Qo‘shma Shtatlar o‘zining savdo hamkorlaridan Amerika tovarlarini ko‘proq sotib olishni talab qilmoqda. Aks holda ushbu mamlakatlar mahsulotlariga katta bojlar joriy qilinishi ma’lum etilgan.
Hindiston bu chaqiriqqa javob berishga tayyor. 2025-yilda Hindistonning Qo‘shma Shtatlardan energiya sotib olishi ikki baravar ko‘payishi mumkin. Nyu-Dehli Vashingtonning yuqori balansni tenglashtirish talabiga shunday munosabatda bo‘lmoqda, aks holda katta boj joriy etilishidan cho‘chiyapti. Business Standard gazetasi voqealarning shunday rivojlanishi ehtimoli yuqoriligi haqida yozdi.
AQSH yetakchisi Donald Tramp ko‘plab davlatlar, jumladan, Hindistonga bojlarni oshirishi bilanoq, Amerika qora oltinining Hindistonga importi ortdi.
Nashr Hindistonning Amerikadan yillik neft va neft mahsulotlari importini yiliga 10 milliard dollar sifatida baholagan.
AQSH prezidenti Donald Tramp aprel oyi boshida import uchun 10% dan 49% gacha bo‘lgan bojlar joriy etilishini e’lon qilgandi.

Tramp bojxona to‘lovlari joriy etiladigan 185 davlat ro‘yxatini keltirdi. Unga ko‘ra Hindiston tovarlariga 52% bojlar joriy qilinishi ko‘rsatilgan.
Oq uy rahbari bojlar kiritilishini “iqtisodiy mustaqillik deklaratsiyasi” deb atadi va 2-aprel “Amerika sanoatining tiklanish kuni” sifatida tarixga kirishini aytdi.
Izoh (0)