• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘z talabini o‘zi buzgan prokuror, Sirdaryoda bellashgan xitoyliklar – hafta tenderlariga nazar

    “Daryo” O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan eng yaxshi tanlov va tenderlar hujjatlarini monitoring qilishda davom etadi. O‘tgan hafta davomida ham bir qator shubhali holatlar aniqlandi. Quyida eng e’tiborga molik savdolar haqida ma’lumot beramiz.

    Skinshot: etender.uzex.uz

    Bosh prokuror o‘rinbosari o‘zi tasdiqlagan talabni buzdi

    27-fevral – 6-mart kunlari Bosh prokuratura binolar va sport sog‘lomlashtirish markaziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 1.1 milliard so‘mlik eng yaxshi taklifni tanlash xaridini o‘tkazdi. G‘oliblik uchun “PR Komfort klimat Servis”, “More” hamda “Air and Expert” MCHJ kurashgan. 

    Skrinshot: registr.stat.uz

    Yakunda tashkil etilganiga bir yarim oy bo‘lmagan “PR Komfort klimat Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati g‘olib deb topilib, 938 million so‘mlik shartnomani tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

    Vaholanki, komissiya raisi tasdiqlagan texnik hujjatning 5.3 bandiga ko‘ra, korxona davlat reyestrida ro‘yxatga olinganiga uch yil bo‘lmagani sababli tanlovga qo‘yilmasligi lozim edi.

    Tanlovning texnik hujjatidan
    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Afsuski, chetlashtirish o‘rniga unga barcha mezonlar bo‘yicha yuqori baholar qo‘yilgan. Chunki g‘olib begona emas. Uning egasi uch yildan buyon Bosh prokuraturaga inolar va sport sog‘lomlashtirish markaziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha autsorsing xizmatini ko‘rsatib kelayotgan “Climate Comfort Service” MCHJ rahbari Gulambay Avazov hisoblanadi.

    Demak, bu yerda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lishi mumkin.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Ishlamayotgan korxona 113 millionlik tenderni yutib oldi

    O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deganlaridek, Do‘stlik tuman obodonlashtirish boshqarmasi davlat xaridiga oid qonunchilik talablarini buzishda davom etadi.

    Avvalgi haftada o‘tkazilgan tenderda tashkil qilinganiga 4 kun ham bo‘lmagan korxona g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan haftada 2022-yildan buyon faoliyat ko‘rsatmayotgan MCHJ shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lgan. Qanday deysizmi?

    Boshqarma 27-fevral 6-mart kunlari profil va alkofon sotib olish bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 113 million so‘mlik tender o‘tkazgan. Unda “Vsyostroy”, “Asil-Shohjahon” MCHJ hamda yakka tartibdagi tadbirkor Ulug‘bek Sattorovlar qatnashgan.

    Skrinshot: registr.stat.uz

    Xarid komissiyasi xulosasiga ko‘ra, “Asil-Shohjahon” MCHJ g‘olib deb topilgan.

    Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, korxona MCHJ Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, “Ziyokor” mahallasi raqamsiz uyda joylashgan. Shuningdek, ma’lumotda ushbu korxona faoliyat ko‘rsatmayotgani qayd etilgan. 

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Qo‘shnichilik — ming yilchilikmi?

    Kitob tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 26-fevral 5-mart kunlari bog‘chalar uchun isitish qozoni va unga zarur bo‘ladigan mahsulotlarni sotib olishga ikkita tanlov o‘tkazdi. Ularning umumiy boshlang‘ich qiymati 271,7 million so‘mni tashkil etgan. Shartnoma imzolash uchun “Boond” xususiy korxonasi va “Parijskaya Kamuna”, “Avto Service Office” MCHJlar bellashgan. Yakunda “Boond” xususiy korxonasi g‘olib deb topilgan.

    Tanlov ma’lumotlarini ko‘zdan kechirish davomida buyurtmachi va g‘olib o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlandi. Xo‘sh, bularning qanday bog‘liqligi bor? 

    Skrinshot: registr.stat.uz

    Gap shundaki, g‘olib firma Kitob tumani, Kitob shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 60-uyda ro‘yxatdan o‘tgan. Buyurtmachi ham xuddi shu ko‘chada, faqat besh-olti uy nariroqda, 48-uyda joylashgan. Ya’ni, pullar begona ketmagan.

    Tovar-xom ashyo birjasiga joylashtirilgan bitimlarga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2022—2025-yillarda amalga oshirilgan 53 xaridning 19 tasida “Boond” g‘olib bo‘lgan.

    Mahalladoshlar nima deydi?

    Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan o‘tkazilgan tenderlarda esa ikki mahalladosh raqobatlashgan.

    Skrinshot: registr.stat.uz

    Boshlang‘ich qiymati 17,3 million so‘m bo‘lgan tanlovlar 24-fevral 3-mart kunlari o‘tkazilgan. G‘oliblik uchun “Create new ideas” MCHJ hamda “Donyor bobo 2020” xususiy korxonasi kurashgan. 7-mart kuni rasmiylashtirilgan bayonnomaga ko‘ra, birinchi ishtirokchi 17,2 million so‘mlik shartnoma summasi bilan tenderlarni yutib olgan. 

    G‘olib firma Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Varq” mahallasi, Sangbur ko‘chasi, 37-uyda joylashgan. 

    Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi, deganlari rost, raqib “Donyor bobo 2020” xususiy korxonasi ham aynan “Varq” mahallasida, faqat boshqa ko‘chada faoliyat yuritadi.

    Skrinshot: registr.stat.uz

    Yana qo‘shnilar raqobati

    Namangan pedagogika kolleji 17-24-fevral kunlari kompyuterlarni ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha 15 million so‘mlik tanlov o‘tkazdi. Xizmat ko‘rsatish uchun “O‘n hayot trade” va “Reliable-seller” MCHJlar da’vogarlik qilgan. G‘alaba “Reliable-seller” MCHJga nasib qildi.

    E’tiborlisi, ikkala ishtirokchi ham Namangan shahri, “Nurafshon” MFY, Istiqlol ko‘chasi, 8-uyda joylashgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, g‘olib 6-7-sonli do‘konda, zaxira g‘olibi esa 3-do‘konda ixtisoslashmagan ulgurji savdo bilan shug‘ullanadi.

     

    Xitoyliklar Sirdaryoda bellashdi

    23-28-fevral kunlari Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Obodonlashtirish boshqarmasi yo‘l qurilish avtogreyderi sotib olish uchun eng yaxshi taklifni tanlash xaridini o‘tkazgan. Boshlang‘ich qiymati 1,1 milliardni tashkil etadi.

    Tanlovda “Sevalo Supply Chain”, “Grand Truck Group”, “Sany Automobile Manufacturing Central Asia”, “Mechanical United Service” hamda “Ema China Texnika Service” MCHJlar bellashgan. Yakunda “Ema China Texnika Service” MCHJ g‘olib deb topilgan.

    Barcha ishtirokchilar Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan. Yanada qizig‘i esa MCHJlarning to‘rttasi xitoylik investorlarga tegishli.

    Bundan ko‘rinib turibdiki, chin yurtidan kelgan tadbirkorlar o‘zaro bellashgan.

    Mas’ullardan ushbu shubhali tenderlar natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘raymiz.

    Xaridlarni kuzatishda davom etamiz.

    13 mart, 12:15   Izoh (0)   8214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #tender#xarid
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dehqonobod tuman hokimligi tender o‘tkazdi. Unda hokimlikka tegishli bozor g‘olib chiqdi 

    26.12.2024, 12:20

    Shubhali tender: Xalq banki 625 mln so‘mlik tenderda g‘irromlik qilgan bo‘lishi mumkin

    30.12.2024, 18:18

    Xalq banki tenderlarida aka-ukalar bellashdi. Biri — g‘olib, ikkinchisi — zaxira g‘olibi

    6 yanvar, 19:20

    “Dehqonobod kaliy zavodi” qonunchilikka zid ravishda tender o‘tkazdi

    13 yanvar, 17:20

    “Dehqonobod kaliy zavodi” o‘tkazgan 10 mlrd so‘mlik tender bekor qilindi

    16 yanvar, 10:21

    Lavozimidan ozod etilgan Sirdaryo viloyati hokimi, Yangiyo‘lda ijtimoiy kartadan foydalanishni boshlagan fuqarolar, 3 yildan 5 yilga uzaytiriladigan mahalla raisla...

    16 yanvar, 22:50

    O‘zini o‘zi yenggan tadbirkorlar, faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonaning ishtiroki — shubhali tenderlarga nazar

    20 yanvar, 10:51

    Navoiyda 16 yoshli bola sabab vafot etgan YPX xodimi, “M-25” koni hududida kuzatilgan holat, ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan poytaxt hok...

    20 yanvar, 23:00

    Qarshi magistral kanali o‘tgan yili 39 ta tender o‘tkazdi. Uning 21 tasida buyurtmachining “qo‘shnisi” g‘olib chiqqan

    22 yanvar, 10:57

    “Maxam-Chirchiq” tenderlarida g‘alaba qozonayotgan “noma’lum tadbirkor” kim?

    27 yanvar, 19:30

    Unutilgan ochiqlik va hisobdorlik: o‘zbekistonliklar Markaziy Osiyo xalqlari orasida haj ziyorati uchun eng ko‘p pul sarflaydi

    28 yanvar, 20:19

    Buxorodagi Muruvvat uyi shubhali tender o‘tkazdi. Xarid komissiyasi raisi esa o‘zi imzolagan hujjatdan bexabar

    30 yanvar, 18:10

    Toshkentda 20 yoshli qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar, bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatgani uchun jazolangan fuqaro, Buxoroda mashinani YPX xodimiga ha...

    30 yanvar, 23:00

    Toshkent—Andijon muqobil yo‘li loyihasi bo‘yicha xalqaro tender eʼlon qilindi

    3 fevral, 21:54

    Rekord darajada oshgan oltin quymalar, yangi stavkalari tasdiqlangan bojxona yig‘imlari, Riviera savdo markazidagi lift shaxtasida vafot etgan farrosh ayol: 3-fevr...

    3 fevral, 23:00

    Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli yo‘llarining qurilishi qachondan boshlanishi aytildi

    4 fevral, 17:41

    Farg‘onada o‘tkazilgan tenderda 600 ming so‘m taklif qilgan tadbirkor g‘olib chiqdi. Shartnoma esa 672 mln so‘mga tuzilgan 

    5 fevral, 19:40

    Milliardlar sarflangan sayt va platformalar nega ishlamayapti? 

    17 fevral, 19:47

    O‘zbekiston musulmonlari idorasida mablag‘lar o‘zlashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi

    19 fevral, 21:20

    Faoliyat ko‘rsatmayotgan g‘olib, yaqin qarindoshlar va qo‘shnilar bahsi — o‘tgan haftada o‘tkazilgan tenderlarga nazar 

    24 fevral, 19:05

    Andijondagi sport markazi ovqatlanish xizmati bo‘yicha o‘tkazayotgan tenderlarida mebelchi va kompyuterchi korxonalar g‘olib chiqmoqda 

    26 fevral, 17:22

    Qor sabab yiqilgan daraxtlar, maktabdagi tomi qulagan stadion, Toshkentdagi “dom”lardan birida sodir bo‘lgan gaz chaqnashi: 26-fevralning eng muhim xabarlari

    26 fevral, 23:24

    O‘zbekistonda bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

    3 mart, 10:45

    O‘z-o‘zini mag‘lub etgan tadbirkor, eski raqobatchilar va sobiq hamkorlar bahsi — o‘tgan haftada o‘tkazilgan tenderlarga nazar 

    3 mart, 22:10

    Prezident bolani maktab yoki bog‘chaga joylashtirish, OTMga kirishdagi tanish-bilishliklar haqida gapirdi

    5 mart, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 11:16

    Ikkita viloyatda jami 411 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:35

    Jizzaxda IIO xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga izoh berildi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:07

    O‘zbekistonda 10-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 09:56

    Oston O‘runovning goli “Persepolis”ga g‘alaba olib keldi (video)

    Sport | 9 may, 08:58

    Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 08:44

    Yevropa Ligasi. Angliyaning ikki klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 9 may, 08:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.