• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Surxondaryo

    Xalq banki tenderlarida aka-ukalar bellashdi. Biri — g‘olib, ikkinchisi — zaxira g‘olibi

    “Xalq banki” AJ Surxondaryo viloyati  Boysun, Uzun, Muzrabot va Oltinsoy  tumanlarida joylashgan bank binolarini ta’mirlash bo‘yicha tenderlar o‘tkazdi. Tenderlarda aka-ukalarga tegishli qurilish kompaniyalari raqobatlashgan. “Daryo” muxbiri lotlar ma’lumotlarini ko‘zdan kechirish jarayonida shu va boshqa shubhali holatlarga duch keldi.

    “Xalq banki” tomonidan 
    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Barcha tenderlarda qatnashgan kompaniyalar

    Tenderlarda bank tomonidan Boysun va Muzrabot tumanlari uchun 505 million, Uzun tumani uchun 627 million hamda Oltinsoy tumani uchun 492 million so‘mdan ortiq boshlang‘ich narx taklif qilingan. 

    Oltinsoy tumaniga tegishli lotga 6 ta, Uzun tumaniga 7 ta, Boysun va Muzrabot tumanlariga tegishli tenderda esa 4 tadan qurilish tashkiloti raqobatlashgan. “Surxon Kelajaktrans”, “Toshkent-Termiz-Qurilish” va “Chinor” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari barcha lotlarda ishtirok etgan.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Xarid komissiyasi a’zolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra, Muzrabot va Boysun tumanlaridagi binolarni “Chinor” MCHJ ta’mirlaydigan bo‘ldi. “Surxon Kelajaktrans” MCHJ esa zaxira g‘olib. Uzun tumanida “Surxon Kelajaktrans” MCHJ g‘alaba qozongan bo‘lsa, Oltinsoy tumanida “Farrux Erkin o‘g‘li” xususiy korxonasi g‘olib deb topildi. Ikkala tenderda ham “Toshkent-Termiz-Qurilish” zaxira g‘olibi sifatida ko‘rsatilgan.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Xarid komissiyasi raisi tasdiqlagan tanlash taklifining texnik qismini baholash mezonlariga ko‘ra agar tegishli hujjatlar, ya’ni davlat buyurtmachilarida loyihalarni amalga oshirganligi haqidagi shartnomalar, qurilish obyektini ko‘zdan kechirganlik to‘g‘risidagi buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma (dalolatnoma va rasm), doimiy ishlovchi xodimlarning hujjatlari va elektron mehnat daftarchalari, bank ma’lumotnomasi taqdim etilmasa, qurilish kompaniyasiga 0 ball qo‘yilishi, baholashdan o‘tmagan ishtirokchilar esa tanlovdan chetlatishi lozim edi.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Ammo “Chinor” va “Toshkent-Termiz-Qurilish” MCHJlari talab qilingan hujjatlarni komissiyaga taqdim etmagan bo‘lsa-da, ularga tegishli baholar qo‘yilgan hamda g‘olib va zaxira g‘olibi deb topilgan.

    Aka-ukalar raqobatimi?

    Yuqoridagi korxonalarning rahbariyati haqidagi ma’lumotlar ko‘zdan kechirilganda “Toshkent-Termiz-Qurilish” korxonasining ta’sischisi va rahbari Toshboyev Qutlug‘ Eshdavlatovich, unga barcha tenderlarda raqobatchilik qilgan “Chinor”ning ta’sischisi esa Toshboyev Quvonch Eshdavlatovich. Bu ikki shaxs aka-uka.

    Skrin: Statistika agentligi

    Ushbu ma’lumotni “Daryo” muxbiri bog‘langan “Chinor” MCHJ rahbari Toshboyev Nurkamol Eshdavlatovich tasdiqladi. Ushbu tadbirkorlik subyektlarining yuridik manzillari ham Termizda, bir-biriga juda yaqin hududda joylashgan.

    Skrin: Statistika agentligi

    Ikkita tender bo‘yicha haligacha shartnomalar tuzilmagan

    To‘rtala tender ham joriy yilning 22-noyabrdan 29-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda o‘tkazilgan. Bayonnomalar 3-dekabr kuni rasmiylashtirilgan. Shartnomalarning ikkitasi “Chinor” MCHJ tomonidan imzolangan. Qolgan ikkitasi bo‘yicha esa oradan bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, shartnomalar tuzilmagan. Vaholanki, xizmatlarni ko‘rsatish muddati shartnomalar imzolangandan boshlab 30 ish kuni hisoblanadi.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Avvalroq “Daryo” “Xalq banki” 13–19-dekabr kunlari boshlang‘ich narxi salkam 626 mln so‘mlik qurilish bo‘yicha tender o‘tkazgani, unda komissiya a’zolari g‘olibga yon bosgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi. 

    E’tiborli jihati, ushbu tender g‘olibi “Toshkent-Termiz-Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisoblanadi.

    “Daryo” davlat xaridlari sohasini nazorat qiluvchi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi va boshqa mas’ul bo‘lgan organlardan ushbu tenderlar natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda tegishli choralar ko‘rishni so‘raydi.

    6 yanvar, 19:20   Izoh (0)   13448
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #tender#Xalq banki#Surxondaryo
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar tashkil etiladi

    12.08.2020, 07:35

    Jizzax va Sirdaryodagi suv resurslari va yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi — Prezident qarori

    13.08.2020, 15:57

    O‘zbekistonda pensiya tarqatish huquqi “Xalq banki”dan olib qo‘yilishi mumkin

    12.03.2021, 18:34

    Uzbekistan Airways va yana 14 kompaniya IPO o‘tkaziladigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritildi

    17.04.2021, 10:31

    O‘zbekistonda UMS va ikkita bank xususiylashtiriladi

    24.03.2022, 07:45

    “Pensiya uchun davlat byudjetidan ko‘p mablag‘ ajratilayotgani xavotirli” — iqtisodchilar 

    08.08.2024, 17:07

    O‘zbekistonda chiqindilar xizmatlarini tadbirkorlarga berishda tender jarayonini onlayn kuzatish mumkin bo‘ladi 

    04.10.2024, 11:20

    AQSH Qozog‘istondagi AES qurilishida ishtirok etmoqchi 

    09.10.2024, 10:25

    Rog‘un GESda avariya: uch kishi halok bo‘ldi

    15.11.2024, 11:08

    Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan MCHJ rahbari ushlandi 

    19.11.2024, 20:40

    O‘zbekistonga 10 oyda 26 mlrd dollardan ziyod xorijiy investitsiya kiritilgan

    27.11.2024, 20:13

    Reuters: Hindistonning neft qayta ishlash korxonalari Rossiya neftiga muqobil izlamoqda 

    24.12.2024, 22:35

    “Askiya” bozorini zamonaviy ko‘rinishda qurish bo‘yicha tenderda Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi

    25.12.2024, 11:35

    Dehqonobod tuman hokimligi tender o‘tkazdi. Unda hokimlikka tegishli bozor g‘olib chiqdi 

    26.12.2024, 12:20

    Oliy Majlisga axborot taqdim etgan Nukus voqealari bo‘yicha komissiya, tasdiqlangan poytaxt bosh rejasi, havosi eng iflos shaharlari ro‘yxatidan joy olgan Toshkent...

    26.12.2024, 22:38

    Dehqonobod tuman hokimligi o‘tkazgan tender yuzasidan munosabat bildirildi. Natijalari bekor qilingan

    30.12.2024, 11:51

    Shubhali tender: Xalq banki 625 mln so‘mlik tenderda g‘irromlik qilgan bo‘lishi mumkin

    30.12.2024, 18:18

    Toshkent invest kompaniyasi “Pulli to‘xtash joylari” dasturini yaratish uchun qariyb 8 mlrd so‘m mablag‘ sarflaydi

    3 yanvar, 12:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50

    Namanganda 82 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.