• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIB xodimlari qo‘lini sindirganini aytgan andijonlik unga bosim bo‘layotganini, yo‘q qilib yuborish bilan qo‘rqitilayotganini aytmoqda

    Andijonlik deputat Jahongir Jiyanov viloyatda shov-shuvga sabab bo‘lgan voqeaga munosabat bildirib, “IIB xodimlariga fuqaroning qo‘lini sindirishga kim vakolat berdi?” sarlavhasi ostida fuqaro I.Sh.ga Andijon shahar IIB post-patrul xizmati xodimlarining tan jarohati yetkazgani haqida chiqish qilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov e’lon qilingan maqoladagi holatlar yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganini bildirdi. Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa fuqaro I.Sh. jarohatni qayerda olgani bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilayotganligini bildirgandi.

    Imron Shahobov.

    Imron Shahobov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan jabrlanuvchi voqea qanday yuz bergani va o‘sha kuni nimalar bo‘lganini so‘zlab berdi.

    Imron Shahobovning aytishicha, 2021-yil 12-iyul kuni u sheriklari bilan kafeda o‘tirgan bo‘lgan. Ularning oldiga PPX xodimlari kelib, uyga kirib ketishlarini so‘ragan. Muloqot davomida fuqaro va xodim o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

    “2021-yilning 12-iyul kuni chamasi tungi soat 23:00 da Eski shahar hududidagi kafeda sheriklarim bilan o‘tirgandik. Men qo‘limdagi qog‘ozni o‘qiyotgandim. Shunda post-patrul xizmati xodimlari yonimizga kelib, o‘zlarini tanishtirmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri ‘Bo‘ldi endi kirib ketinglar’, dedi. Qo‘limdagini o‘qib bo‘lmaganim uchun ‘Akalar, besh minutda kirib ketamiz’, dedik. Bunga javoban xodimlardan biri ‘Bizga shart qo‘ya olmaysiz, mumkin emas. Karantin qonun-qoidalari bor’, dedi. Shunda unga ‘Karantinning qaysi qoidasini buzdik?’ degan savol bilan yuzlanganimizda ‘Menga shart qo‘ymasdan tezlashinglar’, degan javobni berdi.

    U bizga o‘zini tanishtirmasdan qo‘pol muloqotda bo‘ldi. Unga tartib bo‘yicha o‘zini tanishtirishi kerakligini aytsam, yordamchi kuch chaqirib, meni ichki ishlar bo‘limiga olib borishini bildirdi. Shundan keyin viloyat Ichki ishlar boshqarmasining navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, xodimlari qo‘pol munosabatda bo‘layotganini, ushbu masalani yechib berishlarini so‘radim. Navbatchi holatni o‘rganish uchun xodim yuborishini aytdi. O‘n-o‘n besh daqiqaga yetmasdan xodim voqea joyiga yetib keldi. Aytishicha, kelgan xodim ularning rahbari ekan. Ajablanarlisi, u ham o‘zini tanishtirmadi.

    IIB xodimining rahbari hech qanday karantin qoidalarini buzmaganligimni ko‘rib, ketishimga ruxsat berdi. Xodim esa ketayotsam, ‘Bular hali dubinka yemaganda, shuning uchun bizning bemalol ustimizdan kulib ketyapti. Siz esa qo‘yib yuboryapsiz, bu qanaqasi? Cho‘ntagiga bir narsa solib, ichkariga olib kirib qo‘yish kerak’, degan qo‘pol gaplarni aytdi. U yerda guvohlar ham bor edi. Bu gaplardan keyin jim turolmasdan ‘Rahbaringiz ruxsat bergani uchun ketyapmiz?’ dedim. U esa kerak bo‘lsa, rahbariga ham bo‘ysunmasligini baland ovozlar bilan ta’kidladi”, — deydi Imron Shahobov.

    Shahobovning ta’kidlashicha, xodimlarning qo‘pol munosabatda bo‘lganligi uchun ularning ustidan viloyat IIB navbatchilik qismiga yozib bergan. Ariza yuzasidan 13-iyul kuni tonggi soat 04:00 da ariza bo‘yicha Eski shahar hududiga chaqirilgan.

    “To‘g‘risi, bunday munosabatda bo‘lganliklaridan g‘ashim kelib, yo‘lda 102 ga telefon qilib, bo‘lgan voqeani birma-bir aytib berdim va o‘rganib chiqishlarini so‘rab, ariza berdim. 13-iyul kuni tonggi soat 04:00 da notanish raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, ichki ishlardan ekanligini aytib, Eski shahar hududiga kelishimni so‘radi. Men bordim. Ko‘rishdik, chaqirgan podpolkovnik ekan. Borgan joyimda xodimlarning shu yerdaligini ko‘rdim. Podpolkovnik kelishim bilanoq mendan kecha nima bo‘lganini so‘radi. Shunda ‘Siz meni bu yerga kechagi arizam bo‘yicha chaqirdingizmi yoki ‘razbor’ga?’, — deya savol bilan murojaat qilsam, ‘Kechagi holat bo‘yicha bilib olishim kerak’, dedi.

    Unga agar ariza yuzasidan chaqirilgan bo‘lsam, dastlabki tergovga qadar surishtiruvda yuzlashtirish mumkin emasligini aytib, e’tiroz bildirdim. U esa o‘zini katta joyda ishlagan odamligini ta’kidlab, aqllilik qilmasligimni so‘radi. Shundan keyin ularga ‘Sizlar bilan qonun doirasida gaplashamiz. Kerak bo‘lsa, arizamni yuqori tashkilotlarga yozaman’, deb teskari qarab ketayotsam, to‘xtashimni aytishdi. Gaplashadigan gap qolmaganligini aytib, yo‘limda davom etdim. Ular esa orqamdan quvlashdi. Achinarlisi, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi har bir so‘zida haqorat qilib, o‘ldirishini aytardi. Men yo‘lning narigi tomoniga qarab yugurib, o‘tib ketdim. Orqamdan quvlab yeta olishmadi. Ularning qo‘lida quroli bor, dubinkalari turgandi. Yuzidagi vajohat urish maqsadi borligini ko‘rsatib turardi. O‘sha atrofdagi masjid mahallasida yashayman, o‘sha yerga kirib ketdim. Piyoda bo‘lganim uchun yugurib hansirab qoldim.

    Mahallamizdagi profilaktika inspektorining uyiga yetay deganimda orqamdan PPX mashinasi katta tezlikda kelayotganini ko‘rdim. Inspektorning xizmat uyi derazasini taqillatganimda, uydan hududimizga javob beruvchi emas, umuman boshqa xodim chiqdi. Shu vaqtda quvlayotganlar yetib kelib, bo‘ynimdan bo‘g‘ib, qo‘limni qayirib, kishan solib, urishdi va mashinaga mindirishdi. Mashina ichida ham qiynoqlar bo‘ldi, lekin buni hozir sizlarga aytib berolmayman. Xudo xohlasa, ekspertiza natijalari buni tasdiqlaydi.

    Xodimlar meni rahbarining oldiga olib borishdi. Podpolkovnik janoblari agar ulardan kechirim so‘ramasam, olib kirib qo‘yishini aytib, kurakda turmaydigan gaplar bilan haqorat qilib, o‘ta qo‘pol muomalada bo‘ldi.

    O‘rtada ancha gaplar bo‘ldi. Orada podpolkovnik mahallamizda yashovchi bir akaxonimizni tanish-tanimasligini so‘radi. Tanish ekanligimni, yaxshi insonligini, u ham meni bilishini aytganimdan keyin qo‘limdagi kishanni yechdi. Keyin o‘zi uyimga olib borib qo‘ydi”, — deydi Shahobov.

    Fuqaroning qayd etishicha, uyga kirib, qo‘lini yuvayotganida qo‘lida og‘riq bo‘lgan. Shundan so‘ng 103 ga qo‘ng‘iroq qilgan.

    “O‘sha paytgacha hech qayerimda og‘riq sezmagandim. Lekin uyga kirib qo‘limni yuvayotganimda, qo‘limda ozgina og‘riq bo‘ldi. Vaziyatni tushuntirganimda uyimdagilar 103 ga telefon qilib, chaqirishdi. Tez tibbiy yordam xodimlari kelib, qo‘lingiz singan shekilli deb, olib ketishdi. O‘sha yerda ichki ishlar xodimlari qiynoqqa solishganini aytdim. Qo‘llarimni rentgen qilganimizda siniq chiqdi. Shifokorlar muolaja qilishdi. O‘sha kuni shifoxonadan chiqib, shahar prokuraturasiga qonuniy chora ko‘rishliklarini so‘rab, ariza yozib berdik. Tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlandi. Ekspertizaga yo‘llanma qilib berishdi.

    Fuqaroning singani aytilayotgan qo‘lining rentgen qilingan holati.

    Fuqaroning singani aytilayotgan qo‘lining rentgen qilingan holati.
    Foto: “Daryo”

    Buni eshitgan ichki ishlar xodimlari darrov yetib kelishib, nima uchun ariza yozayotganligimni so‘rashib, ‘Kelishib olgandik-ku’ deyishganda, ‘Nimani kelishib olgandik? Axir qo‘limni sindirib yubordi xodimlaringiz. Nega o‘sha paytda ularni rahbar bo‘la turib tartibga solmadingiz’, deb ularning oldidan ketdim”, — deydi Imron Shahobov.

    Shahobovning ta’kidlashicha, prokuraturaga yozib bergandan so‘ng organ xodimlari tomonidan unga turli tazyiq va qo‘rqitishlar bo‘lmoqda.

    “Post-patrul xizmatida ishlaydigan Farhod ismli mas’uli bor. Ariza yozganimdan keyin u yonimga kelib, avvaliga muloyim gapirib, xodimlarining aybini bo‘yniga olib, ularning nomidan kechirim so‘radi. Ko‘rgan zararimni qoplab berishini, evaziga arizamni qaytarib olishimni iltimos qildi. Men esa bu ish qonun doirasida o‘rganilayotganligini, buning ilojisi yo‘qligini aytib, iltimosini rad qildim. U bilan inspeksiyaga bordik, o‘sha yerda Said ismli bola bor ekan, u ham boshida kechirim so‘rayman degandi, qonun doirasida chora ko‘rilishini bildirdim. Shundan keyin qo‘rqitishni boshladi, ko‘cha-ko‘yda tazyiq o‘tkazilmoqda. Xodimlar ko‘rgan yerida ‘Seni yo‘q qilib yuboramiz, uzoqqa bormaysan. Baribir qo‘limizga tushasan’, degan gaplar bilan qo‘rqitishmoqda”, — deydi Shahobov.

    Fuqaro Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbarining izohida keltirib o‘tilgan fevral oyida ham xuddi shu mazmunda, ya’ni ichki ishlar organi xodimi uning qo‘l barmoqlarini sindirgani haqida murojaat qilinganini, lekin prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida uning ko‘rsatmalari o‘z tasdig‘ini topmagani bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan.

    “Shahar kengashi deputati Jahongir Jiyanovga holat bo‘yicha gapirib bergandim. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qildi. Meni ajablantirgani Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan munosabat bo‘ldi. Munosabatda ular meni shifoxonaga ertasi kuni kelgan demoqda, lekin men o‘sha kunning o‘zida borganman. Bundan tashqari bundan oldin ham, fevral oyida men bilan shunday voqea yuz berganligini qayd etishgan. Haqiqatan fevral oyida qo‘lim singan edi. Faqat unda o‘ng tarafidan. O‘shanda menga nisbatan 168-modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov jarayoni ketayotgandi. Tergovchi meni jabrlanuvchi bilan yuzlashtirish vaqtida kelishmovchilik kelib chiqqan. Aynan o‘sha paytda elektrda uzilish yuz berib, xona qorong‘i bo‘lganda xodim qo‘limni qayirib, olib chiqib ketgandi. Xodimning ehtiyotsizligi oqibatida o‘ng qo‘lim singandi. Bu bo‘yicha jinoyat ishi yopilgan. Hech kim hech qanday jazo olmagan”, — deydi Shahobov.

    “Daryo” muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida xodim bilan ham suhbatlashishga harakat qilgan, biroq buning imkoni bo‘lmagan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati mas’ullari holat bo‘yicha vazirlik tomonidan tegishli munosabat bildirilganini, yakuniy xulosa prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergov jarayonlari yakunida berilishini ta’kidlagan.

    Mavzuga doir: Andijonda IIB xodimlari fuqaroning qo‘lini sindirgani rad etildi

    18.07.2021, 12:27   Izoh (0)   30043
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 19-iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    18.07.2021, 11:26

    O‘zbekistonda so‘nggi bir sutkada 507 kishida koronavirus, 436 kishida pnevmoniya tasdiqlandi. Uch bemor vafot etdi

    18.07.2021, 11:05

    Buxoroda 230 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv tozalash inshooti ta’mirlandi

    18.07.2021, 10:25

    Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi

    18.07.2021, 10:04

    Toshkentda YPX xodimlari haydovchini urgani haqidagi xabarlar yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi

    18.07.2021, 09:06

    Toshkentda 175 mln so‘mlik dori vositasini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi

    18.07.2021, 08:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.