• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bugungisi avvalgisidan tubdan farq qiladi”. Rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo‘lgan “Tolibon” o‘zbek jamoatchiligida qanday taassurot qoldirdi? (video)

    Afg‘oniston hokimiyatiga 2021-yilning avgust oyida “Tolibon”ning kelishi butun dunyo hamjamiyatida xavotir uyg‘otdi. Xususan, Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarda ham yangi hukumatga ishonchsizlik bor edi. Ammo O‘zbekiston mazkur jarayonda Afg‘onistonning yangi hukumatiga ishonch bildirib, qo‘shnichilik aloqalarini yaxshilashga harakat qildi. Xo‘sh, bugun har ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shnichilik aloqalari qanday? Ko‘zlangan maqsadlarga erishilayaptimi?

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Daryo” bu haqda fikr bildirganlarga quloq tutdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov YouTube'dagi “AzonTV” kanaliga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish zarurligi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, mamlakatdagi vaziyatning yaxshilanishi ko‘plab davlatlar uchun manfaatli.

    “Afg‘onistondagi vaziyatni tabiiy barqarorlashtirish uchun Pokiston, Eron yoki boshqa qo‘shni davlatlar qilmayotgan katta tashabbuslarni bugun dunyo hamjamiyatiga olib chiqayotgan davlat bu — O‘zbekiston. Masalan, Xitoy Tolibonning tezroq tan olinishini xohlaydi. Yoki Pokiston ham. Mintaqada O‘zbekiston ham shuni xohlaydi. Sababi O‘zbekiston Afg‘onistonda ijtimoiy portlash bo‘lishidan, etnik urushlar yana qayta davom etishidan manfaatdor emas. Chunki Afg‘onistondagi to‘rtinchi yirik millat bu — o‘zbeklar. U yerda kamida 5-6 million nafar o‘zbeklar yashaydi. Globallashgan dunyoda o‘sha etnik o‘zbeklarga jabr-zulm bo‘lsa, bu O‘zbekistondagi siyosiy muhitga jiddiy ta’sir qiladi.

    Kamoliddin Rabbimov.

    Kamoliddin Rabbimov.
    Foto: Videodan kadr

    O‘zbekistonning xavotirlari o‘rinli. Chunki 40 yilda Afg‘oniston tarixida birinchi marta bitta siyosiy kuch butun bir Afg‘oniston hududini qo‘lga kiritdi. Agar mabodo qaytadan fuqarolik urushi boshlansa, ‘Tolibon’ hokimiyatdan yiqiladi. Lekin u siyosiy kuch sifatida yo‘qolmaydi. O‘zbekistonning ikkita nuqtasi bor. Birinchidan, ‘Tolibon’ harakatining ijtimoiy tafakkurini bosqichma-bosqich o‘zgartirib borib, normal siyosiy kuchga aylantirish. Ikkinchisi, ‘Toliblar’ qo‘l ostida Afg‘onistondagi ijtimoiy barqarorolikni ushlab qolish. Chunki 38 million kishi yashaydigan Afg‘onistonda qaytadan fuqarolik urushi boshlansa, O‘zbekistonning yirik loyihalari to‘xtab qoladi”, — dedi siyosatshunos.

    “Tolibon” bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo davlatlari bilan samimiy bo‘lishga harakat qilmoqda. Dunyo hamjamiyatiga bergan va’dalarini bajarish ustida ishlamoqda. Jumladan, 25—26 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi xalqaro anjumanda “Tolibon” delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Delegatsiya a’zolari Afg‘oniston hukumatining kelajakdagi rejalari, mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha qilayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Anjumanni kuzatgan Robbimovning ta’kidlashicha, bugungi “Tolibon” avvalgisidan mutlaqo farq qiladi.

    “Birinchi ‘Tolibon’ televizorga urush ochgan edi. Kimni uyida televizor bo‘lsa, uni sindirish ularning urf-odati edi. Bugungisi konseptual boshqa ‘Tolibon’. Birinchi ‘Tolibon’ uchun globalizm, solihlikka erishish uchun zamonaviylik bilan kurashish va uni to‘liq inkor qilish siyosiy aqida edi. Bugungi ‘Tolibon’da unday emas. ‘Tolibon’ning ichkarisida ziddiyat juda ham kuchli. Bugungi ‘Tolibon’ televizor, internet, modernizm bilan kurashmayapti. Aslida bu juda katta farq. ‘Tolibon’ning mutlaq aksariyati aql-zakovat bilan o‘ylab ko‘rib ‘bu narsalar bilan kurashishning istiqboli mavjud emas. Agar biz islomiy amirlik qurmoqchi bo‘lsak, biz jamiyatning islomga qarshi bo‘magan normal e’tiroz va ehtiyojlarini inobatga olishimiz kerak’, deyapti”, — deydi siyosatshunos.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘oniston masalasiga oid anjumanda o‘zbekistonlik jurnalistlar ham ishtirok etdi. “Tolibon” haqida o‘qigan va eshitgan o‘zbek jurnalistlari uning rahbariyati bilan jonli muloqotda bo‘lganda qanday xulosalarga keldi? O‘z savollariga javob ola oldimi? Tadbirda qatnashgan jurnalist Gulnoza Husanova bu haqda o‘z fikrlarini bildirdi.

    “Afg‘onistonning muvaqqat hukumatini dunyo hamjamiyati hali tan olmadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, 26-iyul kuni ‘Tolibon’  hukumati turli mamlakatlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari bilan bir stol atrofida o‘tirib, muloqot qildi. Jurnalist sifatida ‘Tolibon’ vakillarini diqqat bilan kuzatdim. O‘zi hammaning e’tibori ularda bo‘ldi. Ko‘pchilik birinchi marta haqiqiy ‘Tolibon’ vakillarini ko‘rib turgani uchun ular bilan rasmga tushdi, gaplashishga harakat qildi. Ular ochiq, intervyu so‘rasak, yo‘q deyishmadi. Delegatsiya rahbari Amir Xon Muttaqiy matbuot anjumanida men kabi bir necha jurnalistlarning savollariga javob berdi. Men undan ‘muzlatilgan pullar’ haqida so‘radim. Umuman, o‘zim Afg‘oniston aktivlari qaytarilishi tarafdoriman. Chunki, afg‘on xalqi gumanitar inqirozni boshidan kechiryapti. Bu pullar harbiy maqsadlar uchun emas, infratuzilma loyihalarini boshlash uchun kerak, deb hisoblayman. Toshkent anjumanida  shular haqida ham gaplashib olindi.

    Gulnoza Husanova.

    Gulnoza Husanova.
    Foto: Telegram

    Dunyo Afg‘onistonning yangi hukumatini tan olarmikin, degan savol hammani qiziqtiradi. Buning uchun ‘Tolibon’ qator majburiyatlarni bajarishi kerak. Muttaqiy anjumanda hammani ‘biz bajaryapmiz’, deb ishontirishga harakat qildi. ‘Biz inklyuziv hukumat tashkil qilyapmiz, korrupsiyani 100 foiz yo‘qodik, ayollar ishlayapti, ishlamay uyda o‘tirganlariga pul beryapmiz, qochib ketganlar qaytib kelyapti, Afg‘oniston terorchilar bilan aloqalarni uzdi. Biz tomondan qo‘shnilar va dunyoga tahdid bo‘lmasligini 100 foiz kafolatlaymiz’, degan va’dalarni berildi. Va’da bu shunchaki og‘zaki va’da, agar amalda ish bo‘lmasa, dunyo davlatlari yangi hukumatni tan olishi amrimahol. ‘Al-jazira’ telekanali muxbiri Muttaqiydan ayollar huquqlari bo‘yicha so‘raganida, vakil uning savolini javobsiz qoldirdi. Shaxsan men ‘Tolibon’ga ishonmayman. Ammo, bu anjumanning Toshkentda o‘tkazilgani juda muhim. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z murojaatida aytganidek, Amudaryoning narigi tomonida yashayotgan qo‘shni Afg‘oniston tinch bo‘lmasa, mintaqaning o‘zaro bog‘liqligi, iqtisodiy barqarorligi haqida gapirishning xojati yo‘q, deb o‘ylayman”, — deydi jurnalist.

    “Daryo” mavzu doirasidagi fikrlarni o‘rganishda davom etadi.

    01.08.2022, 18:40   Izoh (0)   44680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda uch kishi bir kishini dubinka bilan urgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB vaziyatni izohladi

    01.08.2022, 18:29

    Davlat grantida o‘qigan talabalarga kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilmayapti – vazirlik

    01.08.2022, 18:25

    Toshkentning ikki tumanida kommunal to‘lov pullarini o‘zlashtirgan shirkatlar aniqlandi

    01.08.2022, 18:10

    O‘zbekiston Turkiyadan asosan qanday turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishi ma’lum bo‘ldi

    01.08.2022, 17:43

    Farg‘ona delegatsiyasining Germaniya va Avstriyaga tashrifi davomida 238,9 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

    01.08.2022, 17:32

    Rossiyada 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlangani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

    01.08.2022, 17:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gruziyada 7 ta NATO davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:45

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.