Yevropa komissiyasi kelajakda joriy etiladigan ETIAS tizimi doirasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirish uchun ruxsatnoma narxini oshirishni taklif qildi.

ETIAS’ning maqsadi Ittifoq tashqarisidan kelganlar ustidan nazoratni kuchaytirish va ma’muriy tartib-qoidalarni soddalashtirish orqali davlatlar xavfsizligini kuchaytirishdan iborat. 2018-yilda qabul qilingan reglamentga ko‘ra, ETIAS tizimi orqali beriladigan ruxsatnoma 3 yilga amal qiladi va dastlab uning narxi 7 yevro etib belgilangandi.
2018-yildan beri inflyatsiyaning o‘sishi va qo‘shimcha operatsion xarajatlar, masalan, tizimga integratsiya qilingan yangi texnik funksiyalar bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda, yig‘im 20 yevrogacha o‘zgartiriladi, deya taklif qilmoqda Yevrokomissiya.
Bu summa taxminan Buyuk Britaniya va AQSHdagi shunga o‘xshash yig‘im narxiga teng ekani aytilgan. Yevrokomissiya taklifi hali Yevropa Kengashi va Yevropa parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kerak. Agar ma’qullansa, ETIAS tizimi ishga tushirilishi bilanoq yig‘im undirila boshlanadi, bu 2026-yil oxirida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Yevropaning ushbu 30 ta davlatining vizasiz sayohatchilardan ETIAS ruxsatnomasiga ega bo‘lish talab etiladi:
Markazy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston fuqarolaridan esa ETIAS sayohat ruxsatnomasi talab etilmaydi. Kelajakdagi kirish-chiqish tizimi (EES) Yevropa Ittifoqiga sayohat qiluvchi shaxslarning uning hududida bo‘lishini qayd etish maqsadida elektron ma’lumotlar bazasini yaratishni ko‘zda tutadi. Bu tizimning ishga tushirilishi 2025-yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Izoh (0)