• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ringdagi “qotil”, kabutarlarga muhabbat, qamoq va sovurilgan millionlar. 55 yoshni qarshilagan afsonaviy Mayk Tayson haqida

    Dunyoda Mayk Taysonni tanimaydigan kamdan kam kishi bo‘lsa kerak. U 2o yoshidayoq o‘z ismini boks tarixiga katta harflar bilan yozib qo‘ygan. U afsonaga aylandi, yuzidagi tatiurovka sabab esa hamon dunyoning eng taniqli bokschilaridan biri. Taysoning ringdagi muvaffaqiyati bilan boks qiroli Muhammad Aliga tenglashishi mumkin edi, lekin og‘ir o‘tgan bolalik uning hayotida o‘z izlarini qoldirdi, doimiy mashmashalar va qamoq bunga imkon bermadi.

    Mayk uch marta uylangan, sakkiz nafar farzandi bor, 400 million dollarni yo‘qotgan, bankrot bo‘lgan, qamoqqa olingan, narkotik iste’mol qilgan, juda ko‘p ichgan. Shunga qaramay, butun hayotida davomida uning birgina muhabbati saqlanib qoldi — kabutarlarga bo‘lgan sevgi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Maykning bolaligi Nyu-Yorkning eng kambag‘al hududlaridan biri — Bruklin sharqida joylashgan Braunsvillda o‘tgan. Bu yer avval ham eng kriminal hududlardan biri edi va hozirda ham bunday maqomdan ayrilganicha yo‘q.

    Braunsvill qandayligi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun bo‘lajak chempionning biografiyasidagi bir lavhaga e’tibor qaratish kifoya. Yetti yoshida Tayson pedofilning qurboniga aylangan. Shunda ham bolakay chidab yashashda davom etdi, Braunsvillning asosiy qoidasi doim yodida edi — kim kuchli bo‘lsa, u doim haq bo‘ladi.

    Mayk tug‘ilmasidanoq otasi oilasini tashlab ketadi. Shunday bo‘lsa ham biologik otasidan meros sifatida Tayson familiyasini saqlab qoladi. Bolakayning tarbiyasi bilan onasi Lorna Smit shug‘ullangan.

    Tayson bolaligida qo‘rqoq va ojiz bo‘lgan. Ko‘zida muammolar paydo bo‘lgani uchun ko‘zoynak taqishni boshlagan. Atrofidagi hamma uning ustidan kulardi. Tug‘ishgan akalari ham u bilan hazillashish imkonini qo‘lgan chiqarmasdi.

    Bir kuni mahalliy bezorilar Maykni tashlandiq uyga yog‘och qutilarni tashishga majburlaydi. Qutilarning birida kabutarni ko‘rgan Mayk bu qushni yaxshi ko‘rib qoldi. Shundan buyon kabutarlarga muhabbati o‘zgacha.

    Taysonning oilasida pul bo‘lmasdi, shuning uchun kabutar sotib olish haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

    Oddiy usullardan biri tom ustida yurgan qushlarni ushlash bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda kabutarlarni ortidan quvish katta sport turidek edi — bir vaqtning o‘zida bir nechta qush qo‘nardi va Mayk ularni ushlash bo‘yicha mutaxassisga aylanib ketadi.

    Tayson boshqalarning kabutarxonasiga kirib chiqardi. Bir kuni do‘sti bilan navbatdagi kabutarxonaga kirganda uy egasi ularni tutib oladi. Jazo sifatida o‘g‘rilarni osib qo‘ymoqchi bo‘ladi. Do‘stining birinchi bo‘lib sim bilan osib qo‘yilishi Taysonni dahshatga soldi. Osilgan bolani jon talvasasida titrayotganini ko‘rgan qo‘shnilar politsiya chaqirish bilan uy egasini qo‘rqitgan. Bu hodisa bolaning ongida iz qoldirmasdan qo‘ymadi. Keyinchalik Mayk biografiyasida ushbu hodisani “qatl hukmini kutish” deb yodga oladi.

    Foto: Wikimedia Commons / CC-BY

    Foto: Wikimedia Commons / CC-BY

    Bu vaqtda Mayk ko‘cha o‘g‘risi Barkim bilan tanishadi. Bo‘lajak boskchi kichik derazalarni sindirib ichkariga kirardi, evaziga esa o‘g‘ri uni pul, oziq-ovqat va kiyim bilan ta’minlardi. Tez orada Mayk yakka o‘zi shu ish bilan shug‘ullana boshladi. U kichik o‘g‘riga aylandi. Shunda ham o‘zini himoya qilishga qodir emasdi. Uning “sevgisi” o‘ldirilgandan keyin esa hammasi o‘zgarib ketdi.

    10 yoshli Mayk o‘zining ayvonida qushlarini o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan bolalarni ushlab oladi. Bolalardan biri o‘g‘rilik oshkor bo‘lganini bilgach kabutarning boshini uzib tashlaydi. Kabutarning tanasidan oqayotgan qonni ko‘rgan Mayk g‘azablanadi va raqibini urib tashlaydi. Bungacha u hech qachon urishib ko‘rmagandi, lekin g‘azab tufayli u o‘zidan vazn va bo‘y jihatdan ustun bo‘lgan bolani ayamay kaltakladi. Bu narsa Taysonga shuhrat olib keldi, unga bo‘lgan qiziqish ortib bordi.

    Foto: AS

    Foto: AS

    U ochiqchasiga o‘g‘rilik qilardi, shuning uchun axloq tuzatish muassasasi xodimlari tez-tez uni o‘z idorasiga chaqirib turardi. Tayson necha marta u yerga borganini eslay olmaydi.

    Mayk navbatdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda koloniyaga mashhur bokschi Muhammad Ali tashrif buyuradi. U axloqi og‘ir bolalar bilan suhbat o‘tkazmoqchi edi. Mayk o‘sha paytda Ali bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng bokschi bo‘lishga qaror qilganini xotirlaydi.

    13 yoshli Tayson Olbanidagi Trion maxsus muassasiga qabul qilinadi. U yerdagi birinchi kunidayoq bir bola bilan janjallashib jazo kamerasiga olib ketiladi. Uni sobiq professional bokschi, havaskorlar o‘rtasidagi AQSh chempioni Bobbi Styuart o‘z tarbiyasiga oladi. Mayk Styuartning so‘zlariga quloq solmaydi. Yosh yigit Bobbiga sparring tushishni taklif qiladi — agarda Mayk g‘alaba qozonsa o‘qituvchi uni tinch qo‘yishini so‘raydi. Bobbi Maykni yerga qulatadi. O‘rnidan turgan Tayson Syuartdan unga ustozlik qilishini so‘raydi.

    Bobbi ikkita shart bilan unga jang sirlarini o‘rgatishga rozi bo‘ladi. Birinchidan, Tayson intizomni saqlashi, ikkinchidan, u maktabdagi darslariga ham ulgurishi lozim.

    Tayson berilgan topshiriqlarni bemalol uddalay olardi. Syuart uning qo‘liga qanday “olmos” tushib qolganini anglaydi va Taysonni afsonaviy murabbiy Kasu D’Amatoning yoniga olib boradi. Bu voqea 1980-yilda bo‘lib o‘tgandi.

    Foto: Metaweb / GNU Free Documentation License

    Foto: Metaweb / GNU Free Documentation License

    Keyingi yilda Taysonning onasi vafot etadi. D’Amato 15 yoshli Maykni asrab oladi. Uni uyiga olib keladi.

    Kas Maykning tarbiyasi, intizomi va darslarni o‘zlashtirishi bilan shug‘ullana boshlaydi. Zalda esa Teddi Atlas Mayk bilan shug‘ullanardi. D’Amato haftada bir marta jarayonni kuzatish uchun zalga tashrif buyurardi.

    O‘sha vaqtlarda Tayson AQShda mashhurlikka erisha boshlagandi. U yoshlar o‘rtasidagi Olimiya o‘yinlarida g‘alaba qozongan, Jo Kortesga qarshi birinchi jangini sakkiz soniyada yakunlagandi.

    Vaqt o‘tishi bilan Maykning yashirin xarakteri oshkor bo‘la boshladi. 17 yoshida u Atlasning 11 yoshli qarindoshini bezovta qila boshlaydi. U qiz qochib ketadi, Atlas esa Taysonning uyi yoniga borib, peshonasiga qurol tiraydi. Agarda Mayk yana Atlasning oilasi atrofida o‘ralashsa aloqalar uzilishini aytadi. Shu tariqa Teddi Atlas va Mayk Taysonning hamkorligi yakuniga yetadi.

    Og‘ir xarakteri tufayli Mayk Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan 1984-yilgi Olimpiadada qatnasha olmaydi. U ichki saralash o‘yinlarida ikki marta Genri Tillman bilan to‘qnash keladi va ikkalasida ham mag‘lubiyatga uchraydi. Ko‘pchilik Taysonni agressiv jang uslubi va kriminal o‘tmishi tufayli atayin Olimpiadaga jo‘natishmadi deb hisoblaydi. Tillman o‘sha Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritadi.

    Yana to‘rt yil Olimpiadani kutishni istamagan Mayk Tayson professional sportga qadam qo‘yadi

    Debyut jangidan oldinroq atrofda hamma u haqida gapira boshladi. Promouterlar ESPN bilan shartnoma imzoladi va Maykka 200 ming dollar sarmoya kiritdi. 18 yoshli Tayson 1985-yil 6-mart kuni puerto-rikolik boskchi Ektor Mersedesga qarshi ilk jangini o‘tkazadi. Tayson g‘alaba qozonadi. 1985-yilning o‘zida 15 ta jang o‘tkazgan Mayk barchasida nokaut bilan g‘alaba qozonadi. Janglarning orasi bir yoki ikki haftani tashkil etardi. U raqiblariga shafqatsizlarcha zarba berardi, keyin esa uyiga, kabutarlarini yoniga qaytardi. Taysonning turmush o‘rtog‘i: “U kabutarlarga ozor bermaslik uchun ohistalik bilan qo‘liga olardi”, — deb eslaydi.

    Foto: Lori Grinker

    Foto: Lori Grinker

    Chempionlik jangiga qadar Mayk Tayson 27 marta ringga chiqadi va barchasida g‘alaba qozonadi. 1986-yil noyabr oyida Las-Vegasda Tayson Trevor Berbikka qarshi ringga chiqadigan bo‘ldi. Aynan Berbik bundan 5 yil avval afsonaviy Muhammad Alini nafaqaga chiqarib yuborgandi. Ali Taysondan Trevorni mag‘lub etishni so‘raydi. Ikkinchi raunddayoq Berbik nokautga uchradi. Trevor juda qattiq zarbani qabul qilib oldi va ikki marta o‘rnida turishga urindi, ammo uddalay olmadi.

    Mayk Tayson og‘ir vazn toifasida eng yosh chempionga aylandi (20 yosh 144 kunlik). Debyuti va chempionlik jangiga qadar muddat 1 yil-u 8,5 oyga teng. Bu rekordni haligacha hech kim takrorlay olgani yo‘q.

    Taysonning g‘alabasini D’Amato ko‘ra olmadi. 1985-yil noyabr oyida 77 yoshida vafot etdi. U bankda Mayk uchun hisob ochtirgan va unga juda katta miqdorda pul tashlab ketgandi.

    Berbikka qarshi jangdan so‘ng WBC kamarini qo‘lga kiritgan Mayk boshqa kategoriyadagi kamarlarni ham birma-bir egallay boshladi. WBA kamari uchun Jeyms Smitga qarshi, IBF kamari uchun Toni Takkerga qarshi ringga chiqdi. 21 yoshida og‘ir vazn bo‘yicha jahonning mutlaq chempioniga aylandi. 2 yil-u 5 oy muddatda Tayson shunday natijaga erishgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tayson yengil hayotga berilib ketdi: tungi bazmlar, alkogol mahsulotlari, narkotik moddalar. Bular o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qo‘ymasdi, 1990-yil 11-fevral kuni Mayk Jeyms Duglasga qarshi ringga chiqdi. Chempion oilaviy janjallar tufayli psixologik va jismoniy jihatdan juda yomon holatda edi. Shunga qaramay uning mag‘lubiyati sensatsiya bo‘ldi. Hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi — 8-raundda Mayk Duglasni nokdaun holatiga tushirib qo‘ygandi, lekin hakam juda uzoq vaqt sanadi va Duglas o‘rnidan turdi (jangdan so‘ng promouter Don King o‘sha paytda jangni to‘xtatish kerakligini aytdi) va 10-raundda Maykni nokdaunga tushirib qo‘ydi. Tayson ham o‘rnidan turdi, lekin hakam allaqachon jangni to‘xtatgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shu lahzadan boshlab Mayk Taysonning faoliyatida pasayish yuzaga keldi. Keyingi 4 ta jangni yutgan bo‘lsa-da, u tungi bazmlarni davom ettiradi. Promouterlar Maykni doimo oqlashga majbur bo‘lardi. Lekin 1991-yilda 18 yoshli model Dezire Vashington bokschini zo‘rlashda ayblaganidan so‘ng, promouterlar ham Maykni qutqarib qololmadi. 1992-yil 10-fevralda Tayson 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Oradan 3 yil o‘tib, qamoqdan chiqqan Mayk yana ringga qaytadi. U avvalgi obro‘sini qaytarib olish istagida edi. Qamoqdan chiqqanidan keyin o‘tkazgan to‘rtinchi jangida Tayson WBA bo‘yicha jahon chempioni Bryus Seldonga qarshi ringga chiqadi. Birinchi raunddayoq Tayson Seldonni nokautga uchratadi.

    Keyingi jang Evander Holifildga qarshi edi. 11 raund davom etgan jangda hakam Holifildni texnik nokaut bilan g‘alaba qozonganini e’lon qildi.

    Revansh jangi 1997-yilda o‘tkazildi va o‘sha mashhur quloq tishlanishi bilan yakunlandi. To‘rtinchi raundda Tayson Evanderning qulog‘ini tishlab oladi va bokschilik litsenziyasidan mahrum bo‘ladi.

    Mavzuga doir: Boks olamini ostin-ustun qilgan jang. Mayk Tayson va Evander Holifild o‘rtasidagi mojaroli jangga 24 yil to‘ldi

    1999-yilda Tayson litsenziyasini qaytarib oladi. Ungacha bo‘lgan vaqt davomida mashinasiga tegingan odamlarni urgani uchun 3,5 oy qamoqda o‘tiradi. Shundan so‘ng Lennoks Lyuis bilan jangni e’lon qiladi. Bu boks tarixidagi eng kassabop jang edi. Mayk dastlabki daqiqalarni yaxshi boshladi, jang o‘rtalariga borib charchab qoldi. 8-raundda Lyuis sobiq chempionni nokautga uchratdi.

    2005-yilda Tayson Kevin Makbraydga mag‘lub bo‘ldi. Shu jangdan keyin u faoliyatini yakunlaganini e‘lon qildi. Tayson faoliyati davomida 50 ta g‘alabaga erishgan (44 tasi nokaut bilan) va 6 marta mag‘lubiyatga (5 tasi nokaut bilan) uchragan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Faoliyatini tugatganidan so‘ng Tayson restling bilan shug‘ullana boshladi, kinolarda rol o‘ynadi. Avvalgi Tayson o‘ziga yoqmasligini o‘zi ham tan oladi. Eski odatlarini tashlab, boshqacha hayot kechirishga harakat qiladi. Taysonning faqatgina kabutarlarga bo‘lgan sevgisi o‘zgarmasdan qolgan. Los-Anjelesda joylashgan uyida uch mingga yaqin kabutarlarni boqadi. U boks tarixidagi eng buyuk bokschi bo‘lishi mumkin edi. Lekin ringdagi janglaridan ko‘ra aralashib qolgan mashmashalari bilan odamlar xotirasida qoldi.

    Mavzuga doir: Oltin vanna, Bengal yo‘lbarslari va qimmatbaho mashinalar. Mayk Tayson qanday qilib 700 mln dollarni havoga uchirib yuborgani haqida

    30.06.2021, 17:00   Izoh (0)   84719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020 chorak finalining kutilgan va kutilmagan ishtirokchilari, de Bur ketdi, Desham esa qoladi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.06.2021, 10:54

    Yevro—2020. Ukraina qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqalarida gol urib, o‘z tarixida ilk bor chorak finalga yo‘l oldi

    30.06.2021, 02:46

    Ibrahimovich, Jiru, Kavanidan qimmatroq qiymatga baholangan va o‘tgan mavsumda Aguero, Dibala, Vernerdan ko‘p gol urgan Eldor Shomurodov haqida

    29.06.2021, 23:46

    Yevro—2020. Angliya terma jamoasi Germaniyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

    29.06.2021, 22:55

    Shakiridan Jakagacha. Jahon chempionini Yevro—2020 dan chiqarib yuborgan Shveysariya qahramonlari haqida

    29.06.2021, 21:32

    Yevro—2020 da: drama va triller, imi-jimida o‘tayotgan Kopa Amerika, rekord qo‘yishdan to‘xtamayotgan Leo Messi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    29.06.2021, 10:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda jinsini o‘zgartirganlar endi ism-familiyasini ham o‘zgartirsa bo‘ladi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 15:01

    Hindistonda qulab tushgan samolyotning qora qutilari topildi

    Dunyo | 16 iyun, 15:00

    Chempionlar odati: salomatlik va ichki xotirjamlik uchun professional sportchilardan tavsiyalar

    Maslahatlar | 16 iyun, 14:40

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    Dunyo | 16 iyun, 14:38

    WR Chess. O‘zbekistonlik shaxmatchilar musobaqada 4-o‘rinni egallab, 80 ming yevro mukofotga ega chiqdi

    Sport | 16 iyun, 14:31

    O‘zbekistonda jazirama issiq qachon pasayishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 14:10

    Ilon Mask Eronda Starlink’ni ishga tushirdi

    Dunyo | 16 iyun, 14:05

    Nima uchun avtomobilni oynalari ochiq holda boshqarish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 16 iyun, 13:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.