• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boks

    Muhammad Ali uchun qasos: Taysonni dunyoga tanitgan jang haqida bilasizmi? (video)

    1986-yil fevral oyida Trevor Berbik Piklon Tomasini yengib, WBC versiyasi bo‘yicha superog‘ir vazn chempioni bo‘ldi. Shuningdek, shu yilning 22-noyabrida Berbikka chempionlik kamarini birinchi marta himoya qilish uchun Mayk Taysonga qarshi jang o‘tkazishi belgilandi.

    Foto: Championat

    O‘sha paytda Mayk Tayson professional boksda 27 ta jangda g‘alaba qozongan va ularning 25 tasida raqiblarini nokautga uchratgan edi. 31 yoshli Berbikda janglar soni ko‘proq bo‘lsa-da, u o‘zini yengilmas deb hisoblay olmasdi: janggacha Trevorda 31 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 durang bor edi. Shunga qaramay, u jangga juda ishonch bilan tayyorlandi va Taysonni yettinchi raundda nokaut qilishini aytdi. Shuningdek, chempion kuchli Mayk bilan teng kurasha olishini ko‘rsatishni maqsad qilgan edi.

    Aynan shu sabablar bilan Berbikka yuqori ishonch bildirildi, ammo birinchi soniyalardan boshlab jang Mayk Taysonning hukmronligi ostida davom etdi. Tayson juda o‘tkir va kuchli hujumlar qildi, ammo u raqibiga tashlanib ketmasdan, har yaqinlashganida va kuchli zarba berdi. Tizginni qo‘ldan chiqargan Trevorda jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keldi: u og‘ir zarbalarni boshiga qabul qildi va deyarli javob qaytarmadi. Birinchi raund oxirida chempionning oyog‘i titrayotgani aniq sezildi, ammo u o‘zini tutib qoldi — uning qutqaruvchisi raund tugashini bildirgan bong bo‘ldi. Shu bilan birga, Berbik burchakka borar ekan, raqibiga tilini ko‘rsatdi, bu esa, o‘zini qayta tiklashga urinayotgan sportchi fonida boshqacha ko‘rindi.

    Ikkinchi raundda Tayson yana hujumga o‘tdi va bir necha soniya ichida Trevor yerga yiqildi. U tezda turishga harakat qildi, o‘zini yaxshi his qilayotganini ko‘rsatishga urindi, lekin bunday bo‘lmadi va davomli zarbalar ostida qolaverdi. Mayk esa kombinatsiya ortidan kombinatsiya ishlatib, raqibining boshiga faol ravishda ishladi, va tanasiga ham e’tibor qaratdi. 20 yoshli chempionlik uchun da’vogar qisqa va kuchli zarbalar bilan raqibni urdi, Berbik esa javob qaytarishni to‘xtatdi. Ikkinchi raund oxirigacha 40 soniya qolganda, Tayson birinchi zarbada adashdi, ammo chap qo‘l bilan raqibining jag‘iga zarba yetkazdi, va Berbik yana polga yotdi. Kanadalik ikki marta turishga urindi, ammo har safar qaytadan yiqildi va nihoyat turishga muvaffaq bo‘lganda hakam jangni to‘xtatdi.

    Foto: ESPN

    Birgina zarba bilan Mayk Tayson Trevor Berbikni uch marta yiqilishga majbur qildi va superog‘ir vazn toifasi tarixidagi eng yosh chempionga aylandi. Bu rekord hozirgi kunga qadar yangilanishi mumkin bo‘lmagan holda qolmoqda va hozircha uni yangilashga harakat qilayotgan biror nomzod ko‘rinmayapti.

    Besh yil oldin, Berbik Muhammad Alini yenggan edi. Shu jangdan so‘ng Ali bokschilik karyerasini yakunladi. Tayson chempionlik kamarini qo‘lga kiritganidan so‘ng, u o‘zining qasos olish niyati bo‘lganini aytdi: “Men Berbikni o‘ldirishni niyat qilgan edim, chunki u Ali bilan jangda juda kuchli zarbalar bergan. Bu — hech qanday shubhasiz, Muhammad uchun qasos!”.

    Berbik, oxir-oqibat, Tayson tomonidan yengilgach, chempionlik darajasiga qaytolmadi, ammo yangi chempion, Mayk Tayson, ba’zi bahsli holatlarga qaramay, juda yorqin va esda qolarli bokschiga aylandi.

    22.11.2024, 15:44   Izoh (0)   34657
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Tayson#WBC#Muhammad Ali

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyalik bokschi Entoni Joshua IBF versiyasi bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida jahon chempioniga aylandi

    10.04.2016, 16:41

    “Jang 13 soniya davom etishi kerak: yaqinlashish uchun ikki, zarba uchun bir va hakamning sanog‘i uchun 10 soniya”. Mayk Taysonning eng mashhur iqtiboslari

    24.02.2021, 23:38

    Ringdagi “qotil”, kabutarlarga muhabbat, qamoq va sovurilgan millionlar. 55 yoshni qarshilagan afsonaviy Mayk Tayson haqida

    30.06.2021, 17:00

    Afsonaviy bokschi Nasim Hamid 48 yoshda. “Arab shahzodasi”ning faoliyatidagi asosiy 5 jang

    12.02.2022, 23:54

    “Boks sport sifatida tugagan kun”. Muhammad Alining eng bahsli g‘alabasi haqida

    25.02.2022, 23:56

    Sport tarixidagi eng buyuk shaxsning so‘nggi g‘alabasi. Muhammad Alining halokatli revansh jangi haqida

    03.06.2022, 23:50

    “Junglidagi vayronagarchilik”. Hasim Rahmonning Lennoks Lyuis ustidan sensatsion g‘alabasiga 22 yil to‘ldi (video)

    22.04.2023, 14:58

    Tayson Fyuri va Frensis Ngannu o‘rtasidagi jang g‘olibiga WBC’ning maxsus kamari topshiriladi (foto) 

    27.10.2023, 12:22

    Og‘riq va qon. Evander Holifild va Mayk Tayson o‘rtasidagi shov-shuvli jang haqida 

    14.11.2023, 12:10

    Oleksandr Usik va Tayson Fyuri mutlaq jahon chempionligi uchun jangdan qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi 

    16.05.2024, 21:22

    Tayson Fyuri — Oleksandr Usik. Nega ushbu jang “asr jangi” deb qaralmoqda?

    18.05.2024, 19:23

    Oleksandr Usik “asr jangi”da Fyuri ustidan g‘alaba qozondi va og‘ir vaznda mutlaq chempion nomini qo‘lga kiritdi

    19.05.2024, 04:38

    Oleksandr Usik barcha vazn toifalardagi 12-mutlaq chempionga aylandi 

    19.05.2024, 10:12

    Mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik IBF kamaridan ixtiyoriy ravishda voz kechdi

    26.06.2024, 10:55

    Oleksandr Usik o‘zining sevimli futbol klubi va futbolchilari qaysi ekanini aytdi

    20.08.2024, 11:09

    Oleksandr Usik kimlar bilan jang qilishni xohlashini aytdi

    26.08.2024, 11:43

    Oleksandr Usik Joshua—Dyubua oqshomiga tashrif buyuradi 

    01.09.2024, 18:21

    Fyuri—Usik 2. Qarama-qarshilik tarixi, bokschilarning gonorari va translyatsiya haqida ma’lumotlar

    11.09.2024, 21:08

    Dyubuaning murabbiyi: “Usik — firibgar va soxta chempion”

    30.09.2024, 16:12

    Sergey Bogachuk: Madrimov Terens Kroufordni mag‘lub etgandi

    16.10.2024, 20:20

    Taniqli promouter Tom Leffler Madrimov—Bogachuk jangi haqida fikr bildirdi

    22.10.2024, 19:54

    Dana Uayt MMA tarixidagi eng buyuk jangchi kim ekanini aytdi

    24.10.2024, 09:50

    Oleksandr Usik nega hamon faoliyatini davom ettirayotgani haqidagi savolga javob berdi 

    25.10.2024, 23:59

    Tayson Jek Pol bilan jangda ringda o‘lishga ham tayyorligini bildirdi

    30.10.2024, 11:28

    Mayk Tayson Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi haqida gapirib o‘tdi 

    04.11.2024, 16:10

    Promouter Eddi Hirn Oskar de la Hoyaga 5 ta katta jang tashkil etishni taklif etdi 

    07.11.2024, 13:05

    Konor Makgregor Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi haqida gapirib o‘tdi

    07.11.2024, 16:15

    Isroil Madrimov Oskar de la Xoya sabab Verjil Ortisga qarshi jang qila olmasligi mumkin 

    08.11.2024, 11:11

    Mayk Tayson blogerga qarshi jangda qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi

    12.11.2024, 09:37

    Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jeyk Polga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchradi

    16.11.2024, 10:36

    Tayson kelgusi yili yana jang qilishni rejalashtirmoqda

    18.11.2024, 10:19
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52

    Shimoliy Koreyada may oyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan kema qayta suvga tushirildi

    Dunyo | 8 iyun, 21:45

    O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:20

    Rossiya va Ukraina askarlarning jasadi almashinuvi borasida ziddiyatga bormoqda

    Dunyo | 8 iyun, 21:10

    O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 20:50

    Britaniyada 140 yil avval cho‘kkan kema topildi

    Dunyo | 8 iyun, 20:20

    Rossiya Ukrainaning markaziy hududiga bostirib kirganini da’vo qilmoqda

    Dunyo | 8 iyun, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.