• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 230 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv tozalash inshooti ta’mirlandi

    Buxoro viloyatining Olot tumanidagi 46 yil oldin qurilgan “Ikki daha” suv tozalash inshooti modernizatsiya qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxoro shahri markazidan, taxminan, 130 kilometr olisdagi ushbu suv tozalash inshooti 1975-yil qurib bitkazilgan bo‘lib, Olot va Qorako‘l tumanlari kesishmasidagi suv yo‘lida joylashgan.

    “Buxoro suv ta’minoti” MChJ direktori Shohruxali Sa’dullayevga ko‘ra, eskirgan ushbu inshoot qurilganidan buyon biror marotaba modernizatsiya qilinmagan. Suv quvurlari eskirgan, nasoslar va elektr jihozlaridan foydalanish xavfsizligi ta’minoti yetarli darajada bo‘lmagan. Bu bevosita inshootdan aholiga yetkaziladigan suv sifatining iste’molga yaroqsiz holda bo‘lishiga olib kelgan. Besh yildan buyon aholiga ichimlik suvi yetkazib berish quvvati sutkasiga bor-yo‘g‘i, 12 ming metr kubni tashkil etgan.

    “46 yildan so‘ng suv inshootining modernizatsiya qilingani Qorako‘l va Olot tumanlarining 230 ming aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lidagi ulkan g‘alaba, desak adashmagan bo‘lamiz. Zero, bu ikki chekka tuman aholisi toza ichimlik suvi masalasida uzoq yillar davomida muammolarga uchrab kelgan. Inshootda modernizatsiyalash ishlari Jahon bankining qiymati 139 million dollarlik krediti asosida amalga oshirildi. Amudaryo suvlari yirik suv omborxonalarida zamonaviy usulda uch marotaba tozalanib, filtrlanadi. Bu orqali bir kunlik ichimlik suvini yetkazib berish quvvati 50 ming kub metrga yetkazildi. Bu Olot va Qorako‘l tuman aholisining ichimlik suvidagi ehtiyoji to‘liq qoplanadi, degani. Yana bir ahamiyatli jihati, avvalgi yillarda ichimlik suvi tarmoqlari faqatgina aholi yashash punktlarigacha yetkazilardi. Joriy yildan boshlab esa ichimlik suvi tarmoqlari aholi xonadonlarigacha tortilib, hisoblagichlar o‘rnatilmoqda”, — dedi Shohruxali Sa’dullayev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxoro hokimi Botir Zaripov mazkur yirik suv inshootida bo‘lib, Olot va Qorako‘l aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holati hamda suv sifati darajasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan.

    “Suv ta’minoti tizimlarida suv juda arzon narxda tarqatilishini hisobga olish zarur. Viloyatimizda bir metr kub ichimlik suvi o‘rtacha tarifda aholi iste’molchilari uchun 2450 so‘mni, budjet tashkilotlari va boshqa ulgurji iste’molchilar uchun 4420 so‘mni tashkil qiladi. Uning qiymati savdo do‘konlarida sotiladigan suvga qaraganda arzonligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi 295 so‘m, 4—5 kishilik oilaning bir oylik iste’moli 60—70 ming so‘mni, 1 kub metr tabiiy gaz 380 so‘m, xuddi shu oilaning bir oylik iste’moli 200—250 ming so‘mni tashkil etadi. Shu oila bir oy davomida 15 ming litr ichimlik suvi iste’mol qilsa, uning narxi 15—16 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Ko‘rinyaptiki, bugungi kunda ichimlik suvi narxi kommunal to‘lovlar orasida eng past ko‘rsatgichni tashkil etmoqda”, — dedi viloyat rahbari.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxoro hokimi, shuningdek, suv manbalari cheksiz emasligini, uni qadrlash va tejash madaniyatini ham unutmaslik kerakligini ta’kidlagan. Va ayrim xonadonlardagi hovuz, basseynlar ichimlik suvi bilan to‘ldirilishini, bog‘lar soatlab sug‘orilishini, isrofgarchilik yuqoriligini tanqid qildi.

    “Har bir fuqaro ichimlik suvidan foydalanishda tejamkorlikka amal qilsa, yildan yilga kamayib borayotgan suv zaxiralarining kelgusi avlodlarga ham yetib borishini ta’minlagan bo‘ladi”, — degan Botir Zaripov.

    Mavzuga doir: 

    • Farg‘onada ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida 132 ta suv qudug‘i ishga tushirilishi ma’lum qilindi
    • Qashqadaryoda 80 km masofadan ichimlik suv keltirishga mo‘ljallangan Oqsuv—Dehqonobod loyihasining birinchi bosqichi ishga tushdi

    18.07.2021, 10:25   Izoh (0)   29565
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi

    18.07.2021, 10:04

    Toshkentda YPX xodimlari haydovchini urgani haqidagi xabarlar yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi

    18.07.2021, 09:06

    Toshkentda 175 mln so‘mlik dori vositasini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi

    18.07.2021, 08:05

    Selda qolgan ayollar, birinchi kosmik turist, kommunistlar qarshi qo‘zg‘olon. Hafta suratlari

    18.07.2021, 01:06

    O‘zbekistonda 20-iyuldan boshlab oshxona, choyxona va restoranlarga faqat ochiq havoda ishlashga ruxsat beriladi

    17.07.2021, 23:58

    O‘zbekistonda 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilandi

    17.07.2021, 23:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.