Asilbek Ashurov 22-avgust kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumaniga hokim bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Undan avval Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Sharof Rashidov tumaniga 2019-yil 26-oktyabridan buyon hokimlik qilib kelgan Mahmud Xolbo‘tayev 2025-yil iyul oyi boshlarida 10 ming dollar pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan ushlangandi.
Izoh (0)