• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘g‘limga imkoniyat beringlar” — diniy mazmundagi materiallar tarqatgani uchun 3 yilga qamalgan talaba yigitning onasi jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi, 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov Telegram guruhda diniy mazmundagi nashida tarqatgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Jahongir Ulug‘murodovning telefon raqamiga ochilgan Telegram’da o‘zbek tilidagi “Shahid bo‘lib ketsak rozi bo‘lingiz” nomli “jihod” va “hijrat”ga daʼvat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 nafar aʼzosi bo‘lgan “Alhamdulillah” nomli guruhga tarqatgani aniqlangan. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, guruhdagi materiallar taqiqlangani qayd etilgan.

    Sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llab, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Mazkur holat keng jamoatchilik tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Hususan, faollar talabaning yoshligi, do‘stlariga yuborgan nashidaning maʼnosini tushunmay shu ishni qilgani va berilgan jazo o‘ta og‘irligini qayd etishgan.

    Sud jarayonini kuzatgan bloger Olimjon Haydarovning yozishicha, Jahongir 2022-yilning oktabr oyida YouTube‘da nashida eshitib qolgan (maʼnosini tushunmagan, chiroyli musiqasini yoqtirgan), saqlamagan, shunchaki qo‘shiq linkini 10 nafar sinfdoshlari bo‘lgan Telegram guruhiga tashlagan.

    “Birorta guruh aʼzosi linkni ochmagan, qiziqmagan ham (guvohlik va tushuntirish xatlari bor). Hammalari IIB binosiga olib kelingach, u linkdagi qo‘shiq nashida ekanini bilishgan. Yaʼni Jahongirni harakati hech qanday ijtimoiy xavf tug‘dirmagan”, — degan bloger.

    Jahongir Ulug‘murodovning onasi Gulchehra Umarova Prezident, Oliy sud va tegishli tashkilotlardan o‘g‘liga yengillik berishini so‘rab jamoatchilikka murojaat qilib chiqdi.

    Onaning aytishicha, o‘g‘li Jahongir holati bo‘yicha ichki ishlar bo‘limiga chaqirilgan. Keyinchalik uning telefoni ko‘zdan kechirilganida diniy mazmundagi materiallar borligi aniqlangan.

    “Kuz oylari edi. Ikki yigit uyimizga kelib dachada o‘g‘irlik bo‘lgani Jahongir ismli shaxslar bu ishni qilgan bo‘lishi mumkin, deb o‘g‘limni ham so‘roqqa chaqirishdi. O‘g‘lim hali ichki ishlar bo‘limidan kelmasidan, kech tunda o‘rtog‘ining ota-onasi uyimizga keldi. Ular Jahongir do‘stlariga nashida tarqatibdi, deb janjal qilishdi. Men gap nima haqida ketayotganini tushunmay qoldim.

    Jahongir bir soatlar ichida keldi. Undan nima edi deb so‘rasam, “Men ham nima ekanligini bilmayman, qo‘shiq deb eshitgandim”, dedi. Shundan keyin bolamni fevral oyida chaqirishdi. O‘shandan buyon Jahongirni ochiqda qaytib ko‘rmadim. Faqat tergov payti ikki marta borib ko‘rdim. Keyin tergovga advokat chaqiradi, deb aytishdi. Lekin davlat tomonidan berilgan advokat bizni chaqirmadi. Shundan keyin uni sud payti ko‘rdim.

    Advokatga tergov paytida ishlagani uchun 3 million, sud paytida qatnashgani uchun esa 3 million so‘m berdim. O‘zimiz advokat olishga qurbimiz yetmaydi. Suddan oldin advokat bilan ikki marta ko‘rishganman. U, “Bolangizni olib chiqib berolmayman, lekin yilini kamaytirib beraman”, deb aytdi. Ikki marta gaplashganimizda ham, sud kuni ham shu gapni qaytardi”, — dedi Gulchehra Umarova.

    Gulchehra Umarova tarqatilgan nashidaga o‘xshagan materiallarni eshitish mumkin emasligi haqida kamroq targ‘ibot qilinganidan norozilik bildirgan. Uning alohida taʼkidlashicha, o‘g‘li arab tilini bilmaydi.

    “Sud boshlandi. Tergov qilingan hamma bolalarning fikri bir xil bo‘lib chiqdi. Sudya bolalarga “Bu qo‘shiqni avval eshitganmisizlar”, deb savol berdi. Ular eshitmaganliklarini, faqat tergov payti qo‘yib berishganini aytishdi.

    Mahalla raisi sudga o‘g‘limni kafillikka olamiz dedi. Ishlagan va o‘qigan joyi ham Jahongir haqida yaxshi maʼlumot berishdi. O‘g‘lim yomon bola emasligini, bilmay shu ishni qilganini aytishdi. Bolam “Bilmagan ekanman”, deb sudda ham kechirim so‘radi.

    Hurmatli Prezident, Oliy sud, ichki ishlar vazirliklaridan yordam berishlarini so‘rayman. Jahongirga bir imkon beringlar. Bu menga ham berilgan imkon bo‘ladi!”, — dedi ona.

    Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ayrim elektron ommaviy axborot vositalari va virtual makon foydalanuvchilari orasida “tanishlariga oddiy diniy qo‘shiq — nashida tarqatgan talaba qamaldi” mazmunidagi noxolis maʼlumotlar tarqalayotgani yuzasidan munosabat bildirdi.

    10.05.2023, 13:54   Izoh (0)   13653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    10.05.2023, 13:02

    “Aloqabank” masʼullari nafaqat mijozini, OAV vakilini ham aldadi. Bank mansabdori bergan vaʼda vaʼdaligicha qolmoqda 

    10.05.2023, 12:40

    Nukus voqealarida ayblangan ikki shaxsga sirtdan hukm o‘qildi

    10.05.2023, 12:27

    “Yigitning harakati to‘g‘ri malakalangan”. Toshkent viloyati IIBB yigit nashida tarqatgani uchun 3 yilga qamalgani haqida

    10.05.2023, 12:16

    O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi boshlandi — MSK

    10.05.2023, 11:53

    Samarqanddagi gaz korxonasida yuz bergan portlash bo‘yicha jinoyati ishi qo‘zg‘atildi

    10.05.2023, 11:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Farzandli bo‘lgan Shahram G‘iyosov, Andijonda daraxt ekkan Munisa Rizayeva, rafiqasiga mashina sovg‘a qilgan O‘lmas Olloberganov

    Madaniyat | 18 avgust, 10:33

    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

    Reklama | 18 avgust, 10:30

    Olimlar probirkada ilk bor miya yetishtirdi

    Dunyo | 18 avgust, 10:10

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari yagona badal asosida pensiya olishi mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 09:59

    Janubiy Koreya prezidenti Pxenyan bilan muzokaralarni bosqichma-bosqich qayta tiklashni buyurdi

    Dunyo | 18 avgust, 09:49

    Turkiya chempionati. “Bashakshehir” “Kayserispor” bilan durang o‘ynadi. Shomurodov 70 daqiqa harakat qildi (video)

    Sport | 18 avgust, 09:40

    AQSH yadroviy suvosti kemasi va harbiylarini Karib dengiziga yubordi

    Dunyo | 18 avgust, 09:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.