Korfu orolidagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan Boeing 757-300 samolyotining dvigateli yonib ketdi. Bu haqda Philenews xabar berdi.

Samolyot bortida 273 yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Uchoq 16-avgust kuni Korfu (Gretsiya) — Dyusseldorf (Germaniya) reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Reysni Condor Airways aviakompaniyasi amalga oshirgan. O‘ng dvigatel taxminan 460 metr balandlikda ishdan chiqqan. Uchuvchilar uni o‘chirishga harakat qilgan, biroq parvozni bitta dvigatelda davom ettirishga qaror qilgan. Samolyot 2,4 kilometr balandlikda harakatlanib, Italiyaning Brindizi aeroportiga favqulodda qo‘ngan.
Hodisa guvohlari portlashga o‘xshash ovoz haqida xabar bergan va voqeani mobil telefonlarga yozib olgan. Qo‘nishdan so‘ng yo‘lovchilar tunni mehmonxonada o‘tkazgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot mavjud emas.
Izoh (0)