• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Milliardlar sarflangan sayt va platformalar nega ishlamayapti?

    2024-yilda vazirlik va idoralar tomonidan veb-sayt va mobil ilova ishlab chiqish bo‘yicha o‘ndan ortiq tender o‘tkazilgan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilgan. Milliardlab mablag‘lar sarflangan sayt va portallarning ayrimlari ishga tushmagan yoki umuman ishlamayapti.

    “Daryo” ushbu veb-sayt va portallarning keyingi taqdiri bilan qiziqib, faoliyatini tahlil qildi.

    Foto: Madina Nurman

    Tender bekor qilingan, biroq platformani shu yil ishga tushirishmoqchi

    O‘tgan yilning iyul oyida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi “Qadriyatim.uz”, “Tanlov.manaviyat.uz” sayti va mobil ilovasini yaratish xizmati uchun 1,3 milliard so‘m (102 ming dollar)lik tender o‘tkazgan edi. O‘shanda tender muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

    Markaz sayt hamda mobil ilova yaratilishi haqidagi xabarga munosabat bildirib, tanlovlarni o‘tkazishda ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga amal qilinganini ma’lum qilgandi.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tanlov savdolari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirilganini, natijalar bo‘yicha “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani alomatlari yuzasidan nisbatan ish qo‘zg‘atilgani hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini bildirgandi. Biroq yakuniy xulosalar ommaga oshkora qilinmagan.

    “Daryo” muxbiri bog‘langan tender g‘olibi United IT Company MCHJ mas’ullarining aytishicha, tender natijalari o‘sha paytda Raqobat qo‘mitasi tomonidan bekor qilingan.

    Ammo Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot kotibi Barno Ahmedovaning aytishicha, “Qadriyatim.uz” platformasi, mobil ilovasini ishlab chiqish va ishga tushirish haqidagi e’lonni joriy yilning 3-choragida ochiq tanlov portaliga joylash rejalashtirilgan. Shartnoma bekor qilingan bo‘lsa, portal qaysi mablag‘ hisobidan yaratilayotgani haqidagi savol ochiq qoldi.

    Shov-shuvli portaldan hamon darak yo‘q

    2023-yilning oktyabr oyida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 10 nafar san’atkor haqida ma’lumot beruvchi portalni yaratish va amaliyotga tatbiq etish uchun salkam yarim milliard so‘m mablag‘ sarflayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan madaniyat va san’at sohasi vakillari haqida ma’lumotlar jamlanishi belgilangan portal oradan bir yarim yildan ortiq vaqt o‘tsa-da, haligacha ishga tushgani yo‘q.

    Skrinshot: ijodkorlar.uz

    Vazirlik mas’ullarining ma’lum qilishicha, o‘shanda saytni ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan muddat uzaytirilgan. Keyinchalik esa Madaniyat vazirligi yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilish orqali “Ijodkorlar.uz” saytini ishlab chiqish va buning uchun ajratilishi belgilangan mablag‘ni tejab qolish rejalashtirilgan. Ishlab chiqish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

    Sayt — mavjud. Ammo unga hech qanday ma’lumot joylanmagan. Unga sarflanishi ko‘zda tutilgan yarim milliard so‘m “tejab qolingani” haqidagi ma’lumot esa mavjud emas.

    Shartnoma ilovasi
    Skrin: xarid.uzex.uz

    Madaniyat vazirligi yana bir resurs — “O‘zbek madaniyati” portalini ishlab chiqish uchun salkam 600 million so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolagan. Shartnoma 2024-yilning oktyabr oyida imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, u 48 ish kunida ishlab chiqilishi lozim edi, ammo hozircha portaldan darak yo‘q.

    Vazirlik matbuot kotibi Sirojiddin O‘sarov portal ishlab chiqilganini hamda test rejimida ishga tushirilgani va aprel oyidan to‘liq faoliyat boshlashini bildirdi.

    1 milliard so‘mlik portal hali bitmagan

    Oktyabr oyida Fanlar akademiyasi “Fan-portal” (my.academy.uz) yagona axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tender o‘tkazgan. Lotning boshlang‘ich narxi 1 milliard so‘m etib belgilangan. Tenderda uch nafar ishtirokchi qatnashgan.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    Yakuniy xulosalarga ko‘ra, 802 million so‘m taklif qilgan “Unicon.uz-fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MCHJ g‘olib deb topilib, shartnoma imzolangan. Shartnomaga ko‘ra, g‘olib 90 kun davomida ishlarni bajarishi va topshirishi belgilangan.

    Fanlar akademiyasi mas’ullari tomonidan ayni paytda jarayonlar davom etayotgani, oxirgi ishlar amalga oshirilayotganini, tez kunda portal ishga tushishini bildirdi. Biroq qachon ishga tushishi bo‘yicha aniq ma’lumot berilmadi.

    Skrinshot: qadimiytoshkent.uz

    Shuningdek, Fanlar akademiyasining Tarix instituti aprel oyida “Toshkent shahar Arxeologik yodgorliklar sonini aniqlash va xaritalash” loyihasi bo‘yicha 100 million so‘mlik tender o‘tkazgan. Xarid komissiyasining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 90 million so‘mlik shartnoma imzolangan.

    Institut direktor o‘rinbosari Dilnoza Jamalovaning ma’lum qilishicha, “Qadimiytoshkent.uz” veb-sayti ishlab chiqilib, ishga tushirilgan. Ammo uning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatmayotgani, saytdagi ruknlar chala holda qoldirilganiga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.

    Qonun loyihalari qachon raqamlashadi?

    Adliya organlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi iyul oyida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlisi Senatida qonun loyihalarini ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarini raqamlashtirish” axborot-tahliliy tizimini ishlab chiqish bo‘yicha tender o‘tkazgan. Boshlang‘ich narxi 1,5 milliard so‘m bo‘lgan loyihani 750 million so‘m taklif bilan “Simplex” MCHJ yutib olgan.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    O‘rganishlar davomida tizim ishga tushgan yoki tushmaganini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.

    Simplex rahbari Nuriddin Rashidovning aytishicha, tizim ishlatish uchun tayyor, texnik ishlar o‘tgan yilning dekabr oyida yakunlanib, buyurtmachiga topshirilgan.

    Vazirlikdan esa ushbu tender yuzasidan ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi. “Daryo” bog‘langan mas’ullardan biri “yaxshi, aniqlashtiramiz” degach, savollarga qayta javob bermadi.

    1,2 milliard sarflangan saytlar qani?

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlantirish agentligi 2023-yilning aprel oyida Yagona startaplar platformasi veb-saytini ishlab chiqish bo‘yicha tender o‘tkazgan edi. Tender yakunlari bo‘yicha 705 million so‘mlik shartnoma imzolangan. Mablag‘ning yarim qismi o‘tkazilmaganligi bois 2024-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shimcha kelishuv imzolangan.

    Skrinshot: etender.uzex.uz

    O‘rganish davomida “Inplatform.uz” domeniga kirishning ham, holat yuzasidan agentlik matbuot xizmati bilan bog‘lanishning ham iloji bo‘lmadi.

    Shu bilan birga, 520 million so‘m mablag‘ sarflanib, ishlab chiqilgan Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlari va innovatsiyalari natijalarini baholash platformasi ham ishlamayotganligi aniqlandi.

    Skrinshot: cctld.uz

    Uzinfocom ma’lumotlariga ko‘ra, iftib.uz domeni mavjud emas. “Inplatform.uz” sayti uchun sotib olingan domen muddati tugagan.

    Jami 1,2 milliard so‘m sarflangan platformalarning ishlamayotgani esa achinarli.

    Xulosa

    Hozircha veb-sayt va portallar bo‘yicha imzolangan shartnomalarning ayrimlarini tahlil qildik xolos. Ammo kichik o‘rganish ham milliardlar sarflanayotgan resurslar ulardan kutilgan natijalarni bermayotganini ko‘rsatmoqda.

    Biz bu boradagi o‘rganishlarni davom ettiramiz. Mavzuga yana qaytamiz.

    17 fevral, 19:47   Izoh (4)   9610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #veb-sayt#platforma#tender#portal
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (4)

    Kirish
    1. sabur1088@gmail.com / 18 fevral, 12:54

      “Oliy taʼlim muassalarining ilmiy ishlari va innovatsion faoliyati natijalarini baholash platformasi” iftib.uz domenidan iftib.ilmiy.uz domeniga ko‘chirib o‘tkazilgan va hozirgi vaqtda ishlab turibdi

      Javob berish
      • umidjonjurnalist@gmail.com sabur1088@gmail.com / 24 fevral, 15:20

        Fikringizni agentlik mas`uli munosabati sifatida qabul qilsak bo‘ladimi?

        Javob berish
    2. sabur1088@gmail.com / 18 fevral, 12:51

      Yagona startaplar platformasi ham inplatform.uz domenidan startup.ilmiy.uz domeniga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi kunda mazkur platforma orqali “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalar” bo‘yicha startap loyihalar tanloviga hujjatlar qabul qilish davom etmoqda

      Javob berish
      • umidjonjurnalist@gmail.com sabur1088@gmail.com / 24 fevral, 15:20

        Agentlik saytida inplatform.uz domeniga havola berilgan. Bunda kim aybdor?

        Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.