Hozirda mamlakat fuqarolari 35 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega. Bu haqda Tashki ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov maʼlum qildi.

“Muzokaralar davom etmoqda”
Ahror Burhonov xabariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy davlatlarda viza talablarini bekor qilish yoki soddalashtirish ustida muzokaralar olib bormoqda. Qayd etilishicha, 2023-2025-yillarda Xitoy, BAA, Tailand, Ummon, Eron kabi 10 ga yaqin davlat bilan vizasiz rejim joriy etilgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Vyetnam kabi mamlakatlar O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini yengillashtirgan.
“Hozirgi vaqtda o‘nlab davlatlar bilan fuqarolarimizning xorijga chiqishini yanada osonlashtirish bo‘yicha faol muzokaralar davom etmoqda”, deya maʼlum qilgan vazirlik matbuot kotibi.
O‘zbekistonliklarni qaysi davlatlar vizasiz kiritadi?
Hozirda O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga vizasiz kirish huquqiga ega:
- Antigua va Barbuda;
- Armaniston;
- Barbados;
- Belarus;
- Birlashgan Arab Amirliklari;
- Dominika;
- Eron;
- Falastin;
- Filippin;
- Gaiti;
- Gambiya;
- Gruziya;
- Grenada;
- Keniya;
- Kot-d’Ivuar;
- Malayziya;
- Mikroneziya;
- Mo‘g‘uliston;
- Moldova;
- Namibiya;
- Ozarbayjon;
- Qirg‘iz Respublikasi;
- Qozog‘iston;
- Rossiya;
- Sent Vinsent va Grenadin orollari;
- Seyshel orollari;
- Shri Lanka;
- Surinam;
- Tailand;
- Tojikiston;
- Turkiya;
- Ukraina;
- Xitoy;
- Ummon.
Qaysi davlatlarga elektron viza “o‘tadi”?
O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga kirish uchun elektron viza olishi mumkin (e-visa):
- Efiopiya;
- Ekvatorial Gvineya;
- Gabon;
- Gvineya;
- Hindiston;
- Janubiy Sudan;
- Jibuti;
- Kongo Demokratik Respublikasi;
- Lesoto;
- Malavi;
- Nigeriya;
- Uganda;
Ayrim davlatlarga borib, keyin viza olsa bo‘ladi
O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga kirib kelganda viza olishi mumkin (Visa on arrival):
- Boliviya;
- Burundi;
- Gvineya Bisau;
- Indoneziya;
- Iordaniya;
- Kabo Verde;
- Kambodja;
- Komor orollari;
- Laos;
Livan; - Madagaskar;
- Makao;
- Maldiv orollari;
- Mavrikiy;
- Mavritaniya;
- Mozambik;
- Nepal;
- Nikaragua;
- Palau;
- Qatar;
- Ruanda;
- Samoa;
- Saudiya Arabistoni ;
- Syerra Leone;
- Togo;
- Tuvalu;
- Yamayka;
- Zimbabve;
- Sharqiy Timor.
Umuman olganda, ayni paytda o‘zbekistonliklar 35 ta davlatga vizasiz, yana 42 ta mamlakatga soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniyatiga ega.
Izoh (0)