• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Afsonaviy bokschi Nasim Hamid 48 yoshda. “Arab shahzodasi”ning faoliyatidagi asosiy 5 jang

    12-fevral kuni britaniyalik sobiq jahon chempioni Nasim Hamid 48 yoshga to‘ladi. Shu munosabat bilan quyida yaqin o‘tmishning eng nomdor bokschilaridan biri faoliyatidagi asosiy janglar yodga olinadi.

    Deyarli barcha boks ixlosmandlari Hamidning rang-barang xarakterini yaxshi eslaydi. Ba’zilar asli kelib chiqishi yamanlik bo‘lgan britaniyalik bokschining chaqqonligi, koordinatsiyasi, plastikasi, shuningdek, kutilmaganda yo‘llanadigan keskin zarbalaridan hayratga tushgan bo‘lsa, boshqalar uni haddan tashqari dabdabaga e’tibor qaratishi, o‘zini tutishi va ba’zida ko‘p gapirib yuborishi uchun yomon ko‘rardi. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham boks olamida “Shahzoda” Nasim Hamid nomi bilan tanilgan Nasim Salom Ali-Hamid o‘z davrining eng mashhur va unutilmas bokschilaridan biri bo‘lib qolaveradi. U faqat bitta — yengil vazn toifasida harakat qilgan bo‘lsa-da, WBC, IBF va WBO versiyalari bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritishga, shuningdek, jahon chempionligi uchun kechgan janglarda 16 ta g‘alabadan iborat seriyani qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Qolaversa, jahon chempionligi janglarining atigi ikkitasida raqiblariga final bongiga qadar borishga imkon bergan. Qolgan janglarni esa muddatidan oldin yakunlagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Sehrli gilamlar”da ringga chiqib kelib, har doim improvizatsiya, yorqin va badiiy uslubda jang qiladigan boks shoumeni Shahzoda Nasim 10 nafar sobiq, bo‘lajak va amaldagi jahon chempionlarini mag‘lub etadi, biroq 11-raqibida omadsizlikka uchraydi. O‘sha jangda unga meksikalik Marko Antonio Barrera raqiblik qiladi. Mag‘lubiyatdan so‘ng Hamid to‘satdan boksga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotadi va faqat bir marta unchalik taniqli bo‘lmagan raqibga qarshi kurash olib boradi va shundan keyin ringni butunlay tark etadi.

    1995-yil 30-sentabr. Kardiff (Uels, Buyuk Britaniya). Yarim yengil vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun jang

    Raqib: Stivi Robinson (Uels)

    Natija: 8-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba

    Bu Nasim Hamid faoliyatidagi birinchi jahon miqyosidagi titul jangi edi. Unga “Zolushka odam” laqabli uelslik qora tanli Stivi Robinson qarshilik ko‘rsatadi, u o‘sha paytga qadar ikki yarim yil davomida jahon chempionligiga egalik qilib kelayotgandi. Jahon miqyosidagi cho‘qqilarga ko‘tarilgan Hamidni WBO yengil vazn toifasi reytingining birinchi qatoriga joylashtiradi va uni Robinsonning kamari uchun rasmiy da’vogar sifatida e’lon qiladi.

    Raqibining vatanida kechgan jangda Nasim ustunlikka ega bo‘ladi. Shahzodaning o‘ziga xos uslubda berilgan aql bovar qilmas rakurslardan bergan o‘tkir va kutilmagan zarbalari chempionning boshini egib qo‘yardi. Nihoyat, 5-raundga kelib, Robinson nokdaunga uchraydi. Jang sakkizinchi uch daqiqalikning o‘rtalarida, Hamidning chaqmoqdek tez, kuchli va ​​halokatli chap hukidan keyin yakunlanadi. Bu zarbadan keyin Robinsonning oyoqlari qaltirab, “raqsga tushib yuboradi” va ringga yiqiladi. Hakam leopard tasviri tushirilgan shortidagi jangchining to‘liq ustunligida o‘tgan bahsga chek qo‘yishga qaror qildi va mag‘lub bo‘lgan uelslikning sog‘lig‘ini saqlash uchun hatto sanoqni ham boshlamasdan jangni to‘xtatadi.

    1997-yil 8-fevral. London (Angliya, Buyuk Britaniya). Yarim yengil vazn toifasida IBF va WBO chempionlik kamarlari uchun jang

    Raqib: Tom Jonson (AQSh)

    Natija: 8-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba

    Hamidning faoliyatidagi ikki kamarni birlashtirish uchun kechgan birinchi jang. Unga “Bum-Bum” laqabli qora tanli amerikalik Tom Jonson qarshilik ko‘rsatadi, u o‘sha vaqtga qadar to‘rt yil davomida IBF kamariga egalik qilayotgandi va 11 ta muvaffaqiyatli himoya jangini o‘tkazishga erishgandi. Shahzoda bellashuvning boshidanoq “sehrli” hujumlar uyushtirib, raqibini shoshirib qo‘yadi. U taniqli raqibini shunchaki “zapchast”larga ajratib tashlaydi.

    3-raunddan boshlab, tajribali Jonson muntazam ravishda britaniyalikning zarbalaridan keyin muvozanatni yo‘qotishni boshlaydi. Amerikalikning bu azoblariga Hamidning ko‘rinmas o‘ng apperkoti chek qo‘yadi. Tom ringga qulaydi, garchi u sanoq tugaguniga qadar o‘rnidan tursa ham, allaqachon “tamom” bo‘lgandi. Jang to‘xtatiladi va Nasim birdaniga ikkita yo‘nalish bo‘yicha kamarga ega bo‘ladi.

    1997-yil 19-dekabr. Nyu-York, (AQSh). Yarim yengil toifasida WBO chempionlik kamari uchun jang

    Raqib: Kevin Kelli (AQSh)

    Natija: 4-raundda nokaut evaziga g‘alaba

    Ushbu jangda Hamid Amerika ringida katta dabdaba va keng ko‘lamli reklama bilan debyut qiladi. Buning ustiga, u buni qandaydir nomi chiqmagan joyda emas, balki mashhur Madison Square Garden arenasida amalga oshiradi. Bu vaqtga kelib Nasim IBF kamarini tashlab, jangga dastlab qo‘lga kiritgan WBO chempionlik kamarini qo‘ygandi.

    HBO telekanalini unga AQShning sobiq jahon chempioni, “Chaqmoq” laqabli mashhur Kevin Kellini tanlaydi. Kelli juda ajoyib janglarni o‘tkazish qobiliyati bilan mashhur edi, u Hamid bilan bahsda ham shu jihatini ko‘rsata oldi. Qisqa, lekin dramatik ruhda kechgan jangda Kelli har doim ochiq jang o‘tkazgan Nasimni uch marta — 1, 2 va 4-raundlarda nokdaun holatiga tushirib qo‘yadi. Biroq jangdagi so‘nggi so‘zni Shahzoda aytdi. U raqibni 2-raundda bir marta, 4-raundda esa yana ikki marta qulatdi. Hamidning chap huki Kelli uchun jangdagi o‘tkazib yuborilgan so‘nggi zarba bo‘ldi.

    1998-yil 18-aprel. Manchester (Angliya, Buyuk Britaniya). Yarim yengil vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun jang

    Raqib: Vilfredo Vaskes (Puerto-Riko)

    Natija: 7-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba

    Nasimning bu jangdagi raqibi boks olamida Chempionlar oroli deb ataladigan Puerto-Riko vakili, barcha davrlarning eng yaxshi bokschilaridan biri edi. Vilfredo Vaskes uch vazn toifasida jahon chempioni bo‘lib, Hamidga amaldagi jahon chempioni maqomida qarshilik ko‘rsatgandi. Jangdan oldin kamari puerto-rikolik yulduzga tegishli bo‘lgan WBA tashkiloti WBO chempioni bilan birlashtiruvchi jang o‘tkazishga qarshi edi. Natijada, Vaskes WBA chempionlik kamari yoki juda katta gonorarli jangdan birini tanlash kerak bo‘ladi. Vilfredo ikkinchisini tanlaydi, eng qadimgi boks federatsiyasi esa uni jahon chempioni unvonidan mahrum qiladi.

    Buning ustiga u Hamidning WBO kamarini ham qo‘lga kirita olmaydi. Jang vaqtida Shahzoda dahshatli raqibini to‘rt bor — bir martadan 3 va 6-raundlarda, shuningdek, ikki marta 7-raundda nokautga uchratadi. To‘rtinchi yiqilishdan so‘ng, garchi Vaskes jangni davom ettirmoqchi bo‘lsa-da, hakam uni Hamidning zarbalaridan qutqarish uchun jangni to‘xtatadi. Agar WBA qarori bo‘lmaganida, bu jangdan keyin Nasim o‘sha paytda to‘rtta asosiy yo‘nalish — WBC, WBA, IBF va WBO bo‘yicha jahon chempioni kamarlarini qo‘lga kiritgan amerikalik og‘ir vaznli Riddik Bouidan keyin tarixda ikkinchi jangchiga aylanardi. To‘g‘ri, bu yerda Hamidning kamarlarni turli vaqtlarda qo‘lga kiritgani va bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p kamarga egalik qilmaganini ham qo‘shimcha qilish mumkin.

    2001-yil 7-aprel. Las-Vegas (AQSh). Yarim yengil vazn toifasida IBO chempioni kamari uchun jang

    Raqib: Marko Antonio Barrera (Meksika)

    Natija: hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lubiyat

    Ushbu jang “Olov bilan o‘ynashib” reklama shiori ostida o‘tkaziladi va HBO telekanalining pulli tizimida namoyish etiladi. Jangda o‘sha davrning eng yaxshi ikki bokschisi bir-biri bilan kuch sinashadi. 35:0 hisobi bilan shu paytgacha mag‘lubiyatga uchramagan Hamidning imkoniyatlari bukmekerlar tomonidan yuqori baholangandi. Jangga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida Shahzoda juda ko‘p vazn yo‘qotishi kerak bo‘lgan. O‘sha paytda Hamidga ustozlik qilgan Emmanuel Styuard uning sparringlardagi harakatlaridan xavotirda edi. Va jangning birinchi raundidayoq Nasim Barreraning bir zarbasidan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi.

    Meksikalik o‘ziga xos hujumkor jang uslubini chetga surib, himoyadan intizomli va tartibli jang olib borishni afzal ko‘radi. Bu nostandart va keskin zarba beruvchi Hamidni ko‘plab ustunliklaridan mahrum qilishga imkon beradi. Uning sehrli chap qo‘li o‘sha jangda Barreradek yuqori toifali va ehtiyotkor bokschiga qarshi ish bermaydi. Marko Antonio qayta-qayta muvaffaqiyatli qarshi hujumlarni uyushtirar va tezda mahorat bilan yopilib olardi. Natijada, so‘nggi 12-raundda jarima ochkosi olib tashlanganiga qaramay, Barrera 116-111, 115-112 va 115-112 hisoblarida hakamlarning yakdil qarori bilan jang g‘olibi deb topiladi.

    Boshqa maqolalar: 

    • Dunyoni larzaga keltirgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida
    • “Ishonchim komil, uni o‘ldirishgan”. Afsonaviy bokschi Arturo Gattining jumboqli o‘limi haqida
    • Floyd Meyvezer Oskar de la Hoyani taxtdan ag‘dargan kecha. Boks tarixidagi eng bahsli jang haqida
    • Klichkolar oilasining g‘aroyib hikoyasi: bokschilarning bobosi tatarlar deportatsiyasiga rahbarlik qilgan, otasi general bo‘lgan, buvisi esa yahudiylar genotsididan omon qolgan
    • Tayson va Muhammad Alini millionlab dollarga “uxlatgan” va arzimagan chaqalar evaziga sheriklarini o‘ldirgan kallakesar promouter Don King haqida
    • Oldini olish mumkin bo‘lgan fojia. Nokautchi Jerald Maklellanning hayotini barbod qilgan jang haqida

    12.02.2022, 23:54   Izoh (0)   85297
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pekin—2022. Medallar reytingida hamon Germaniya yetakchi, mezbonlar esa yettinchi o‘rinda

    12.02.2022, 23:34

    La Liga. Turning markaziy o‘yinida Benzemasiz “Real” “Vilyarreal”ga ochko ulashdi

    12.02.2022, 22:20

    Bundesliga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” 11-o‘rinda borayotgan jamoaga yengildi (video)

    12.02.2022, 21:37

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Al-Ahli” 9 kishi qolgan OChL chempioni ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rin sohibiga aylandi

    12.02.2022, 20:10

    APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “avliyolar”ni yenga olmadi

    12.02.2022, 19:32

    Senegalda yangi qurilayotgan stadionga Sadio Mane nomi beriladi

    12.02.2022, 18:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.