Beshbarmoq istalgan dasturxonga ko‘rk beruvchi, mazasi og‘izda qoluvchi tansiq taom sanaladi. Uni iftorlikka tayyorlab, oila a’zolaringiz kayfiyatini ko‘tarishingiz mumkin.
Ushbu taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Tovuq — butun
- Piyoz 1 dona
- Sabzi 1 dona
- Tuz — ta’bga qarab
- Lavr yaprog‘i
- Un — 600-650 gr
- Suv — 350 ml
- Tuxum 2 dona
- Tuz — bir chimdim
- Piyoz va murch
- Tovuqdan bulyon tayyorlab oling, unga sabzi va piyoz hamda lavr yaprog‘i soling.
- Qaynaganidan keyin ko‘piklarini olib miltillatib past olovda qaynating, bulyon tiniq bo‘lib pishishi kerak.
- Tovuqli bulyon qaynaguniga qadar xamir qoring.
- Xamir har doimgidek qoriladi: tuzli suv, un, tuxumni qo‘shing.Xamir qattiq va tarang bo‘lishi kerak.
- Tayyor xamirni paketga solib biroz tingani qo‘ying.
- Xamirni jo‘va bilan katta qilib yoyib, to‘rtburchak shaklda qilib kesib chiqamiz (qalin yoki ingichkaligi o‘zingiz va oila a’zolaringiz xohishiga bog‘liq)
- Kesilgan xamir bo‘laklarini biroz stol ustida qoldiring.
- Bulyondan tovuq va sabzavotlarni oling.
- Tuz soling va kesilgan xamir bo‘laklarini pishirib oling.
- Xamir yopishib qolmasligi uchun kam-kamdan solib pishiring.
- Lagan yoki kattaroq idishga birinchi bo‘lib xamirni soling.
- Ustidan tovuq go‘shtini soling.
- Quruq bo‘lmasin desangiz bulyondan 3-4 qoshiq solishingiz mumkin.
- Taom ustini murchlangan piyoz bilan bezang.
Mavzuga doir:
- Iftorlikka to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan “lo‘la kabob”
- Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
- Iftorlik dasturxonini ozarbayjoncha ko‘katli cheburek bilan bezang
- Saharlik va iftorlikka o‘z qo‘lingiz bilan non pishiring: turkcha simit retsepti
- Iftorlikka tez hazm bo‘ladigan, sabzavotli “ragu” tayyorlang
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
Izoh (0)