• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Junglidagi vayronagarchilik”. Hasim Rahmonning Lennoks Lyuis ustidan sensatsion g‘alabasiga 22 yil to‘ldi (video)

    Boks tarixidagi eng katta sensatsiyalardan biri hisoblanadigan Lennoks Luis va Hasim Rahmon o‘rtasidagi jang bundan roppa-rosa 22 yil oldin bo‘lib o‘tgandi.

    Professional boks olami ko‘plab kutilmagan natijalarni ko‘rgan. Ammo eng katta rezonansni asosan og‘ir vazn toifasidagi apsetlar keltirib chiqaradi. Balki bu dominantlik qilayotgan va kuchli bo‘lgan og‘ir vazn toifasi vakilining yiqilishiga ishonish qiyinligi uchundir. Shunga qaramasdan “qirollik divizioni”da har o‘n yillikda bir necha bor dahshatli sensatsiyalar qayd etiladi va tarixga afsonaviy maqomi bilan kiradi.

    1990-yillarda Mayk Taysonning Baster Duglasga mag‘lub bo‘lgani, shuningdek, 2019-yilda Entoni Joshuaning Endi Ruisga, 2015-yilda esa Vladimir Klichkoning Tayson Fyuriga mag‘lubiyatlari eslanadi. XXI asrning ilk o‘n yilligi haqida gapirilganda esa boks tarixidagi eng katta apsetlardan biri hisoblanadigan Lennoks Luis — Hasim Rahmon jangi aytiladi.

    Jangdan avval

    Lennoks Luis 1997-yilda faoliyatida ikkinchi bor Jahon chempioniga aylangan. U 1994-yilda Oliver Makkolga mag‘lub bo‘lib, yo‘qotgan unvonini aynan Makkolning o‘ziga qarshi jangda qaytarib olgandi. Britaniyalik bokschi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha kamarlarni yig‘ishni boshlagandi. Luis 2001-yilda allaqachon shon-shuhrat cho‘qqisida edi. Lennoks bungacha Shennon Brigs, Evander Holifild va Devid Tualarni mag‘lub etgandi. Mutlaq chempion nomi uchun faqatgina bitta kamar yetishmayotgandi.

    Umuman olganda Luis shu darajada mashhurlikka erishgandiki hatto raqib tanlashi ham mumkin edi. Avvaliga u Mayk Tayson bilan jang qilishni rejalashtirgan, biroq Tayson Anjey Golotaga qarshi jang oldidan narkotik qabul qilgani uchun diskvalifikatsiya qilingandi. WBA chempioni Jon Ruis bilan kamarlarni birlashtiruvchi jang bo‘yicha muzokaralar esa qiyin kechgandi. Bokschi kamarlarini oson himoya qilish uchun o‘sha vaqtda taniqli bo‘lmagan Hasim Rahmon bilan jang qilish variantini qabul qildi.

    Foto: Getty Images

    Bu vaqtga kelib amerikalik Hasim Rahmon uchta g‘alabadan iborat seriya qayd etayotgandi. Bundan tashqari allaqachon Devid Tua va Oleg Maskayevga qarshi janglarda muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchragandi. Barchada Rahmon Luisning temir zarbalariga dosh bera olmaydi degan fikr bor edi. Biroq amerikalik bokschi o‘zini tanitib olish imkoniyatidan voz kechmagan va jiddiy munosabat bilan yondashgan.

    Tomonlar jangni JAR davlatida o‘tkazishga kelishib olgandi. Bularning barchasi Afrikada o‘tgan Muhammad Ali va Jorj Formann o‘rtasidagi “Junglidagi shovqin” (Rumble in the Jungle) deya nomlangan mashhur jangni eslatib yuborardi. Lekin ko‘pchilik u darajadagi qarshilik bo‘lmasligini va Luis raqibini osonlik bilan mag‘lub etishini kutgandi.

    Britaniyalik bokschining o‘zi ham bunga shunchalik ishonganki, tayyorgarlikka jiddiy e‘tibor qaratmagan. Jang dengiz sathidan 1,5 kilometr balandlikdagi Brakpan shaharchasida (Pretoriya yaqinida) bo‘lib o‘tishi kerak edi. Luis JARga ertaroq kelishi va iqlimga moslashish jarayonini o‘tkazishi kerak edi. Biroq Lennoks buning o‘rniga epizod rollardan birini ijro etishi kerak bo‘lgan “Oushenning 11 do‘sti” filmining suratga olish ishlari bilan band bo‘lgan va tayyorgarlik uchun ko‘p vaqt ajratmagan.

    Rahmon esa jangdan 1 oy avval JARga yetib kelgan va hayot-mamot imkoniyati berilganini bilib, faoliyatidagi eng yaxshi mashg‘ulot lagerlaridan birini o‘tkazgan. Tayyorgarlikdagi farqqa qaramay bukmekerlar Hasimga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib, uni yaqqol autsayder hisoblagan.

    Jang

    Nihoyat, o‘sha kun keldi. 22-aprel kuni ikki bokschi Carnival City Casino ringida to‘qnash keldi. Birinchi raundning katta qismi jeblar almashinuvi bilan o‘tdi. Rahmon berilgan zarbalar soni bo‘yicha raqibidan ortda qolmadi, lekin aniqlik bo‘yicha 5 martaga yutqazdi. Ikkinchi raundda Lennoks faollashib, apperkotlar va o‘ng qo‘lda to‘g‘ridan zarba yo‘lladi. Rahmonning g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlari minimallashib borayotgandek edi.

    Uchinchi raund ham Luis uchun yaxshi o‘tdi. Lennoks kombinatsiyalar bilan ishladi. Hasimni katta muammolardan tana bilan qilgan to‘g‘ri harakatlari qutqarib qoldi. U har qanday holatda ham britaniyalik jangchining zarbalariga uzoq turib bera olmaydigandek ko‘rinardi.

    To‘rtinchi raundning oxirida esa Luis sekinlashayotgani va oyoq bilan yomon ishlayotgani sezildi. Rahmon esa aksincha xilma-xillikni saqlab qoldi va qo‘shib bordi. Beshinchi raundda Rahmon jasorat bilan tez-tez oldinga bordi. Luis Rahmonning hujumlariga kulib javob berdi. Biroq raund oxirida Lennoksning funksional tayyorgarligi yana pand berishni boshladi. Avvaliga u jeblar seriyasini o‘tkazib yubordi va ring chetiga borib qoldi. Keyin yana kulgi bilan Rahmonning zarbalaridan qochishga harakat qildi, biroq dahshatli o‘ng qo‘l zarbasiga duch keldi va nokautga uchradi.

    Foto: Getty Images

    Shu bilan Rahmon WBC, IBF va IBO versiyalariga ko‘ra jahon chempioniga aylandi. Beshinchi raundning so‘ngidagi omadli hujum uni jahon darajasidagi yulduzga aylantirdi. Luis esa faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

    Bunday sensatsion mag‘lubiyatdan keyin Muhammad Alining davomchisi bo‘lish va Afrikada g‘alaba qozonish fikri shunchalik sharmandali hamda muvaffaqiyatsiz ko‘rindiki, mashhur sharhlovchi Larri Myorchent Lennoksning ustidan nozik hazil qildi. U jangni “Junglidagi vayronagarchilik” (Crumble in the Jungle) deb atadi.

    Revansh

    Bu g‘alaba Rahmonga shartnomalar, shon-shuhrat va mashhurlik keltirdi. Hasim Don Kingning mijoziga aylandi. Promouterlar qirolining bokschi uchun rejalari bor edi. U Rahmon uchun bir nechta himoya janglari tashkillashtirmoqchi edi. Avvaliga amerikalik bokschiga qarshi o‘rtamiyona jangchi bo‘lgan Brayan Nilsenni qarshi qo‘yishmoqchi edi, ammo jang barbod bo‘ldi. Keyin Rahmon Devid Ayzonga qarshi himoya jangini o‘tkazishni kelishib olgandi, ammo bu safar ishga Luis aralashdi.

    Britaniyalik jangchining advokatlari sudga murojaat qilib, Rahmon rad etayotgan revansh jangini talab qildi. Qonun Lennoks tomonida bo‘ldi va Rahmon darhol Luisga qarshi himoya jangini o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bu safar britaniyalik jangchi raqibiga hurmat bilan munosabatda bo‘ldi va klassda ular o‘rtasidagi farq qanchalik katta ekanini ko‘rsatdi. Lennoks Luis 4-raundda Hasim Rahmonni nokautga uchratdi. Undan keyin esa Mayk Tayson va Vladimir Klichko ustidan g‘alaba qozonib, qo‘lqoplarini mixga ildi.

    Rahmon esa ringda ko‘p vaqt harakat qildi, biroq uning faoliyatidagi o‘sha daqiqa asosiysi bo‘lib qoldi. Ha, Hasim keyinchalik ham chempionlik kamariga egalik qildi, shuningdek, titul uchun Vladimir Klichko va Aleksandr Povetkinga qarshi ham ringga ko‘tarildi. Lekin u hech qachon o‘zining 2001-yildagi muvaffaqiyatidan o‘zib keta olmadi.

    22.04.2023, 14:58   Izoh (0)   13186
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kilian Mbappe Fransiya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 16-o‘ringa ko‘tarildi 

    22.04.2023, 10:51

    Xavi Lionel Messining “Barselona”ga qaytishiga ishonmoqda

    22.04.2023, 09:40

    Superliga. “Neftchi” “Buxoro”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi  

    21.04.2023, 20:46

    U-20 Jahon Chempionati—2023 ga qur’a tashlandi. O‘zbekiston yoshlari Argentinaga qarshi o‘ynaydi

    21.04.2023, 19:42

    Superliga. “Bunyodkor” “Surxon”ga qarshi bahsda mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

    21.04.2023, 19:30

    Italiyadan 5 ta, Angliya va Ispaniyadan 2 ta vakil Yevrokuboklarning 1/2 finalida ishtirok etadi 

    21.04.2023, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Ukrainada nazorat yo‘qolganini ta’kidladi

    Dunyo | 25 iyun, 20:15

    Emomali Rahmon Tojikiston prezidentligiga qanday kelgan?

    Dunyo | 25 iyun, 20:05

    Toshkentda ko‘plab avtobus yo‘nalishlarining qatnov yo‘li vaqtincha o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:50

    Isroilga moyillik ko‘rsatishni istamagan nomzod Nyu York meri bo‘lishi mumkin

    Dunyo | 25 iyun, 19:40

    Senat muxolifat huquqlarini kuchaytirishga oid qonunni maʼqulladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:30

    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi

    Reklama | 25 iyun, 18:00

    “Hukumat moliyaviy sektorda asosiy rol o‘ynayotgani yomon”. XVJ O‘zbekiston iqtisodiy siyosatini tahlil qildi

    Iqtisodiyot | 25 iyun, 19:20

    Quyosh, dengiz va erkinlik: sayohat qilishni orzu qiluvchilar uchun ajoyib filmlar

    Kino | 25 iyun, 19:10

    Andijonda 2,5 gektar yerni turar joy toifasiga o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:01

    Qora kiyimda kelish tavsiya etiladi: hayvonot bog‘ining o‘ziga xos sirlari

    Layfstayl | 25 iyun, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.