Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Darvin Nunyes faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Unga ko‘ra, urugvaylik futbolchining Saudiyaga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori. Sababi “Al-Hilol” Nunyesning vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. Yaqin kunlarda “Liverpul” va Riyod klubi o‘rtasida 26 yoshli hujumchining transferi bo‘yicha muzokaralar boshlanishi mumkin.
“Liverpul” “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isak bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda. Agar “hakkalar” bilan rasmiy muzokaralar ijobiy yakunlansa, Darvin Nunyesga klubni tark etishga majbur bo‘ladi. Sababi shvetsiyalik hujumchining kelishi, Darvinning o‘yin amaliyotga ta’sir qiladi
Nunyes 2022-yilda 85 million yevro evaziga Portugaliyaning “Benfika” klubidan “Liverpul”ga o‘tgan edi. Aynan o‘sha yili “Manchester Siti” Erling Holandni transfer qilgan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi kuchli raqobat fonida ikki hujumchi doimiy solishtirilib kelinardi. Afsuski, Darvin ommaviy axborot vositalari va muxlislar bosimiga dosh bera olmadi. Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish — futbolchining OAV va jamoatchilik bosimidan xalos bo‘lishi uchun yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli Darvin Nunyes o‘tgan mavsumda “Liverpul” safida jami 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)