Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ma’muriy bino “E-auksion” elektron savdo platformasiga chiqarilganini ma’lum qiladi.
Umumiy maydoni 5000 kv.metrni, yer uchastkasining maydoni esa 35 sotixni tashkil qiluvchi va barcha kommunikatsiya tarmoqlari hamda xususiy avtoturargohga ega ushbu obyektning boshlang‘ich narxi 100 milliard 273 million so‘m etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2022 yildagi 420-son qaroriga asosan muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi beriladi. Agar xaridor oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida sotib olish to‘lovlarini to‘liq amalga oshirsa, sotib olish to‘lovlari summasidan oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yillik qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorda chegirma berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Binoni sotib olish uchun arizalar 28-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00 gacha qabul qilinadi hamda kimoshdi savdosi soat 10:00 da boshlanadi.
“E-auksion” platformasida o‘tkaziladigan shaffof auksionlarda ishtirok eting! Barcha davlat aktivlari bilan tanishish uchun ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.
Ko'proq mulklar bilan tanishish uchun @onlineauksionuz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)