• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sport tarixidagi eng buyuk shaxsning so‘nggi g‘alabasi. Muhammad Alining halokatli revansh jangi haqida

    Afsonaviy bokschi Muhammad Ali bundan 6 yil avval, 2016-yilning 3-iyunida vafot etgandi. Ammo boks mavjud ekan, uning nomi hech qachon unutilmaydi. Tug‘ilganda Kassius Marsellus Kley bo‘lgan Ali tarixdagi eng buyuk bokschilardan biri hisoblanadi. U ushbu sport turidagi ko‘plab normalarni buzib, ko‘pchilikka “kapalakdek uchib, aridek chaq” shiori bilan tanish bo‘lgan mutlaqo yangi uslubni o‘ylab topgan.

    Muhammad, shuningdek, raqiblariga bosim o‘tkazish uchun mohirlik bilan tresh-tok’dan foydalanganlarning birinchisidir. Sport yutuqlaridan tashqari, Ali siyosatchi va saxovatli xayriyachi sifatida ham tanilgan. “Buyuk” laqabini olgan Ali 1978-yilning 15-sentabrida faoliyatidagi so‘nggi g‘alabasini qo‘lga kiritgan. U vafot etgan sana munosabati bilan quyida ushbu jang va uning atrofidagi tafsilotlar haqida so‘z yuritiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Muhammad Ali o‘sha paytga kelib, keksa va boks faxriysi hisoblanardi. U 36 da edi, bu yoshdagi aksariyat bokschilar katta sport bilan xayrlashayotgan vaqtlar edi. 1978-yilning fevral oyida Ali shov-shuvli tarzda Leon Spinksga yutqazib qo‘yadi, shundan so‘ng ko‘pchilik uning faoliyatiga nuqta qo‘yishga ulgurgandi. U yosh raqibidan texnika borasida ustunroq bo‘lsa ham, harakatlari ancha sekinlashib qolgandi. Jangda Spinks faolroq harakatlanadi va butun sport olamini hayratda qoldirgan holda g‘alabani o‘z tomoniga og‘diradi. Ali raqibini charchatishni maqsad qilgandi, ammo Leon kuchini butun jangga to‘g‘ri taqsimlay oladi. Qolaversa, Muhammad oson g‘alaba va yuqori notada sportni tark etishga umid qilib, jang oldidan deyarli mashg‘ulot o‘tkazmagandi.

    Yaqinlari va do‘stlari Alini Spinksga qarshi revansh jangidan voz kechishga va haqiqatan ham faoliyatini yakunlashga ko‘ndirishga astoydil harakat qiladi. “Buyuk”ning sog‘lig‘ida ko‘plab muammolar kuzatiladi: Erni Sheyvers ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Muhammadning shaxsiy shifokori undan sportni tark etishni so‘raydi, bokschining yaqinlariga ogohlantirish xatlarini ham yuboradi.

    Ali yaqinlashib kelayotgan jiddiy kasallikning dastlabki belgilari: bosh og‘rig‘i va xotira bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekardi. Revansh ishtiyoqida yonayotgan Muhammad yaqinlarining gapiga ham, o‘z aqliga ham quloq solmaydi. Spinks bilan revansh jangi 15-sentabr kuni Nyu-Orleandagi “Superdoum”da bo‘lib o‘tadi. Biroq bu safar jang favoriti Ali emas, Leon edi.

    Muhammad jangga yaxshi tayyorgarlik ko‘radi, jismoniy holatini ham tiklab oladi. Spinks o‘zining zarbalari bilan mashhur raqibiga deyarli yetib bora olmaydi, u yosh bokschiga tom ma’noda saboq berib qo‘yadi. To‘g‘ri, Ali eng yaxshi vaqtlaridagi bilan bir xil darajada tezlikni ko‘rsata olmaydi, lekin bu ajoyib texnika va himoyadagi mohirlik bilan kompensatsiya qilinadi. Bir necha raundda Ali go‘yo o‘zining eng zo‘r yillarida bo‘lgani kabi ringda shunchaki “parvoz qilar”, aniq jeblar bilan raqibini “siylar” va o‘zi tomon uchib kelayotgan zarbalarga mohirlik bilan chap berardi.

    Charchagan vaqtida klinch holatiga kirib, o‘ziga nafas rostlash imkonini taqdim etardi. Leon esa bu fonda shunchaki ojiz ko‘rinardi: unga bir vaqtning o‘zida bir qancha murabbiyning ko‘rsatmalari ham yordam bermaydi. “Buyuk” faxriy deyarli barcha raundlarda Spinksdan ustun bo‘lib, hakamlarning qarori bilan ishonchli g‘alabaga erishadi va chempionlik kamarini qaytarib oladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    G‘alabadan so‘ng Ali professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qiladi. Biroq muvaffaqiyatsiz pul sarmoyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy muammolar keksa Muhammadni yana ringga chiqishga majbur qiladi. “Buyuk” WBC kamari egasi Larri Holmsga qarshi ringga ko‘tariladi. Uning ahvoliga qarash kishida achinish hissini uyg‘otardi: Holms 10-raunddan keyin taslim bo‘lgan Alini ortiqcha qiyinchiliksiz yaxshigina qiynab qo‘yadi.

    Bir yil o‘tgach Ali Trevor Berbik bilan jang qiladi va ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchraydi. Shundan so‘ng esa butunlay faoliyatini yakunlaydi. Oldinda uni parkinson kasalligiga qarshi kechgan uzoq kurash kutib turgandi.

    1984-yilning sentabr oyida Ali eshitish, nutq va tananing motor funksiyalari yomonlashgani sababli Nyu-Yorkdagi kasalxonalarning biriga yotqiziladi, barcha tahlil va tekshiruvlardan so‘ng shifokorlar unga parkinson tashxisini qo‘yadi. O‘sha davrda Muhammadning kasalxonaga yotqizilishi butun sport olamini larzaga keltirgandi. Kasallik davosiz, barcha mavjud muolaja usullari uning alomatlarini yengillashtirishga qaratilgan, xolos.

    Ali kasallikdan aziyat chekardi, biroq bu narsa uning aqliy qobiliyatlariga ta’sir o‘tkazmaydi. Shu bois u o‘zini Islom diniga xizmat qilishga bag‘ishlashga qaror qiladi. Muhammad umrining so‘ngigacha odamlarga yordam berish va muntazam ravishda xayriya ishlari bilan band bo‘ladi. Hatto yaqin sharq mamlakatlaridagi ekstremistik guruhlar bilan muzokaralarda ham qatnashadi. O‘ziga berilgan maqomga mos ravishda hayot kechirgan Muhammad Ali 2016-yilning 3-iyun sanasida, Arizona shtatidagi kasalxonada, 74 yoshida hayotdan ko‘z yumadi.

    Mavzuga doir: 

    • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali
    • “Boks sport sifatida tugagan kun”. Muhammad Alining eng bahsli g‘alabasi haqida
    • Afsonaviy Muhammad Aliga qarshi 15 raund turib bergan “nouneym”. “Rokki” filmining yaralishiga sababchi bo‘lgan bokschi haqida
    • Tayson va Muhammad Alini millionlab dollarga “uxlatgan” va arzimagan chaqalar evaziga sheriklarini o‘ldirgan kallakesar promouter Don King haqida

    03.06.2022, 23:50   Izoh (0)   48763
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona” aksariyat futbolchilarining maoshini 50 foizga qisqartirmoqchi

    03.06.2022, 19:01

    Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finalida Toshkent va Jizzax jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi

    03.06.2022, 17:46

    Superliga 12-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

    03.06.2022, 15:18

    UFC prezidenti professional boksni buzilgan biznes deb atadi

    03.06.2022, 14:30

    Luis Enrike JCH—2022 ning asosiy favoritlarini sanab o‘tdi

    03.06.2022, 12:45

    Lebron Jeyms milliarder sportchilar qatoridan joy oldi

    03.06.2022, 11:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.