak

    Murabbiy arab tilidan olingan, tarbiya so‘zi bilan o‘zakdosh. O‘zbek tilida tarbiyachi, rahnamo, sport treneri kabi ma’nolarda ishlatiladi:

    Murabbiy – bola qalbida nish ura boshlagan umid g‘unchalarining mehribon sohibidir. R. Usmonov, “Odobnoma”.

    Xosiyatxon faqat Naziraning ustozigina emas, qanchadan-qancha qiz-juvonlarning murabbiysi. Yo. Shukurov, “Marg‘ilon go‘zali”.

    U o‘z jamosi bilan juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kirita olgan murabbiydir.

    Mamlakatimizda eng yaxshi murabbiylar uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni ta’sis etilgan.

    Mudarris – dars beruvchi

    Mudarris so‘zi arab tilidan kirgan. Dars, madrasa so‘zlari bilan o‘zakdosh. Madrasada dars beruvchi kishini, madrasa o‘qituvchisini bildiradi. Hozir ham diniy ta’lim muassasalari, jumladan, madrasa muallimlari mudarris deb ataladi. Bu so‘z oldinlari tilda faol qo‘llangan:

    Katta amakisi Buxoroning “Xo‘ja Porso” madrasasining mudarrisi bo‘lib, Abdurahmon shu kishining tarbiyasiga kelgan edi. A. Qodiriy, “Mehrobdan chayon”.

    Pedagog – qadim atama

    Bu so‘zning ildizi qadimgi yunon tilidagi paydagogos iborasiga borib taqaladi. Bola yetaklovchi ma’nosiga ega bu atama dastlab bolaga ilk ta’limni beruvchi va unga g‘amxo‘rlik qiluvchi qullarga nisbatan ishlatilgan. Qadimgi Afinada bola yetti yoshga yetgach, pedagog tarbiyasiga berilgan. U bolaning savodini chiqargan. Jismoniy va ruhiy xavf-xatarlardan himoya qilish ham pedagog zimmasiga yuklatilgan. Pedagog bolani maktabgacha kuzatish va olib kelish, hamisha uning yonida bo‘lish majburiyatini olgan.

    Pedagog so‘zi pediatr so‘zi bilan “qarindosh”. Pediatr bolalar salomatligi bo‘yicha mutaxassisdir.

    Pedagog so‘zi dastlab lotin tiliga, undan fransuz tiliga o‘tgan. XVIII asrda rus tiliga kirib kelgan va keyinchalik o‘zbekchaga o‘zlashgan.

    Hozirgi o‘zbek tilida pedagog so‘zi pedagogika sohasi mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs, o‘qituvchini anglatadi:

    Pedagogning vazifasi yuksak, murakkab va oliyjanobdir. “Fan va turmush”.

    Tyutor – murabbiy demak

    Tilimizda oxirgi bir yil ichida paydo bo‘lgan bu atama talabalarning ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi mutaxassisni anglatadi.

    Tyutor – inglizcha so‘z. Ingliz tiliga lotin tilidan qadimgi fransuz tili orqali o‘tgan. Taxminlarga ko‘ra, bu so‘zning ildizi sanskrit tiliga borib taqalishi mumkin.

    Tyutor zamonaviy ingliz tilida ustoz, murabbiy, xususiy ta’lim bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis ma’nolarida qo‘llanadi.

    O‘zbek tilida oliy ta’lim muassasasi xodimini anglatadi. U talabalarning qiziqishlari, darsdan keyingi mashg‘ulotlari, yashash sharoitlari kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Bu mazmunni o‘zbek tilida shu paytgacha qo‘llanib kelayotgan murabbiy so‘zi bemalol bera oladi. Fikrimcha, tilimizda tayyor so‘z turgan paytda yana yangi atama qidirish mutlaqo ortiqcha.

    Professor – xalq o‘qituvchisi

    Professor so‘zi lotinchada ommaviy o‘qituvchi, xalq o‘qituvchisi degan ma’noni anglatadi. Uning o‘zagi profiteri – ochiq aytmoq, e’lon qilmoq, oshkor gapirmoq fe’liga borib taqaladi.

    Professor oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi yuksak malakali ilmiy xodimlarning ilmiy unvoni yoki lavozimidir. Dastlab XVI asrda Oksford universitetida rasmiy maqom sifatida tatbiq etilgan.

    Professor so‘zi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Rus tiliga XVII–XVIII asrlarda nemis tilidan kirgan.

    Birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitratdir. U 1926-yili ana shu ilmiy unvonga ega bo‘lgan.

    01.10.2022, 21:10   Izoh (0)   44873
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda haydovchi traktorida 14 ta tirkama bilan harakatlandi (video)

    01.10.2022, 20:08

    Surxondaryodagi xonadonga 4 bosh Buxoro bug‘usi adashib kirib qoldi (foto)

    01.10.2022, 19:41

    O‘zbekistonda qancha pedagog faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi

    01.10.2022, 18:06

    “Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri

    01.10.2022, 17:46

    O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

    01.10.2022, 17:22

    Adliya vazirligi axborot xavfsizligi bo‘yicha xalqaro sertifikat oldi

    01.10.2022, 16:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyoning 15 ta davlati TIV rahbarlari Falastin davlatini tan olish jarayonini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 30 iyul, 23:50

    Biatlon bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Pokiston tog‘larida halok bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyul, 23:30

    Tramp ukrainalik qochqinlarga urush tugaguncha AQSHda qolishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 iyul, 23:15

    Hindistonda 12 yil avval ishlangan filmning finali sun’iy intellekt orqali yaratiladi va qayta namoyish etiladi

    Kino | 30 iyul, 23:01

    ChatGPT’da bepul repetitor rejimi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyul, 22:50

    Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti etib tayinlandi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 22:18

    G‘azoda bir kilogramm shakar narxi 100 dollargacha ko‘tarildi

    Dunyo | 30 iyul, 22:05

    “Manchester Yunayted” Onana o‘rniga munosib nomzod topdi

    Sport | 30 iyul, 21:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.