• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Og‘riq va qon. Evander Holifild va Mayk Tayson o‘rtasidagi shov-shuvli jang haqida

    Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda.

    Konvensiya doirasida afsonaviy bokschi Evander Holifild ham Toshkentga tashrif buyurdi.

    Evander Holifild 1988-yilda og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan. “Ring” jurnali talqiniga ko‘ra “Yil bokschisi” (1987, 1996, 1997) deb topilgan. BoxRec’ning vazn toifasidan qat’i nazar barcha davrlarning eng yaxshi bokschilari reytingida 91-o‘rinni egallab turibdi.

    Holifild professional boks tarixida superog‘ir vazn toifasida 4 karra jahon chempioni bo‘lgan yagona bokschi hisoblanadi. Evanderning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning Mayk Tayson bilan janglari alohida o‘rin olishini ko‘rish mumkin.

    Bundan 26 yil avval boks tarixidagi eng shov-shuvli janglardan biri o‘tkazilgan. 1997-yilning 28-iyun kuni Las-Vegasda Mayk Tayson va Evander Holifild o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tadi. Jang raqibining qulog‘ini tishlab olgani uchun 3-raundda “Temir Mayk”ning diskvalifikatsiyasi qilinishi bilan yakunlanadi. Quyida ushbu voqea va uning atrofidagi tafsilotlar haqida so‘z yuritiladi.

    Foto: Reuters

    Janggacha bo‘lgan yo‘l

    O‘tgan asrning 80—90 yillarida Mayk Tayson va Evander Holifild boks olamining asosiy yulduzlari bo‘lgan. “Temir Mayk” super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni edi, u to‘qqiz marta o‘z unvonini himoya qilishga muvaffaq bo‘lgandi, shaxsiy rekordi esa 37-0 ni tashkil qilardi. Bokschi Muhammad Ali va Jo Luis kabi afsonalarga qiyoslanadigan darajaga yetgandi. Holifild esa bu vaqtga kelib, birinchi og‘ir vazn toifasida jang qilardi, 18 ta g‘alabaga erishib, 1988-yilda ushbu toifadagi barcha kamarlarni yig‘ib qo‘ygandi. Shu tariqa uning super og‘ir vaznga o‘tishi tobora aniqlashib borayotgandi. Holifild yangi vazndagi dastlabki beshta jangni nokaut bilan yakunlaydi va 1990-yilda Tayson bilan to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yuborgandi.

    Xuddi shu yili boks tarixidagi eng shov-shuvli sensatsiyalardan biri sodir bo‘ladi. Giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar bilan bog‘liq muammolar va jamoasining kutilmaganda tarqatib yuborilishi Taysonning aqliy va jismoniy holatiga shu qadar ta’sir o‘tkazadiki, u hamyurti Jeyms “Buster” Duglasga qarshi navbatdagi himoyaga shunchaki tayyorlana olmaydi. Jangdan oldin Duglasning imkoniyatlari juda past baholanadi. Biroq “Buster” Taysonni osongina “tinchitish” barobarida, uni ilk marta nokautga uchratadi.

    Yorqin g‘alabadan so‘ng Duglas o‘zini yo‘qotib qo‘yadi: u tez-tez sport rejimini buzishni odat qilib, 130 kg gacha vazn yig‘ib qo‘yadi. Holifild bilan jangga kelib, u allaqachon o‘z soyasiga aylanib bo‘lgandi. Atlet Holifildga Duglasni “yo‘q qilish” uchun atigi 3 raund yetarli bo‘ladi.

    Shu tariqa voqealar rivoji Tayson va Holifildning to‘qnashishiga borib taqaladi. Biroq Maykning spirtli ichkiliklarga qaramligini davolash jarayoni, so‘ngra 1995-yilda nomusga tegish bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha qamalishi tufayli duel haqidagi savol keyinga qoladi.

    Uzoq kutilgan jang

    1996-yilning noyabr oyida Las-Vegasda Tayson va Holifild nihoyat to‘qnash keladi. Ushbu jang jurnalistlar tomonidan “nihoyat” deb nom oladi. Evander bu vaqtga kelib, Riddik Bouga ikki bor, Maykl Murerga esa bir marta mag‘lub bo‘lgandi. Bundan tashqari, matbuotda uning yurak bilan bog‘liq muammolarga duch kelgani aytiladi.

    Bahs g‘olibi Jahon boks assotsiatsiyasining (WBA) kamariga ega chiqardi. “Temir Mayk” mutlaq favorit sifatida qayd etiladi. Mutaxassislar Holifildga to‘rt raund beradi. Tayson birinchi raunddanoq raqibini nokautga uchratish maqsadida har doimgidek kuchli hujumlar uyushtira boshlaydi, ammo Holifild ustalik bilan himoyalanadi va qarshi hujumda harakat qiladi. Beshinchi raundda Mayk kuchli huk zarbasini yo‘llaydi va 5 soniyaga Holifildni “tiz cho‘ktiradi”. Ammo uch yil qamoqda o‘tirgandan so‘ng Taysonning chidamliligi ancha zaiflashib qolgandi va bu 10-raundga kelib, yaqqol seziladi. Holifild uni shunchaki “yeb qo‘yadi”. Maykni faqatgina gong qutqarib qoladi. 11-raundda ham do‘pposlash davom etganidan keyin hakamning jangni to‘xtatishdan boshqa iloji qolmaydi.

    Jangdan keyingi matbuot anjumanida Tayson o‘z bayonoti bilan yana barchani hayratda qoldiradi, ammo bu safar ijobiy tomondan:

    “Qo‘lingi siqib qo‘ymoqchiman. Biz bu jangni uzoq kutdik. Jang uchun katta rahmat. Senga nisbatan hurmatim baland”, — deydi u olqishlarga sazovor bo‘lib.

    Shov-shuv va g‘azab

    Ikki amerikalik o‘rtasidagi ikkinchi jang 1997-yilning 28-avgustida yana Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Bu safar to‘qnashuvga “shov-shuv va g‘azab” deb nom beriladi. Jang oldidan tom ma’noda ajiotaj ko‘tariladi. Bir kun ichida 16 mingta chipta sotilib ketadi. Pulli translyatsiyani esa 1,99 million kishi sotib oladi. Jang jami 97 mamlakatda tomosha qilinadi.

    Foto: Reuters

    Ammo bu safar duel atigi uch raund davom etdi. Dastlabki daqiqalardanoq Tayson raqibini hech narsa bilan ajablantira olmaydi, faqatgina Holifildni provokatsiya qila oladi, xolos. Evander o‘z navbatida raqibining harakatlarini xotirjam o‘qiydi. Birinchi jangda bo‘lgani kabi Holifild boshi bilan zarba berib, Maykning ko‘zi ostida yorilish paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Hakam uning harakatlarida hech qanday qoidabuzarlikni ko‘rmaydi. Aftidan, aynan shu lahza Taysonning fig‘onini falakka chiqargan.

    Tayson uchinchi raundni ham shiddatli hujumlar bilan boshlaydi. Holifild faqat klinchlardan najot izlardi. Mayk Holifildga zarbalari ta’sir o‘tkaza olmayotganini ko‘rgach, klinchlarning birida raqibining qulog‘ini tishlab oladi. Holfildning qulog‘ining bir qismi Taysonning tishlari orasida qoladi, keyinchalik bu bo‘lak ringdan topiladi va egasiga qaytariladi.

    Foto: Reuters

    Raundlar orasidagi tanaffus paytida hakamlar Temir Maykning “g‘alati” texnikasini video takrorlarda payqab qoladi. Natijada, ular jangni to‘xtatishga va g‘alabani Evanderga berishga qaror qiladi. Tayson bunga zo‘ravonlik bilan norozilik namoyish etadi, u bor kuchi bilan politsiya xodimlari va o‘z jamoasi a’zolari qurshovidan qochishga harakat qiladi.

    “Holifildni o‘ldirmoqchi edim. Menga 50 kishi osilib olgandi, ular to meni ringdan sudrab chiqqunigacha u tomon otilaverdim”, — deb yozgandi Tayson o‘z tarjimai holida.

    Jangdan so‘ng Tayson 3 yil muddatga boks litsenziyasidan mahrum qilinadi, ammo bir yildan keyin unga ringga qaytishga ruxsat beriladi.

    Hozirda Tayson va Holifild qalin do‘st hisoblanadi. 2009-yilda o‘tkazilgan shoularning birida Tayson sobiq raqibidan omma oldida kechirim so‘ragan. Bundan tashqari 2012-yilda Mayk o‘z Twitter sahifasida shunday xabar joylashtirgan:

    “Bugun menga qulog‘ing bilan bo‘lgan voqeaning 15 yilligi ekanini eslatishdi. Seni yaxshi ko‘raman, Holifild. Sen haqiqiy chempionsan”.

    O‘z navbatida Holifild ham do‘stiga uni yaxshi ko‘rishini aytib, hammasi joyidaligini bildirgan.

    14.11.2023, 12:10   Izoh (0)   17322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tayson, Holifild, Szyu va boshqa boks afsonalari noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi (video)

    26.09.2023, 17:08

    WBC prezidenti: “Bahodir Jalolov superog‘ir vaznda eng yaxshilaridan biri bo‘ladi” 

    14.11.2023, 11:11

    Tayson Fyuri nima uchun Toshkentga tashrif buyurmagani sababi ma’lum bo‘ldi 

    14.11.2023, 11:36

    Ronaldu, Runi va Kantona. “Manchester Yunayted” tarixidagi eng yaxshi transferlar 

    14.11.2023, 09:33

    U-17 Jahon Chempionati. O‘zbekiston yoshlari Kanadani yirik hisobda mag‘lub etdi

    13.11.2023, 19:03

    Foto: Butunjahon boks kengashining 61-konvensiyasi ochilish marosimi

    13.11.2023, 15:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.