Rossiyaning Volgograd viloyati Bikovskiy tumanida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ommaviy zaharlangani haqida xabar berilgandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, 2022-yil 28-iyul kuni Volgograd viloyati Bikovskiy tumanidagi “Pobeda” fermer xo‘jaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i yomonlashgach, tez yordam chaqirilib, shifoxonaga olib borilgan.
Ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, ular shifoxonaga yotqizilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd viloyatidagi vakiliga shifokorlarning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda va sog‘lig‘i tiklangach, shifoxonadan javob beriladi.
Izoh (0)