• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Boks sport sifatida tugagan kun”. Muhammad Alining eng bahsli g‘alabasi haqida

    Bundan roppa-rosa 58 yil oldin xuddi shuni kuni (25-fevral) Kassius Kleyning (Muhammad Ali) birinchi chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi. Unga amaldagi chempion Sonni Liston raqiblik qiladi. Og‘ir vazn toifasida jahon chempionligi uchun kechgan bahs Muhammad Alining g‘alabasi bilan yakunlanadi. Aynan ushbu g‘alabadan keyin Kley ismini Muhammad Aliga o‘zgartiradi. Oradan bir yil o‘tar-o‘tmas (1965-yilning 25-may sanasida) tomonlar revansh jangini o‘tkazadi. Va bu qarama-qarshilik dastlabkisidan ham ko‘proq shov-shuv hamda voqealarga sabab bo‘ladi. Quyida boks tarixidagi eng bahsli janglar sirasiga kiradigan ikki jang va ularning tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi.

    Kassius Kley va Sonni Liston o‘rtasidagi ikki to‘qnashuv butun dunyoni larzaga keltiradi

    Boks har doim shov-shuv (xayp) deb ataladigan narsalarga boy bo‘lgan. Ayniqsa, bu sport Muhammad Ali jang qilganida odamlarni yanada hayajonga solardi. U boksdagi janjalkashlik va ommaboplikni yangi bosqichga olib chiqqanlardan biri edi. Bundan 58 yil muqaddam sodir bo‘lgan jang ham bu jarayondagi eng yorqin voqealardan biri bo‘lgan.

    Kassius Kley jangdan oldin Listonni tinimsiz ta’qib qilgan. Bir safar hatto uning uyigacha borgan

    Aytishlaricha, aynan Muhammad Ali bo‘lajak raqiblariga haqoratomuz so‘zlar yog‘dirishni (tresh-tok) boshlab bergan. U nafaqat raqiblari haqida qo‘pol gapirar, balki hozir hech kim takrorlay olmaydigan ishlarni ham qilardi. Bu borada unga hatto Konor Makregor ham teng kela olmasdi. Muhammad buni jangga bo‘lgan qiziqishning oshishi uchungina emas, raqibini g‘azablantirish uchun ham qilardi. Sonni Listonga qarshi jangda u buni keragidan ortiq qilib uddaladi.

    Tomonlar o‘rtasidagi birinchi jang 1964-yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Ali hali Kassius Kley edi, Liston esa AQShning va shunga mos ravishda butun dunyoning asosiy og‘ir vaznli jangchisi bo‘lgan. U afsonaviy Floyd Patersonni ikki marta nokautga uchratgan chempion sifatida o‘zgacha maqomga ega edi. Liston bahaybat, muskulli, kuchli musht egasi va “temir” jag‘li bo‘lgani uchun unga yengilmas nomi berilgandi. Shundan kelib chiqib, yosh (22) Kassius Kleyning imkoniyatlari juda past baholanadi.

    O‘sha vaqtga kelib, Kassius bor-yo‘g‘i 19 ta jang o‘tkazib, shulardan 15 tasida nokaut bilan g‘alaba qozongan, qolgan to‘rttasida esa hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘lgandi. 31 yoshli Listonnig ko‘rsatkichi 35 ga 1 ni tashkil qilardi. 24 ta nokautli g‘alaba, lekin asosiysi, u sport formasining eng yuqori cho‘qqisida edi: yaqindagina ikki marta Patersonning adabini berib qo‘ygandi. Kley 1960- yilgi Rim Olimpiadasining oltin medali va mag‘lubiyatsiz rekordiga qaramay, yengilmas deb hisoblanmagan. Ayniqsa, bundan oldin — Genri Kuper bilan jangida nokdaunga uchraganidan keyin.

    Yosh Kleyning imkoniyatlariga nisbatan bildirilgan shubhalarga qaramay u allaqachon jahon chempionligi uchun da’vogar edi va “eshik qoqish”ni boshlab yuborgandi. Ayniqsa, u ringdan tashqarida buni yaxshi uddalardi. U omma e’tiborini o‘ziga jalb qilish uchun hamma narsaga tayyor edi. Kley uchun eng muhimi, amaldagi jahon chempioni Listonning e’tiborini o‘ziga qaratish bo‘lgan. 1963-yilning 22-iyulida Sonni Patersonni nokautga uchratganida, Kassius zalda edi. Jangdan keyin u ringga chiqdi va mikrofonni olib, shunday dedi:

    “Juda ham rasvo jang bo‘ldi. Shunchaki dahshatli darajada yomon. Liston hech narsa ko‘rsata olmadi, hech narsa. Hamon bu bahaybat va xunuk ayiqning menga e’tibor berishini kutyapman. Gap sotishdan charchadim, butun dunyoga eng zo‘ri ekanligimni isbotlamoqchiman. Lekin uning menejerlari jang uchun shartnoma imzolashdan qo‘rqishidan xavotirdaman, chunki Liston — noshud. Bu (jang) men uchun yengil sayr bo‘ladi. Eng zo‘ri ekanligimni isbotlayman”.

    Bu narsa allaqachon jiddiy chaqiruvga aylanib ulguradi, ammo bu bora-bora yanada ko‘payib boraveradi. Kassius Kley Listonni tom ma’noda ta’qib qilishni boshladi. Bir safar u Liston kazinoda bo‘lganida kichik janjal ko‘taradi. Atrofdagilar ularni ba’zo‘r ajratib qoladi. Ammo ta’qiblar shu bilan tugamaydi. Biroz vaqt o‘tgach, Kley Listonning uyi oldiga bostirib boradi va baland ovoz bilan qichqiradi: “Hey, chempion, u yerda xotining bilanmisan yoki fohisha bilan? Xotining fohishaxonalarga borishni yoqtirishingni biladimi? Qo‘rqoq bo‘lmasang, chiq”. Sonni uyidan chiqib keladi, bu anchayin jiddiy janjalga sabab bo‘ladi. “Nega bunday qilyapsan”, — deb so‘rardi Liston uning qilayotgan ishlarini tushunmasdan.

    Shou jangdan oldingi vazn o‘lchash marosimida ham davom etdi. Kassius o‘zining haqiqiy chempion ekanligini, mag‘lub bo‘lmasligini bir necha bor takrorladi va o‘zining “kapalakdek uchib, aridek chaq” shiorini takrorlardi. Bunga javoban Liston unga ikki barmog‘ini ko‘rsatdi. Chempion bu bilan uni ikki raundga bormay mag‘lub etishini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Shugar Rey Robinson Kassiusdan nima uchun bu g‘alati tomoshani uyushtirganini so‘raganida: “Meni ahmoq deb o‘ylasin. U bokschilardan qo‘rqmaydi, lekin ahmoqlardan qo‘rqadi. Mendan nima kutishini bilmasin”, — deb javob bergandi.

    “Men hozirgina otib ketilgan prezidentga o‘xshayman”

    Kleyning taktikasi ish berdi. Liston haqiqatan ham birinchi jangga jangovar kayfiyatda chiqmadi va bu ishonchsizlik jangning har bir soniyasida kuchayib boraverdi. Chempion bor kuchini zarbalarga sarflardi, ammo ularning hech qaysisi nishonga tegmadi. Ring atrofida o‘sha jangni yoritgan 46 jurnalistdan 43 nafari Listonning g‘alabasiga ishonch bildirgandi.

    Jang olti raund davom etdi. Yettinchi uch daqiqalikda Liston mag‘lubiyatini tan olib, ringga chiqmadi. Kley ringning o‘rtasiga yugurib chiqdi va qichqirishni boshladi: “Men qirolman. Gaplaringizga tiqilib o‘ling”. Liston esa mag‘lubiyatiga falsafiy izoh berib, “WBA/WBC kamarlarini yo‘qotish — hayotda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan mayda-chuyda narsalardan biri” ekanligini aytdi, biroq o‘zini “hozirgina otib ketilgan prezident kabi” his qilayotganini qo‘shimcha qildi. Jang AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi o‘ldirilganidan uch oy o‘tgach sodir bo‘lgandi.

    Revansh 40 ming kishilik shaharda bo‘lib o‘tadi

    Jangdan so‘ng Kley Muhammad Ali ismini oldi va revansh jangiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Dastlab jang Bostonda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq mahalliy sport komissiyasi “jinoiy elementlar”ning natijaga ta’sir qilishidan cho‘chib, uni qabul qilishga jur’at eta olmaydi. Shundan so‘ng jangni Men shtatidagi Lyuiston shaharchasida o‘tkazishga qaror qilindi. Bu taklif shahar meri tomonidan bildiriladi va g‘oya ko‘pchilikka ma’qul keladi. O‘sha paytda bor-yo‘g‘i 40 ming aholisi bo‘lgan Lyuiston uchun bu shahar tarixidagi eng yirik sport tadbiri hisoblanadi.

    Revansh jangi oldidan ham mojarolar to‘xtamaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, “Millati Islom” (Nation of Islam) tashkiloti tomonidan Listonga tahdidlar bo‘lgan (yutqazib berish talab qilinadi). Jangdan keyin esa mish-mishlar yanada kuchayadi, chunki bahsning borishi hamon ko‘pchilik uchun g‘alati bo‘lib tuyuladi.

    Alining “sharpa zarbasi”, jangning shubhali tarzda to‘xtatilishi va janjal

    Birinchi raunddayoq Ali Listonni qarshi zarbada ushlab oladi va uni qulatadi. Videotakror ko‘rilsa, zarba unchalik aniq va kuchli emasdek taassurot uyg‘onishi mumkin. Ammo bu Listonning yiqilishi uchun yetarli bo‘ladi. Chempion o‘rnidan turishga harakat qiladi, biroq yana yiqiladi. Ammo hakam shubhali ravishda zudlik bilan sanoqni boshlamaydi. Ali Sonnidan uzoqlashar ekan, Listonga qarab, shunday deydi: “O‘rningdan tur, va jang qil, ishyoqmas”.

    Aynan mana shu vaziyat fotograflar tomonidan kameralarga muhrlanadi va keyinchalik Alining eng mashhur suratiga aylanadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Shundan so‘ng jang davom ettiriladi, ammo bir necha soniyaga, xolos. Ring jurnalisti Nat Fleysher hakamni yoniga chaqirib, jangni bu holatda davom ettirib bo‘lmasligini aytadi, chunki Liston ringda 17 soniya (aslida 14) yotgandi. Shu bilan jang tugatiladi. Shu tariqa Ali yana Liston ustidan g‘alabaga erishadi.

    Ushbu nokdaun bugungi kungacha bahslarga sabab bo‘lmoqda. O‘sha paytda ko‘pchilik bellashuvning kelishilgan ekanligiga ishonchi komil edi. Shunday o‘ylaganlar orasida sobiq jahon chempionlari Jek Dempsi va Rokki Marchiano ham bor edi. Hech kim Listonning kuchli bo‘lmagan zarbadan qanday yiqilganini tushunmasdi, boisi u bungacha hatto nokdaunga ham uchramagandi. Hattoki o‘shanda bu jangga nisbatan “boksning sport sifatida tugashi” degan fikrlar ilgari surilgandi. Muhammad Ali chempion sifatida 50 shtatdan atigi uchtasida tan olindi. Avvaliga uning o‘zi ham raqib nima sababdan yiqilganini tushunmaganini aytdi, keyin esa jangni bir necha bor takroran ko‘rgani va zarbasining raqibini qulatish uchun yetarli darajada kuchli bo‘lganligini bildirdi. Listonning o‘zi esa tezda o‘rnidan turmaganini Alining yana zarbalar berishidan qo‘rqqani bilan izohlaydi.

    https://www.instagram.com/p/CAn1Wv_jFK9/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_video_watch_again

    Nima bo‘lgan taqdirda ham Liston bilan bo‘lgan janglardan so‘ng Muhammad Ali boks cho‘qqisiga ko‘tariladi va 10 yildan ortiq vaqt davomida ushbu darajani ushlab turadi. Liston esa shundan keyin 16 ta jang o‘tkazib, shulardan 15 tasida g‘alaba qozonadi. U oxirgi jangidan olti oy o‘tib, 1970-yilning dekabrida sirli ravishda vafot etadi.

    Boshqa maqolalar:

    • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali
    • Afsonaviy bokschi Nasim Hamid 48 yoshda. “Arab shahzodasi”ning faoliyatidagi asosiy 5 jang
    • Dunyoni larzaga keltirgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida
    • “Ishonchim komil, uni o‘ldirishgan”. Afsonaviy bokschi Arturo Gattining jumboqli o‘limi haqida
    • Floyd Meyvezer Oskar de la Hoyani taxtdan ag‘dargan kecha. Boks tarixidagi eng bahsli jang haqida
    • Klichkolar oilasining g‘aroyib hikoyasi: bokschilarning bobosi tatarlar deportatsiyasiga rahbarlik qilgan, otasi general bo‘lgan, buvisi esa yahudiylar genotsididan omon qolgan
    • Tayson va Muhammad Alini millionlab dollarga “uxlatgan” va arzimagan chaqalar evaziga sheriklarini o‘ldirgan kallakesar promouter Don King haqida
    • Oldini olish mumkin bo‘lgan fojia. Nokautchi Jerald Maklellanning hayotini barbod qilgan jang haqida

    25.02.2022, 23:56   Izoh (0)   74737
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevrokuboklarda haftaning eng yaxshi o‘yinchilari aniqlandi

    25.02.2022, 23:43

    Stranja—2022. Hasanboy Do‘stmatov qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etib, finalga chiqdi

    25.02.2022, 22:14

    Formula-1 bo‘yicha Rossiyada o‘tishi rejalashtirilgan Gran-pri bekor qilindi

    25.02.2022, 18:13

    Konferensiyalar Ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlandi

    25.02.2022, 17:29

    Yevropa Ligasining 1/8 final o‘yinlariga qur’a tashlandi

    25.02.2022, 16:32

    Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi finali Sankt-Peterburgdan Parijga ko‘chirildi

    25.02.2022, 14:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.